GAZETA NEGA O‘QILMAYAPTI?
20 Sentabr 2006 09:58
Har gal obuna mavsumi yaqinlashgan paytda tanish muharrirlar, ajoyib jurnalist do‘stlarimning tashvishli nigohlari ko‘z oldimdan o‘tadi. Ochig‘i, mavsum har bir muharririyatni, har bir xodimni sinovdan o‘tkazadi. Chunki kundalik nashrlarning “o‘tishi” mushtariylarimizning sinchkovligiga, qolaversa, u yoki bu materialning nechog‘lik qiziqarli ekanligiga bog‘liq. to`liq
667 marta o`qilgan
|
YANGI GAZETALAR
12 Sentabr 2006 17:42
demak, yangi pozitsiyalar. Shunaqami?
Har kuni 439 mln.dan ortiq kishi gazeta sotib oladi. Bu ko‘rsatkich 2001 yilda 414 mln.ni tashkil qilar edi. Ko‘rinib turibdiki, axborot uzatishning turli shakllari hayotimizga keng kirib borayotgan bo‘lsa ham, an’anaviy OAV — gazetaning ahamiyati pasayib ketayotgani yo‘q. Uchqur zamonning asosiy talablaridan biri tezlik borasida ham Matbuot elektron OAVlar bilan bellasha oladigan darajada rivojlandi. Hatto bir kunda bir necha bor chiqadigan gazetalarning ham mavjudligi so‘zimizni isbotlab turibdi. to`liq
658 marta o`qilgan
|
“O‘RTA YO‘L”
12 Sentabr 2006 17:32
u ijodkorni adashtirmaydi
Inson ehtirosi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Me’yordagi ehtiros insonni ko‘pincha ixlos-e’tiqodga, jo‘shqin mehnat, hayotiy faollik, ijod, intilish va izlanishlar og‘ushiga chorlaydi. Me’yordan ziyoda bo‘lgan ehtirosdan esa yaxshisi ezgulik kutmay qo‘ya qoling. Ortiqcha his-hayajonga berilgan kishi tezda yo‘ldan chalg‘ishi, qusuru nuqsonlar, aldoqchi o‘y-xayollar girdobida qolishi, buning oqibati nojoiz ishlar, xato xulosalar va hattoki qora qilmishlargacha yetaklab kelishi, hayot chorrahalarida adashib ketishi, muvozanatini yo‘qotishi hech gap emas. to`liq
656 marta o`qilgan
|
SHU HAM INSOFDANMI?
07 Sentabr 2006 10:26
Biroq aziz o‘quvchilar tomonidan shu nashrlarga, ularda chop etilayotgan tabarruk kalomlarga munosabat achinarli ahvoldadir. Deylik, ro‘znomani ko‘ngildagidek ko‘ngilga ziyo tashuvchi elchi singari qaramaymiz. Unda berilayotgan hadislar yoki boshqa tabarruk yozuvlarni ehtiyotlash o‘rniga ularni duch kelgan joyga tashlaymiz. Oyoq osti qilamiz. Tevarakka nazar tashlasak, ro‘znomalarni qaerlarda uchratamiz. Kuniga semichkafurushlaru pistafurushlar qo‘lida, axlatxonalarda oyoq ostida xor bo‘lib yotadi. Shu ham insofdanmi? to`liq
601 marta o`qilgan
|
JURNALISTLAR, HAMISHA XOLISMISIZ?
22 Avgust 2006 14:03
Tasdig‘ini topmagan tanqidlarga yo‘llangan javob xatlar gazetalarda negadir chop etilmaydi. Tasdiqlanganlari esa birinchi betda va yana ko‘zga ko‘rinarli joyda bosiladi. Nega?
Xizmatchilik, vaqti-vaqti bilan matbuotda chiqish qilishga to‘g‘ri keladi. Yozayotgan narsamizning badiiy saviyasi o‘z yo‘liga (axir, professional qalamkash emasmiz), mazmun-mohiyati, ayniqsa ko‘tarilayotgan mavzu ko‘pincha jurnalistlarning bahs-munozarasiga sabab bo‘ladi. Bu safar ham shundoq bo‘lishini hozirdanoq sezib turibmiz. to`liq
700 marta o`qilgan
|
FILMNING YARMI... REKLAMA
15 Avgust 2006 17:56
— Ko‘chalarda ilib qo‘yilgan ayrim pannolardagi reklamalarda behayo suratlarga, qo‘pol so‘zlarga ko‘zingiz tushadi. Pul to‘lagan odam istagan narsani ko‘pchilikka namoyish qilishi mumkinmi?
— Ba’zan ishxonalarda sumka ko‘targan ayollar «tashrif» buyurishib, latta-putta yoki turli poyabzallarni sotib yurishadi. Gohida «Bitta tufli olsangiz, ikkinchisini bepul beraman», deguvchilari ham bor. Shu reklamaga kiradimi? to`liq
834 marta o`qilgan
|
“DARAKCHI”GA NIMA BO‘LDI?
15 Avgust 2006 17:52
Yaqinda tamaddi qilib olish maqsadida bir choyxonaga kirdim. Men o‘tirgan stol ustida “Darakchi” gazetasining shu yil 27 iyuldagi 30-soni turgan ekan. Ochiq qoldirilgan sahifaga “Ma’lumot” rukni berilib, unda gazetxon uchun ancha qiziq — xalqaro hayotga oid ma’lumotlar e’lon qilinibdi. Shuning uchun men ham qiziqib o‘qiy boshladim. to`liq
772 marta o`qilgan
|
TIRAJ NEGA YASHIRILADI?
08 Avgust 2006 17:30
Har kim gazetani har xil o‘qiydi. Kimdir boshidan, kimdir oxiridan, yana kimdir o‘ziga kerakli maqoladan boshlaydi. Qo‘limizga yangi yoki doimiy o‘qimaydigan gazetamiz tushib qolsa, o‘z-o‘zidan savollar tug‘iladi. Bu gazetaga kim muharrirlik qilarkan? Muassisi kim ekan? O‘zi qancha chiqarkan?... Shu kabi savollarga javob topish uchun gazetaning so‘nggi sahifasiga murojaat qilamiz. to`liq
593 marta o`qilgan
|
EFIRDA — QOBILBEK KARIMBEKOV
01 Avgust 2006 18:40
Mabodo teletomoshabinlardan siyosiy va xalqaro masalalarga doir mavzularda samimiy qiyofada jilmayib so‘zlovchi jurnalist kim deb so‘ralsa, ularning ko‘pchiligi Qobilbek Karimbekovni ko‘rsatsa ajab emas. Chindan ham siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekovning imiji shunday. to`liq
632 marta o`qilgan
|
JURNALISTLIK FAQAT AXBOROT TARQATISH EMAS
01 Avgust 2006 18:37
Ona tilimizning, til-uslub qoidalarini xohlagancha buzib, milliy jurnalistikamizning qo‘shtirnoq ichidagi taraqqiyotini ta’minlayotgan nodavlat radiokanallar eshittirishlarini olib boruvchi hurmatli hamkasblarimizning faoliyatlari ustida alohida to‘xtalib o‘tishimiz joiz. to`liq
795 marta o`qilgan
|
“JURNALISTIKAGA OID O‘ZBEKCHA DARSLIK HALI YARATILMADI”
14 Iyul 2006 11:27
Professor Fayzulla Mo'minov "Hurriyat" savollariga javob beradi
...Jurnalistika kafedrasi O‘zMU tarkibida 1949 yilda ochilganidan beri, ya’ni 57 yil davomida O‘zbekistonda jurnalistikaga oid darslik na o‘zbek, na rus tilida chop etilgan. O‘quv qo‘llanmalar ozmi-ko‘pmi chiqqan, lekin darslik hali yo‘q. Jurnalistlarimizning bugungi kun talablariga qoniqarli javob bera olmasliklari sabablarining bir uchi ham shunga borib taqaladi... to`liq
701 marta o`qilgan
|
INTERNET JURNALISTIKA
13 Iyul 2006 00:17
endi eskicha yozib bo‘lmaydi
Global tarmoqning hayotimizga kirib kelishi jurnalistikada yangi yo‘nalishni vujudga keltirdi. Bu internet-jurnalistika bo‘lib, u o‘ziga xos qator xususiyatlarga ega. Tarmoq uchun material tayyorlash jarayonida bu xususiyatlarni inobatga olish o‘ta muhim. Aksar hollarda biz texnikaning rivojlanishi jurnalistikaga qanchalik ta’sir etganligini o‘ylamaymiz ham. Dastlab matbuotning kirib kelishi bilan boshlangan ushbu soha taraqqiyot tufayli radio va telejurnalistikani ham o‘z ichiga olganligi biz uchun odatiy holga aylangan. Aslida esa... to`liq
913 marta o`qilgan
|
BIRINCHI AYTGAN HAQMI?
12 Iyul 2006 17:01
Hozirda “Birinchi aytgan haq” shiori ostida ishlovchi OAVlar ko‘payib ketgan. Albatta, axborot beruvchi davlat o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda axborot berishga urinadi. Haqli savol tug‘iladi. Nima uchun jurnalistlarimiz ayrim hollarda tez va haqqoniy axborot bera olmayapti. Telekanallarimizdagi informatsion dasturlarning qariyb 70 foizi majlisu tadbirlardan iborat. to`liq
671 marta o`qilgan
|
|
ERKIN SO‘Z TAYANCHI
12 Iyul 2006 16:57
Erkin fuqarolik jamiyatining muhim omillaridan biri bo‘lgan so‘z erkinligini ta’minlashda OAV asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda mustaqil OAV soni kun sayin ortib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ularning raqobatbardoshliligini, mustaqilligini, o‘zini o‘zi to‘laqonli ta’minlash, iqtisodiy erkinligini, kadrlar salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan jamoat fondi tashkil etilgan edi. Shu tufayli uning maqsad va vazifalari haqida fond direktori Jamoliddin Hakimov bilan suhbatlashdik. to`liq
695 marta o`qilgan
|
INTERNET MAS’ULIYATSIZLIK MAKONI EMAS
12 Iyul 2006 16:54
yoxud tarmoqni xuquqiy jihatdan boshqarish zarurati xususida Internet tarmog‘ida axborot tarqatishni huquqiy jihatdan tartibga solish masalasi butun dunyoda eng dolzarb muammolardan biriga aylangan. Bu yo‘nalishda faqat tarmoqning o‘zida bildirilayotgan mulohazalar yuzlab saytlardan joy olgan bo‘lib, ularning hajmi qog‘ozda chop etilgan taqdirda o‘n minglab sahifani tashkil etadi. Internetni tartibga solishga bo‘lgan ehtiyoj, talab qanday paydo bo‘ldi, u nega bunchalik dolzarblik kasb etmoqda? to`liq
1005 marta o`qilgan
|
|
TEPADAN KO‘RSATMA KERAK EMAS
12 Iyul 2006 16:52
Yoki jurnalistni ovora qilishga uringanlar
Hozirgi paytda garchand jurnalistning o‘z xizmat faoliyatini davr, yurtimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar talablari darajasida olib borishlari uchun to‘la huquqiy asoslar yaratilgan bo‘lishiga qaramay hamkasblarimizning joylarda ba’zan o‘z xizmat vazifasini bajarish paytlarida turli qiyinchilik, qarama-qarshilik, tushunmovchilik, qolaversa, ovoragarchiliklarga duch kelayotganligining guvohi bo‘lib turibmiz. Fikrimizcha, jurnalistlar pichoq borib suyakka taqalgandagina bunday holatlarning ayrimlari haqida OAV orqali o‘z fikrlarini bildirmoqdalar. to`liq
619 marta o`qilgan
|
|
DAVR UNING TAQDIRIDA
12 Iyul 2006 16:50
Ahmadjon Meliboyev ijodiga nazar
Uning maqola, ocherk, kitoblarini o‘qish, ma’ruza, hikoyalarini tinglash maroqli, mayin yumorga boy, ichakuzdi hangomalarini bir eshitgan odam yana eshitsam, hamsuhbat bo‘lsam deydi, bosh muharrirlik mahoratiga boshqa bosh muharrirlar havas qilishadi, u yurtimiz ziyolilarini – adib, olim, san’atkor, musavvir, jurnalist, matbaachi, noshir, turli kasb sohiblarini yaxshi taniydi, ziyoli ahli ham, tabiiyki, uni yaxshi biladi, hurmat qiladi. Sal kam qirq yil davomida qalamkash, muharrir, rahbar sifatida yurt kezishlar, behisob uchrashuvlar, muloqotlar samarasi bu, albatta. to`liq
671 marta o`qilgan
|
|
TALQIN VA TAHLIL
12 Iyul 2006 16:46
Avval xabar berganimizdek, O‘zMU huzurida tashkil etilgan Oliy jurnalistika kursi tinglovchilari bilan yaqinda Milliy matbuot markazida davra suhbatini biroz bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu davra suhbatini biroz kengroq va oydinroq shaklda e’tiboringizga havola etmoqdamiz. to`liq
643 marta o`qilgan
|
|
ASAB BUZILSA HAM, QONUN BUZILMASIN
12 Iyul 2006 16:44
Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan teleradiokanallarda reklama tayyorlash va ularni tarqatishning ahvoli hamda bu sohada iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi haqida
Bugungi kunda reklama va reklama xususiyatlari, jamiyat hayotidagi o‘rni haqida hamma biladi. Reklamaning kelib chiqishi, uning odamlar ongiga ta’sir etishi, kishilik jamiyatidan muqim o‘rin olishi haqida so‘z yuritilganda, uning tarixi juda uzoq o‘tmishga borib taqalishiga guvoh bo‘lamiz. to`liq
769 marta o`qilgan
|
|
“TARAQQIY” BOSHLAB BERGAN YO‘L
12 Iyul 2006 13:51
O‘zbek milliy matbuotining to‘ng‘ichi bo‘lgan «Taraqqiy» gazetasi chiqqan kunga yuz yil to‘ldi. To‘g‘ri, ungacha 1870 yili Turkiston general gubernatori Fon-Kaufmanning ko‘rsatmasi bilan o‘lkada rus tilida «Turkestanskie vedomosti» va unga ilova tarzida o‘zbek va qozoq tillarida «Turkiston viloyatining gazeti» tashkil qilingan va ular 47 yil davomida nashr etilib turgan edi. Biroq bu gazetalar bosqinchilarning nashr afkori bo‘lib, o‘lkada mustabidlik siyosatini olib borgan va ana shu tizimni mustahkamlash yo‘lida xizmat qilgan. «Taraqqiy» esa mahalliy xalqlarning milliy manfaatini himoya qilgan, ularda erk, istiqlol tuyg‘usini uyg‘otgan, millat sha’nini ko‘tarishga, ularni ozod va mustaqil hayot uchun kurash yo‘liga chorlagan gazeta sifatida Vatanimiz tarixidan munosib o‘rin oldi. Ushbu gazetani tashkil etish mustabidlik davrida millatdoshlarimizning milliy ozodlik yo‘liga kirishdek jasorat sari qay tarzda qadam tashlaganlarini ko‘rsatuvchi yorqin dalil hamdir. Shu bois «Taraqqiy» gazetasi qanday ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga kelganini, uni kimlar bunyod etishganini bugun yana bir karra eslash jasur ajdodlarimiz ruhi poklarini shod qilish degan gap. Keling, mana shular haqida suhbatlashish uchun yuz yil muqaddam sodir bo‘lgan voqealarga xayolan bo‘lsa-da, qaytishga urinaylik. to`liq
905 marta o`qilgan
|