Ma'naviyat

BOLALARDAN O‘RGANAYLIK SAMIMIYATNI
16 May 2012 19:34
Opa nevarali bo‘ldi. O‘g‘il. Uyda hamma xursand. Chaqaloqni beshikka soladigan kuni kelinning ota-onasini ham chaqirishdi. Ular boshqa shaharda turishsa ham taklif qilingan vaqtga yetib kelishdi. Uydagilarning hammasi xursand bo‘ldi.
to`liq
11 marta o`qilgan
«QALAMDOSH»
16 May 2012 19:05
Mirtemir — she’r zargari. U so‘zning qimmatini misqollab o‘lchar, yozadigan jumlasini yetti emas, yetmish marta o‘ylab, keyin bitardi.
Oddiy so‘zlarga o‘zgacha sehr, joziba bag‘ishlay oladigan nomi yurtga taniqli shoirning ish uslubi, albatta, hamma ijodkorlarni qiziqtirardi. Goho shu o‘ylar tinchlik bermasdi. Mavridi kelsa, uning she’r yozishini, biror asarga sayqal berishini zimdan kuzatsam, deb orzu qilardim.
to`liq
12 marta o`qilgan
SAODATMAND SAN’ATKOR
10 May 2012 21:48
Umrin butkul Vatanga ehson etgan bir inson,
Hurriyatga fidoyi, ruhi raxshon sir inson.
Avlodlar xotirida qola olgan navqiron,
Ozod diyor bag‘rida dorul-omon zo‘r inson —
Pirimqul Qodirovning tafakkuri mustahkam,
Bunday hassos san’atkor tug‘iladi juda kam.
to`liq
24 marta o`qilgan
MAKTAB QURIB CHARCHAMAGAN MUALLIM
10 May 2012 20:51
O‘tgan asr saksoninchi yillarining oxirlari edi. Tuman gazetasi tahririyatiga kelgan shikoyat xatini o‘rganish maqsadida tog‘li Duoba va Qo‘rg‘oncha qishloqlariga safarga chiqishga to‘g‘ri keldi. Safarimizning Duoba qishlog‘ida o‘tgan birinchi kunidagi suhbatlarda xo‘jalik markaziga tutash qo‘shni Gumatak qishlog‘ida shaxsiy mablag‘i hisobidan maktab qurishga bel bog‘lagan o‘qituvchi haqidagi gaplar bizni qiziqtirib qo‘ydi. Shu bois garchand xizmat safari uchun ajratilgan vaqt hisobli bo‘lsa-da ertasiga Gumatak qishlog‘iga ham kirib o‘tishga ahd qildik.
to`liq
13 marta o`qilgan
IJOBAT BO‘LGAN DUOLAR
04 May 2012 08:06
Bugun yetmishni qoralab qolgan biz, mo‘ysafidlar ham bir paytlar talaba bo‘lganmiz. O‘qishimizning dastlabki yillarida yotoqxona tegmay, Eski shaharning turli mahallalarida ijarada yashardik. Stipendiya xarajatlarimizni qoplamas, oy oxirida ikki-uch kunlab non-choyga qarab qolgan kunlarimiz ko‘p bo‘lardi. Ba’zi o‘rtoqlarimiz yakshanba kunlari mardikorlikka chiqib, besh-to‘rt so‘m ishlab kelardi. Mening esa bu borada iqbolim kulgan edi, shekilli, har shanba kuni biz turgan uyga yaqin joyda yashaydigan qadrdon do‘stim – Abdurahim kechga tomon kelib, qo‘yarda-qo‘ymay uyiga olib ketardi. Ba’zan har shanba boraverishga yuzim chidamay qat’iy turib olsam, o‘n besh-yigirma daqiqadan keyin do‘stimning oyisi Tojixon ayamiz kelib faqat menigina emas, birga yashaydigan sheriklarimni ham qo‘shib olib ketardi.
to`liq
22 marta o`qilgan
NAVOIYNING «MURID»I
03 May 2012 20:52
Dunyoda shunday kasblar bo‘ladiki, ularni egallash uchun inson qobiliyat bilan tug‘ilishi kerak. Men yozuvchi, rassom, san’atkor, shifokor, faylasuf, kimyogar bo‘lib tug‘ilganlar bilan muloqotda bo‘lganimdan, taqdirimdan beadad minnatdorman. Mana shunday kasb egalaridan biri, Navoiyning «murid»i, professor Suyima G‘aniyevadir. U tadqiqotchi-matnshunos bo‘lib tug‘ilgandek, nazarimda.
to`liq
18 marta o`qilgan
SARCHASHMALAR
26 Aprel 2012 20:11
Qish faslini hali ochilmagan kutubxonaga o‘xshatgim keladi. Bahor, yoz, kuzda kutubxona ochilib bo‘lgan, tabiat javonidagi kitoblar mutolaasi boshlanganday. Har bir kitob alohida bir bog‘. Shunday bog‘lar borki, unda hosilga kirmagan daraxtning o‘zi yo‘q. Alisher Navoiy ijodiyoti ana shunday ajib bog‘: sarxil mevalarini ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi, ularga qo‘l cho‘zishingiz bilan ruhingiz ko‘tariladi. Ruhiy ozuqaning tabiiyligidan o‘z holingizcha to‘yinasiz. Tongda soy shovvasiga bog‘dagi bulbullarning jo‘rovoz­ligidan allanechuk zavqlanasiz.
to`liq
24 marta o`qilgan
ONA HAYQIRIG`I
20 Aprel 2012 10:35
Kino bugun faqat vaqt o‘tkazish, maroqli hordiq chiqarish vositasigina emas, balki fikrlash, mazmunli yashash, insoniy munosabatlarni ardoqlash ko‘nikmasini go‘zal shakllarda ifoda etadigan, hayotimizning bir bo‘lagiga aylangan qadriyat hamdir.
to`liq
32 marta o`qilgan
TOG‘DA O‘SGAN YOZUVCHI
19 Aprel 2012 15:38
Bog‘imizda otam ekkan o‘rik yana gulladi. Uni xuddi oppoq dasturxonga o‘ralgan ichi qand-qurs, bo‘g‘irsoqqa to‘la tog‘orani boshida ko‘tarib borayotgan onajonimga o‘xshataman. Unga boqib bir ko‘nglim gulladi, bir ko‘nglim yig‘ladi. Bu tuyg‘u ismi jismiga mos bo‘lgan oqil inson — otam Oqiljon Husanov, mehribon onam — To‘tibibi Husanova haqidagi xotiralarni uyg‘otib yubordi.
to`liq
27 marta o`qilgan
VATAN HAQIDAGI ENG GO‘ZAL QO‘SHIQ
13 Aprel 2012 16:17
Jahon adabiyotining betakror namoyandalaridan biri Iogann Volf­gang Gyote o‘zining asari fransuz tilida nashr etilishi munosabati bilan do‘stlaridan biriga yozgan xatida: «Bizning eski xamirturush o‘zga novvoy qo‘lida yanada mazaliroq nonga aylanibdi», deya lutf qilgan ekan. Taniqli ijodkor Asror Mo‘min tarjima qilgan buyuk avar shoiri Rasul Hamzatovning «Mening Dog‘istonim» asarini mutolaa qilib, beixtiyor yuqoridagi muqoyasa xayolimdan o‘tdi.
to`liq
40 marta o`qilgan
ILMIY MAKTAB
13 Aprel 2012 16:14
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi Soyibjon Sodiqovich  Ne’matovning ishchanligi, muomalasi ko‘rgan kishining mehrini oshiradi. Uning kompozitsion materiallar sohasining chuqur bilimdoni va asoschilaridan ekanini eshitganimdan so‘ng faoliyatiga qiziqishim yanada ortdi. Chunki ilmiy kashfiyotlar qilish, ixtirolar yaratish, yosh ilm egalari uchun darslik-qo‘llanmalar tayyorlash har qanday fidoyi ilm kishisiga qanot bag‘ishlaydi.
to`liq
39 marta o`qilgan
BARHAYOTLIK
13 Aprel 2012 14:22
Odatiy kunlarning birida kitob shaydosi ukam Foziljonning «Abdulla Qodiriy yashab o`tgan dargohni bir aylanib kelmaymizmi? Shu kunlarda Otabek bilan Kumushning taqdiri, uni yakqalam qilgan Qodiriy bobomizning mahorati xususida ko`p o`ylaydigan bo`lib qoldim», degani menda ham qiziqish uyg`otdi. Garchi buyuk adib, o`zbek romanchiligi taraqqiyotiga yetakchilik qilgan Abdulla Qodiriyday ijodkor xususida ustozlardan o`tkazib biror so`z ayta olmasak-da, bu sayrning o`ziga xos gashtli bo`lishini ko`ngildan his qildim. Taassufki, shu payt­gacha bu xonadonda bo`lmagan ekanman.
to`liq
33 marta o`qilgan
BEBAHO XAZINA
06 Aprel 2012 15:32
O`lmas asar yaratish uchun ijodkorda avvalo iste’dod, hayotiy tajriba, bilim, kuzatuvchanlik, fantaziya, qalb harorati, eng muhimi esa boshlagan ishini oxiriga yetkazish salohiyati, kuchli, sabr-toqat bo‘lishi kerak.
to`liq
37 marta o`qilgan
HUR FIKR, OZOD RUH
28 Mart 2012 22:16
Kech kuz edi, men seni ko‘rdim,
Derazamdan boqardi birov.
U sen eding, o, dehqon yurtim,
Turar eding yalangto‘sh, yayov.
to`liq
57 marta o`qilgan
ERKAKNING OR QO‘SHIG‘I
25 Mart 2012 20:33
Asl yozuvchi odamlar baxtli bo‘lmaguncha saodat nimaligini bilmaydi: na dunyoni, na o‘zini to‘kis hisoblaydi. Chin iztirob sahna mashqidan emas, ko‘ngil og‘riqlaridan tomgan qonyomg‘irdan to‘yinadi. Bu iztirob to‘yindilari yangi bir asarga ham homila bo‘ladi, ham doyalik qiladi. Zotan, asar — adibning ibodati, o‘zi yaratgan dunyoning hadi va qonun-qoidalari kesimidagi hayot formulasidir.
to`liq
58 marta o`qilgan
DONO BO`LAMAN, DESANG, O`QI!
25 Mart 2012 20:02
Har gal xushovoz xonanda Sanobar Rahmonovaning “Ustozlar” deb nomlangan dilbar qo‘shig‘ini ajib bir zavq bilan tinglaganimda, beixtiyor birinchi muallimlarim, murabbiylarim, ustozlarim ko‘z o‘ngimda namoyon bo‘ladi, quloqlarim ostida dillaridan tillariga quyilib kelgan mehr to‘la maslahatlari, o‘gitlari, yo‘l-yo‘riqlari sado beradi.  
to`liq
56 marta o`qilgan
OILANING BOSHI HAM, OXIRI HAM SABR
25 Mart 2012 19:58
Ikki yoshning visoli — mustahkam oila yaxshi niyatlar ila kelajakka qo‘yilgan ilk  qadamdir. Ammo xayrli niyatlarning ijobat bo‘lishi uchun birgina orzu-maqsadlarning o‘zi yetarlimikan? Mustahkam oilani barpo etishda yon-atrofdagi yaqinlarimiz, qon-qarindoshlar, ota-onayu qaynota va qaynonalarning o‘rni qanday?
Suhbatdoshlarimiz ana shu savollarga javob izlash asnosida oilaning mustahkamligiga ta’sir etuvchi muhim omillar xususida fikr bildirishdi.
to`liq
53 marta o`qilgan
MEHR XONADONI
25 Mart 2012 19:29
Ahil, mehr-oqibatli, o‘qimishli farzandlarning onalariga nisbatan o‘zgacha e’zozu hurmat-e’tibori haqida eshitgach, Halima aya Odilova bilan suhbatlashish istagida uning huzuriga yo‘l oldim. Poytaxtimizdagi «Hazrati Imom» masjidi ro‘parasidagi «Namuna» mahallasida joylashgan Chuvalachi ko‘chasiga kirarkanman, tor, uzun yo‘laklarni, muqaddam qad ko‘targan paxsa devoru g‘ishtin imoratlarni ko‘rib, beixtiyor olisdagi qishloq sog‘inchini his qilib, yuragim orziqdi.
to`liq
48 marta o`qilgan
SARIQ DEVNI MINGAN GARRI POTTER
19 Mart 2012 21:03
“Keyingi paytda farzandlarimizning kitob o‘qimasliklaridan xavotirga tushib qolgandik. Yangi avlod vakillarini bilim egallashda eng oson va sodda yo‘ldan borishayotgani, ya’ni televideniye va kompyuterdan foydalanishda ayblab kelardik. Kutilmaganda bu kitobning paydo bo‘lishi bolalarimizda yana mutolaa zavqini uyg‘otdi. Bundan biroz hayratlanib turganimizdan so‘ng biz — ota-onalar ham kitob o‘qishga mukkamizdan ketdik...” Ushbu fikrlar angliyalik ota-onalarning ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlaridan olindi. Unda so‘z borayotgan, hammani birdek o‘ziga jalb etgan kitob — Joan Ketlin Roulingning Garri Potter haqidagi yetti romani edi.
to`liq
65 marta o`qilgan
SADOQAT
15 Mart 2012 21:49
Har tong maysalar yaprog‘iga erkalangancha inadigan shabnam tomchilari Navro‘zgulni bugun erta uyg‘otdi. Quyosh o‘zining yoqimli, iliq nurlari ila butun mavjudot boshini asta silar, musaffo tong nafasidan ogoh etardi. Uning mehr¬li tafti Navro‘zgulning butun vujudiga orom bag‘ishlab, tetiklantirdi. Navro‘zgul yaproqlarini yoygancha kerishdi. Tongning musaffo havosidan to‘yib-to‘yib nafas oldi. So‘ng chor-atrofga alanglab, o‘zidan narida navnihol qaddini tiklab olgan Gulqizga ko‘zi tushdi.
to`liq
64 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM