Jurnalistika

09 Sentabr 2011 11:39
SHUKUHLI KUNLAR MUKOFOTI
Jurnalistika sohasidagi “Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Istiqlol tom ma’noda boshqa sohalar qatori OAV uchun ham rivojlanish, tizimni liberallashtirish imkoniyatini berdi. Mamlakatimizda so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarning ishlab chiqilgani jurnalistika sohasining takomillashayotganida namoyon bo‘lmoqda. Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasini beryapti.
Xususan, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi qator davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazib kelayotgan «Oltin qalam» milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov, «Yilning eng faol jurnalisti», «Atirgul», «Eng ulug‘, eng aziz» kabi tanlovlar jurnalistlarning jamiyatdagi faolligini oshirishga, ularning mehnati, iqtidorini rag‘batlantirish bilan birga qalam ahli o‘rtasida sog‘­lom ijodiy raqobatni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Yaqinda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida jurnalistika sohasidagi yana bir tadbir — «Eng ulug‘, eng aziz» respublika tanlovi yakunlarini e’lon qilish va g‘olib hamda sov­rindorlarni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga tashrif buyurgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi A.Jo‘raboev, O‘zbekiston matbuot va axborot agent­ligi bosh direktori B.Alimov, taniqli jurnalistlar, shuningdek, boshqa nufuzli mehmonlar, tanlovning matbuot, televidenie, radio hamda internet jurna­listika, foto hamda dizayn ishlari yo‘nalishlari g‘oliblari va rag‘batlantiruvchi mukofot sohiblariga sovrinlarni tantanali topshirdilar. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha birinchi o‘rin sohiblari noutbuk, ikkinchi o‘rinni egallaganlar zamonaviy kompyuter jamlanmasi, uchinchi o‘rin sovrindorlari esa televizorlarni qo‘lga kiritdilar. Rag‘batlantiruvchi mukofot sohiblari esa DVD pleer va boshqa qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tanlovda g‘olib va sov­rindorlar o‘tgan yigirma yil mobaynida barcha sohalarda qo‘lga kiritilgan yutuqlarni va mamlakatimizning salohiyatini, yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq ochish, ularni xal­qaro jamoatchilikka yetkazish mezonlari asosida baholandi. Uni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgani ham alohida e’tirof etildi.
Fursatdan foydalanib, yuksak mukofotga sazovor bo‘lgan bir guruh hamkasb­larimizning dil so‘zlarini yozib oldik:
 
Umidjon YoQubov, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning Respublika axboroti tahririyati bosh muharriri o‘rinbosari,  tanlovning «Internet-jurnalistika, foto va dizayn ishlari» bo‘yicha 1-o‘rin sohibi:
— Istiqlol yillarida yurtimizda milliy jurnalistikani rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasi bo‘lgan internet-jurnalistika yo‘nalishi ham jadal ravnaq topib, hayotimizdan tobora chuqurroq joy olib bormoqda. Insonni kamolotga chorlaydigan ezgu ta’limotlar bilan yovuzlikka undaydigan zararli g‘oyalar o‘rtasidagi azaliy kurash yanada keskinlashgan hozirgi murakkab sharoitda o‘zbek jurnalistining mustahkam fuqarolik pozitsiyasi yanada muhim ahamiyat kasb etayotir.
Milliy jurnalistikamizning yagona maqsadi yoshlarimiz ongida yuksak ma’naviy immunitetni shakllantirishga xizmat qilishdir. Davlatimiz tomonidan  jurnalistlar mehnatining qadrlanayotgani, ayniqsa, yosh qalamkashlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani bizni yanada faol bo‘lishga, yanada ko‘proq izlanishga, intilishga undaydi.
 
Botir Temirov, “Qashqadaryo” gazetasi iqtisodiyot bo‘limi muharriri,  tanlovning «Bosma OAV  yo‘nalishi» bo‘yicha 2-o‘rin sohibi:
— Qashqadaryo — ijodkorlar yurti. Bu yerdan elga tanilgan ko‘plab shoiru adiblar, jurnalistlar yetishib chiqqan. Shu ma’noda Qashqadaryo gazetasi ularning aksariyati uchun ijod maktabi vazifasini o‘tagan. Gazetamiz birinchilar qatorida «Oltin qalam» mukofotiga sazovor bo‘lgani ham uning mavqeini, o‘zbek jurna­lis­tikasi taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi beqiyos ekanligini bildiradi. Ayni paytda gazeta jamoasi ijodida sifat o‘zgarishlari kuzatilmoqda. Jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy mavzularda salmoqli maqolalar ko‘lami ortmoqda. Masalan, birgina «Modernizatsiya — uzluksiz jarayon» rukni ostida mamlakatimizdagi barcha sohalarda kechayotgan yangilanishlar yoritilmoqda.
Jurnalistika sohasi hukumat darajasida yuksak qadr topayotgani bugungiday tanlovlar misolida namoyon bo‘ladi. Shunday ulug‘ ayyom kunlarida men ham g‘oliblar safida ekanimdan qalbimda cheksiz faxr tuyg‘usini tuymoqdaman. Buning uchun davlatimiz rahbari va tanlov tashkilotchilaridan minnatdorman.
 
Muhabbat SodiQova, Samarqand viloyati Narpay tumani hokimligining nashri — “Paxtakor ovozi” gazetasining bo‘lim mudiri, tanlovning «Bosma OAV yo‘nalishi» bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofot sohibasi:
— Istiqlolning biz uchun eng ulug‘, eng aziz ne’mat ekani xalqimizning tinch va osuda hayoti, farovon turmushi, baxtiyor kunlari haqida mushohada qilinganda yanada yorqinroq ko‘rinadi. Ularni to‘la-to‘kis ifoda etish, jamoatchilikka to‘laqonli yetkazish biz — jurnalist­larning muqaddas vazifamizdir. O‘zim salkam 30 yildan buyon “Paxtakor ovozi” gazetasida mehnat qilib kelayapman. Faoliyatimning 20 yili Istiqlol davriga to‘g‘ri kelgani uchun menda bu ikki davrni solishtirish imkoniyati mavjud. Keyingi yigirma yil oralig‘ida yurtimizda asrlarga tatigulik ishlar qilindi. Eng avvalo, odamlar ongi, dunyo­qarashi tubdan o‘zgardi. Hamyurtlarimiz bu mening Vatanim, mening mahallam, mening uyim deb jon kuydiradigan, uning chiroyiga-chiroy qo‘shadigan bo‘ldi. Boqibeg‘amlik illatiga barham berildi. Jurnalistlar ham bundan mustasno emas. Chunki odamdagi yurtga bo‘lgan muhabbatni yanada alanga oldirishda ularning ham hissasi bor. Bugun buyuk bayramimiz arafasida g‘oliblar safidan o‘rin olganim tufayli hayajonimning cheki yo‘q. Ko‘ng­limda menday olis bir tuman gazetasi xodimini ardoqlagan vatanimga umrbod xizmat qilish hissi jo‘sh urmoqda.
 
Uzulxon Nugmanova, Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining katta muharriri, tanlovning «Televidenie  yo‘nalishi» bo‘yicha 3-o‘rin sohibasi:
— Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi ulkan ishlarni, davlatimizning xalqaro maydonda nufuzi oshib borayotganini aholi qatlami e’tiboriga oddiy, hayotiy misollarda tezkorlik bilan havola etishimizda ijodiy jamoamizdagi muhit va  ta’minlangan zamonaviy uskunalar qo‘l kelmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida jurnalistlarga «mening suyanchim va tayanchim» deb katta ishonch bildirdilar. Bu so‘zlar har bir hamkasbimiz qalbiga iliqlik va faxr ulashganiga shubhalanmayman. Istiqlol yillarida qoraqalpoq jurnalistlari ham ko‘p­lab tanlovlarda taqdirlanib kelinyapti. Bugun ular safiga men ham qo‘shilganim bois xursandchiligimning cheki yo‘q. Bu mukofot menga ona yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilishimda, zimmamdagi mas’uliyatni sharaf bilan ado etishimda kuch-quvvat bag‘ishlaydi.
 
Mavjuda YO‘ldosheva, “Yoshlar” teleradiokanali YoAJ “Davr” axborot dasturlari muharririyatining siyosiy sharhlovchisi, tanlovning «Radio  yo‘nalishi» bo‘yicha 1- o‘rin sohibasi:
— Men istiqlolimizga poydevor qo‘yilgan suronli kunlarni, taloto‘p­li voqealarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. O‘sha kezlardagi nihoyatda og‘ir vaziyatdan O‘zbekiston nafaqat ­ish­onch­­ va sobitqadamlik bilan chiqib keta oldi, balki qisqa muddatda dunyo hamjamiyatida o‘z so‘zi hamda mavqeiga ega nav­qiron davlat sifatida tanildi.
Bir necha kundan so‘ng mustaqilligimizning 20 yilligini nishonlaymiz. Ramazon hayitini kutib olamiz. Ana shunday qutlug‘ va mukarram kunlarni jondan aziz bayramimizga bag‘ishlangan tanlov g‘olibi sifatida qarshi olayotganim menga, ijodiy jamoamizga uch karra quvonch shukuhini hadya etayapti. Chunki bu yil mazkur tanlovga mamlakatimizning barcha hududlaridan 300 ga yaqin jurnalist 3600 dan ortiq ijodiy ishi bilan qatnashgani e’tirof et­ildi. Ulardan 20 nafarigina g‘oliblik nashidasidan bahramand bo‘­lishdi. O‘shalar safida men ham borligimdan, kamtarona mehnatim qadr topganidan bunday yuksak e’tiborning tashabbuskori bo‘lgan Yurt­boshi­mizga, tanlov tashkilotchilariga samimiy tashakkurimni bildiraman.
Albatta, tanlov g‘olib va sovrindorlarining xursandchilik balqib turgan shodmon yuzlarida ko‘rganimizdek, tinch va osuda yurtga bayramlar yarashadi. Ko‘ngil xotirjam, oila farovon bo‘lsa, boz ustiga intiqib kutilayotgan bayramlar o‘ziga xos tuhfa — davlat darajasidagi e’tirof bilan hamohang kirib kelsa, bu xurramlikning toti o‘zgacha, zav­qi yanada shavqliroq bo‘lishiga shubha yo‘q.
«Hurriyat» muxbiri
Inomjon ABDIYEV yozib oldi
 

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM