Ma'naviyat

MILLIY KITOB PALATASI ISBNga A’ZO BO‘LDI
20 Sentabr 2006 10:22
Mutaxassislar endi nashr qilishdagi ayrim nuqsonlar barham topadi, deyishmoqda
Chet elda yashayotgan yurtdoshlarimiz ona tillaridagi asarlarni ko‘rib hayratlansalar ajab emas. Asrlar davomida dunyo kezgan Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid asarlari, qalam bilan jahonni egallagan Alisher Navoiyning “Xamsa”si serquyosh o‘lka, o‘ziga bek el borligini va ajdodlari buyuk zotlar bo‘lganini barcha xalqlarning yodiga solib turadi. Endi respublikamiz nashriyotlarida chop etilajak har bir kitob jahon yuzini ko‘radi. Uch-to‘rtta asar bilan bu yurtni eslab turgan elatlar endi million-million kitoblarimiz bilan tanishadilar.
to`liq
554 marta o`qilgan
METRODA
12 Sentabr 2006 17:30
Qarshingizda yuzini husnbuzar qoplagan birorta yigit bilan qiz o‘tirib oladi-da, lablarini bosib, tishidagi plombasini sug‘urib olmagunicha so‘rishib ketaveradi.
Dahshat! Ularga qarab turib, butun umrga pushting ku­yib ketsa ham, ajabalanadigan joyi yo‘q. Ular odamgarchilikdan shunchalar yiroqki, dorishunos bo‘lganimda bunaqa yigit-qizni quritib, talqon qilib tuyib, homilaga qarshi dori sifatida foydalanishga tavsiya etardim.
to`liq
749 marta o`qilgan
G‘OLIB MARG‘ILONIY
12 Sentabr 2006 17:16
G‘olib Marg‘iloniyning bolalik yillari chor hukumati mus­tamlakasi davriga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, umrining qolgan qismini Sho‘ro davrida kechirdi. U olti yoshidan eski maktabda savod chiqargan bo‘lsa, keyinchalik, 15-18 yoshida gimnaziyada tahsil oldi. O‘z ona tilidan tashqari arab, fors, rus tillarini mukammal o‘rgandi. Tarjimonlik, hisobchilik kasblarida mehnat qildi. Oltmish yetti yoshida nafaqaga chiqqach, umrining qolgan qismini to‘liq ilmiy va badiiy ijodga sarf qildi. to`liq
668 marta o`qilgan
CHANG BOSIB YOTGAN KITOBLAR
07 Sentabr 2006 10:04
Ilm izlovchilar — talabalar qaerda?
Ular bozorlarda... atrofdagi bezakli hayot xayollarini cho‘lg‘ab olgan. Kamina ham talaba, do‘stlarim talaba. Ota-onamiz, yaqinlarimiz qishloqda qolgan. Ularning bizdan orzu-umidlari bisyor. Ular o‘ylashadi: “Bolam qiynalib qolmadimi, qorni to‘qmi, usti butmi, qachon keladi?”
Bizning esa xayollarimiz boshqa: “Uydan qachon pul kelarkin, telefon qilsammi?”
Pul ham keladi. Qaydasan “Otchopar”, qaydasan “O‘rikzor!”
Kutubxonada esa kitoblar diqqat?!
to`liq
563 marta o`qilgan
MILLIONLAB MILLIONLAR
22 Avgust 2006 14:32
ular o‘zini oqlaydimi?
O‘zbekiston hududiga kirganimizda tong yorishib qolgan edi.
*  *  *
Tungi bezovtaliklardan yaxshi uxlolmagan hamrohlarim dam olishar, mening esa negadir uyqum kelmasdi. Derazadan tashqari qarab boryapman: tabiat manzaralari poezd silkinishiga monand, xuddi ekrani pirpirab qolgan televizorda ko‘ringanday bir-bir ko‘z o‘ngimdan o‘ta boshlaydi. Mevasi oltin, bargi kumush jiydalar, qip-qizil cho‘g‘day anorlar, samoga bo‘y cho‘zgan teraklar... Paxta agatlari metroning zinalari kabi o‘zi yurib ketayotgandek. to`liq
629 marta o`qilgan
“O‘G‘UZXON”DAN BIROR «IZ» QOLGANMI?
22 Avgust 2006 14:29
Shunisi borki, insonga umidvorlik hissi xosdir. Men ham bir adabiyot muxlisi sifatida o‘tmishda yaratilgan, ammo turli sabablar bilan yo‘qolgan asarlarning «mo‘’jiza ro‘y berib» topilib qolishiga hamisha umidda bo‘laman. «Amir Umarxonning kanizagi» romani, «Kecha va kunduz»ning ikkinchi qismi... «Temur sag‘anasi», «O‘g‘uzxon» dramalari ana shunday asarlardir. Imkonim bo‘lganda o‘tgan asrning birinchi choragida chiqqan gazeta-jurnallarni, risolalarni titkilab, bu asarlar haqida nimadir topish ilinjida bo‘laman.
to`liq
751 marta o`qilgan
G‘OLIB “XAMSA”
15 Avgust 2006 18:25
Alisher Navoiy ijodining gultoji “Xamsa” asarining matbaachilarimiz  tomonidan amalga oshirilgan eng so‘nggi nashri yaqinda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro kitob yarmarkasida eng yaxshi kitob sifatida e’tirof etilib, birinchi o‘rinni oldi.
to`liq
548 marta o`qilgan
«TURON» YANGI SAROYGA KO‘CHADI
08 Avgust 2006 17:31
Afsuski, o‘zbek alifbosi o‘zgargandan keyingi qatag‘on zamonlarida, stalinchi kallavaram to‘nkalar arab alifbosidagi kitoblar go‘yo hammasi dinni targ‘ibot qiluvchi asarlar deb, barcha tarixiy-ilmiy adabiyotlarga qo‘shib jadidlar adabiyoti namunalarini ham iste’moldan chiqarib, yo‘q qildilar. to`liq
845 marta o`qilgan
SAYYID BARAKANING INISI
25 Iyul 2006 18:04
Shunday mashaqqatli sinovlarda iroqlik mashhur zotlar aka-uka Sayyid Baraka va Sayyid Ne’matulloh butun mol-dunyolari hamda o‘zlariga tobe odamlari bilan birgalikda Amir Temurga yordam beradilar. Iroq ishg‘ol etilgach, Sohibqiron bobomiz o‘z zamonasining ulug‘ piri komillari bo‘lmish aka-uka ­sayyidlarga chin dildan ixlos qo‘yadi... to`liq
706 marta o`qilgan
JAHONDA NECHTA KOREYA BOR?
25 Iyul 2006 17:50
Jahonda shu kungacha Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (poytaxti Pxenyan) va Koreya Respublikasi (poytaxti Seul) degan 2 ta mustaqil davlat mavjud ekaniga qaramay, tuzuvchilar Koreyani bitta mamlakat, bitta davlat sifatida ko‘rsatib ketishgan. Bunga o‘xshash kitoblarni o‘qigach, o‘zingga ham ishonmay qolasan. Zamona sur’ati tez bo‘lsa, balki ikki Koreya Respublikasi yaxlit davlatga aylandimikin?!  to`liq
714 marta o`qilgan
FAQAT FOYDANI DEB
18 Iyul 2006 17:04
Tomoshabin didini o‘ldirmaylik
Taniqli rejissyor Karel Ird teatrni ulkan muzyorar kemaga qiyos qiladi. U doimo oldinda bo‘lishi, muzqoyalarni yorib, ortidagi kemalarga yo‘l ochib borishi lozimligini ta’kidlaydi. Agar ana shu o‘xshatishni o‘zbek Milliy akademik drama teatrining bugungi faoliyatiga tatbiq etadigan bo‘lsak, buning mutlaqo aksini ko‘ramiz: teatr tomoshabinlarni ortidan ergashtirish o‘rniga tushovini tomoshabinga tutqazib qo‘yib, uning ortidan asta odimlab borayotgandek. Shu yo‘sin davom etaversa, oxir-oqibat qanday bo‘lishi hammamizga ravshan. Ahvol shu darajaga yetdiki, teatrda “Andishali kelinchak” nomli tan­qid qilishga ham arzimaydigan mantiqsiz bir “asar” asosidagi spektakl salkam yarim yil mobaynida surunkasiga har kuni namoyish etildi.
to`liq
681 marta o`qilgan
TARJIMA NEGA QILINADI?
13 Iyul 2006 14:46
Ahmad Lutfiy asarlarining o‘zbekcha nashrlari haqida
Afsuski, ta’kidlangan asarlar mutolaasi davomida kitobxon o‘zbek tilining jozibasi to‘la aks etgan asarni o‘qish baxtiga musharraf bo‘ladi, deyish qiyin. Misol uchun, “Abu Bakr Siddiq (Rasulullohning g‘ordagi birodari)” “Movarounnahr”, 2005) kitobini olaylik (Tarji-  mon ­­—­­ Sarvar Jahongirov).Abu Bakr (r.a.)dek kishiga bag‘ishlangan tarixiy asarni tarjima qilib, xalqqa, o‘quvchilar ommasiga yetkazib berilganligi tahsinga sazovor. Lekin... Avvalo, kitobning to‘la nashri chamasi hali-hanuz tugatilmaydi, shekilli. Negaki, kitob noshirlari birgina romanni shu kungacha to‘rt qismga bo‘lib bosishdi. Kitob 1-dan 4-ga borgan sari yupqarib bormoqda-yu, oxiri ko‘rinmayapti.
to`liq
772 marta o`qilgan
SHUNDAY YASHASANG!
13 Iyul 2006 14:44
— Muborak Haj safariga jo‘nash kunlarimiz yaqinlashganda jamg‘armamni ko‘zdan kechirayotib, to‘xta, dedim, o‘zimga o‘zim. Bilasiz, har yili ko‘klamda “Sangzor”ni sel bosadi. Chubor va Qoraqishloq odamlari seldan o‘tolmay sarson, bu yoqda bolalar selning pasayishini kutib, maktabga borolmay tursa. Bir kunda 6 soatdan dars qoldirganda ham, qancha narsa yo‘qotadi. “Shu xarajatni ko‘prikka qilsam-chi?” Albatta, birov u dedi, birov bu dedi. Birovlar kuldi. E’tibor qilmadim.
to`liq
595 marta o`qilgan
KEKSA MUZEY YANGILANYAPTI
13 Iyul 2006 14:36
O‘zbekiston Davlat Tabiat muzeyi tashkil etilganiga 130 yil to‘ldi
...Muzey fondida 400 mingdan ortiq namuna mavjud bo‘lib, Markaziy Osiyoda eng yirik (300 mingdan ko‘p) entomologiya fondi, ming varaq gerbariydan iborat botanika fondi, shuningdek, zoologiya va geologiya materiallari MDH davlatlari olimlari orasida ham mashhur. Muzeyning ulkan fondi o‘lkamiz tabiati, hayvonot dunyosidan hikoya qiluvchi ixtisoslashgan yagona ansamblni tashkil etadi.
to`liq
669 marta o`qilgan
ENDI TOSHLARGA YOZISH QOLUVDI
12 Iyul 2006 18:51
Tarix manbalarining birida Temir qopug‘, yana birida Amir Temur darvozasi va yana birida Ilon o‘tti deb nomlangan daradan har o‘tganimda O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmadning so‘zlarini eslayman: “Bu tog‘larda qilich o‘ynatib Temur, yulduzlarga qo‘l cho‘zib Ulug‘bek, o‘yga tolib Navoiy, g‘ussaga botib Bobur, faryod chekib Mashrab o‘tgan”.
