Jamoat fondi loyihasi

28 Dekabr 2011 20:08
Archa — baxt ramzi
Yangi yilni archasiz tasavvur qila olmaymiz. Asosan Yevropa qita’asining shimoliy hududlarida yashagan xalqlarning e’tiqodiga ko‘ra, archa qadim zamonlardan beri baxt keltiruvchi daraxt hisoblanib kelinadi. Shu sababli bo‘lsa kerak, baxt ramzi bo‘lmish archa keyinchalik Yangi yil bayramida odamlarning uyi to‘ridan o‘rin oladigan bo‘lib qolgan.
Hozirgi kunda bayram archalarini o‘ziga xos jilo baxsh etadigan rang-barang o‘yinchoqlar bilan bezatish odatga aylangan. Buni qarang­ki, archa o‘yinchoqlarining paydo bo‘lish tarixi ham juda qiziq. O‘rta asrlarning oxirida Yevropa mamlakatlari aholisi yangi yil munosabati bilan uylarini bezatishni boshlaydilar. O‘sha paytlar archa bezatish ta'qiqlanganiga qaramasdan, odamlar archa novdalarini uylariga olib kelishar va yangi yilni bezatilgan archa atrofida kutib olishardi. Natijada XVI asrning birinchi yarimiga kelib bu butunlay an’anaga aylanib ulgurdi.
Aytish joizki, XVIII asrlarga kelib archa o‘yinchoqlari yeyish mumkin bo‘lgan shirinliklardan iborat bo‘lgan. Masalan, yong‘oq, har xil qandolat mahsulotlari, meva-sabzavotlar. Shu bilan birga, o‘sha paytlarda archa novdalariga albatta vafli (katta-katta yupqa pechene)lar ilingan. 
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib archa o‘yinchoqlari yanada ko‘rkamlasha boshladi. O‘yinchoqlar rangli qog‘ozlar va tuxum po‘chog‘idan yasaladigan bo‘ldi. Maftunkor pari, farishta ko‘rinishidagi o‘yinchoqlar, qushlar, baliq bilan bezatish ham aynan o‘sha paytlarda rusumga aylandi. Kumush yulduzlar, gullar va zar iplar esa XVIII asrda yuzaga chiqib, kumush va tilla ranglarda turli xil naqshlar bilan bezatilardi. 1848 yili esa Germaniyaning Laush shaharchasida birinchi archa pufaklari paydo bo‘ladi. Ularni rangli yoki shaffof oynadan yasashardi. Tez orada ustalar turli o‘lchamdagi yanada yupqa, rang-barang, pufakday nozik shisha o‘yinchoqlarni yaratadilar.
Laushlik ustalar archa o‘yinchoqlarini yasash va ishlab chiqarish bo‘yicha bir necha o‘n yillar davomida ilg‘orlik qilganlar. Lekin sekin-asta Yevropaning boshqa mamlakatlari hamda AQSH va Yaponiyada ham bir-biridan nafis o‘yinchoqlar ishlab chiqarila boshlanadi. Ana shu raqobat tufayli XX asrda har xil ko‘rinishdagi archa bezaklarini ishlab chiqarish keng tus ola boshladi.
Shahina OQILJONOVA

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM