Jurnalistika

JURNALISTLAR O`LIMI HAMON JUMBOQLIGICHA QOLMOQDA
14 Mart 2007 20:53
Jahon gazetalari assotsiatsiyasi o‘tgan 2006 yilni jurnalistlar uchun og‘ir va xavfli bo‘ldi, deb baholadi. Chunki 2004 yil hisobiga ko‘ra 72 jurnalist halok bo‘lgan bo‘lsa, 2006 yil noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt davomida 88 jurnalistning o‘limi kuzatilgan. Ommaviy axborot vositalari vakillari turli holat va sabablarga ko‘ra o‘lim bilan yuzlashishdi. Ularning ayrimlari “qaynoq nuqta”lardan reportaj tayyorlash jarayonida daydi o‘q qurboni bo‘lgan bo‘lsa, ayrimlariga qasddan hujum uyushtirilgan. Ayniqsa, Iroqdagi vaziyat ko‘plab jurnalist­larning hayotiga raxna soldi.
to`liq
491 marta o`qilgan
HAR KIM O`Z QARICHI BILAN O`LCHAMASA...
14 Mart 2007 20:51
Bizda negadir ko‘pchilik gazeta-jurnalda o‘qigani, televizorda ko‘rgani yoki radiodan  eshitganlarini ayni haqiqat tarzida qabul qiladi. Bunday munosabat, ayniqsa, G‘arbga taqlidan yurish-turish, yashashni yuqori madaniyat hisoblaydiganlarda yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Bundaylar yoshlar o‘rtasida nisbatan ko‘p uchrashi ham hech kimga sir emas. Xalqimizda “Har kim o‘z qarichi bilan o‘lchaydi” degan naql bejizga aytilmagan. “Qarich”­ning nisbatan katta, qamrovi keng bo‘lganiga nima yetsin!
to`liq
536 marta o`qilgan
KOREYANING «XURSAND» GAZETASI
28 Fevral 2007 18:48
Taraqqiyot yo‘lidan borar ekanmiz, mamlakatimiz hayoti chet el ommaviy axborot vositalarida ham yoritilayotgani quvonarli hol. Jumladan, Janubiy Koreya matbuotida O‘zbekiston mavzusiga bot-bot murojaatni ko‘rish mumkin. Yaqinda esa o‘zbek tilidagi ilk gazeta nashrdan chiqdi. “Korea Xursandman” deb nomlanuvchi mazkur gazeta o‘z ichiga O‘zbekiston va Koreya hayotiga oid maqolalar, qiziqarli yangiliklar, xalqaro habarlarni qamrab olgan. 
to`liq
632 marta o`qilgan
NOPISANDLIK EMAS, E’TIBOR ZARUR!
21 Fevral 2007 16:36
Ha, menimcha shunday. Keyingi yillarda tuman gazetasiga nisbatan boshqacha bir qarash, ochiqrog‘i va to‘g‘rirog‘i, unga nopisandlik kabi ajabtovur munosabat shakllanib qoldi. Buning sabablari nimada?
Sevimli gazetamiz “Hurriyat”da “Tuman gazetasida ishlash osonmi?”, “Tuman gazetasi kerakmi?” sarlavhali maqolalarni o‘qib o‘tirib, shu savollar miyamda charx ura boshladi. Va bu borada o‘zim ham hayotiy tajribamdan kelib chiqib unga javob izladim. to`liq
490 marta o`qilgan
AYB — HAMKASBLARIMIZDA
15 Fevral 2007 08:00
Ayrim tumanlarda gazeta eskicha uslubda chop etilayotgani bois adadi nihoyatda kam. Sobiq sho‘ro davrida viloyat partiya komitetiga tuman jurnalistlari taklif etilib, seminarlar o‘tkazilardi. Hozir esa, Hamid Norqul ta’kidlaganidek, faqat gazeta muharrirlari uchrashyapti, xolos. Uch-to‘rtta tuman gazetasi ijodkorlari bir joyga yig‘ilib, yilda juda bo‘lmasa bir marta universitetlarning jurnalistika fakultetlari domlalari, tajribali jurnalist­lar ishtirokida malaka oshirish kurslari tashkil etilsa, ayni muddao bo‘lardi. to`liq
516 marta o`qilgan
SIYOSIY SHARHLOVCHI BO`LMOQCHIMISIZ?