Ikki tomonida ikki qoya turtib chiqqan dara, bir tomonida temir yo‘l, bir tomonda avtoyo‘l, o‘rtada shovullagan Sangzor daryosi yuqoridagi so‘zlarni tasdiqlayotganga o‘xshaydi. Yana bu yerda Mirzo Ulug‘bek va Abdullaxon II lar  toshga yozdirgan  bitiklar bor! Demak, har bir qadami tarix, har bir qarichi rivoyat, afsona.
to`liq
571 marta o`qilgan
SHUKRULLONING “HASRAT BOG‘I”
12 Iyul 2006 18:50
Aslida bu xalqimizning hasrat bog‘i. Unda manqurtlik chinorlari, qullik teraklari samoga bo‘y cho‘zib turibdi. Bunda dunyoning “eng go‘zal” illatlari gullagan, o‘zlik o‘simliklari o‘rib tashlangan. Mana shunday muhitda ro‘y bergan voqealar “Hasrat bog‘i” spektaklining asosini tashkil qiladi.
to`liq
553 marta o`qilgan
DAVLAT MADHIYASI
12 Iyul 2006 18:48
Uni nodavlat TV va radiolar ham eshittirsa bo‘lmaydimi?
Ikkinchi jahon urushidan insoniyatga yadro bombasi “meros” qoldi. Dunyoda undan kuchliroq qirg‘in quroli yo‘q. Lekin odamzod uchun bugungi mafkuraviy tahdidlar ham hazilakam qutqu hisoblanmaydi. Shuning uchun “Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchli” degan iqror mavjud.
to`liq
1062 marta o`qilgan
MUKAMMAL BILIMGA XOHISH BOR, AMMO...
12 Iyul 2006 18:46
Hamma zamonlarda ham davlatning kelajagi yoshlarning intelektual qobiliyati, intilishi va dunyoqarashi bilan  baholanadi. Agar yoshlar kuchli bilimga, o‘zining mustahkam g‘oyasiga ega bo‘lsa, ular davlatning yuksalishi uchun munosib hissalarini qo‘shadilar. Ayniqsa dunyo tezkorlik bilan yangilanishga yuz tutayotgan zamonamizda bu narsalar juda muhimdir. Texnika borasida ham dunyoda juda ko‘p yangiliklar qilinayapti. Qadimda insonlar boshqa davlatlarda bo‘lgan o‘zgarishlarni, olamshumul voqealarni bir oy yoki undan ko‘p muddatda bilgan bo‘lsa, bugungi kunda dunyoning xohlagan nuqtasida bo‘lgan biror bir yangilikdan bir zumda internet orqali xabardor bo‘lish mumkin. Shu bilan birgalikda bu hol g‘oyalar, mafkuralar, madaniyatlar va tsivilizatsiyalar o‘rtasidagi kurashni yanada keskinlashtiradi. to`liq
651 marta o`qilgan
XOTIRAGA HURMAT BILAN QARANG
12 Iyul 2006 18:45
Teleko‘rsatuvlardan birida qalamkashlardan bittasi marhum ustozi haqida «Men falonchining etagidan mahkam ushlagandim», - dedi. Ko‘rsatuvni tomosha qilayotgan sherigim ensasi qotib: «Bu odam ustozining etagiga osilaverib, yirtib tashlagan», — dedi. Bu bilan ustozining obro‘si bilan kun ko‘rdi, unvon oldi, uy-joy, bola-chaqa orttirdi demoqchi bo‘ldi. Eng achinarlisi, shogird ustozini mensimagandek gapirdi.
to`liq
598 marta o`qilgan
XXI ASRDA GLOBAL TA’LIM
12 Iyul 2006 18:43
Keyingi yillarda yurtimizda xorijiy mamlakatlar bilan ta’lim sohasida ijobiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ma’lum natijalarga erishilmoqda. Jumladan, BMTning YUNISEF tashkiloti tashabbusi bilan O‘zbekistonda bir vaqtning o‘zida bolalar ta’lim olishida muhim hisoblangan, barcha elementlarni o‘z ichiga olgan va ta’lim olish jarayoniga yangi ma’no va mazmun kiritadigan, arzon va maqsadga muvofiq bo‘lgan ta’lim loyihasini maktablarga tadbiq etish bo‘yicha harakatlar boshlandi.
to`liq
678 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM