JAHONDA URUSHNING NOMI O‘CHSIN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘tgan yili 9 may kuni Xotira maydonida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda kishilik tarixidagi eng qonli, eng katta yo‘qotish va mislsiz qurbonlarga, qancha-qancha musibat va ofatlar, g‘am-alamlarga, beva-bechoralar va yetimlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan beshafqat urush hech qachon qaytarilmasligi uchun doimo ogoh va hushyor bo‘lish zarurligini ta’kidlagan edi.

Afsuski, bugungi kunda ham ayrim joylarda qon to‘kilayotgani, nizo va adovatlar avj olayotgani, fashizm degan balo yana bosh ko‘tarayotgani, millatchilik, shovinizm kabi ofatlar maydonga chiqayotgani, bir so‘z bilan aytganda, xavf-xatarlar ortib borayotgani barchamizni tashvishga solmasdan qo‘ymaydi.

Urushlar insoniyatning “tarixiy yo‘ldoshi” bo‘lib kelayotir. Jumladan, besh ming yillik tarix davomida yer yuzida 14  ming 500 ta urush bo‘lib o‘tgan. Bu urushlar oqibatida 3,5 milliard kishi halok bo‘lgan.

Tahlilchilarning fikricha, XIX asrgacha urushlar mamlakatlarning iqtisodiyotiga deyarli ta’sir qilmagan. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrdan boshlab urushlar nafaqat mamlakat iqtisodiyotida, balki keng ommaning turmush tarzida bor dahshati bilan aks eta boshladi. Endilikda harbiy harakatlarda bir-ikki davlat emas, balki ko‘plab mamlakatlar ishtirok etmoqda. Birinchi jahon urushida 70 milliondan ortiq kishi ishtirok etgan bo‘lsa, ikkinchi jahon urushida 110 millionga yaqin kishi qatnashdi. Birinchi jahon urushi (1914 yil 28 iyul – 1918 yil 11 noyabr)da — 9 milliondan ortiq kishi, ikkinchi jahon urushi (1939 yil 1 sentyabr – 1945 yil 2 sentyabr)da esa 50 milliondan ortiq kishining halok bo‘lgani qayd etiladi. 1945 yildan 1990 yilgacha bo‘lgan davrning 2340 haftasini atigi uch haftasida yer yuzida urush bo‘lmapti. XX asrning 90-yillarida 100 dan ortiq harbiy harakatlarda 90 dan ortiq davlat ishtirok etgan. Bu urushlarda 9 millionga yaqin kishi halok bo‘lgan. Birgina  1990 yilda yer yuzida 31 ta qurolli to‘qnashuv qayd qilingan.  O‘tgan asrning  90-yillaridan boshlab qurolli to‘qnashuvlarning yangi ko‘rinishi — millatlararo to‘qnashuvlar, rangli inqiloblar  paydo bo‘ldi. Rangli inqiloblar yuz bergan mamlakatlarda odamlarning turmush tarzi battar yomonlashdi. Mamlakat turli bo‘laklarga bo‘lingan holda mahalliy klanlar  tomonidan boshqarilib, millatchilik, shovinizm avjiga chiqmoqda.

Urushlar tufayli shaharlar, tarixiy obidalar vayron bo‘layotganidan aslo ko‘z yumib bo‘lmaydi.  “Iroq va Shom islom davlati”, keyinroq esa “Islom davlati” deb atalgan terror tashkiloti Mosulni o‘z poytaxti deb e’lon qilganidan beri u yerdagi bebaho madaniy meros jiddiy xavf ostida qoldi. Jangarilar Mosuldagi markaziy kutubxonaga o‘t qo‘yganlaridan so‘ng jahondagi eng qadimiy kutubxona hovlisida kitob va qo‘lyozmalarni yoqib, gulxan yasashdi. Umumiy hisobda madaniyat, falsafa va tarixga oid 10 ming tom kitob yo‘q qilindi. Ular orasida yuzlab manuskriptlar bor edi. Jangarilar Mosul muzeyidagi durdonalar – minglab yillar davomida ko‘zni quvontirib turgan bebaho san’at asarlarini bir necha daqiqa ichida yer bilan yakson qildi. Terrorchilar buldozerlar yordamida Yunus payg‘ambarning qabri va masjidini ham buzib tashlashdi.   Shu o‘rinda bundan 14 yil avval Afg‘onistonning Bomiyon viloyatida Toliblar tomonidan qadimiy ulkan Budda haykallarining vayron etilganini ham eslab o‘tish kerak.

Xalqaro jarayonlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, insoniyat oldida paydo bo‘layotgan muammo va ziddiyatlar dunyoda hamjihatlikning yo‘qligi, bir-birini tinglamaslik, o‘z kuchiga ortiqcha baho berish, o‘zgalarga bepisand qarash natijasida yuzaga kelayotganiga guvoh bo‘lamiz. Ayniqsa, davlatlararo munosabatlarda o‘zaro ishonchning susayishi global muammolarni tinch yo‘l bilan, muzokaralar vositasida hal etishga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov o‘tgan  yilning 20-21 may kunlari Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning IV sammitidagi ma’ruzasida xalqaro munosabatlardagi ishonch masalasiga alohida to‘xtalib, qarama-qarshi tomonlarni murosaga keltirish uchun, avvalambor, ular o‘rtasida yuzaga kelgan muammoni hal etishga qaratilgan o‘zaro xayrixohlikka erishish zarurligini, aks holda ular o‘rtasidagi barcha muzokaralar bir-biriga e’tiroz bildirishdan nariga o‘tmay qolishi va bu holat cheksiz davom etaverishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

Urushlar jamiyatda ijtimoiy bosh-boshdoqliklarni keltirib chiqaradi. Urushga qarshi eng samarali kurash bu urushlardan voz kechishdir.

Bir necha kundan keyin Ikkinchi jaxon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi keng nishonlanadi. Agar urushdan oldin mamlakatimizda 6,5 millionga yaqin aholi yashagan bo‘lsa, shundan 1,5 milliondan ko‘prog‘i janglarda qatnashgan. O‘sha yovuz urushda 500 mingga yaqin yurtdoshlarimiz halok bo‘lgan, qancha odam bedarak ketgan, qancha-qancha insonlar mayib-majruh bo‘lib qaytgan. Bu raqamlarni birortamiz ham esimizdan chiqarmasligimiz darkor. Mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o‘zligini yo‘qotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish tom ma’noda milliy qadriyatga aylandi. 1999 yil 2 mart kuni  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov urush faxriylari, ishtirokchilari va urushda Qurbon bo‘lganlarning oilalaridan tushayotgan ko‘plab iltimosnomalarni, xalqimizning, jamoat tashkilotlarining xohish-irodasini inobatga olib, Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashib halok bo‘lganlar, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan O‘zbekistonning barcha o‘g‘lonlari xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylar hurmatini joyiga qo‘yish maqsadida 9 Mayni — Xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida farmon qabul qildi. Farmonda “Xotira va Qadrlash kunining umumxalq bayrami sifatida, keng nishonlanishini ta’minlash barcha davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarining, idora va korxonalarning, birinchi galdagi vazifasi, barcha O‘zbekiston fuqarolarining or-nomus, vijdon ishi va an’anaviy burchi deb belgilansin. Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan, Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, bor kuch-quvvatini ayamagan biror bir faxriy, biror bir kishi unutilmasligi kerak. Ularning har biriga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatilishi shart”ligi belgilab qo‘yildi. Inson xotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz va mo‘’tabardir. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuni zamirida ana shunday insonparvar tamoyillar o‘z ifodasini topgan. Shunisi e’tiborliki, O‘zbekistonda qabul qilingan tarixiy farmondan besh yil o‘tib, 2004 yil 24 noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi qabul qilinib, unda ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasi uchun 8 va 9 may kunlarini Xotira va yarashuv kuni sifatida e’lon qilish belgilandi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, butun dunyo xalqlarining ezgu orzusi, xohish-irodasi bitta. U ham bo‘lsa, hech qachon, hech qanday shaklda urush qaytarilmasin, degan talabdir. Bunday istak, bunday maqsad jahondagi barcha xalqlarning manfaatlariga to‘g‘ri keladi. Chunki, hech bir inson, hech bir xalq urushni xohlamaydi. Xalqimizga faqat tinchlik va osoyishtalik kerak. Tinchlik va osoyishtalik bo‘lgan, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat hukm surayotgan jamiyatdagina farovon va baxtli hayot qurish mumkin, ezgu maqsadlarga yetishish mumkin.

 

Sharofiddin  TO‘LAGANOV,

“Siyosat” axborot-tahliliy markazi eksperti 

...SARATONGA QARSHI VOSITA

Ho‘l mevalarning har birida organizmimiz uchun foydali vitaminlar bisyor. Qaysi birini kim ko‘proq iste’mol qilishini esa bilib olsak, foydadan xoli bo‘lmaydi. 

Klemson universiteti olimlari hayvonlar ustida tajriba o‘tkazishib, malina saraton hujayralarini o‘ldirishini isbotlashdi. Ma’lum bir vaqtgacha ushbu mevani iste’mol qilgan hayvonlar ichaklaridagi shishlarning 90 foizi so‘rilib ketgan.

 Antioksidant xususiyatga ega bo‘lgan malina tarkibidagi komponentlar 90 foiz saraton hujayralarini o‘ldirar ekan. Demak, mazkur mevaning foydali xususiyati ko‘p.

Dastlab olimlar malinaning ma’lum bir navigina (masalan qora malina) kasallikni davolashga yordam beradi, degan fikrda edilar. Aslida bunday emas ekan. Tadqiqotchilar uning har qanday navi ham kasalga qarshi yaxshi vosita ekanini qayd etishmoqda.  Malina tarkibida vitaminlar, shuningdek, erkaklar uchun foydali komponentlar borligi ma’lum bo‘ldi.

 

XOTIRA VA AQLIY QOBILIYAT UCHUN...

Bugun xotirasidan ko‘ngli to‘q inson uncha ko‘p bo‘lmasa kerak. Sababi, texnika asrining sharofati hammamizga ma’lum. Xo‘sh, xotira, ilm egallash va jismoniy faollikni ta’minlovchi umumiylik nimada? Buni olimlar o‘tkazgan quyidagi tadqiqot orqali bilib olamiz.

Yurak va muskullar uchun jismoniy mashqlar, quvvat zarur bo‘lsa, xotirani kuchaytirishda neyronlar yordamga keladi.

Miya va mushaklarni quvvat bilan ta’minlaydigan oqsil – gamma-retseptor bo‘lib, bu estrogen (ERR-y) bilan bog‘liq. Olimlar ERR-y yurak va tana uchun muhim ekani va aqliy qobiliyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini qayd etishmoqda.

ERR-y ning muhimligi sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribada yaqqol namoyon bo‘ldi. ERR-y dan mahrum qilingan kemiruvchilar oqsil – gamma-retseptor mavjud sichqonlarga  nisbatan suv labirintida suzishni juda sekin o‘rganishdi. Shunga ko‘ra, olimlar insonlarning xotirasi, ilmni o‘zlashtirishi hamda jismoniy faolligi ushbu oqsil miqdori bilan bog‘liq, degan xulosaga kelishdi.

 

ONALAR ISHTIROKIDA XAVF-XATARGA YO‘L QO‘YILMAYDI

O‘g‘il bola borki, avtomobilga ishqiboz. Ular avtomobilni qachon erkin va xavfsiz boshqarishlari mumkin?

Aynan shu masalada o‘smirlar o‘rtasida tadqiqot o‘tkazildi. Unda 14 yoshlilar va ularning onalari qatnashdi. O‘smirlar avtostimulyator ruliga o‘tqazildi. Qatnashchilar trassada harakatlanayotganda tadqiqotchilar ularning miya faolligini kuzatib bordilar. Dastlab ko‘ngillilar topshiriqni yolg‘iz bajarishdi, keyingi gal esa yonlariga onalari o‘tirdi. Tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatdiki, qatnashchilar rulda yolg‘iz bo‘lganda xavf-xatarga duch kelish holati 55 foiz bo‘lgan bo‘lsa, onalari yonma-yon o‘tirganda bu ko‘rsatkich 45 foizni tashkil etdi. Onalari ishtirokida o‘smirlar yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni unutmadilar: qizil chiroqda to‘xtab, sariq chiroqda tayyorlanishdi.

Ilgari ham shunga o‘xshash tadqiqot o‘tkazilgandi. Unda qatnashchi-haydovchining yoniga tengdoshi o‘tirganda o‘zini qanday tutishi kuzatilgandi. Natija esa bu galgidek ijobiy emas, aksincha bo‘lgan. Ya’ni o‘smir rulni biroz hadik bilan boshqargan. Demak, faqat onalar farzandini hamisha to‘g‘ri yo‘lga boshlarkan...       

 

 “TULKILAR UCHUN QISHLOQ”

Vladivostokdagi Rus orolida Boltiqbo‘yi ko‘ngillilari tulkilar uchun qishloq tashkil etishga kirishdi. Tabiatning ushbu noyob jonivorini saqlab qolish uchun “Tulkilar uchun qishloq” loyihasi ham ishlab chiqilgan. Mazkur “qishloq”da odamlar jonivorlar uchun yeguliklar qoldirib ketishi mumkin.

Keyingi yillarda tulkilar odamlar yo‘liga chiqib, yegulik “so‘raydigan” bo‘lishdi. Shunday kunlarning birida (o‘tgan yilning oxirlarida) jonivorni mashina urib ketgan. Jarohatlangan tulki mahalliy hayvonot bog‘iga keltirildi. Mutaxassislar uni davolab, yana yovvoyi tabiat bag‘riga qo‘yib yuborishdi. Ammo ularning ta’kidlashicha, jonivor organizmidagi jarohat quturishga aylanib ketishi mumkin.   

Demak, jonivorlardan ozgina yegulikni ayamaslik lozim. Shu maqsadda 25 aprel kuni aktsiya o‘tkazildi. Unda sport musobaqalari, tulkilar uchun oxur (ovqatlanadigan maxsus idish) tayyorlash yuzasidan mahorat darslari, harakatli o‘yinlar, plastilindan turli buyumlar yasash bo‘yicha tanlovlar bo‘lib o‘tdi.

Bundan buyon “Tulkilar uchun qishloq”da jonivorlar xavfsiz va qorni to‘q bo‘lishi mumkin.

MOVAROUNNAHR TASAVVUFI VA TARIQATCHILIK

 

Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan Hakim Termiziy, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Xoja Muhammad Porso, Xoja Ahror, Alisher Navoiy, So‘fi Olloyor, Ya’qub Charxiy kabi allomalar tomonidan boyitilgan tasavvuf ta’limoti xalqni yagona maqsad atrofida birlashtirib, jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik rishtalari kuchayishiga xizmat qilgan. Tasavvufdagi bag‘rikenglik tamoyili asosida shakllangan halollik, mehnatsevarlik, adolat va rostgo‘ylik kabi insoniy fazilatlar turli millat va din vakillarining bir hududda tinch-totuv va hamkorlikda yashashlari uchun qulay muhit yaratgan.

Tasavvuf — uzoq asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini boyitishga, uning ijtimoiy tafakkuri ezgu g‘oyalar asosida shakllanishiga xizmat qilib kelgan diniy va dunyoviy qarashlar uyg‘unligidan iborat ta’limotdir. Mintaqa san’at va madaniyati, adabiyot va falsafiy fanlari rivojida uning ta’siri beqiyos.

Bugungi kunda tasavvuf ta’limotining tarixiy shakllanish jarayonlarini tadqiq etish, tasavvuf adabiyotini xolisona o‘rganish barobarida uning bugungi globallashuv sharoitida insonlar hayotida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, diniy va dunyoviy qarashlar uyg‘unligidan iborat tasavvuf ta’limotining to‘g‘ri talqini bir jihatdan turli mutaassib ekstremistik g‘oyalarga qarshi turishga xizmat qilsa, uning noto‘g‘ri talqini turli tariqatchilik harakatlariga asos yaratib beradi. Uzoq asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini boyitishga xizmat qilgan Movarounnahr tasavvuf ta’limoti XVIII asrdan boshlab islom mamlakatlarida mutaassib g‘oyalar asosida shakllanib, bugunga qadar tobora avj olib borayotgan salafiylik, jihodchilik hamda boshqa oqim va harakatlarga qarshi turishda ma’naviy to‘siq vazifasini bajarib kelgan. Movarounnahr tasavvufi boshqa yurt tasavvuf ta’limotlaridan o‘ziga xos xususiyatlari, maqsad va yo‘nalishlari, usul va uslubiyati bilan farqlanib turgan. Zero, tarixan Turon zaminida shakllangan bag‘rikenglik tamoyillariga yo‘g‘rilgan o‘lka tasavvufi asrlar davomida turli din, millat. va madaniyat vakillari yonma-yon totuv yashab kelishlariga o‘z hissasini qo‘shib kelgan.

Ayniqsa, Movarounnahrdagi yirik tariqat hisoblangan naqshbandiyani boshqa tariqatlardan farqlab turuvchi, tarkidunyochilik emas, ijtimoiy faol hayot tarziga undovchi «Dil ba yoru, dast ba kor» shiori ostida shakllangan ilmiy-ma’naviy merosini diqqat bilan o‘rganish qadriyatlarimizga yuksak e’tibor berilayotgan bir vaqtda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, naqshbandiya tariqatida yuksak ma’naviy mezonlar, insoniy fazilatlar haqidagi ta’limotning kundalik hayot va oddiy insonlar turmush tarziga yaqinlashtirilgani uning tadrijiy taraqqiyotiga hamda har qanday zamon va makonga mos kelishiga. zamin yaratgan deyish mumkin. ToshDShI qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi qo‘lyozmalar fondining salmoqli qismini tashkil etuvchi tasavvufga oid asarlarning aksariyati naqshbandiya tariqatiga oid ekani ham bu ta’limotning diyorimiz tarixida tutgan o‘rni nechog‘lik katta ekanini ko‘rsatadi.

Albatta, naqshbandiya bilan bir qatorda yurtimiz tarixida yassaviya tariqatining ham o‘z o‘rni bor. Zero, Ahmad Yassaviy faqat tariqat asoschisigina emas, balki turkiy tasavvuf she’riyatining betakror ijodkori sifatida ham buyuk tarixiy vazifani bajardi. Yassaviy birinchi bo‘lib o‘z ona tilini tariqat tili maqomiga ko‘tardi. Uning naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanini betakror ijodi bilan isbotlab, turkiy tilda keyingi davrlarda ham mutaxassislarni maftun etgan asarlar yaratilishiga zamin hozirladi. Kubraviya tariqatidagi vatanparvarlik g‘oyalari esa uzoq vaqt Movarounnahr xalqlarini bosqinchilarga qarshi turishga ruhlantirishi barobarida hozirgi tahlikali zamonamizda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.

Tasavvufning asl g‘oyalari aks etgan asarlarni tadqiq etish va yuzaga chiqarish islomshunoslar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Zero, hozirda tasavvuf ta’limotining noxolis talqini yurtdoshlarimiz orasida «tariqatchilik» illatining yoyilishiga dastak bo‘lmoqda. O‘zbekiston hududidagi zamonaviy tariqatlar garchi ma’naviy qadriyat, an’ana va marosimlar hamda milliy madaniyatga sodiqlikni namoyish etsa-da, avvalgi qiyofasidan birmuncha farqlanadi. Ayniqsa, uzoq xorijdan «eksport» qilinayotgan va aholi o‘rtasida tarqatilayotgan noan’anaviy tasavvuf ta’limotlari jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Bundan tashqari qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istonda erkin faoliyat olib borayotgan tariqatchilar ham O‘zbekistondagi «pir» va «murid»larga ta’sir etmay qolmaydi. Binobarin, qo‘shni davlatlardagi tariqat peshvolari o‘zlarining maxsus saytlari orqali olib borayotgan targ‘ibot faoliyatlari soha mutaxassislarida muayyan tashvish uyg‘otmoqda.

Global dunyoda o‘z izdoshlari sonini jahon miqyosida muttasil ravishda o‘stirib borayotgan tasavvuf muayyan ko‘rinishda transformatsiyaga uchrab bormoqda. Transmilliy uyushmalarga aylanib borayotgan tariqatlarning globallashuv sharoitida o‘z a’zolari sonini ko‘paytirishda qo‘llayotgan uslub va vositalaridan O‘zbekistondagi an’anaviy va noan’anaviy tariqatlarning aksariyati birqadar yiroq. Ammo shuni unutmaslik kerakki, bugungi «kunda Movarounnahr zaminida vujudga kelgan tariqatlar dunyo miqyosida faoliyat ko‘rsatib, globallashuv “sharoitida G‘arb va Sharqdagi musulmon jamoalarining diniy, madaniy va siyosiy hayotida tobora katta o‘rin egallab bormoqda. Shu jihatdan ham yurtimiz tasavvufi tarixi va bugungi kunini qiyoslab o‘rganish, unda kechayotgan jarayonlarni yaqindan kuzatib borish va ilmiy asoslangan xulosalar berish muhim hisoblanadi. Zero, XX asrning 90-yillaridan boshlab Markaziy Osiyodagi tasavvufning qayta tiklanish jarayonlari va hozirgi holati borasida olib borilgan ayrim yuzaki g‘arb tadqiqotlari xorijda noxolis qarashlarni shakllantirgan. Binobarin, xorijda Movarounnahr tasavvufiga qiziqish hamon yuqori.

Bugungi kunda tasavvuf ta’limotlari sharq musulmon mamlakatlarida mutaassib kuchlarga qarshi turishda muhim omil sifatida e’tiborga olinmoqda. Turli salafiy, jihodchi va boshqa noan’anaviy oqim va firqalar g‘oyalariga ma’naviy immunitet hosil qilishda aynan Movarounnahr diyoridan chiqib, jahonga tarqalgan tasavvuf ta’limotlarining o‘rni beqiyos bo‘lmoqda.

Movarounnahr tasavvufi musulmon mamlakatlari ijtimoiy-ma’naviy hayotiga chuqur kirib bordi, fan, madaniyat va adabiyot rivojiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatganini mutaxassislar ham qayd etganlar. Tasavvufiy qarashlarning yaxlit ta’limotga aylanib, islom o‘lkalariga keng yoyilishi va kishilar hayotida muhim voqelikka aylanishida movarounnahrlik Hakim Termiziy, Abu Bakr Kolobodiy, Aziziddin Nasafiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Muhammad Porso, Ya’qub Charxiy, So‘fi Olloyor va boshqa tasavvuf olimlarining arab, fors va turkiy tillarda bitgan asarlari islom olamida hozirga qadar e’zozlanadi. Shuni alohida qayd etish zarurki, o‘rta asrlarda eng keng tarqalgan uch til — turkiy, arab va fors tillarida asarlar bita olish malakasi asosan Movarounnahr ulamolarida shakllangan. Zero, mintaqa aholisining talab va ehtiyoji ham aynan shuni taqozo qilgan edi.

Markaziy Osiyo respublikalarida diniy qadriyatlarning tiklana boshlashi «qayta qurish» davridayoq ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar to‘lqinida Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekistonda noan’anaviy tariqatlar faoliyati ham kurtak yoza boshlagan edi. Tariqatlarning faollashuvi 2000 yillardan boshlab ko‘zga tashlandi. O‘sha davrda ko‘plab «eshon», «shayx», «hazrat»lar paydo bo‘lib, ularning atrofida «murid»lar jamlana bordi.

Mintaqadagi zamonaviy tasavvuf avvalgi asl qiyofasidan birmuncha farqlanadi. Shunday bo‘lsa-da, mintaqa davlatlari mustaqilligining ilk davrida sufiy jamoalarning ko‘pchilik a’zolari uchun qayta-islomlashuv an’anaviy «sufiycha» shaklga ega marosim an’analarini (zikr va jamoaviy rasm-rusumlar) qayta tiklash ko‘rinishida namoyon bo‘la boshladi. Biroq bugunga kelib sufiy guruhlarning tub aholi orasida o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga urinishi sodir bo‘lmoqda. Natijada mintaqa aholisi o‘rtasida tariqatchilikning quyidagi noo‘rin ko‘rinishlari namoyon bo‘lmoqda:

8tarkidunyochilik kayfiyati;

8pirlarni haddan ziyod ulug‘lash;

8ibodat marosimlarida ixtilofli masalalarga berilib ketish;

8e’tiborni jalb qiladigan kiyimda yurish (yozda ham salla-chopon, mahsi-kavush, uzun ko‘ylak-nimcha, beo‘xshov soqol qo‘yish) orqali boshqalardan ajralib turishga urinish;

8yosh, mehnatga layoqatli yigitlarning «pir»lar etagidan tutib ijtimoiy hayotdan uzilib qolishi, oilalarini tark etib, ertayu kech pir xizmatiga o‘zini bag‘ishlashi va hokazo.

Tariqatchilar faoliyati tufayli ijtimoiy nizolarga sabab bo‘layotgan holatlar:

8tariqatda bo‘lmaganlarga nisbatan past nazar bilan qarash;

8ilm olishga bo‘lgan rag‘batning susayishi — go‘yoki «ko‘pgina avliyolar o‘qimasalar ham katta maqomlarga yetishganlar» qabilida ish tutish;

8oilali tariqatchilar oilalarining ta’minotini «Allohga tavakkal» qilib, pirdan vazifa olganlik bahonasida oila moddiy ta’minotidan bosh tortish;

8zamonaviy madaniyat va taraqqiyot yutuqlariga salbiy munosabatda bo‘lish;

8boshqa din vakillariga nisbatan toqatsizlik ko‘rinishlari va boshqalar.

Diyorimizdan chiqqan Termiziylar, Buxoriylar, Samarqandiylar, Nasafiylar, Shoshiylar, Ustrushaniylarning ilmiy merosida sog‘lom tafakkurga ega, ma’nan va jismonan barkamol avlod tarbiyasiga e’tibor doimo yuqori bo‘lgan. Allomalarimiz merosida farzandni jismonan baquvvat, aqlan zakovatli, odob-axloqli qilib tarbiyalashning yo‘llari ilmiy asoslar, hayotiy tajriba, muayyan qarashlar tizimida chuqur tahlil qilingan. Mana shu kabi xususiyatlar bilan bir qatorda farzand tarbiyasida bag‘rikenglik, diniylik va dunyoviylik masalalarida muvozanat hissini shakllantirish masalasiga ham alohida urg‘u berilgan. Markaziy Osiyo tasavvufi va tariqatchilik o‘rtasidagi nomutanosiblik aynan o‘sha ulkan ilmiy meros va an’anaviylikdan uzoqlashishning natijasidir.

 I. USMONOV,

Toshkent islom universiteti Islomshunoslik kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi

OQSILLAR DNKNI «TA’MIRLAYDI»

Moskva davlat universiteti kimyo fakultetining doktoranti Svetlana Xoronenkova va uning hamkasblari DNK o‘zini qanday qilib «ta’mirlab» olishi va undagi buzilishlarning irsiy kasalliklar bilan bog‘liqligini aniqladilar.

Aytish kerakki, inson to‘qimalaridagi DNK molekulalari beqaror bo‘lib, u turli holatlarda ishdan chiqib qolishi mumkin. DNKning ishdan chiqishi uning zararlanishini hamda bu axborotni DNKga yetib kelishi va u molekulasini «ta’mirlash», ya’ni reparatsiya jarayonlarini qamrab oladi.

DNK molekulasining zararlanganini bilishning muhimligi shundaki, zanjir halqasidagi avvalgi molekula o‘rnini sog‘lom, sifatli DNK molekulasi egallashi kerak. Bunday bo‘lmagan taqdirda mutatsiya natijasida insonning saraton va boshqa kasalliklarga chalinish xavfi ancha kuchayadi.

Reparatsiya tizimi zararlangan DNK sifatini tekshiruvchi va uni asrab qoluvchi fermentlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ushbu tizimdagi turli fermentlar DNK molekulalari sog‘lomligini tekshirib to‘qimalarni saqlab qoladi. Buning uchun zararlangan asoslar aniqlanib, bu haqda fermentlarga axborot yuboradi. Shunda fermentlar DNK molekulasini «ta’mirlaydi». Mazkur ferment­lardan biri bo‘lgan ATM kinaza zararlangan DNK haqida tuzatish tizimiga xabarni uzatadi. Olimlarning aytishicha, ATM DNKdagi ikkilamchi buzilishlarni tezda aniqlay olish qobiliyatiga ega.

 

UCHUVCHI DINOZAVRLARNING YAQIN QARINDOSHI

Amerikalik va rossiyalik olimlar qushlar guruhining kelib chiqishi ustida olib borayotgan ishlari doirasida 21 turdagi qushlarning genomlarini to‘la-to‘kis o‘rganib chiqdilar. Ma’lum bo‘lishicha, barcha qushlarning ilk ajdodi bo‘lgan uchuvchi dinozavrlar genomi tovuq genomiga ancha yaqin ekan.

Qushlar genomini o‘rganishning murakkabligi va shu bilan birga qiziqarli jihati shuki, unda ko‘plab mikroxromosomalar mavjud. Shu sababli ularning qay turga mansubligini oddiy usulda aniqlash ancha mushkul.

Avvallari mikroxromosomalar genetik axborotda unchalik muhim o‘rin tutmaydi, deb hisoblanardi. Keyinchalik bunday emasligi ma’lum bo‘ldi. Jumladan, tovuq genomida barcha genlarning 50-foizdan 70 foizgachasi mikroxromosomalardan iborat.

 

QIZIL KARTOSHKA QON BOSIMINI ME’YORGA KELTIRADI

Pensilvaniya shtati(AQSh) Skrenton universitetining bir guruh olimlari qizil kartoshkani oz-ozdan tez-tez iste’mol qilib turish gipertoniya xastaliklariga chalinishning oldini olishini isbotladilar.

Tajriba o‘tkazilgan insonlar ikki guruhga ajratildi. Bir oy mobaynida mutaxassislar ulardagi vazn o‘zgarishlarini hamda qon bosimi va boshqa ko‘rsatkichlarni sinchiklab kuzatib borishdi.

Natijada ishtirokchilarning barchasida o‘rtacha diastolik bosim 4,3 foizga, sistolik bosim esa 3,5 foizga kamaygani ma’lum bo‘ldi. Ayni holda ularning hech birida semirish, ya’ni vaznning ortishi holati umuman kuzatilmadi.

Tajriba rahbari D.Vinsonning so‘zlariga ko‘ra, kartoshkaning inson organizmiga APF ingibitorlari (qon bosimi oshishini davolashda ishlatiladigan dorilar) kabi ta’sir qilishi aniqlangan. Uning bunday foydali jihati ko‘plab turdagi moddalarning mavjudligida. Hozircha olimlar oq kartoshka ham shunday foydali xususiyatlarga ega ekani xususida aniq bir fikr aytisha olmayapti. Muhimi shundaki, olimlar kartoshkaning po‘stini arch­magan holda qaynatishni maslahat berishmoqda.

 

AKULANING HAM ASABI CHIDAMADI

Tomoshabinlarning tegajoqligi tufayli Kaliningraddagi hayvonot bog‘ida nahang baliq nobud bo‘ldi. Jonivor yorib ko‘rilganda uning yuragi ancha kuchsizlanib, zo‘riqishlarga dosh berolmagani ma’lum bo‘ldi. Akulaning boshqa a’zolari bir maromda ishlab turgan.

— Nahangning bu turi tutqunda ancha kam umr ko‘radi, deydi hayvonot bog‘i xodimi Yekaterina Mixaylova. — Yaxshi parvarish tufayligina bizning balig‘imiz ikki yil yashadi. Ixtiologlarning fikricha, bu yetarlicha muddatdir.

Tomoshabinlarning akvarium oynasini hadeb taqillatishlari jonivorning asablarini batamom ishdan chiqardi. U akvarium devoriga o‘zini tinmay uraverishi natijasida o‘tgan yil noyabr oyida burni va ko‘zini jarohatlagan edi.

Shundan keyin ixtiologlar bu yerga tomoshabinlarning kirishini taqiqlagach, nahang bir muddat tinch yashagan edi.

STRATEGIK HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida eng qisqa temir yo‘l tarmog‘ini barpo etish o‘zaro iqtisodiy hamkorlikning dolzarb strategik yo‘nalishlaridandir. Bu Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlariga, undan keyin Janubiy Osiyoga chiqishini ta’minlaydi. O‘zbekiston hukumati Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Angren — Pop yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l qurilishi bu boradagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

O‘zbek va xitoy xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Qadimiy Movarounnahr va Chin yurti o‘rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalar choy, paxta, ipak, qog‘oz va boshqa mahsulotlarning butun dunyoga tarqalishida muhim o‘rin tutgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin — 1992 yilning 2 yanvarida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgach, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar yangicha taraqqiyot va mazmun-mohiyat kasb etdi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari ko‘lami kengayib, strategik sheriklik yuksak darajaga ko‘tarildi. Bunday do‘stona hamkorlik mamlakatlarimizning milliy manfaatlariga, O‘zbekis­ton va Xitoyning iqtisodiy taraqqiyotiga, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston va Xitoy xal­qaro maydonda ikki mamlakat manfaatlariga oid eng muhim masalalarda bir-birini siyosiy qo‘llab-quvvatlab, BMT, ShHT singari xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorligini tobora kengaytirib kelmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash borasida ham o‘zaro faol hamkorlik qilmoqda. Ikkala mamlakatning ko‘plab mintaqaviy va xalqaro muammolarni hal etish bo‘yicha yondashuvlari bir-biriga o‘xshash yoki yaqin ekanligi ta’kidlandi. Masalan, O‘zbekiston va Xitoy Afg‘oniston muammosini harbiy yo‘l bilan hal etib bo‘lmasligini, uning siyosiy yechimini topish, BMT shafeligida muzokaralar o‘tkazish va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida murosaga erishish bu boradagi yagona to‘g‘ri yo‘l, deb hisoblaydi.

Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 455 korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 70 tasi yuz foiz Xitoy sarmoyasi asosida tashkil etilgan. Yurtimizda Xitoyning 71 kompaniyasi vakolatxonasi ishlab turibdi.

Ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda “O‘zbekiston — Xitoy” va “Xitoy Xalq Respublikasi — Markaziy Osiyo mamlakatlari” do‘stlik jamiyatlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tomonlar turizm sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratmoqda. 2010 yildan O‘zbekiston Respublikasiga Xitoy fuqarolarining guruh bo‘lib sayohat qiladigan turis­tik mamlakat maqomini berish jarayoni boshlandi.

Bir so‘z bilan aytganda, tarixi qadimiy va madaniyati boy mamlakatlar bo‘lmish O‘zbekiston va Xitoy xalqlarini 2000 yildan ortiq vaqt mobaynida Buyuk Ipak yo‘li bir-biriga bog‘lab kelgan. Hozirgi bosqichda har ikki mamlakat ishonch, o‘zaro hurmat va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga asoslangan faol siyosiy muloqot jarayonini boshdan kechirmoqda.

Do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikdan ruhlangan Xitoy endilikda mamlakat bozorlarini uchta qit’a bilan bog‘lovchi infratuzilmani barpo etish maqsadida maxsus jamg‘arma tashkil etishga qaror qildi. Jamg‘armaning umumiy mablag‘i 16 milliard 300 million dollarga teng ekani aytilmoqda.

Bu sa’y-harakatlar zamirida Buyuk Ipak yo‘lining yangicha ko‘rinishdagi qiyofasini tiklash maqsadlari yotadi. Ma’lumki, qadimda Buyuk Ipak yo‘li Xitoyni Yevropa mamlakatlari bilan bog‘lagan.

Tahlilchilarning ta’riflashicha, jamg‘arma mablag‘lari Xitoy viloyatlarida temir va avtomobil yo‘llari, quvurlar qurilishiga sarflanadi. Bunda birinchi navbatda Xitoyning Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalari uchun zarur bo‘lgan dengiz va quruqlikdagi yo‘llarni rivojlantirish strategiyasi inobatga olinadi.

Rejaga ko‘ra, Xitoyni Yevropa bilan bog‘lovchi yangi «Buyuk Ipak yo‘li» o‘tadigan mamlakatlarning infratuzilmalari rivojlanishiga Xitoy o‘z sarmoyalarini kiritishni nazarda tutmoqda. Bu borada hukumat mamlakatdagi kompaniyalarni rag‘batlantirish yo‘lida bir qator chora-tadbirlar ko‘rilishini e’lon qildi. Mazkur loyihaga binoan Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropaning ayrim mintaqalari moliya bilan ta’minlanadi.

— Bu Xitoyning strategik rejasi o‘zgarganidan dalolat beradi, — deydi Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy tadqiqot instituti direktori Chjan Yunlin. Uning fikrlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha o‘n yillikda Xitoy xorijiy sarmoyalarga katta ahamiyat qaratgan bo‘lsa, endi qo‘shni mamlakatlarga o‘z istagi bilan sarmoya kiritmoqda. “Avvallari Xitoy xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilishga e’tibor qaratardi. Endi vaziyat o‘zgardi. Endilikda Xitoy xorijdagi loyi­halarga sarmoya kiritishga katta e’tibor qaratmoqda”, — deydi Pekindagi Xitoy xalqaro aloqalar institutining yetakchi ilmiy xodimi Feng Yuyun.

Ma’lumki, Buyuk Ipak yo‘li eramizdan avvalgi II asrda paydo bo‘lgan. Bu yo‘l Xitoydan boshlanib Markaziy Osiyo mamlakatlari, Hindiston, Eron, Gretsiya, Kavkaz davlatlari orqali Yevropagacha yetib borgan.

Ekspertlarning fikriga qaraganda, tashkil etilayotgan Jamg‘arma mamlakatning ichki infratuzilmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Yotqiziladigan sarmoyalar Xitoy Taraqqiyot banki singari, mamlakat banklari nazoratida bo‘ladi.

“Sinxua” axborot agentligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Buyuk Ipak yo‘lining quruqlikdagi qismi Sian shahridan boshlanib, Lanchjou va Urumchi tomon kengayadi va Markaziy Osiyo mamlakatlari orqali Yaqin Sharqqa va undan keyin Yevropaga yetib boradi. Buyuk Ipak yo‘lining dengiz qismi esa Guandundan boshlanib Xaynan oroli orqali Hind okeaniga chiqadi. Shunisi e’tiborliki, har ikki yo‘l Venetsiyada birlashadi. In­fratuzilmalar ishga tushirilishi bilan Buyuk Ipak yo‘li Xitoy va boshqa mamlakatlarga taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.

Tahlilchilarning fikricha, Xitoy hukumati temiryo‘l tizimini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratmoqda. Bugungi kunda “osmon osti mamlakati” xoh xorijdagi, xoh o‘zidagi transport in­fratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida mablag‘larni ayamayapti. Ko‘rinib turibdiki, temiryo‘llar uzunligi bo‘yicha Xitoy birinchilikka intilmoqda. So‘nggi o‘n yillikda Xitoy tezyurar va o‘tatezyurar poezdlarga mo‘ljallangan tarmoqlarni ancha kengaytirdi. Natijada mamlakatdagi tezyurar temiryo‘llar uzunligi Yaponiya va Yevropadagi temiryo‘llar uzunligidan oshib ketgan. O‘tatezyurar temiryo‘llarga bag‘ishlangan birinchi dastur Xitoyda 2004 yilda taqdim qilingan edi. Oradan 10 yil o‘tib transport tarmog‘i 28 ta viloyat, Muxtor o‘lka va markaziy hukumatga bo‘ysunuvchi shaharlarni qamrab oldi.

Bugungi kunda Xitoy temiryo‘llarining umumiy uzunligi 16 ming kilometrdan oshib ketdi.

Ayni paytda imkoni yo‘qdek tuyulishiga qaramay, Xitoy Pekin — London yo‘nalishida tezyurar poezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham bosh qotirmoqda. Xitoy injenerlik akademiyasi mas’ullaridan biri Van Menshuning so‘zlariga qaraganda, “Yangi Sharqiy ekspress” uchun temir yo‘llar 10 yil ichida qurib bitkazilishi mumkin. Agar bu loyiha amalga oshadigan bo‘lsa, u holda yo‘lovchilar atigi ikki kun ichida Londondan Pekinga yoki Pekindan Londonga yetib olishlari mumkin bo‘ladi.

Pekindan Los-Anjelesga bo‘lgan 13 ming kilometrlik tezyurar poezdlari uchun yo‘l qurilishi ham rejaga kiritilgan. Pekindan boshlanadigan temiryo‘l Vladivostok orqali Oxota dengizi sohillari bilan 200 kilometrlik yer osti yo‘lidan Bering bo‘g‘ozigacha va Alyaskaga, Kanada g‘arbiy sohillari, Vankuverga boradi. So‘ng AQSh hududiga o‘tib Los-Anjelesgacha cho‘ziladi. Bu g‘oya tarafdorlarining aytishicha, ushbu yo‘nalish bo‘yicha tezyurar poezdlar yo‘lovchilarni bir kunda Pekindan Los-Anjelesga yetkazib qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Nima bo‘lganda ham tinch va manfaatli hamkorlikda baraka bor. Dunyoni bog‘lab turgan yo‘llar bir-biriga tutash. Ular tinchlik va xalqlar farovonligiga xizmat qilsin.

 

Sharofiddin TO‘LAGANOV

KOMPYUTYERLAR QANDAY ZARARLANDI?

Kompyuter mo‘’jizaning o‘zginasi. Yaxshi niyatlilar uchun cheksiz bilim manbai, yomon niyatlilar uchun esa yovuz qurol ham bo‘lishi mumkin...

Yaponiyada 82 mingdan ziyod shaxsiy kompyuter virusning yangi turi bilan zararlangani aniqlandi. Tokio politsiya boshqarmasidan olingan ma’lumotga qaraganda, ushbu zararli dastur internet orqali bank operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida boshqa hisob-raqamlarga ham o‘tib ketgan. Zararlangan kompyuterlarning yarmi Yaponiyada, qolgani esa Yevropa va Osiyo mamlakatlarida. Zararlanishning ma’lum bir qismi chegara tufayli bo‘lishi mumkin, degan taxmin bilan yapon politsiyasi rasmiy surishtiruv olib borishni so‘rab, Interpolga murojaat qilgan.

Read more...

TARAQQIO‘TNING MUSTAHKAM POYDEVORI

Mustaqilligimizning har bir yili ta’bir joiz bo‘lsa, Vatanimizda erkin demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida salmoqli qadamlar bo‘layotir, desak aslo mubolag‘a qilmaymiz. Zotan, istiqlolning har bir kuni, har bir oyi ong-shuurimizda, hayotimizda va qarashlarimizda jiddiy o‘zgarishlar qildiki, buni hech kim inkor eta olmaydi.

Read more...

MARSDA YADROVIY PORTLASH YUZ BERDIMI YOKI...

Amerika fizigi Jon Brandenburg NASA anjumanida so‘zlagan nutqida Mars sayyorasida sodir bo‘lgan yadroviy portlash haqida xabar berdi. Bu olim o‘zining g‘ayrioddiy  g‘oyalari bilan ko‘pchilikka tanish. U qadimiy Mars biosferasi, sayyoradagi tabiiy yadroviy reaktorlar to‘g‘risida ilmiy izlanishlar olib borgan.

Eng asosiysi, Brandenburg ushbu ma'ruzasida o‘zining g‘ayriilmiy mulohazalarini bildirmadi. U hamkasblari e'tiborini faqat hodisaning fizik tomoniga qaratdi. Qizil sayyoradagi yadroviy portlashni faqat shu orqali tushuntirish mumkin. Sayyoradagi dog‘lar uran, toriy, kaliy radioaktiv elementlaridan, shuningdek, trinitit (radioaktiv shisha)dan qolgan izlardir, deydi olim.

Read more...

YURT TINCHLIGI - KATTA DAVLAT

Jamiyatda tinchlik-xotirjamlik, osoyishtalik bardavom bo‘lsa, inson bunday ulug‘ ne'matning qadriga hamisha ham yetmasligi mumkin. Lekin dunyoda ro‘y berayotgan odamkushliklar, axborot tahdidlari, terrorizmning mudhish oqibatlaridan boxabar bo‘lgan kishi yurtimizda hukm surayotgan tinchlikning naqadar qadrli ekanini yurak-yurakdan his qiladi.

Dunyo shiddat bilan o‘zgarmoqda. U atomlar vahimasidan, omilkorlik bilan singdirilayotgan, tajovuz va agressiyaning yangicha uslublaridan zir titrab turibdi. Insoniyat aqli va qo‘li bilan samoda, yerda joylashtirgan ommaviy qirg‘in qurollari xavotiri, yon-atrofimizda sodir etilayotgan terroristik harakatlar, qudratli davlatlarning mustaqil mamlakatlar ichki ishlariga aralashishi, nufuzli xalqaro tashkilotlar qo‘li bilan o‘z manfaati yo‘lida boshqalarning moddiy manfaatlarini toptashga intilish, zo‘ravonlik, siyosiy bosimlar odat tusiga kirib, turli mafkuraviy tajovuzlar uyushtirilmoqda.

«Mafkuraviy poligon», «mafkuraviy immunitet», «mafkuraviy profilaktika» tushunchalari bizni jahon siyosatiga yangicha nazar tashlashga o‘rgatdi. Siyosiy g‘irromlik, ikkiyuzlamachilik, riyokorlikka asoslangan mafkuraviy kurashlarning maqsad va mohiyatini hamma ham anglab yetavermaydi. Ko‘pincha bunday maqsadlar kutilmaganda juda katta kulfatlar, yo‘qotishlar va qurbonlarga sabab bo‘ladi. Eng yomoni, jamiyat tinchligi buziladi, beqaror vaziyat yuzaga keladi. Ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot to‘xtaydi.

Xalqimizda «Bir kun janjal bo‘lgan uydan qirq kun baraka ketadi» degan ibratli naql bor. Bu nima degani? Bu - o‘zbek xalqi mentalitetiga xos bo‘lgan xushfe'llik, bag‘rikenglik, birovning ko‘ng­liga ozor bermaslik, hammaga yaxshilikni ravo ko‘rish kabi inson hayotining ziynatlaridir. Lekin chetdan kirib kelayotgan ig‘vo va uydirmalar, axborot tahdidlari o‘z fikriga, dunyoqarashiga ega bo‘lmagan yoshlarni o‘z oqimiga tortib ketish xavfi yildan-yilga kuchaymoqda. 

« - Men qonuniy hokimiyatni tan olaman, - degan edi Prezidentimiz 1991 yil «Di Sayt» nemis haftanomasi muxbiri savollariga bergan javobida. - Lekin u fuqarolar tinchligini, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni, qattiq tartib va intizomni ta'minlashi, har bir kishi, millati va diniy e'tiqodidan qat'i nazar, o‘zi uchun, farzandlari va yaqinlari uchun xavotirlanmay, xavfsiz yashashi va mehnat qilishi uchun kafolat berishi kerak».

Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan, tahlikali davrda uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, odam savdosi, g‘oyaviy tahdidlar axboroti xuruji, diniy ekstremizm va missionerlik harakatlari tinchlik va osoyishtalikka o‘z ta'sirini o‘tkazmoqda, terrorizm va din niqobidagi siyosiy ekstremizm xalqaro muammoga aylandi.

- Davlatning rivojlanishi, taraqqiy topishi jamiyatning farovon va osoyishta hayot kechirishi bilan bog‘liq, - deydi falsafa fanlari nomzodi, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi Samar­qand shahar bo‘limi rahbari Tangir Sattorov. - Inson xotirjam bo‘lsagina, hayotda ko‘zlagan maqsad va orzu-havaslarini amalga oshirishga intiladi. Biror kishining farzandi betob bo‘lsa yoki uyi notinch bo‘lsa, uning qo‘li ishga bormaydi, xayoli farzandi yoki oilasida bo‘ladi. Yurt notinch bo‘lsa, to‘y-tomosha, xursandchilik, o‘yin-kulgi tatimaydi. Tinchlik barqaror bo‘lgan yurt­da har tomonlama yuksalish ro‘y beradi. Odamlarning o‘zaro bir-biriga ishonch va sadoqati, mehr-muruvvati samimiy bo‘ladi.

Onalar allasida, otalar duosida doimo xonadonlarga, yurtimizga tinchlik-xotirjamlik tilanadi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi davr ichida xal­qimizning moddiy farovonligi, turmush darajasi oshib, shahar va qishloqlarimiz tobora obod, ko‘rkam bo‘lib bormoqda, ta'lim-tarbiya, sog‘­liqni saqlash borasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati jahon andozalari darajasiga yetib bormoqda. Iqlim sharoitlari, milliy urf-odatlarimiz talablariga javob beradigan zamonaviy uy-joylar qurilishi jadal davom etmoqda.  Har bir inson uchun tinchlik, osoyishtalikdan ko‘ra tansiqroq, azizroq ne'mat yo‘q. Ko‘hna solnomalarga nazar solsak, urushlar qancha begunoh jonlar umriga zomin bo‘lgan, katta vayrongarchiliklar keltirib, taraqqiyotni ortga surib yuborgan. Bugungi kunda ham dunyoning turli hududlarida urushlar, qon to‘kishlar, obod shahar-qishloqlarni vayron qilishlar davom etyapti. Eng achinarlisi, ko‘pincha bu urushlarga diniy tus berilyapti.

Xalqaro maydonda turli zo‘ravon kuchlar tomonidan «erkinlik va demokratiya tamoyili» niqobi ostida amalga oshirilayotgan g‘arazli siyosat tufayli dunyoning ayrim mintaqalarida tinch hayotning izdan chiqishi, hokimiyat tepasiga aynan o‘sha qudratli davlat manfaatiga xizmat qiladigan kuchlar kelishi kuzatilmoqda. Milliy va strategik rejalarni amalga oshirishga qaratilgan bu siyosatning asl mohiyati va maqsadi xalqni tahdid va qo‘rquv iskanjasida saqlab turish orqali dunyoni qayta bo‘lib olishdan iborat. Nafsiga erk bergan korchalonlar ana shu qonli urushlar bahonasida o‘zlarining o‘yinlarini olib borishyapti.

Shimoliy Afrika va YAqin Sharq mamlakatlarida yuz bergan “Arab bahori” o‘sha mamlakatlar iqtisodiyotini xonavayron qilib, xalqni sarson-sargardon qildi. Bir vaqtlar gullab-yashnagan Iroq, Liviya, Suriyada yuz minglab odamlarning halok bo‘lishi oxir-oqibatda zo‘ravon kuchlarning asl qiyofasini, manfur maqsadlarini fosh etdi. Zamonaviy qurollar vositasida ming-minglab odamlar qoni to‘kilib, hayotdan ko‘z yumayotgani, yovuz kuchlar or­qali dunyoda yangi-yangi urush o‘choqlari paydo qilinayotgani ko‘pni ko‘rgan, oq bilan qorani ajrata oladigan kishilarni nihoyatda hushyor bo‘lishga undaydi.

- Istiqlolning ilk kunlaridan to hozirgacha yurtimizda tinchlik-osoyishtalik bar­qarorligini ta'minlash yo‘lida davlatimiz rahbari tomonidan katta ishlar olib borilmoqda, - deydi Jizzax viloyat nogironlar jamiyati raisi Abdulla Qarshiboyev. - Bugungi kunda yanada ogoh bo‘lib, dunyoning turli mintaqalarida, mamlakatlarda sodir bo‘layotgan noxush voqyealar, turli mojarolar, o‘zaro qarama-qarshiliklar, qon to‘kilishlar, dilni xira qiladigan voqyealar bizdan uzoqda, deb unga loqayd qarash mumkin emas. Chunki bu balo bir mamlakat yoki mintaqa doirasida chegaralanib qolmaydi, vaqtida bartaraf etilmasa, tobora kuchayib, boshqa mamlakat va mintaqalarga ham yoyilishi mumkin. Dunyoda bo‘layotgan voqyea va hodisalardan hamisha ogoh bo‘lish, ona Vatanimizdagi tinch, osoyishta va farovon hayotning qadriga yetish, shu farovon, osuda hayotni yanada mustahkamlash uchun har bir inson o‘z hissasini qo‘shmog‘i, el-yurt taqdiri, kelajagi uchun daxldorlik tuyg‘usini diliga jo qilmog‘i darkor. Ayniqsa, bu fikrni yoshlarimiz ongu shuuri, qalbiga jo etishimiz hammamizning vazifamizdir.

Ne'matning qadri u yo‘qolganda bilinadi, ne'matning yo‘qolmasligi esa doimo uning shukrini ado qilish bilan bo‘ladi. Bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetgan inson o‘z qadriga yetadi. Tinchlik uchun kurashmoq kerakligini doimo yodimizda saqlashimiz, har kuni o‘z xonadonimizda, mahallamizda, korxonamizda tinchlikni mustahkamlashga hissa qo‘shish uchun jonbozlik ko‘rsatib, faol kurashmog‘imiz kerak. Kurashmoq degani qo‘lga qurol olib maydonga chiqish degani emas. Avvalo, mana shunday dorilomon va yorug‘ kunlarga yurakdan shukrona aytib, yurt obodligi, uning kundan-kunga ravnaq topishi uchun har kim o‘z joyida hissasini qo‘shishi kerak.

Prezidentimizning “O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” kitobidagi “O‘zining milliy davlat manfaatlari ustuvorligida o‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisob­ga olib, respublika biror-bir buyuk davlatning ta'sir doirasiga kirmasligi darkor” degan fikrlari yurtimizda amaliy ifodasini topmoqda.

Urush insoniyatga faqat kulfat va ofat keltiradi. Birgina ikkinchi jahon urushi ellik millondan ziyod odamning yostig‘ini quritdi. Millionlab kishilar mayib va majruh bo‘lib qoldi. Ko‘plab shahar va qishloqlar vayron qilindi. Shu ma'noda, tinchlikni avaylash, qadrlash, hayotdan o‘tgan urush qatnashchilarini xotirlash, tiriklarining hurmatini jo­yiga qo‘yish bugungi avlod uchun ham farz, ham qarzdir. Mamlakatimizning Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda BMT orqali tinchlik uchun kurashdagi faoliyati, Markaziy Osiyoning yadrosiz hudud deb e'lon qilinishi, uning xal­­­q­aro hamjamiyat tomonidan tan olinishi nafaqat mintaqamizda, balki jahonda tinch­likni saqlashda muhim aha­miyat kasb etadi.

O‘zbek xalqi azaldan bolaparvar, oilada tinchlik-xotirjamlik, jamiyatda oso­yishtalik tarfdori bo‘lib kelgan. Katta-katta ishlarni hashar qilib bitirgan, to‘yda ham, azada ham bir-biriga yonma-yon, yelkadosh bo‘lgan, quvonchli va tashvishli kunlarda bir-birining holidan xabar olgan, beva-bechoralar, yetim-yesirlarning boshini silagan, odamgarchilikni, ma'naviyatni barcha maqsadlardan ustun qo‘ygan.

Mustaqillik yillarida boshimizdan kechirgan turli tajovuzkorlik urinishlari, mamlakatimizdagi tinch-osuda hayotni, islohotlarni, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘rolmayotganlarning g‘arazli niyatlari har birimizdan hushyorlikni, har bir yangilikka teran fikr, chuqur mulohaza bilan qarashni taqozo qiladi. Dunyo­dagi turli tazyiq va agressiyalarning yangicha mohiyatiga nazar tashlab, oqilona xulosa chiqargan, nayranglar ostidagi maqsadlarni anglab yetgan mamlakatdagina tinchlik-osoyishtalik, farovonlik barqaror bo‘ladi. Dunyo tinchligi, yurt tinchligi katta davlatdir.

 

 N. OSTONOV, jurnalist

TARIXDAN XULOSA CHIQARIB YASHAMOQ KERAK

Tarixning o‘zi bir maktab. Uning saboqlari insoniyatni hamisha hushyorlikka undab kelgan. Sezdirib-sezdirmasdan bosib kelayotgan balo-qazolarga qarshi kurashish, ularga nisbatan o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rish, bu jarayonda yelkama-yelka bo‘lib, hamjihatlikda faoliyat yuritishni davrning o‘zi, taraqqiyot yo‘li taqozo etmoqda. Axir bejiz xalq o‘tmishga qarab turib kelajak sari qadam tashlaydi, degan hikmat yaratilmagan. Zero, kechagi kunini yoddan chiqargan, uning saboqlariga amal qilmagan millatning buguni parokanda, ertangi kuni esa tanazzuldir.

Read more...

QORA CHOY - DIABET UCHUN UNIVERSAL DORI

Choyni xush ko‘rasizmi? Qay birini? Aslida xush ko‘radigan choyni emas, organizm uchun foydalisini ichish kerak ekan.

Xalqaro olimlar guruhi qandli diabet kasali uchun qulay va hammabop dorini topishdi.

Bu yangilik dunyo fani jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Yaponiya va AQSH olimlarining organizmida qandli diabetga moyilligi bor odamlar ustida o‘tkazgan tajribalari buni tasdiqladi. Unga jalb etilgan kishilar bir necha kun mobaynida ma'lum me'yordagi choyni ichishdi. Natijada ushbu xastalikni davolashda qora choy har qanday doridan ko‘ra yaxshiroq samara berishi ma'lum bo‘ldi. Olimlar choy bargi tarkibidagi polifenol moddasi qonda qand miqdorini bir maromda ushlab turishini aniqlashdi. Xullas, tadqiqotchilar kuniga 2-3 piyola choy ichib turish diabetning oldini oladi, deyishmoqda.

Read more...

YANGI SAYYORA TOPILDI

Hali sirli fazo bag‘rida qanchadan qancha sayyoralaru ularda qanday sir-sinoatlar borligini bilmaymiz.

Yaqinda astronomlar shunday sayyora topishdiki, agar u yerda inson yashasa, osmonda birato‘la to‘rtta quyoshni ko‘rishgan bo‘lardi. Nega deysizmi?

Read more...

AVTOMOBIL-ROBOT PROFESSIONAL HAYDOVCHIDAN O‘ZIB KETDI

Texnika asrining mo‘'jizalarini qarang. Agar mashhur film qahramoni rostakamiga o‘tmishdan kelib qolsa bormi, shoh bo‘lishiga qaramay, o‘z zamonasiga qaytib ketishni istamagan bo‘lardi.

Kashfiyotchi olimlar nimalarni o‘ylab topishmaydi, deysiz. YAqin kelajakda avtomobil-robotlarga ham ko‘nikishimizga to‘g‘ri keladi. Buning ustiga ular rul boshqarishda odamlardan ko‘ra hushyorroq ekan. Hatto kimo‘zar poygasida odamdan o‘zib ketishni ham yaxshi eplashyapti.

Read more...

PARDA ORTIDAGI HAQIQATLAR

Bugun global miqyosda urchib borayotgan mojarolarning asl mohiyati neft va gazga egalik qilish, mamlakatlarning tabiiy boyliklaridan foyda olish maqsadida ro‘y bermoqda, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Yer yuzida sodir bo‘layotgan mojarolarga teranroq nazar solsak, Suriya, Iroq va hatto Janubiy Xitoy dengizigacha energomanbalar, yana ham aniqrog‘i yoqiladigan foydali qazilmalar uchun kechayotgan kurashlarga guvoh bo‘lamiz. Tabiiyki, tinch-totuv hayot kechirayotgan insoniyatga qiron keltirish evaziga erishilayotgan har qanday boylik yovuzlikning yanada rivoj olishiga xizmat qiladi. Birgina Iroqning parchalanib, fuqarolik urushi va konfessiyalararo kelishmovchiliklar asosida ommaviy qirg‘inlar olovi ichida qolayotgani bunga misoldir.

Neft uchun bo‘layotgan janglar yanada noxush tus olayotgani, muhorabalarning ortidan dunyoning u yoki bu nuqtasini xunrezliklaru yalpi ofatlar qurshab borayotganidan ko‘z yumib bo‘ladimi?!

URUSH TEGIRMONIGA SUV QUYAYOTGANLAR

Iroq, Suriya, Nigeriya, Janubiy Sudan... xullas, qayerga razm solmang, yo yangi mojarolar paydo bo‘ladi, yoxud eskilari qayta jonlanadi. Bir qarashda biri boshqasidan tamomila farq qiluvchi, o‘ziga xos sharoit tufayli sodir bo‘layotgan hodisalardek tuyuladi. Ammo bu voqyealarda bir qator umumiy xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Eng avvalo, etnik, diniy va milliy ziddiyatlar energomanbalar bahonasida tobora avj olmoqda.

Bu mojarolarning murvatini burab, tegirmoniga suv quyib turayotgan, uzoq davrlardan “meros” bo‘lib kelayotgan va'j-karsonlar ham bir talay. Aksariyat hollarda ziddiyatlar bir-biri bilan o‘zaro aralashib ketgan qabila va elatlar, konfessiya hamda xalqlar o‘rtasida namoyon bo‘ladi. Iroq va Suriyada sunniylar, shialar o‘rtasidagi nizo, Nigeriyada esa musulmonlar, xristianlar va turli qabilaviy guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, Janubiy Sudanda dinka va nuer elatlari o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlar bunga misoldir.

Bu holatlarga ko‘p asrlik dushmanlikning oqibati, deya juda jo‘n ta'rif ham berish mumkin. Bunday kayfiyat haqiqatan ham ana shunday mojarolarni keltirib chiqarayotgandir. Biroq masalaning zamonaviy sabablarini ham e'tiborga olish zarur. Gap anchayin qimmatbaho sanalayotgan neft va gaz konlariga egalik qilish haqida boryapti. Iroq, Nigeriya, Janubiy Sudan va Suriya singari mamlakatlar daromadining asosiy qismini neft savdosidan tushayotgan foyda tashkil etadi. Shu sababli tarixiy adovatning nuqsi urib turgan bo‘lsa ham ushbu mojarolarning aksari aslida ana shu milliy boylikni nazorat qilish masalasi bilan bog‘liq. Energomanbalar uchun janglar so‘nggi yillardagi ko‘plab mojarolarda yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi. Jumladan, 1980-1988 yillardagi Eron-Iroq urushi, 1990-1991 yillarda Fors ko‘rfazidagi urush, shuningdek, Sudanda 1983 yildan 2005 yilgacha davom etgan fuqarolik urushlarida aslida energomanbalar uchun kurash birlamchi omil bo‘lgan.

IROQ, SURIYA HAMDA “ISLOM DAVLATI”

“Islom davlati” degan niqob ostiga berkinib olgan ekstremistik tashkilot Suriya janubi va Iroq shimolidagi katta hududni o‘z nazorati ostida saqlab turganini hammamiz bilamiz. Qurolli jangarilar otryadlaridan iborat guruh o‘zlari egallagan hududlarda egaminlik qilish va shu orqali neft va boshqa foyda keltiruvchi manbalarga ega bo‘lishni ko‘zlab janglar olib borishmoqda. Hozirda ushbu tashkilot Suriyadagi muhim neft qazib olinadigan hududlar hamda Iroqdagi neftni qayta ishlovchi quvvatlarni qo‘lga kiritdi. Oqibatda mintaqa yangi mojarolar iskanjasida qolishi ehtimoli tobora haqiqatga aylanib bormoqda.

Suriya hech qachon yirik neft qazib oluvchi davlat hisoblanmagan bo‘lsa-da, urushdan oldingi davrda Bashar Asad hukumati kuniga 400 ming barrel neft qazib olib, bundan kattagina foyda ko‘rar edi. Ma'lumotlarga ko‘ra, hozir konlardan neft qazib olish nisbatan ancha kamaygan. Biroq bir talay xorijiy manbalarda isyonchi guruhlar foyda ko‘rishi va ularning kundalik ehtiyojlari uchun yetarli darajada neft qazib olinib, yashirin yo‘llar orqali sotilayotgani ta'kidlanadi.

Nafsilambirini aytganda, xalqaro kuzatuvchilarning fikrlarini qu­yidagicha umumlashtirish mumkin: Iroq sharqidagi jangovar harakatlar qay yo‘sinda davom etmasin, neft uchun kurashdan bo‘lak narsa emas...

 NIGERIYA VA JANUBIY SUDAN

Nigeriya - Afrikada eng yirik neft qazib oluvchi davlat. Ushbu mamlakatda taxminan kuniga 2,5 million barrel neft qazib olinadi. Deylik, 1 barrel neftning narxi o‘rtacha 100 dollarni tashkil etganda ham bu ish bilan shug‘ullanuvchi xususiy kompaniyalar o‘z ulushini olganidan qolgani-da, davlatga ulkan foyda keltirishi aniq. Bir yilda o‘nlab milliard dollarni tashkil etadigan ana shu mablag‘lar aholi turmush sharoitini yaxshilash, mamlakatni taraqqiy ettirish yo‘lida sarf­langanida Nigeriya butun Afrika uchun umid mash'aliga aylangan bo‘lur edi. Aksariyat kuzatuvchilar Nigeriyada “Boko xaram” singari isyonchi guruhlar safi kengayib borayotganini ana shu sabablar bilan izohlaydilar.

Janubiy Sudandagi mojarolarning ham turli sabablari bor. Biroq energomanbalar masalasiga oid yagona umumiy bog‘liqlik mavjud. Aslida, Janubiy Sudan davlati neft siyosati mahsuli o‘laroq tashkil topgan edi. Ushbu davlatda 1955 yildan 1972 yilgacha davom etgan fuqarolik urushi ko‘pchilik qismi musulmonlardan tashkil topgan shimoldagi hukumat mamlakat janubidagi afrikaliklarning an'anaviy e'tiqodiga amal qiluvchi hamda xristianlikka e'tiqod qiluvchi xalqlarga muxtoriyat berishga rozi bo‘lganidan so‘nggina o‘z nihoyasiga yetdi. Biroq mamlakat janubida neft konlari topilgach, Shimoliy Sudan hukumati avvalgi va'dalaridan voz kechib, neft konlarini o‘z nazorati ostiga olishga intildi. Bu mamlakatda 1983 yildan 2005 yilgacha davom etgan fuqarolik urushining ikkinchi to‘lqinini keltirib chiqardi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu urushda 2 millionga yaqin inson hayotdan ko‘z yumgan. Alaloqibat, Janub to‘liq mustaqillikka erishdi. 2011 yil yanvarida o‘tkazilgan referendumda janubliklarning 98,8 foiz ovozi bilan Janubiy Sudan alohida davlat sifatida ajralib chiqib, 9 iyulda o‘z mustaqilligini e'lon qildi.

Yangi davlat shakllanib ulgurmasdanoq, Shimolda neft mojarosi qaytadan jonlandi. Janubiy Sudanda neft konlari yetarli bo‘lishiga qaramay, mahsulot eksporti uchun mo‘ljallangan yagona neft quvuri Qizil dengiz sohiliga Shimoliy Sudan hududidan o‘tib borishi yangi ziddiyatlarga sabab bo‘ldi. Shu bois, o‘z-o‘zidan Janub Shimolga tobe bo‘lib qoldi. Shimolliklarning tranzit narxlarini keskin ko‘tarib yuborgani Janub tomonidan neft yetkazib berishning to‘xtatilishi va ikki davlat o‘rtasida haligacha bahslarga asos bo‘layotgan chegarada o‘qtin-o‘qtin takrorlanib turadigan zo‘ravonliklarga sabab bo‘ldi. 2012 yilning avgustida nihoyat tomonlar neft boyligini taqsimlash bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdilar. Shu tariqa neft qazib olish ishlari yana jonlandi. Biroq haligacha Shimolning nazorati ostida bo‘lgan, ammo asli janublik aholi joylashgan chegara hududlarida ayrim guruhlar tomonidan jangavor harakatlar davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari mamlakatda hokimiyat uchun boshlangan kurashlar tezda etnik-fuqaroviy urushga aylanib ketdi. Oqibatda kelib chiqishi dinka elatiga mansub bo‘lgan prezident Kiir tarafdorlari hozirgi kunda vitse-prezident Mashar mansub bo‘lgan nuer elati vakillari bilan jang qilmoqda. Sudan janubida ham Suriya va Iroqda bo‘lgani kabi jangovar harakatlar neft konlaridan uzoq bo‘lmagan hududlarda bo‘lib o‘tmoqda. Ikkala tomon ham konlarni o‘z nazorati ostiga olishga intilishmoqda.

 “...HYECH QAYSI XALQ URUSHNI XOHLAMAYDI”

Davlatimiz rahbari o‘tgan yil 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillariga bergan intervyusida: “Afsuski, bugungi kunda dunyo­ning turli hudud va mintaqalarida, olis va yaqin atrofimizda qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora kuchayib borayotganini ko‘rmoqdamiz. Ayrim joylarda qon to‘kilayotgani, nizo va adovatlar avj olayotgani, fashizm degan balo yana bosh ko‘tarayotgani, millatchilik, shovinizm kabi xavfli ofatlar maydonga chiqayotgani, bir so‘z bilan aytganda, vaziyat tobora keskinlashib, xavf-xatarlar ortib borayotgani barchamizni tashvishga solmasdan qo‘ymaydi.

Butun dunyo xalqlarining ezgu orzusi, xohish-irodasi bitta. U ham bo‘lsa, urush hech qachon, hech qanday shaklda qaytarilmasin, degan talabdir. Bunday istak, bunday maqsad jahondagi barcha xalqlarning manfaatlariga to‘g‘ri keladi. Chunki, hech qaysi xalq urushni xohlamaydi”, deya ta'kidlagan edi.

Darhaqiqat, muayyan tor doiradagi manfaatlarning badali begunoh insonlarning qoni to‘kilishi, boshpanasiz qolishi, minglab odamlarning o‘z yurtini tashlab ketishi evaziga to‘lanmasligi kerak. Biroq bugungi kunda xususan, neft savdosidan, yerosti, yerusti boyliklaridan foyda olish orzusi baribir ziddiyatlarni harakatga keltirayotgan asosiy kuch bo‘lib qolmoqda. Etnik va diniy kelishmovchiliklar esa ana shu mojarolarga yanada keskin siyosiy, mafkuraviy tus berishda dastak vazifasini o‘tamoqda. Umid shuki, ajabmas qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha ishlanmalar rivoji yaqin kelajakda ana shunday mojarolarga nuqta qo‘ysa.

 Javohir QUDRATOV

“APPLE”DAN “TEKIN”YANGILIK

Bugun hayotimizni uyali aloqalaru turli texnik vositalarsiz tasavvur qilish qiyin. Telefoningiz bir kungina  yoningizda bo‘lmasa ko‘nglingiz joyiga tushmay, bezovtalana boshlaysiz. Chunki shu kaftdek moslama orqali nafaqat so‘zlashamiz, balki boshqa talay ishlarni ham bajaramiz. Agar hali ham qo‘l telefoningiz bo‘lmasa yoki yangisini olish niyatida yurgan bo‘lsangiz, unda siz uchun “Apple” kompaniyasi  yana bir qulaylikni - Windows foydalanuvchilariga iWork ofis dasturlari uchun o‘zining tekin veb-versiyasini tavsiya etmoqda.

Endi istalgan moslama egasi iCloud saytida Apple ID akkauntini ochgach, Pages, Numbers va Keynote dasturlaridan hech qanday to‘lovlarsiz ham foydalana olishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, avvallari ularni faqat Apple texnikasiga ega bo‘lganlargina ishlata olardi. Eng asosiysi, mazkur dasturlarda tayyorlangan hujjatlar Microsoft Office formatlariga ham mos tushadi.

Mutaxassislar bu imkoniyat orqali iWork Apple Microsoftning mijozlarini o‘ziga og‘dirib olishi osonlashishini bashorat qilayotir. Avvalroq iPhone va iPadlar uchun qo‘shimcha tekin imkoniyatlarni yaratgan Microsoftni ham bu holat tashvishga solgan chog‘i, kompaniya foydalanuvchilar uchun xizmat narxlarini bosqichma-bosqich tushirmoqda hamda unga obuna bo‘lishning turli variantlarini taklif qilyapti. Biroq umumiy jihatdan dastur hali ham pullik hisoblanadi.  

 “JAJJI MO‘'JIZA”NING  KATTA SINOATLARI

Insonga ato etilgan eng oliy ne'mat o‘zidan keyin nasl qoldirishdir. Farzandning o‘zi bir mo‘'jiza. Tinib-tinchimagan olimlar shu fikrni isbotlashdi ham. Britaniyalik tabiatshunos Devid Attenboro ona qornidagi to‘qqiz oylik chaqaloqni dunyodagi eng ajoyib mavjudot, deb atadi.

Uning fikricha, aynan shu davrda go‘dakda aql bovar qilmas o‘zgarishlar sodir bo‘lar ekan. Tadqiqotchilar tabiat bolaga in'om etgan shakl-shamoyil ham kattalarning unga mehr qo‘yishida, ardoqlashida va kerak bo‘lsa, o‘z jonini xavfga qo‘yib himoya qilishida katta ahamiyatga ega ekanini aytishmoqda.  Evolyutsiyani o‘rganuvchi ruhshunos Maykl Prays to‘qqiz oylik bolaning yuziga hayratlanarli tarzda nomutanosib katta ko‘zlariga e'tibor qaratadi. Aynan mana shunday dumaloq ko‘zu lo‘ppi yuzlarni ko‘rgan har qanday insonning ko‘ngli iyib ketishi tayin.

Tadqiqotlar natijasida ma'lum bo‘ldiki, bu davrda bolaning tili taxminan o‘n mingga yaqin ta'mni ajrata olar ekan. Bu kattalarnikidan ikki barobar ko‘p degani. Ammo go‘dak ul­g‘ayavergach, bu xususiyat sustlasha boradi. Ona sutini ajrata olishda bu xususiyat, ayniqsa, asqotadi. Bundan tashqari, homila to‘qqizinchi oyda xuddi kattalardek yaxshi ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lishiga nima deysiz? Bolakayning og‘irligi ham bu paytga kelib sezilarli darajada oshadi. Shunga monand miyasining o‘sishi ham tezlashadi va kattalar miyasining yarmicha bo‘ladi. Tug‘ilganidan ikki-uch oy o‘tar-o‘tmas, “jajji mo‘'jiza”lar o‘z onasining chehrasini taniy olarkan. To‘rtinchi oydan boshlab esa uchragan insonning tashqi qiyofasini eslab qolib, tahlil qila olishi mumkin. Eng ajablanarlisi, olimlar to‘qqiz oylik chaqaloq kimga ishonsa bo‘ladiyu, kimga esa yo‘qligini biladi, deb hisoblashmoqda.

 VATANINI QONIDAN ANIQLASH MUMKIN

“Do‘sting­ni kimligini ayt, men senga kimligingni aytaman”, degan gap bor. Bu naqlni sibirlik olimlar biroz o‘zgartirishdi. Ular “DNK namunangni ko‘rsat, qayerdanligingni aytaman” deyishmoqda.

YAqinda Tomsk shahridagi genetika bilan shug‘ullanuvchi olimlar inson DNKsiga qarab, uning asl vatanini aniqlash mumkinligini e'lon qilishdi. Ularning fikricha, DNK namunasi sizning qayerdanligingiz haqida aniq ma'lumot bera olar ekan. Bu kashfiyot ustida o‘n besh yildan beri bosh qotirayotgan olimlar nihoyat ishonarli natijalarga erishdilar. Ular shunday texnologiya yaratishdiki, unga ko‘ra endilikda istalgan odamning kindik qoni to‘kilgan zaminni aytib berish imkoni mavjud.

- Agar bizda biror kimsaning DNK namunasi bo‘lsa, uning asli qaysi mintaqadanligini, hatto ba'zan viloyatigacha aytib berishimiz mumkin, - deydi tadqiqotchi Vadim Stepanov. Tadqiqotchilar Rossiya, Belorussiya, Ukrainadagi genofondlarni o‘rganib, hududlarga xos xususiyat va fazilatlarni tuzib chiqishdi.

Kashfiyot tergov-qidiruv ishlarida, jinoyatchini topishda, tabiiy ofatlar, urushlar paytida topilganlarning kimligini aniqlashda qo‘l kelishi ta'kidlanmoqda. Xullas, o‘z qonimiz o‘zimiz haqimizda so‘zlashi ma'lum bo‘ldi.

 

SEBU HAYVONOT BOG‘IDAGI ANTIQA MASSAJ

Filippinning Sebu orolidagi hayvonot bog‘i ma'muriyati tashrif buyuruvchilarga noodatiy uqalash muolajalarini taklif qilishmoqda. Eng qizig‘i, uqalovchi vazifasini pitonlar bajarmoqda. Yo tavba, uqalash ilonlar vositasida qilinsa-ya!

Ma'lumki, piton - tropik mamlakatlarda yashaydigan yirik bo‘g‘ma ilon. Ular zaharli bo‘lmagan ilonlar oilasiga mansub. Bir mijozga bir paytning o‘zida to‘rtta bo‘g‘ma ilon xizmat ko‘rsatadi, har bir pitonning uzunligi 5 metr, og‘irligi 250 kilogrammni tashkil qiladi. Zoologlarning aytishicha, ushbu muolaja salomatlik uchun foydali bo‘lib, charchoqni oladi.

Read more...

QORA KO‘LANKA

Bugungi kunda terrorizmga qarshi kurash dunyo hamjamiyati oldida dolzarb muammolardan biri bo‘lib turibdi. Har bir mamlakat boshiga tushgan balodan qutilish yo‘llarini o‘zicha hal etmoqda. Terroristik tashkilotlarning nomi o‘zgarib turgan bo‘lsa-da, biror-bir maqsadni ko‘zlamay yoppasiga qirg‘in yo‘lini tutayotgani anglab bo‘lmas sirligicha qolmoqda. Terrorizm aslida siyosiy maqsadlarga erishish yo‘lida jamiyatda qo‘rquv paydo qilish demakdir. Ibora lotincha bo‘lib, “dahshat”, “qo‘rquv” degan ma'nolarni anglatadi.

Tahlilchilarning so‘zlariga qaraganda, bu harakat asosan 20 asrda keng tar­qala bosh­ladi. O‘shanda terror metodidan bir qator mamlakatlarning maxsus xizmatlari, radikal tashkilot a'zolari birdek foydalangan.

Bugungi kunda dunyoda o‘zining qabohatli xatti-harakatlari bilan insoniyatga tahdid solib turgan shunday tashkilotlardan biri ISHIDning paydo bo‘lishi. Uning faoliyat ko‘lamlariga nazar solsangiz, ular aniq maqsadga ega bo‘lmagan jangari to‘dalar ekanligiga guvoh bo‘lasiz.

Read more...

QON BOSIMINI TUSHIRISHNING YANGI USULI

Bu yangilik qon bosimi oshib turuvchilar uchun foydali. Turli dori vositalarini qabul qilaverib, joniga tekkanlar tadqiqotchi olimlarni alqashi aniq. Britaniyada mo‘jazgina moslama ustida klinik sinov o‘tkazildi. Bu qanday moslama deysizmi? Aynan siz izlagan, qon bosimini tushiradigan moslama-da!

Read more...

BO‘RILAR HAQIDA NIMA BILAMIZ?

Nima bo‘lardi, bir vahshiy hayvon-da, dersiz. Yo‘q, biroz shoshmay turing...

AQSH geologiya xizmati xodimi Doktor Devid Mech yarim asrlik umrini yovvoyi tabiat “vakili” bo‘lmish bo‘rilar hayotini o‘rganishga bag‘ishlagan.

Bu davrda u odamlar “o‘rmon sanitari” deb ataydigan bu hayvon haqida ko‘plab ma'lumotlar to‘pladi. Olim aynan shu haqda turli xalqlarda turlicha qarashlar mavjudligini aniqladi.

Read more...

TINCHLIK BOR JOYDA INSON MANFAATLARI QAROR TOPADI

Bugun xalqaro kuzatuvchilar dunyoni okean o‘rtasida chayqalib turgan kemaga o‘xshatmoqda. Uning yo‘lovchilari falokatdan qutulish yo‘lini topolmay ovora. Hyech kimning bir-biriga yon bergisi yo‘q. Yevropadagi moliyaviy inqirozni kuzatamizmi, Ukraina sharqidagi qonli voqyealarga nazar tashlaymizmi, yoki xalqaro maydonda davom etayotgan 50 dan ziyod katta-kichik ziddiyatlarga nigoh tashlaymizmi, bu muammolarning barida inson omilini ko‘rishimiz mumkin. Eng achinarlisi, bu janjalu to‘polonlardan, inqirozu-tangliklardan insoniyat jabr ko‘rayapti, uning manfaatlari oyoqosti bo‘layapti.

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

August 2017
S M T W T F S
1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31

.