07 Fevral 2007 17:50
Biz siyosiy sharhlovchilar nafaqat mamlakatimizda, balki jahonda bo‘layotgan voqea-hodisalarni kuzatib tahlil etib, iloji boricha ularga o‘z munosabatimizni bildirib borishimiz zarur. Har bir voqea-hodisaning mohiyatini idrok etish, turli yondashuv va fikr-mulohazalarni qiyoslash, xolis va haqqoniy xulosa chiqarish juda muhim.
to`liq
668 marta o`qilgan
GAZETADA GAZETXONGA O‘RIN BOR
07 Fevral 2007 17:46
Mirza Karimiyning “Gazetadan gazetxonga o‘rin bormi?” sarlavhali maqolasini o‘qigach, bu borada o‘z mulohazalarim bilan o‘rtoqlashishga qaror qildim.
Ochig‘i, savolning bu taxlitda qo‘yilishi o‘rinli. Ammo unga javob berishda masalaning ko‘p jihatlari hisobga olinishi kerak deb o‘ylayman.
Qonun bilan himoyalangan so‘z erkinligi, axborot olish kafolati har bir fuqaroning ommaviy axborot vositasida ishtirok etishi mumkinligini ta’minlaydi. Lekin bu qog‘ozga tushirilgan har bir bitigingiz sahifa yuzini ko‘radi, degani emas.
to`liq
556 marta o`qilgan
SENZURA UCHUN... 2 MILLION DOLLAR JARIMA
24 Yanvar 2007 15:18
GIFT tomonidan tayyorlangan qonun loyihasiga ko‘ra, Internetda so‘z erkinligini cheklash borasida faoliyatga aralashgan yoki fuqarolar to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarni bergan jismoniy yoki yuridik shaxslar 2 million dollarga qadar jarimaga tortilishi mumkin.
Global erkinlik to‘g‘risidagi hujjatda Internet foydalanuvchilarining xal­qaro me’yorlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarini buzganlik uchun 5 yilgacha bo‘lgan ozodlikdan mahrum etish jazosi ham ko‘zda tutilgan.
to`liq
621 marta o`qilgan
O‘ZIM BILAN SUHBAT
24 Yanvar 2007 15:14
Masalaga boshqacharoq yondashuv kerak. Ya’ni, aytmoqchimanki, OAV voqelik haqidagi axborotni kimgadir yoqish-yoqmasligiga qarab emas, balki jamiyat manfaati nuqtai nazarini ko‘zlab tarqatishi lozim. Bugun, masalan, Farg‘ona viloyatida ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Ayrim sanoat korxonalarida, ba’zi fermer xo‘jaliklarida muhim muvaffaqiyatlarga erishilyapti. Bular haqida hamisha har bir OAV zavq-shavq bilan yozib kelmoqda. Ammo hayot faqat shunday manzaralardan iborat emas. Farg‘ona viloyatida nega bir paytlar katta kredit olib qurilgan “Poliamid-6” yoki tsellyuloza ishlab chiqarish korxonalari to‘xtab turibdi? to`liq
812 marta o`qilgan
TUMAN GAZETASIDA ISHLASH OSONMI?
24 Yanvar 2007 15:12
Markaziy nashrlarning birida ishlovchi jurnalist do‘stim o‘zaro suhbat orasida: «Tuman gazetasida ishlashning nimasi qiyin, yozadigan voqealarning hammasi shundoq yoningda bo‘lsa...» deb qoldi. Shundan bildimki, ko‘pchilik shunday deb o‘ylamoqda. Haqiqatan ham, tuman gazetasida ishlash osonmi?
to`liq
626 marta o`qilgan
“HURRIYAT?! KIMNING QIZI?”
03 Yanvar 2007 15:53
Ko‘pchilik bexabar narsa haqida so‘rovnoma o‘tkazish oson emas ekan. Ayniqsa, odamlar qandaydir tashvishlar bilan shoshib, hali u yoqqa, hali bu yoqqa o‘tib turgan yo‘lda tursang. Dastlabki uchragan yo‘lovchi  “Hurriyat” mustaqil gazetasini bilasizmi?” degan savolga javoban: “Yo‘g‘e, shunaqa gazeta ham bormi?” deydi. Tabiiyki, sen ham beixtiyor: “Yo‘g‘e, hali bilmaysizmi?” deb yuborasan.
to`liq
609 marta o`qilgan
YANGI DAVR EHTIYOJI
03 Yanvar 2007 15:34
“Hurriyat” gazetasining ilk soni chiqqaniga o‘n yil to‘ldi. To‘g‘ri, bu juda katta sana emas. Lekin u, avvalo, yangi davrning mahsuli, yangi davrning ehtiyoji ekanligi bilan qadrlidir. Qolaversa, uni mustaqilligimizning, yangilanish va toza tafakkurning hosilasi deyish mumkin.
“Hurriyat”ni yangi davr yuzaga keltirdi. to`liq
574 marta o`qilgan
ME’YOR — BIZ UCHUN MEZON EDI
03 Yanvar 2007 15:32
Bundan o‘n yil muqaddam milliy matbuotimizga “Hurriyat” mustaqil gazetasining kirib kelishidan tortib hozirga qadar sohamizda yuz bergan o‘zgarishlarni bir qur ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazsak, har qanday islohot va yangilanish jarayoni bosqichma-bosqich kechishida naqadar katta hikmat borligini yaqqol ko‘rish mumkin. “Hurriyat” va mustaqil gazeta degan so‘zlar mohiyatidagi hurlik, mustaqillik tuyg‘usining o‘ziyoq kishiga o‘zgacha kuch-g‘ayrat, o‘zgacha jo‘shqinlik ato etadi. Zero, jurnalist uchun mazkur so‘zlardan ko‘ra totliroq, zavqliroq, qadrliroq tushunchaning o‘zi yo‘q.
to`liq
568 marta o`qilgan
AMALIYOT AMALDAMI?
07 Dekabr 2006 17:45
Tan olish kerakki, keyingi vaqtlarda jurnalistika sohasida ustoz-shogird tushunchasi, bu ikki shaxsning o‘zaro hamkorlikda ish olib borishi yo‘qolib boryapti. “Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar” deganlaridek, talabaga ijod gulshanining ilk g‘unchasi ochilayotganda yo‘nalish va saboq berilmasa, uning kamchiliklari vaqtida aytilib, to‘g‘rilanmasa, u mukammal yoza olmaydi, reportajga maqolaning, yangilikka xabarning unsurlarini qo‘shib yuborib, har tomonga “o‘tlab” ketadi.
to`liq
609 marta o`qilgan
OCHIL AKANING SABOQLARI
07 Dekabr 2006 17:39
Bizning talabalik davrimiz 70-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri kelgan edi. 1975 yilning yozida ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga abiturientlar birinchi marta ijodiy imtihon topshiradigan bo‘lishdi. Ya’ni jurnalistika kasbini egallash uchun havas bilan universitetga kelganlar qabul hay’atiga hujjatlariga matbuotda e’lon qilingan maqolalarini ham qo‘shib topshirishdi. So‘ng kirish imtihonlariga qadar ikki bosqichli sinov (yozma va og‘zaki) topshirdik. 300 ga yaqin da’vogarlardan 25 nafarimiz ancha-muncha qiyin sinovlardan o‘tib, talabalik sharafiga muyassar bo‘ldik. Ha, quvonchimiz bir olam edi o‘shanda.
to`liq
735 marta o`qilgan
GAZETADA GAZETXONGA O‘RIN BORMI?
22 Noyabr 2006 00:39
Byurokratik to‘siqlar deganda men asosan quyidagilarni nazarda tutmoqdaman: TV va radiolarni-ku qo‘yavering... Efirga chiqish maqsadida taklif etilsangiz yoki o‘z ixtiyoringiz bilan borsangiz, xizmat guvohnomangizning hech qanday amaliy ahamiyati yo‘q. Agar yoningizda pasportingiz bo‘lmasa, sizni hech kim kiritmaydi. Bunday holatlar respublika miqyosidagi, hatto ayrim tarmoq gazetalariga ham tegishlidir. To‘g‘ri, saqlanganni Yaratganning o‘zi saqlaydi deganlaridek, har nedan ogoh va hushyor bo‘lganimiz ma’qul, albatta. Shu bois ham u joylarda shunday ichki tartib o‘rnatilgandir, balki...
to`liq
592 marta o`qilgan
BESHINCHI FASL BOSHLANDI...
08 Noyabr 2006 00:39
Hozir qaysi gazeta yoki jurnal vakili bilan uchrashmang, salom-alikdan keyin gap darrov obunaga borib taqaladi. Qalam ahli oktyabr, noyabr, dekabrni “xirmon” yoki “g‘alvir suvdan ko‘tariladigan payt” deb ham ataydi. Bu mavsumni ayrimlar kinoyaomuz gazetchilar uchun “beshinchi fasl” deb ham atashadi. Ayni shu pallada joylarda uchrashuvlar tashkil qilinadi, xat va da’vatnomalar tarqatiladi, reklama va e’lonlarga urg‘u beriladi.
to`liq
562 marta o`qilgan
GAZETXONGA HURMAT SHUMI?..
18 Oktabr 2006 10:52
Ko‘pchilik singari men ham sport turlaridan futbolga qiziqaman. Jahon va Yevropa chempionatlari, mamlakatimizda hamda jahonning kuchli birinchiliklarini qiziqish bilan kuzatib boraman. Ayniqsa, futbol statistikasi bilan 25 yillardan buyon qiziqib kelaman. Qiziqarli futbol o‘yinlarini televizor orqali tomosha qilish bilan birga, futbolga oid materiallar ham beradigan «Erudit» gazetasini muntazam ravishda o‘qib boraman. Albatta, futbol olamidagi yangiliklardan xabardor bo‘lish bilan birga, men uchun muhim bo‘lgan statistik ma’lumotlarni ham to‘plashga harakat qilaman.
to`liq
638 marta o`qilgan
FUQAROLIK JAMIYATI JURNALISTI QANDAY BO‘LISHI KERAK?
04 Oktabr 2006 09:18
Rivojlangan dunyoda jurna­listlarni «demokratiya pos­bonlari» deb atashadi. OAV xodimlariga bunday ta’rif-tashbeh berilishi bejiz emas. Bu ommaviy axborot vositalari demokratik odil davlat, fuqarolik jamiyati qurishda hal qiluvchi o‘rin tutishidan dalolat.
Yurtimizda demokratik islohotlar amalga oshirilayotgan ilk davrlardan fuqarolik jamiyatining muhim bo‘g‘ini sifatida ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishga alohida e’tibor qaratilgani sir emas. Xo‘sh, OAV mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlar, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish jarayonida qanday o‘ringa ega? Bugungi kunda milliy jurnalistikamiz oldida turgan muammo va vazifalar nimalardan iborat? to`liq
717 marta o`qilgan
KARIKATURAGA E’TIBOR ZARUR
20 Sentabr 2006 10:04
Aslida shunday odam bilan bir davrda, bir shaharda yashayotganimni xayolimga ham keltirmagan ekanman. Mahmudjon Eshonqulov yigirma yetti xalqaro mukofot sovrindori, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarda o‘tkazilgan karikatura tanlovlarida g‘olib bo‘lib qaytgan. Qaysidir ma’noda bu hajvchi-rassomsiz o‘zbek karikaturachiligini tasavvur qilib bo‘lmaydi. to`liq
683 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM