Jamoat fondi loyihasi

SUD-HUQUQ ISLOHOTLARI
08 Noyabr 2007 21:19
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab, sud-huquq sohasida islohotlar izchil amalga oshirilib kelinmoqda. Albatta, bundan ko‘zlangan maqsad sud-huquq tizimini demokratlashtirish, sud hokimiyati mus­taqilligiga erishishdir.
“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingach, sud va sudyalarning konstitutsiyaviy mustaqilligi rasman qonuniylashtirildi hamda mustaqillik maqomidan kelib chiquvchi vazifalar aniq belgilab berildi. to`liq
534 marta o`qilgan
IJTIMOIY HIMOYA AHOLI FAROVONLIGI YO‘LIDA
08 Noyabr 2007 21:16
Oila — jamiyat ustuni. Shuning uchun ham yosh oilalarga e’tibor jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Yurtboshimiz mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish, ularning muammolarini bartaraf etib borishni davlat siyosati darajasiga ko‘tardilar.
to`liq
554 marta o`qilgan
NNTLAR FAOLIYATI
20 Oktabr 2007 19:29
respublikamizda bu masalaga katta ahamiyat berilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining O‘zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida: "Ochiq va kuchli fuqarolik jamiyatini bugungi kunda aholining turli ijtimoiy guruhlari va keng qatlamlari manfaatlarini ifoda etadigan mustaqil va barqaror nodavlat notijorat tashkilotlar, erkin ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati
institutlarining rivojlangan tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi", degan fikrni ilgari surgandi.
to`liq
607 marta o`qilgan
YAPONIYALIK MEHMONLAR BAHOSI
20 Oktabr 2007 19:25
Mamlakatimizning xorijiy hamkorlar bilan ta’lim sohasidagi aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. Chet ellik hamkorlarni mamlakatimiz ta’lim muassasalarida olib borilayotgan islohotlar, sohada amalga oshirilayotgan katta o‘zgarishlar befarq qoldirmayapti.
Yurtimizga kelgan Yaponiyaning Nagoya universiteti yuridik fakulteti talabalari bir necha kun davomida respublikamiz ta’lim tizimidagi islohotlar bilan tanishdilar. to`liq
573 marta o`qilgan
«HAYOT UCHUN TA’LIM»GA KELING
20 Oktabr 2007 19:22
Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Ularni hal etish faqat bir mamlakat doirasida cheklanib qola olmaydi. Bunday muammolar yer yuzining hamma burchaklarida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlarida va mintaqalarida turlichadir. Jumladan, bu muammo O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmagan.
to`liq
565 marta o`qilgan
BOLA HUQUQI
20 Oktabr 2007 17:43
Har bir bola oilada tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash huquqiga ega.
Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.
to`liq
653 marta o`qilgan
JAMIYAT BILAN HAMNAFAS
29 Avgust 2007 22:09
O‘zbekiston demokratik jamiyat shakllantirish, bu borada jahondagi rivojlangan davlatlar erishgan ilg‘or tajribalarni o‘rganish, amalga tatbiq etish borasida qat’iy harakatlarni amalga oshirib kelmoqda. Shu bilan birga mamlakatni modernizatsiyalash, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish, erkin iqtisodiyotni qaror toptirish, kishilarda o‘z qadr-qimmatini anglash tuyg‘usini uyg‘otish, ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash, kelajagi buyuk mamlakatni barpo etish kabi yo‘nalishlarda belgilab olingan dasturlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha oldimizda ulkan vazifalar turibdi.
to`liq
562 marta o`qilgan
AYOLLARI UYQOQ EL
29 Avgust 2007 22:06
Mashhur “Kelinlar qo‘zg‘oloni” filmidagi “Ozodlikka chiqqan Sharq ayollari mamlakat tepasiga chiqmoqchi” degan hazil tarzidagi gapga “Ular allaqachon tepaga chiqib oldi”, deya javob berish mumkin. Ko‘z tegmasin, ayollarimiz keyingi yillarda faollashmoqda. Ular orasida rahbarlar, tadbirkorlar, olimalar, siyosatchilar ham bor. Ayollarning faolligi nafaqat oila, shubhasiz, jamiyat, davlat rivoji va farovonligiga katta ulush qo‘shadi.
to`liq
636 marta o`qilgan
IJTIMOIY HAMKORLIK KENGAYMOQDA
17 Avgust 2007 21:51
Yurtimizda demokratik qadriyatlarni oshirish va fuqarolik jamiyati asoslarini kamol toptirishda ijtimoiy tashkilotlar – Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘rni beqiyos. Bugun turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab olgan qator xorijiy va mahalliy NNTlar yurtimizda faoliyat olib bormoqda. to`liq
568 marta o`qilgan
BEPUL HUQUQIY YORDAM OLISH MUMKIN
17 Avgust 2007 21:49
Jahon iqtisodi va diplomatiya universiteti yuridik klinikasi yangi binosining  ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatib kelayotgan klinika binosining taqdimotida BMT Rivojlanish dasturining mamlakatimizdagi doimiy vakili o‘rinbosari Kioko Postill, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi dasturlari muvofiqlashtiruvchisi Miroslav Yencha, shuningdek, Jahon iqtisodi va diplomatiya universiteti rahbariyati vakillari ishtirok etishdi.  
to`liq
615 marta o`qilgan
ELEKTORAL XULQ
17 Avgust 2007 21:45
saylov jarayonlarida muhim
Jamoatchilik fikri va faol ishtiroki har bir sohaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, saylovoldi jarayonlarda ularning faolligini oshirish, elektoral xulq­ni shakllantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri.
to`liq
596 marta o`qilgan
DOIMIY NAZORATGA OLINDI
17 Avgust 2007 21:43
Shofirkon tumani Juyrabod qishloq fuqarolar yig‘ini Qoravulon qishlog‘ida yashovchi S. Otaevaning gazeta tahririyatiga yozgan arizasi viloyat hokimligining tegishli mutasaddi xodimlari tomonidan joyiga chiqib atroflicha o‘rganildi.
to`liq
531 marta o`qilgan
OMBUDSMAN — INSON HUQUQLARI HIMOYACHISI
17 Avgust 2007 21:41
Toshkentdagi «Radisson SAS» mehmonxonasida «Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Majlis vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq milliy qonunchilikni yuritish masalalari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
to`liq
581 marta o`qilgan
YOSHLAR MATBUOTI
15 Avgust 2007 01:14
axborot davri sharoitida uning o‘ziga xos xususiyatlari qanday namoyon bo‘lmoqda?
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi va Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti tomonidan «Axborot davri sharoitida yoshlar: ommaviy axborot vositalari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari» mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminar qizg‘in bahs-munozaralarga ulanib ketdi.
to`liq
617 marta o`qilgan
XALQ ORZUSI
15 Avgust 2007 00:56
Hayotni halovat bilish — halokatdir. Shuning uchun ham odam tinimsiz harakatda. Bir dovon oshilsa, undan ham baland­rog‘i mo‘ljal qilib qo‘yiladi. Qachonlardir o‘zbekning o‘z mustaqil davlatiga ega bo‘lishi yarim xayoliy orzu bo‘lgan. Xalqimiz bu yuksak baxtga erishganiga ham, mana, 16 yil bo‘lyapti. Mustaqillik maqsaddan vositaga aylandi. Endigi manzil — fuqarolik jamiyatini barpo etish. Istiqlolning ilk yillaridayoq bir shoir o‘rtaga tashlandi: «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari». Jamiyatning asosiy xususiyati shundaki, «boshqaruv pulti» hammada bo‘ladi. to`liq
644 marta o`qilgan
GAZETA EMAS, GAZETXON KERAK
26 Iyul 2007 01:38
So‘z erkinligi hukm surgan jamiyatda har kim OAV orqali o‘z so‘zini aytish, mulohaza yuritish, fikrini bayon etish va e’tiroz bildirishga haqli. Zero, so‘z erkinligining asosini ham shular tashkil qiladi. So‘ngi paytlarda mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini bunyod etish uchun olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq, OAVda buning isbotini ko‘rib turibmiz. Zotan, ushbu  harakatlar mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlangan edi. Markaziy nashrlarda chop etilayotgan munozarali maqolalar, teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar fikrimiz isbotidir. to`liq
680 marta o`qilgan
JAMIYATNI LIBERALLASHTIRISH
26 Iyul 2007 01:14
bu jarayonda nodavlat teleradiostantsiyalarning o‘rni katta
13-14 iyul kunlari O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hududiy telestantsiyalar mas’ul muharrirlari uchun “Jamiyatni liberallashtirish jarayonlarida nodavlat teleradiostantsiyalar rolini yanada kengaytirish, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni sifatli va mazmunli yoritilishida mas’ul muharrirlarning mas’uliyatini kuchaytirish” mavzusida seminar o‘tkazdi.
to`liq
542 marta o`qilgan
SUDLANGAN ODAM
18 Iyul 2007 00:00
yana rahbarlikda ishlashi mumkinmi?
Mumkin ekan. Bulung‘urda xuddi shunday bo‘ldi. To‘g‘risi, bundan bir biz emas, ko‘pchilik hayron qoldi. Ba’zilar hatto shunday ish qilib ham rahbar bo‘laverishi mumkin ekan-da, degan xulosaga kelishdi...
Voqea quyidagicha ro‘y bergan edi. Bulung‘ur tumanining sobiq “Kildon” shirkat xo‘jaligida shu xo‘jalikning 450-454 konturida joylashgan 2,6 gektar terakzorni ijaraga berish uchun 2006 yil 20 mart kuni kim oshdi savdosi o‘tkazish belgilandi. to`liq
489 marta o`qilgan
INSONPARVARLIK SIYOSATINING IFODASI
17 Iyun 2007 20:10
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolarning 90 foizi mamlakatimizda jinoyat-protsessual qonunchilikka o‘zgartirish kiritish borasidagi chora-tadbirlarni ma’qullagan. Bu esa jinoiy jazo tizimini insonparvarlik va adolat tamoyili asosida liberallashtirayotgan yurtimiz to‘g‘ri yo‘ldan borayotganini yana bir karra tasdiqlaydi.
to`liq
534 marta o`qilgan
KASB JINS TANLAMAYDI
17 Iyun 2007 19:59
Jamiyatda mavjud har bir shaxs erkin fikr yuritish huquqiga ega. Bu bosh qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiyaning 29-moddasida ham o‘z aksini topgan. Demakki, insonlarning tashqi qiyofasi, fikrlash doirasi bir-biridan tubdan farq qilgani sabab atrofimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga ham har kim turlicha munosabat bildiradi.
Oddiy misol. Bir kuni bekatda turgan 60 yoshlardagi otaxon so‘nggi vaqtlardagi ayollarning faoliyati haqida tashvishlanib gapirarkan:
— Men xotin-qizlarning ba’zi sohalarda ishlashidan xavotirlanaman. Negaki, hozir kasblarning qay biri erkakka xos, qaysi ayollarga mos, hech farqlab bo‘lmay qoldi. Aniqrog‘i, kasb­lar bir-biri bilan o‘rin almashgan, ya’ni ayol — harbiy, ayol — haydovchi, kirakash yoxud...
to`liq
594 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3 4

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM