Jamoat fondi loyihasi

12 Yanvar 2012 21:06
YOVVOYI FAUNA VA FLORA OLAMI
Biz yovvoyi deb atashga o‘rgangan, ma’lum hudud va davrga oid fauna (hayvonot dunyosi), flora (o‘simliklar olami)ning qirilishi bundan bir necha asr avval boshlangan. Brakonerlar timsohning terisini, filning suyagini qo‘lga kiritish uchun ularni shaf­qatsizlarcha ovlashni odatga aylantirishdi.
Ke­yinchalik bu noxush an’ana dunyoga yoyildi. Natijada asrimizga kelib atrof-muhit, nabotot olami muammosi dolzarb masalaga aylandi.
Bugun deyarli har kuni flora yoki fauna olamidagi tirik organizmlarning, jilla qursa, bitta turi biror mamlakatning yoki dunyoning «Qizil kitob»iga kiritilayotir. Statis­tik ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘q bo‘lib ketish xavfi yuqori yovvoyi hayvonlar savdosidan brakonerlar yiliga 6 milliard AQSh dollari miqdorida foyda olishadi. Jahon jamoatchiligi bunday noqonuniy savdoga chek qo‘yish maqsadida qator sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Xususan, «Yo‘q bo‘lib ketish xavfi mavjud bo‘lgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risida»gi Konventsiya bu boradagi muhim hujjatlardan biri sanaladi. Konventsiya hayvonlar va o‘simliklarning eksporti va importi ustidan samarali nazorat qilish funktsiyasini amalga oshiradi. Ushbu hujjat 1973 yilning 3 martida AQShda, 80 davlat vakillarining uchrashuvida qabul qilingan bo‘lib, 1975 yilning 1 iyulidan kuchga kirgan. Unga a’zo bo‘lish ixtiyoriy. Hozir ushbu Konventsiyaga a’zo davlatlar soni 169 taga yetgan. Quvonarlisi, ushbu hujjat kuchga kirgandan buyon himoyaga olingan hayvon yo o‘simlik turlarining yo‘qolib ketishiga bar­ham berildi.
Konventsiya yurtimizda 1997 yilning 25 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilindi va 8 oktyabrdan kuchga kirdi. Ushbu xalqaro bitimga ko‘ra, hayvonot va o‘simlik dunyosi namunalari bojxona orqali faqat maxsus sertifikat mavjud bo‘lgandagina olib o‘tilishi mumkin. Ma’muriy organning asosiy vazifasi, Konventsiyaning I, II va III ilovalariga kiritilgan o‘simlik va jonivorlar turlarining davlat chegarasi orqali o‘tishiga ruxsat berish, kvotalardan to‘g‘ri foydalanish hamda tirik namunalarni tashish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining «Botanika» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi uning O‘zbekistondagi ilmiy organi hisoblanadi.
Bugun respublika­mizda 15 ming turdagi jonivor, 4500 ga yaqin o‘simlik turlari ro‘yxatga olingan. Shulardan 184 turdagi jonli mavjudot, 301 turdagi o‘simlik respublikamiz «Qizil kitobi»ning ke­yingi nashriga kiritildi. Biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha 9 ta qo‘riqxona, 2 ta milliy bog‘ faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shamsiddin AMONOV,
TDYUI talabasi

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM