SPORTGA MEHR UYG‘OTIB
16 May 2012 19:27
Yurtimizdagi yosh avlodning ma’naviyatini o‘stirishda, intellektual salohiyatini oshirishda bolalarning sevimli nashri bo‘lgan “Gulxan” jurnalining ahamiyati katta. Nashr sakson uch yildan buyon yoshlar ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, madaniy-tarixiy meros va jahon adabiyoti durdonalari bilan tanishtirish, ulardagi ijod kurtaklarini parvarishlash, rag‘batlantirish, milliy iftixor, Vatanga sadoqat, mustaqillik tuyg‘usini shakllantirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishga chorlashda peshqadamlikni bermay kelmoqda. to`liq
10 marta o`qilgan
|
“ZARAFSHON” IBRATI
16 May 2012 19:18
“Zarafshon” viloyatlarimizda nashr etilayotgan gazetalar orasida o‘zining salmoqli so‘zi, uslubi, viloyat ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotini yoritishdagi yangicha yondashuvi bilan alohida ajralib turadi. Gazeta sahifalarida e’lon qilinayotgan materiallarda mavzu va janrlar xilma-xilligi, tahlil va talqindagi o‘ziga xoslik, davlat va jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar bilan samarali hamkorlik, jamoatchi muxbirlar bilan ishlash, tahririyatga yo‘llanayotgan xat-xabarlarga jiddiy e’tibor va boshqa ijobiy jihatlarni ko‘rish mumkin. to`liq
12 marta o`qilgan
|
RAG‘BAT UNUMLI MEHNATGA UNDAYDI
16 May 2012 19:02
Hayotini xalq osoyishtaligi, yurt tinchligini ta’minlashdek sharafli ishga bag‘ishlagan insonlar hech qachon kam bo‘lmaydi. Jasur va mard o‘g‘lonlar millat ko‘rki, mamlakat faxridir. Xalqimiz ana shunday farzandlari borligidan quvonadi, qalbida g‘urur va iftixor hissini tuyadi. to`liq
11 marta o`qilgan
|
TANLOV G‘OLIBLARI ANIQLANDI
10 May 2012 20:43
Dunyodagi eng oliy narsa, shubhasiz, so‘z erkinligi hisoblanadi. Zero, erkin fikr bildirish taqiqlangan, umumxalq minbari bo‘lmish matbuot ta’qib ostiga olingan jamiyatda na oldinga siljish bo‘ladi, na kelajakka ishonch. Yurtimizda so‘z va matbuot erkinligini shakllantirish, hokimiyat va xalq o‘rtasidagi ko‘prik — OAV mustaqilligi va mustahkamligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyat e’tibori bilan yurt taraqqiyoti, ravnaqi uchun amalga oshirilayapti, desak, xato bo‘lmaydi. to`liq
17 marta o`qilgan
|
ASARNING YUTUG‘I
03 May 2012 22:32
Insonning kim ekanligi uning tafakkur doirasi, e’tiqodi, vijdoni, bir so‘z bilan aytganda, ichki olamida haqiqiy ifodasini topadi. Shu ma’noda, hayotimizda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar, ko‘z o‘ngimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarga baho berayotganda adolat tarozisiga qo‘yib fikr bildirish insofdan bo‘ladi. Ayniqsa, tor doirada fikrlamaslik, har bir masalaga el-yurt manfaati yuzasidan yondashish — vijdoniy masala. to`liq
21 marta o`qilgan
|
OAV — KENG IMKONIYAT VA ULKAN MAS’ULIYAT MAYDONI
03 May 2012 21:04
Hozirgi globallashuv jarayonida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ahamiyati, mas’uliyati ortib borayapti. Binobarin, jamiyatda OAV xodimlari, jurnalistlar davlat hokimiyati va fuqarolar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlovchi asosiy bo‘g‘in sifatida maydonga chiqar ekan, fuqarolarni tezkor va xolis axborot bilan ta’minlash matbuotning eng ustuvor va asosiy vazifasiga aylanmog‘i lozim. to`liq
22 marta o`qilgan
|
FARZANDINGIZNING DO‘STI KIM?!
03 May 2012 20:32
Darhaqiqat, o‘smirlarning qo‘l-oyog‘i ko‘pincha fikridan oldin yuradi. Masalaning mohiyatiga unchalik e’tibor bermaydi. Natijada xom, noto‘g‘ri qaror qabul qiladi. Shuning uchun o‘smirga barcha narsani batafsil, sabab va oqibatini yotig‘i bilan tushuntirgan ma’qul. Balog‘at yoshida uni oila bir tomonga, ko‘cha ikkinchi tomonga tortadi. Bunday paytda oilaning qo‘li ustun kelishi qiyinroq masala. Chunki o‘smir oila-a’zolarining aytadigan hamma gaplarini yaxshi biladi. Ko‘chada esa, yangiliklar, qiziq gaplar juda ko‘p. Ana endi unga yordam kerak. to`liq
16 marta o`qilgan
|
AXBOROT MAYDONIDAGI ANGLANAYOTGAN HAQIQAT
26 Aprel 2012 19:54
Hech bir voqelik o‘z-o‘zidan sodir bo‘maydi. Uning yuzaga chiqishi uchun minglab omillar rolü o‘ynaydi. Avval harakat, keyin uning alomatlari zohir bo‘ladi, ortidan kutilgan natija yuzaga chiqadi.
Jurnalist sifatida dunyo ommaviy axborot vositalarida tarqatilayotgan axborotlarni, jahondagi geosiyosiy jarayonlarni katta qiziqish bilan kuzataman. Bir qaraganda xorij ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilayotgan har bir xabar, yangilik, sharh va ma’lumotlar haqiqatday ko‘rinadi. Ammo ularni chuqurroq tahlil qilib, uyg‘oq shuuri bilan faktlar chog‘ishtirib ko‘rilsa, mutlaqo o‘zgacha talqin yuzaga chiqadi. Har bir axborotda kimningdir yoki qaysidir guruhning manfaatlari, ustunligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. to`liq
26 marta o`qilgan
|
«SADO»GA AKS-SADO
26 Aprel 2012 19:48
Hurmatli Bahriddin Mingboev, yaqinda «Sado» gazetasining (2012 yil, 1 mart, 9-soni) «Aks-sado» ruknida e’lon qilingan «Milliy serial rivojlanish bosqichida» deb nomlangan maqolangizni o‘qib, ko‘nglimda ayrim mulohazalar tug‘ildi. Unda men muallifi bo‘lgan maqola haqida fikr yuritgan ekansiz. Taassurotlarimni ming istihola bilan bo‘lsa-da, siz bilan o‘rtoqlashishga qaror qildim. Avvalo, «Hurriyat» gazetasini kuzatib borishingiz, kuyunchaklik bilan gazetada e’lon qilingan «Seriallar ortidagi illat» maqolasiga munosabat bildirganingiz, bu mavzu sizni ham befarq qoldirmagani uchun tashakkur. to`liq
23 marta o`qilgan
|
UMRNING TAROVATI
22 Aprel 2012 14:32
Hayotini jurnalistika sohasi bilan bog‘lab, qalam va so‘z ila jamiyatga naf teggulik ishlar qilishga chog‘langan jon borki, vujud va ruh quvvatini bitiklariga ilinaveradi. Bir bitiklarki, ko‘ngillarni uyg‘otadi, tosh qotgan dillarni eritadi, jarohatlarga malham bo‘ladi, bo‘shliqlarni to‘ldirishga, nuqsonlarni ilg‘ashga, yanglish bosilgan qadamlarni rostlashga undov, chorlov bo‘lib jaranglaydi. Elning, yurtning yorug‘ ertalari tomon zalvorli odimlar tashlatadi... to`liq
25 marta o`qilgan
|
“MENING O‘RNIM QAYERDA?”
13 Aprel 2012 16:10
Bu savolga aniq, asosli javob topsak va shunga munosib ish olib borsak, yanada salmoqli natijalarga erishishimiz muqarrar
Har bir ommaviy axborot vositasi rahbari, har bir jurnalist jamiyatda kechayotgan o‘zgarishlarga xolis baho berib, hayotga o‘zining chuqur bilimi, boy tajribalariga tayanib, faoliyat yuritsagina, bildirilgan yuksak ishonch oqlanadi, kutilayotgan natijaga erishiladi. to`liq
40 marta o`qilgan
|
INTERNETDAGI IJTIMOIY TARMOQLAR VA ULARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH ZARURATI
13 Aprel 2012 16:04
Ta’rif beradigan bo‘lsak, internetdagi ijtimoiy tarmoq bu — turli maqsadlar uchun har xil ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatish, rivojlantirish va bir maromda olib borishga mo‘ljallangan onlayn xizmat yoki veb-saytdir. to`liq
50 marta o`qilgan
|
ANOR DONALARI
06 Aprel 2012 16:39
Anorning yarim pallasi. Pardalari. Ana shu pardalarning ochiq joylarida qip-qizil durdek anor donalari yarqirab turibdi. Shugina.
Muallif buni «Hayot» deb nomlabdi. Oldiniga hayron bo‘ldim. Buning nimasi hayot? Keyin... to`liq
45 marta o`qilgan
|
GLOBALLASHUV JARAYONI VA MA’NAVIY TAHDIDLAR
30 Mart 2012 09:29
XXI asr boshiga kelib butun dunyoda globallashuv jarayoni shu qadar kuchayib ketdiki, undan to‘la ihotalangan birorta ham davlat yo‘q. Hatto xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan chetda emas. Bugungi axborot asrida internet tarmog‘i dunyoni tobora kengroq o‘z to‘riga o‘ramoqda. to`liq
69 marta o`qilgan
|
JURNALISTIKA – IQTIDOR DEGANI
30 Mart 2012 09:24
Bugun jamiyatimizda ommaviy axborot vositalarining nufuzini oshirish maqsadida ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuning natijasida sohada talay ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanayotir. Ammo qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda muammolar ham yetarli. Xususan, yosh kadrlarni mahalliy nashrlarda ishlashga jalb etish viloyatlardagi gazeta va jurnallar, radio hamda televidenielar rahbarlari oldida turgan muhim masalalardan hisoblanadi. to`liq
51 marta o`qilgan
|
BIR SO‘Z DEGILKI, ROST BO‘LSIN...
25 Mart 2012 20:39
Matbuot — xalq bilan hamnafas jabha. O‘xshatishimiz o‘rinli bo‘lsa, u jamiyat va davlat o‘rtasida bamisli ko‘prik. Fuqarolik jamiyatining barpo etilishida ana shu «ko‘prik»dan bevosita ham, bilvosita ham foydalaniladi va mamlakatimizning muayyan qonunlari, me’yoriy hujjatlari talablariga rioya qilinadi. Bu, ayniqsa, inson haq-huquqlari himoyasida beqiyos mohiyatga ega. 2002 yilning 13 dekabrida qabul qilingan to`liq
57 marta o`qilgan
|
BOBOMNING ANDISHASI
12 Mart 2012 17:24
yoki jamoatchilik nazorati haqida
Usta Tosh bobom ko‘chamizdagi puldor, lekin qurumsoq (buni men keyinchalik anglaganman) kishinikida duradgorlik ishlarini bajargandi. Ish yakunlangach, buyurtmachi xizmat haqini kelishilganidan kam berdi. Bobom uyga qaytayotib, noroziligini past ovozda bildirib qo‘ydi. to`liq
69 marta o`qilgan
|
DAVR BILAN HAMQADAM BO‘LAYLIK
12 Mart 2012 16:04
Bugun davr shiddatini ommaviy axborot vositalarining ishtirokisiz anglash, tushunish mushkul. Zamon bilan hamnafas bo‘lib faoliyat yuritish, ayniqsa, axborot texnologiyalari rivojlangan sharoitda uning chegarasiz imkoniyatlari ommaga o‘z ta’sirini o‘tkazishga urinayotgan hozirgi paytda jurnalistdan voqelikdan ilgariroqda bo‘lishni taqozo etadi. to`liq
91 marta o`qilgan
|
MEN NEGA GAZETA O‘QIYOLMAYAPMAN?
12 Mart 2012 15:52
Yaqinda televidenie orqali tanqidga olingan ayrim vaqtli matbuot, nashriyot va boshqa matbaachilarning g‘ayriqonuniy faoliyatlari haqidagi lavhalar qo‘limga qalam olishga sabab bo‘ldi. 40 yillik ish faoliyatim davomida tonggi gazetalarni varaqlamay nonushtaga o‘tirmas edim. Soat 7 bo‘lmasidan gazeta do‘konlari oldida odamlar navbatda turishar, 4 xil gazeta olsang, do‘konchi “Bugun mana bu gazetada yaxshi maqola berilibdi. Kechagi “Oqshom”dagi feletonni o‘qidingizmi?” deb yana 2-3 xil gazetasini qo‘shib sotishga erishar edi. to`liq
67 marta o`qilgan
|
BUYUK ISLOHOTLARNING FAOL TARG‘IBOTCHISI
09 Fevral 2012 22:11
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — O‘zA tashkil etilganiga 20 yil to‘ldi
Prezidentimiz Islom Karimovning 1992 yil 5 fevralda qabul qilingan farmoniga muvofiq tashkil etilgan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — O‘zA mamlakatimizning bosh axborot mahkamasi sifatida davlatimizning ichki va tashqi siyosatini, jamiyatimizda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va yangilanishlarni, amalga oshirilayotgan tub islohotlar mohiyati va samaralarini xolis va izchil yoritib kelmoqda. to`liq
106 marta o`qilgan
|