Jamoat fondi loyihasi

28 Dekabr 2011 20:21
MALAKALI MUTAXASSIS — DAVR QANOTI
Afsonalardagi uchqur qanotli tulporlar timsoli bugun shamoldek yelib ketayotgan poezdlarga ko‘chgan bo‘lsa ajabmas. Axir ko‘z ochib yumguncha fursatda manzilingizga eltib qo‘yayotgan tezyurar poezdlar qaysi afsonaviy tulpordan kam? Insonlar uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilayotgan temiryo‘llar va ularda faoliyat ko‘rsatayogan temir yo‘lchilar mehnati bugun har jihatdan yuksak e’tibor va e’tirofga loyiq.
Ha, yurtimizda istiqlol yillarida barcha sohalar qatori temir yo‘l tizimida ham olamshumul o‘zgarishlar yuz berdi. Uni tom ma’noda iqtisodiyotimizning qon tomiriga aylantirish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Yildan-yilga takomillashib, qulaylik va imkoniyatlari boyib borayotgan tarmoqda yangiliklar an’ana tusini oldi. Ulardan biri — eng so‘nggi rusumdagi poezdlar keltirilishi arafasida bir otaxon: «Bu alomat poezdlarni bizning yigitlar boshqara olarmikan?» deya hayratlanib so‘ragani esimda. Aslida hech qanday hayratga o‘rin yo‘q edi. Chunki, soha uchun malakali, yetuk mutaxassislar tayyorlashga mustaqillikning o‘tgan 20 yili ichida mamlakatimizda mustahkam zamin yaratildi. Bunda «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining alohida hissasi bor. Zotan, mazkur dargoh O‘zbekiston temir yo‘llari uchun malakali mutaxassislar tayyorlab beradigan yagona oliy o‘quv yurtidir.
Institut bitiruvchilari olgan nazariy bilimlarini amaliyotda oqlash barobarida uning nomini sharafli ishlari bilan ham ulug‘lab kelishmoqda. Oliy o‘quv yurti olimlari va bitiruvchilari zamon talabiga mos yangi temir yo‘llar va elektr stansiyalarini loyihalashtirish, sohada qurilish inshootlari bunyod topishida faol ijodiy ish olib borib, modernizatsiyalashgan vagonlar, signalizatsiya va aloqa vositalari yaratilishida mualliflik ham qildilar. Jumladan, «Uchquduq — Miskin — Nukus», «Toshguzar — Boysun — Qum­qo‘rg‘on», «Hayraton — Mozori Sharif» singari ko‘plab yangi temir yo‘l tarmoqlari, Toshkentning noyob ko‘priklari va binolari institut bitiruvchilarining bir necha avlodi ijodiy yo‘li bosqichi bo‘lgan. Ular o‘z iqtidori, bilimi va fidokorona mehnatini ushbu inshootlarni loyihlashtirish, qurish va foydalanishga sarflashga bag‘ishlashdi.
— Oliygohimiz bugungi kunda mamlakatimizning yirik ta’lim va ilm-fan markazi hisoblanadi, — deydi institut birinchi prorektori, fizika-matematika fanlari doktori Botir Zokirov. — U o‘zining sakson yillik professional va pedagogik an’analariga ega. Ilmiy tadqiqotlari va ta’lim texnologiyalarini yangilab borishga bu yerda doim alohida e’tibor qaratiladi. Mutaxassislar tayyorlashning innovatsion uslubi — ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib, «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmalari — loyihalarni amalga oshirishda ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlari uyg‘unligiga erishilmoqda. Institutimizning moddiy-texnik bazasi va yaratilgan shart-sharoitlar havas qilishga arzigulik. O‘quv va laboratoriya xonalari, ustaxonalar, o‘quv amaliyot maydonlari barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Havas qilgulik sport majmuamiz talabalar xizmatida. Yotoqxonalar shinam va orasta. Xullas, bunda yashash, o‘qish va temir yo‘llar ijodkorligi uchun hamma sharoit muhayyo. 
Institutda kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda ilg‘or xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan samarali hamkorlik keng yo‘lga qo‘yilgan. Jamoaning ilmiy va amaliy yordami tufayli tarmoqni rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Institut olimlari tomonidan harakatlanuvchi tarkibni ta’mirlash bo‘yicha yangi texnologik jarayonlar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Lokomotivlar va vagonlarni modernizatsiya qilish, xizmat qilish muddatlarini uzaytirish uslublari yaratildi. Shu kunlarda Andijon mexanika zavodida tayyorlanayotgan vagon-sisternalarni sinab ko‘rish yuzasidan ishlab chiqilgan yangicha uslub amaliyotga keng joriy etilmoqda. Bu esa yiliga salkam 100 million so‘mni tejash imkonini beradi. Birgina misol. Institut olimlari ishlanmalari harakatlanuvchi tarkibni loyihalashtirish, ulardan foydalanish va ta’mirlashda, shakllantirilayotgan transafg‘on temir yo‘li koridorining dastlabki uchastkasi — Hayraton — Mozori Sharif temir yo‘lini loyihalashtirish va qurishda, «Toshguzar — Boysun — Qumqo‘r­g‘on» yangi temir yo‘l liniyasini barpo etishda, «Toshkent — Angren» uchas­tkasini elektrlashtirish, shuningdek Toshkent va Samarqand shaharlari o‘rtasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoezdi qatnovini yo‘lga qo‘yishda muvaffaqiyatli qo‘llanildi. Xullas, bugungi kunda mazkur yirik ta’lim dargohida mamlakatimiz oliy maktabining eng yaxshi an’analari ilg‘or xalqaro tajribalar bilan uyg‘un holda boyitib borilmoqda.
Inson ma’naviy kamoloti va jismoniy barkamolligi uning faoliyati negizi va yutuqlari omilidir. Shu ma’noda, institutda talaba va xodimlarning mehnat qilish, ilm o‘rganish, hordiq chiqarish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘lami yil sayin kengayib bormoqda. So‘nggi yillarda bu yerda zamonaviy temir yo‘l texnikasi hamda  infratuzilma namunalari va maketlari bilan jihozlangan o‘quv poligoni tashkil etildi. O‘quv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida 40 ta kompyuter sinfi, ma’ruzalar o‘qiladigan 25 multimedia auditoriyasi eng so‘nggi uskunalar bilan jihozlandi. Zamonaviy axbort-resurs markaziga aylantirilgan institut kutubxonasi elekt­ron bazadan tashqari ko‘plab ilmiy-texnik adabiyotlar bilan boyitildi.
Muxtasar aytganda, bugun Vatanimiz oldida turgan hech kimdan kam bo‘lmaydigan ozod, obod, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishdek ustuvor vazifani hal etishga qodir yangi avlodni tarbiyalashda, temir yo‘lchi degan sharafli kasbga mehr qo‘ygan yoshlarga ta’lim berishda ular parvoziga bamisoli qanot bo‘layotgan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti jamoasi o‘z zimmalaridagi yuksak mas’uliyatni teran anglagan holda samarali faoliyat olib bormoqda.
Hidoyat JO‘RAYEVA,
 «Hurriyat» muxbiri

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM