Jamoat fondi loyihasi

09 Dekabr 2011 20:10
SAMARQANDDA BIR MAKTAB BOR
Samarqand shahrida o‘z faoliyati bilan e’tibor topgan nufuzli ta’lim maskanlari ko‘plab topiladi. Fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 1-maktab ham ana shunday ilm dargohlaridan biridir. Bu yerda ta’lim-tarbiya jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanilayotgani bois o‘quvchilarning bilim saviyasi tobora oshib bormoqda.
— Maktabimizda o‘quvchilarimizning chuqur va to‘laqonli bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bilimli, davr bilan hamnafas harakat qilishga qodir maktab jamoasi har bir o‘quvchi bilan alohida ishlash mahoratiga, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan ish uslublariga ega. Qolaversa, ular boshqa bilim dargohlaridagi yetuk mutaxassislarning ish tajribalarni muntazam o‘rganib, tahlil qilib borishadi, — deydi maktab direktori Abdumalik Majidov. 
Maktabda ko‘plab fanlardan qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Bu esa o‘quvchilarga o‘tilgan fanlarni takrorlash va yangi mavzularni o‘zlashtirishga yordam beradi. Samar­qand davlat universiteti bilan mustahkam hamkorlik aloqasi o‘rnatilgani ham o‘zining ijobiy samaralarini bermoqda. Maktabda universitetning fizika, matematika, biologiya, kimyo fakulütetlari professor-o‘qituvchilari mashg‘ulot olib borishayotir. Buning natijasi o‘laroq, maktab o‘quvchilari turli ilmiy-amaliy seminarlar, konferentsiyalarda faol ishtirok etib kelishadi.
Mazkur ilm dargohida yana bir o‘ziga xos an’ana bor. O‘quvchilar taniqli olimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishadi, oliy o‘quv yurtlari hayoti bilan tanishadilar, darslar bevosita shahardagi muzey va tarixiy obidalar, ilmiy laboratoriyalarda o‘tkaziladi. Bundan maqsad o‘quvchilarda ilm olishga bo‘lgan qiziqishni, mehr va ishtiyoqni kuchaytirishdan iborat. An’anaga binoan yaqinda Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, mashhur matematik olim M.Lavrentev, professor R.Hayitov, M.Isroilov, “Yoshlik” jurnali muharriri Sobir O‘nar, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari G‘ulom Mirzo, shuning­dek, bir qator atoqli yozuvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Maktab o‘quvchilarining qo‘lga kiritayotgan yutuqlari ham salmoqli. Ayniqsa, ularning matematika fanidan o‘tkazilayotgan xalqaro olimpiadalardagi muvaffaqiyatli odimlarini e’tirof etish o‘rinli. Mazkur dargohda ta’lim olgan Farrux Shahidiy 2002 yili Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan 43-xalqaro olim­pia­dada muvaffaqiyatli ish­tirok etdi. Keyinchalik O‘zbekiston Milliy universitetining matematika fakultetida saboq olgan. Farruxning ilmiy maqolalari dunyoning eng nufuzli jurnallarida chop etilmoqda. Shu maktab o‘quvchisi Orif Ibragimov esa 2005 yili Meksikada bo‘lib o‘tgan 46-xalqaro olimpiadada qatnashdi. SamDUning matematika fakulteti talabasiga aylangan bu yigit ham o‘zining iqtidori, ilmiy ishlari bilan allaqachon olimlar orasida tanilib qoldi. Orif 2008 yilda Prezident stipendiyasi sohibiga aylandi. Yana bir o‘quvchi Olimjon Sa’dinov Sloveniya Respublikasining Lyublana shahrida o‘tkazilgan 47-xalqaro olimpiadada ishtirok etgan edi. Ayni paytda u Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabasi. Ahmad Sa’dinov esa MDH davlatlari o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan o‘tkazilgan olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashdi. U hozir Rostov-Dondagi informatika va iqtisodiyot institutida tahsil olmoqda.
Bugun Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakulüteti talabasi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Umidaxon Jo‘rayeva 2010 yilda matematika fanidan o‘tkazilgan respublika olimpiadasida birinchi o‘rinni egalladi. O‘sha yilning o‘zida u Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilgan 51-xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etib, 96 mamlakatdan kelgan 517 nafar o‘quvchi o‘rtasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Maktab bitiruvchilarining o‘ndan ortiq rivojlangan xorijiy davlatlar hamda respublikamizdagi turli oliygohlarda tahsil olayotgani chindan-da e’tiborga molik. Bugungi kunda maktab bitiruvchilari AQSh, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim dargohlarida tahsil olishmoqda. Ularning 100 nafardan ortig‘i Samarqand davlat universitetining iqtisod fakulüteti, 80 nafardan ko‘prog‘i Samarqand davlat chet tillar hamda Iqtisodiyot va servis institutida, 13 nafari tibbiyot institutida, 5 nafari Toshkent Harbiy akademiyasida, 3 nafari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida, 7 nafari esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida, 5 nafari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bilimlarini mustahkamlashmoqda.
Ubaydullo
XO‘JANIO‘ZOV,
“Hurriyat” muxbiri

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ďîăîäŕ â ă. Ňŕřęĺíň

Ďîäđîáíĺĺ íŕ www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM