Jamoat fondi loyihasi

01 Dekabr 2011 18:18
YOSHLAR VA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI
Yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Mamlakatni modernizatsiyalashda muhim jihatlardan sanalgan davlat va jamiyat boshqaruvini demokratlashtirish, ko‘ppartiyaviylik tizimi yoxud parlament faoliyatini takomillashtirish kabi ko‘lamdor vazifalarning bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani buning isbotidir.
Bu borada e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan yana ikki jihat borki, tub islohotlar jarayonida ularni chetlab o‘tish mumkin emas.
Ma’lumki, mamlakatimiz aholisining aksariyatini yoshlar tashkil etishi, ular muhim ijtimoiy qatlam sifatida o‘ziga xos e’tiborni talab qilishi tabiiy hol. Shuningdek, jamiyatning faol a’zolari bo‘lmish yoshlarning manfaatlarini qanoatlantiradigan mexanizmni yaratish masalasi fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatida o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari, ya’ni nodavlat notijorat tashkilotlar mohiyatan turli qatlamdagi jamiyat a’zolari manfaatlarining qondirilishiga bevosita xizmat qilayapti. Jamiyat a’zolarining qonun oldida tengligi ta’minlangani, adolat tamoyilining yuqori darajadaligi yoxud har bir fuqaroning o‘z manfaatlarini tegishli ijtimoiy guruhlar orqali ta’minlay olish mexanizmining mavjudligi fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshiradi hamda davlat bosh­qaruvining ijtimoiy-iqtisodiy hayotga aralashuvini cheklashini anglatadi. Ma’lum bo‘ladiki, nodavlat notijorat tashkilotlarning faolligi fuqarolarning manfaatlarini qondiribgina qolmay, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi fuqarolik pozitsiyasining shakllanishiga ham bevosita xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlarga ehtiyojning ortayotganligi hamda ular sonining bugungi kunda 5200 tadan oshgani bevosita ularning faoliyati real voqelikka mosligi va asosiysi, jamiyat a’zolarining manfaatlariga uyg‘unligi bilan izohlanadi.
Fuqarolik jamiyati institutlari mamlakatimizda jamiyat a’zolarida yangicha tafakkurning shakllanishi, jamiyat taraqqiyoti, insonga munosabatning ijobiy jihatdan o‘zgarishi, zamon talabi, xususiy mulkchilikka keng imkoniyat yaratilishi kabi omillar bilan bevosita bog‘liq.
Mamlakatimizda o‘tgan 20 yil davomida fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi ertangi kun vorislari — yoshlarning manfaatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshirilayotgani quvonarlidir. Respublika “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, uning tasarrufidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyati bevosita yoshlarning ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, ular navqiron avlodning jamiyatda o‘z salohiyatlarini namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratadigan nodavlat notijorat tashkilotlar hamdir. Yoshlar hayotida sog‘­lom turmush tarzini barpo etish, ularni puxta bilim, malakali kasb egallashlari orqali ijtimoiy hayotda o‘z o‘rinlarini topishida “Sog‘­lom avlod” jamg‘armasining faoliyatini ham alohida ta’kidlash joiz. Mazkur jam­g‘armani aynan “Kuchli davlatdan — kuchli jamiyat sari” kontseptual g‘oyasi ijrosini ta’minlash maqsadida tuzilgan fuqarolik jamiyati ins­titutining yorqin namunasi, deyish mumkin. Bundan tashqa­ri, yoshlar manfaatlarini ta’minlashni maqsad qilgan “Mehr nuri”, “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, “Yangi avlod”, “Kelajak ovozi” kabi nodavlat notijorat tashkilotlarning ham fuqarolik jamiyati qurish jarayonlarini tezlashtirishdagi ahamiyati beqiyosdir.
Xulosa qilib aytganda, yoshlar va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati bir-biri bilan bevosita bog‘liq. Fuqarolik jamiyati institutlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, demokratik ong va demokratik qadriyatlarni jamiyat a’zolari shuuriga sing­dirish orqali demokratik konstitutsiyaviy mexanizmlarni yaratib boradi. Yoshlar esa fuqarolik jamiyati ins­titutlarining faoliyati va tajribasini o‘zlashtirib, boyitib hamda shakllantirib boruvchi sub’ekt sifatida o‘zligini namoyon qiladi.
 
Eshmuhammad QODIROV,
TDYUI dotsenti

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM