Jamoat fondi loyihasi

08 Iyul 2011 18:15
YAXSHILAR TUFAYLI BOQIYDIR DUNYO
Bu voqea o‘tgan qishda yuz bergan bo‘lsa-da, u haqda yozmagunimcha ko‘nglim tinchimadi. Negaki, kunda-kunora uchraydigan odatiy voqeadek tuyulsa-da, aslida uning zamirida xalqimizning azaliy fazilatlari mujassam.
Xullas, dam olish kunlarining birida oilamiz bilan «Jiguli»mizda qishloqqa yo‘l oldik. Keksa ota-onamizni ziyorat qildik. Qudamiznikida mehmon bo‘ldik. Qish kunlari bir tutam emasmi, tezda shom bo‘lib qoldi. Uyga ketish taraddudiga tushib, yo‘lga hozirlandik.
— Ertalab ketsalaring bo‘lardi, — deyishdi mezbonlar. Lekin biz unamadik, yo‘l tortdi.
Yengil mashinada viloyat markazi — Qarshi shahrigacha nari borsa bir soatlik yo‘l. Mashinamiz yangi bo‘lmasa-da, uncha eski ham emas. Shu paytgacha pand bermagan. Mashinaning ichi issiq, kayfiyatimiz chog‘. Yo‘lning yarmidan ko‘pi bosib o‘tilganda to‘satdan motor o‘chdi-qoldi. O‘g‘lim mashinani yo‘l chetida to‘xtatdi.
Kimsasiz cho‘l. Uzoq-uzoqlardan qishloq uylarining miltillagan chiroqlari ko‘zga tashlanadi. Yo‘ldan ahyon-ahyondagina mashinalar o‘tib turibdi. Qancha urinmaylik, motorni o‘t oldirtirolmadik. Salon bir zumda sovib qoldi. Biron soatlardan so‘ng qaltiray boshladik. Bir-ikki kun mehmon bo‘lib kelasiz, deya onamni ham o‘zimiz bilan olgandik. 3-4 yoshlardagi nabiram onasining pinjiga tiqilib yig‘lay boshladi. Hali shaharga yigirma chaqirimcha masofa bor. Zim-ziyo tunda, yaydoq cho‘lda nima qilishimizni bilmay karaxt bo‘lib qoldik. Motorni o‘t oldirmoqchi bo‘lib kalitni ko‘p burayverganimizdan akkumulyator «o‘tirib», mashina chiroqlari ham yonmay qoldi...
Kutilmaganda yo‘lda bir «Damas» paydo bo‘ldi. Bizdan o‘tib to‘xtadi. Undan to‘rt nafar zabardast yigit tushib, biz tomon kelishdi.
— Ha, nima bo‘ldi amaki? — dedi ulardan biri.
— Mashinamiz buzilib qoldi...
— Qani motorni oching-chi, bir ko‘ray, — deya biri qo‘lidagi fonarini yoqib, motorni ko‘zdan kechirdi. Keyin boshini qimirlatdi:
—        «Kasali» ancha jiddiyga o‘xshaydi. Rulga o‘tiring, mashinani suramiz.
Yigitlar mashinaning orqasidan surib, o‘t oldirtirishdi.
— Endi, — dedi motorni ko‘rgan yigit, — gazni bosib haydaysiz. Bo‘lmasa yana o‘chib qolishi mumkin. Qo‘rqmang, biz ortingizdan shahargacha kuzatib boramiz.
Shaharga kiraverishda mashinamiz tag‘in o‘chdi. Yigitlar yana yordamlashishdi va keyin ortga qaytishdi. Ularga minnatdorlik bildirarkanman, «Qayerdansizlar, yigitlar?» deb so‘radim.
— Hov anavi tog‘ning ortidagi qishloqdanmiz.
Ular Qo‘ng‘irtog‘ni ko‘rsatishdi. Biz eson-omon uyga yetib oldik.
...Har safar o‘sha yo‘ldan o‘tganimda, yo‘lovchi sifatida uzoq-yaqinga safarga chiqqanimda, yo‘l chetida buzilib yoki yoqilg‘isi tugab, yordam so‘rab turgan mashina haydovchisini ko‘rganimda qishning sovuq tunidagi o‘sha voqea yodimga tushaveradi. Bu olamda yaxshi odamlarning borligi, ko‘pligi uchun ham dunyo boqiyligiga, kundan-kunga go‘zallashib, mukammallashib borayotganiga, yurtdoshlarimizning ko‘zga surtsa arziydigan odamiylik xislatlariga tasannolar aytgim keladi.
Abdujalol TAYPATOV

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM