DO‘MBOQLAR KO‘PAYMOQDA

 

Sir emaski, bugungi kunda do‘mboqlar ancha ko‘p. Ilgari ular tomosha qovoq singari ko‘pchilikni hayratga solgan bo‘lsa, endilikda oddiy hol bo‘lib qoldi. Hozir barcha mamlakatlarda bunday odamlarni uchratish mumkin. Lekin ma'lumotlarga qaraganda, eng ko‘pi AQSHda emish.

Read more...

IBRATLI QO‘SHNICHILIK

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning yuragi - mintaqada yetakchi, quruqlik bilan o‘ralgan, dunyo sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgan, boy tarixga ega davlatdir. Bugungi kunda mintaqadagi infratuzilmani, shuning­dek davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni bog‘lash va mustahkamlashda O‘zbekiston Respublikasining alohida o‘rni mavjud. Buni mamlakatimizga tashrif buyurayotgan yetakchi mamlakatlar davlat rahbarlari va ekspertlarning xulosalariga tayanib baralla aytish mumkin.

Read more...

OYDAGI XAROBALAR YOKI “OLTIN DEVOR”

OOdam zotining qiziqmagan sohasi qolmadiyov. Xuddi Yerdagi hamma sirlar ochilib bo‘lgandek, hali Oyga, hali Marsga sayohat qilaverib, kosmosni ham o‘zimizniki qilib oldik chog‘i. Hademay, o‘sha olislardan mehmon keldi, desa hech kim ajablanmay qo‘yadi, shekilli. Ha, orzuga ayb yo‘q. Xo‘sh, qani, ko‘raylik-chi, tinib-tinchimas olimlar bu gal sizu bizga qanday mo‘’jizalarni tortiq qilisharkin?

 

Read more...

SUV QAYERDAN PAYDO BO‘LYAPTI?

Kim biladi deysiz, Yerning o‘zida ham hali qancha ochilmagan sirlar yashirinib yotibdi.

Mana, masalan, olimlar Yer ostida ham suvlik - daryolar yoki ko‘llar bo‘lishi mumkinligi haqidagi yangilikni ilgari surishmoqda. Buning sababi hozircha aniqlangani yo‘q. Yangi izlanish natijalariga qarab, Yerning ichki qobig‘idagi bunday suv almashinuvi okeanlarga quyilib turadi, deya taxmin qilinyapti. Shunisi qiziqki, ayrim olimlar suv Yerga kosmosdagi muz kometalardan tushadi deyishsa, boshqalari geologik jarayonlar vaqtida Yer qa’ridan chiqadi, deydi. Ha, haqiqat shunday bahslarda tug‘iladi-da!

Ogayo universiteti professori Kendi Panero va aspirant Djef Pigot esa inson ko‘ziga quruq bo‘lib ko‘ringan tog‘ jinslari, balki suv manbaidir, degan farazni ilgari surishmoqda. Amerika geofiziklarining San-Fransiskodagi uchrashuvida tadqiqotchilar suvning quyiga o‘tkazilib turilishida yoqutning o‘rni muhim bo‘lishi kerak, degan fikrni bildirishdi. Qarang-a, qimmatbaho toshlar hamma joyda ham kerak bo‘lar ekan-da!

OLAM YANGI SINOVLAR QARSHISIDA

Dunyo ahli nihoyasiga yetgan 2014 yilda turli ziddiyatlar, ixtiloflarga ko‘p bora duchor bo‘ldi. Ukraina mojarosi, o‘zini «Iroq va Shom islom davlati» deb e’lon qilgan terrorchi guruhga qarshi kurash, Ebola epidemiyasi, Afg‘oniston muammosi va yana boshqa ko‘plab oxiri ko‘rinmayotgan masalalar shular jumlasidan edi. Xo‘sh, insoniyat yangi yilda Yer yuzidagi bu kabi qaynoq muammolarni qanday yechmoqchi? 

Read more...

KUZGUDA OLAM AKSI

It odamni tishlagani emas, odam itni tishlagani yangilik, degan qarash g‘arb nashr­larida asosiy mezon hisoblanadi. Xo‘sh, nihoyasiga yetgan yilda qaysi yangiliklar ana shunday darajaga loyiq topilib, sahifalarni to‘ldirdi ekan? Xorij matbuoti nafasini tuyish uchun ularga imkon qadar “ko‘z yugurtiramiz”.

Buyuk Britaniyaning mashhur “Time» jurnali bu safar ham o‘zining an’analariga sodiq qoldi. Doimiy ravishda “Yil odami”ni e’lon qiluvchi tahririyat bu gal dunyo jamoatchiligini tashvishlantirgan, ko‘pchilikning umriga zomin bo‘lgan ebola virusiga qarshi kurashganlarni bu nomga loyiq, deb topdi. “Urushda qurol emas qahramonning yuragi jang qiladi”, degan maqol bilan shu mavzuga oid maqolasini boshlaydi muharrir Nensiy Gibs. U ebola virusi keltirgan talafotlar haqida to‘xtalib, shifokorlarning unga qarshi harakatlarini jasoratga mengzaydi. Shu bilan birga, har qanday mamlakatdagi sog‘liqni saqlash tizimining rivoji nafaqat o‘sha yerdagilar uchun, balki butun yer kurrasi uchun ham ahamiyatli ekanini ta’kidlab o‘tadi.

Bundan tashqari, Antarktidada turizm sayohati pingvinlarga xavf solishi, gaz narxining tushishi, yil oxirida o‘tkaziluvchi turli tanlovlar g‘oliblari, Madonnaning yangi olti qo‘shig‘ining muxlislariga taqdim etilishi, Kubaning tashqi ishlariga oid mavzular bo‘yicha ham jurnalda materiallar berilgan.

 

Read more...

BAHAYBAT MAXLUQ MASHHUR BO‘LDI

Britaniyalik fotograf yirik maxluqni ob'yektivga muhrlashga erishdi. Ushbu haybatli jonivor Angliya hududida ko‘p yildan buyon yashayotgan ekan. 

Kambriya grafligidagi Uindermir ko‘li qirg‘og‘ida olingan g‘aroyib fotolavhalar g‘arbning ko‘plab ommaviy axborot vositalarida chop etildi. Ularda dinozavrni eslatuvchi maxluqning ko‘lni beparvolik bilan kesib o‘tayotganini ko‘rish mumkin. Britaniyalik fotografning qanday qilib uni suratga olishga erishgani esa ko‘pchilikni hayratga solmoqda. 

Shunisi qiziqki, maxluqning nomi ham, turi ham aniq emas.

NASA: MARSGA UCHISH BOSH MAQSAD

Amerika kosmik agentligi yaqin kelgusida Marsga uchish insoniyatning bosh maqsadi bo‘lishi kerak, degan fikrni ifoda etayotir. -Qizil sayyoraga parvoz jahon kosmonavtika sohasining eng ustuvor vazifasidir, - dedi NASA direktori Devid Miller. 

Uning aytishicha, ayni vaqtda NASA tarixda birinchi marta Quyosh tizimida o‘lchamiga ko‘ra yettinchi o‘rinda turuvchi sayyoraga uchuvchi bilan boshqariladigan apparatni jo‘natishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

August 2017
S M T W T F S
1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31

.