Ma'naviyat

XAROBOTIYNING UYG‘OQ SO‘ZLARI
20 Aprel 2009 12:31
O‘zbek xalqi jahonga ne-ne zabardast allomalarni, shoiru fuzalolarni yetishtirib bermagan. Davrlar o‘zgarib, ayrim nomlar tarix sahifalari ichra yashiringan bo‘lsa, boshqalari moziy qirg‘in barotlarida butkul unutilib ketgan. Lekin yurt taraqqiyotiga ulkan xizmati singan zahmatkash insonlarning qilgan ishlari, ijodiy merosi xalq xotirasida abadiy muhrlanib, zamonlar o‘tishi bilan yana qalqib yuzaga chiqaverarkan. Abduqayyum Maxsum Xayrobod (Xarobotiy hazratlari — “Xayrobod eshon”) ham shunday ulug‘ zotlardan biri edi.
to`liq
287 marta o`qilgan
SIZ SABOTGA TIMSOL EDINGIZ
20 Aprel 2009 12:26
Siz yaxshi ko‘rgan, ardoqlagan shoir Muhammad Yusufning «Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim» satri bilan yuraklarga muhrlangan she’rini o‘qib, ko‘zingizga yosh qalqqanini aytgan edingiz. Ne tongki, bugun ko‘klamning ko‘zida yosh, Ozod domla. Osmonning yuzi bulutlardan bo‘shamay qoldi. Bulutlarning buloqlari Momo yerni shunchalar sog‘inganmikan? Yomg‘ir ezgin-ezgin yog‘moqda, xo‘rlanib-xo‘rlanib yog‘moqda. Sog‘inch yomg‘irlari...
to`liq
240 marta o`qilgan
To‘ti YUSUPOVA, O‘zbekiston xalq artisti: AYOL BORKI – OLAM MUNAVVAR
18 Aprel 2009 12:45
Bolaligim Ikkinchi jahon urushining suronli yillariga to‘g‘ri kelgan. Erkaklar jang­ga ketgani bois, ketmon chopish, paxta terish, ekinlarga suv  quyish, ro‘zg‘or yumushlarining barchasi ayollar zimmasida bo‘lgan. Enam bizga bir parcha arpa nonni (u paytlarda bug‘doy unini topishning o‘zi amrimahol edi) topib yedirish uchun ertadan kechgacha dalada mehnat qilardilar.  Enamga ergashib men ham dalaga borardim.
to`liq
303 marta o`qilgan
«RUHIYAT EHROMI»NI O‘QIB...
17 Aprel 2009 18:13
Iste’dodli yozuvchi va tarjimon Otauli (Rahimjon Otaev)  “Tilsim”, “Elchi”, “Ulus”, “Zamona zayli” kabi dostonlar, qator qissa va  maqolalar  muallifidir. U O‘zbekiston Qahramoni To‘lepbergen Qaipbergenovning “Qoraqalpoqnoma”, “Bobomga xatlar”, “Sahro bulbuli” va “Oydo‘s bobo” asarlarini  qoraqalpoq tilidan, taniqli qozoq yozuvchilari Abish Kekilboevning “Poygato‘riq” va Muxtar Mag‘avinning “Tiriklik qo‘shig‘i” qissalarini qozoq tilidan, mashhur Eron adibi Muhammad Ali Jamolzodaning “Sho‘robod” qissasini hamda rus adibi Fozil Iskandarning “Quyonlar va bo‘g‘ma ilonlar” falsafiy ertagini rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
to`liq
268 marta o`qilgan
BERUNIY VA NAVRO‘Z
17 Aprel 2009 18:07
Navro‘z 4 ming yildan ko‘proq tarixga ega bo‘lib, uni O‘rta va yaqin Sharq, xususan, Eron, Afg‘oniston, Markaziy Osiyo xalqlari sevimli bayram sifatida qadimlardan nishonlab kelishgan. Yangi kun — yangi yil bilan bog‘liq urf-odatlar xalqimizning qon-qoniga singib ketgan, qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Navro‘zga atab qo‘shiq-termalar, lapar va maqollar yaratilgan, shoir va olimlar she’r-g‘azallar yozganlar, kitoblar bitganlar.
to`liq
322 marta o`qilgan
BAHOR KELDI SENI SO‘ROQLAB
17 Aprel 2009 17:57
Yaxshi she’r mudrab yotgan ruhiyatni uyg‘otadi. Tongning nafasidek ko‘ngilga xush yoqadi. Ko‘klam iforidek bahru dilingizni ochib yuboradi.
u yil erta bahorda ikki bog‘lam binafsha ko‘tarib, o‘zbekning sevimli shoirasi Zulfiyaxonimning  haykali qoshiga borarkanman, beixtiyor qalbimga yaqin misralari jarangladi:
to`liq
284 marta o`qilgan
OTNING KO‘RKI — KO‘PKARI
20 Mart 2009 17:55
Navro‘z – bir necha ming yildan buyon nishonlanib kelinayotgan milliy Yangi yilimizdir. Yilboshini kutib olish tadbirlari o‘ziga xos marosimlar majmuiga aylanib ketgan.  Xalq sayli tarzida o‘tadigan bayram o‘zbekning qariyb barcha urf-odatlarini qamrab oladi. Qishi bilan avj olgan uloq o‘yinlarining eng so‘nggisi ham Navro‘z sayllarida o‘tkaziladi. O‘tgan yakshanba kuni ana shunday  katta ko‘pkari Boysunda bo‘lib o‘tdi. Mashhur chavandoz Xolli Mamayusupov xotirasiga bag‘ishlangan uchinchi O‘zbekiston kubogi birinchiligida yurtimizning turli mintaqalaridan kelgan chavandozlar kuch sinashdilar.
to`liq
250 marta o`qilgan
QUYOSH JILOVDORI
27 Fevral 2009 11:40
Bu xonadonga birinchi marta o‘tgan asrning yetmishinchi yillarida qadam qo‘yganman. O‘shanda Mahkamboy aka: meni qanday topdingiz? — deya kulib qarshilagan edi. Bu — “Asosiy vaqtim laboratoriyada, dala-dashtda o‘tadi” degani edi. Keyinchalik ham u kishi bilan tez-tez suhbatlashib turdik, ammo bu muloqotlar ko‘proq telefonda kechardi.
to`liq
414 marta o`qilgan
SO‘ZGA SAYQAL BERGAN ADIB
27 Fevral 2009 11:34
O`zbek adabiyotida yozuvchilikni qismat deb bilgan adiblar barmoq bilan sanarli. Shular orasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzaev ham bor edi. U sho‘ro davrida zamonaviylik niqobidagi o‘yinlarda ishtirok etmay, uni sokin kuzatib, faqat yuragi buyurgan mavzularni qalamga oldi.
to`liq
298 marta o`qilgan
TO`Y EGASINING «OBRO‘SI»
23 Fevral 2009 17:08
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da to‘y ko‘pincha bazm-tomoshalar bilan ziyofat berib o‘tkaziladigan ba’zi marosimlarning umumiy nomi va o‘yin-kulgilar bilan tashkillashtiriladigan tantana deb ta’riflangan. Bir so‘z bilan aytganda, to‘y — yaqinlar, qarindosh-urug‘lar diydorlashadigan marosimdir. Lekin...
to`liq
245 marta o`qilgan
O‘ZLIGIMIZNI ANGLATGUVCHI ASAR
23 Fevral 2009 15:59
O‘tgan o‘n yetti yil ichida mamlakatimizda, ma’naviy hayotimizda misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar yuz berdi. Ulardan biri — kitob javonimizni to‘ldirib turgan kitoblar matbaa jihatidan zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi, mazmunan boyidi. Demak, tafakkurimiz, ongimiz o‘zgarishga yuz tutdi. Ulug‘ shoirimiz ta’biri bilan aytganda, asrlarning silsilasida o‘zligimizni tanidik. Bu shak-shubhasiz, mustaqillik, hurlik sharofatidir.
to`liq
304 marta o`qilgan
«AGAR SO‘ZI CHINDUR — KO‘RINUR YUZI...»
23 Fevral 2009 15:14
O‘zbek adabiy tilining boshqa xalqlar tillaridan qolishmasligi, unda ham istalgan janrda benazir, badiiy,  yetuk ilmiy asarlar yaratish mumkinligini Alisher Navoiy o‘zining ijodiy merosida isbotlab berdi. Shu bois  shoir asarlari necha asrdan buyon adabiyotimiz xazinasini boyitib kelmoqda. 
Atoqli adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqulning Navoiyning shaxsiyati, dunyoqarashi, ijodining badiiy jozibasi haqida olib borgan ilmiy  tadqiqotlari va maqolalarini maroq bilan o‘qimagan kitobxon bo‘lmasa kerak. 
to`liq
304 marta o`qilgan
SHO`ZGA VAFODOR ADIB
19 Fevral 2009 11:58
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning roman, qissa va ilmiy-publitsistik asarlarini o‘qimagan biron-bir kitobxon bo‘lmasa kerak. Adib tavalludining 80 yilligi juda katta tantana bilan nishonlandi. Yurtboshimizning yozuvchiga yo‘llagan tabrik xati yubiley tantanalariga alohida fayz-tarovat bag‘ishladi. O‘sha kunlari nashr etilgan “Mehrga yo‘g‘rilgan ijod” kitobi olim, adib, munaqqid, muxlislarning so‘z san’atkoriga ulkan mehr-muhabbati ifodasi bo‘ldi.
to`liq
287 marta o`qilgan
NOYOB XAZINALAR MASKANI
19 Fevral 2009 11:37
Ilmiy ish bilan shug‘ullana­yot­gan bir do‘stim tadqiqot mavzusiga doir ma’lumotlarni gazetalarda e’lon qilingan maqolalar orasidan topishda yordam so‘rab qoldi. Rozi bo‘ldim. Birgalikda Markaziy Osiyodagi qadimiy kitoblar, gazeta-jurnallar, turli hujjatlar saqlanayotgan eng yirik ziyo maskani — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga bordik. Gazeta taxlamidan kerakli sonni izlay boshladik, ammo... sal o‘tmay urinishlarimiz bekor ekani ayon bo‘ldi.
to`liq
302 marta o`qilgan
JO`SHQIN YURAK NOLASI
19 Fevral 2009 10:39
Bunday xonandalar bo‘ladiki, ular ilk qo‘shiqlari bilan tinglovchilar qalblarini zabt etib, o‘zlarini qo‘shiq deb atalmish sehrli olamga kirib kelganliklaridan ogoh etadilar. Ogoh etish baxtiga hamma san’atkorlar ham muyassar bo‘lavermaydi.
to`liq
292 marta o`qilgan
“MA’NAVIYATLI, ZUKKO TOMOSHABINNI TARBIYALASHIMIZ KERAK”
19 Fevral 2009 10:29
O‘zbekiston xalq artisti Afzal  RafiQov bilan suhbatimiz yurtimizda kino, teatr san’ati erishayotgan muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda, ayrim muammolar, kelajakda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar umuman,
u kishining betakror rollari-yu sohir ovoz sehri, ijod mashaqqatlari haqida kechdi.
to`liq
297 marta o`qilgan
MASHRAB ZAMONDOSHLARIMIZ TALQINIDA
18 Fevral 2009 12:39
Boborahim Mashrab o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakillaridan biri. U jozibador, lirik va falsafiy g‘azallari bilan  adolatsizlikka qarshi kurashib, Movarounnahrning ma’naviy-ijtimoiy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkor. Mashrab nafaqat O‘zbekistonda, balki O‘rta Osiyoda shuningdek, Yaqin va O‘rta Sharqning ko‘pgina mamlakatlarida mashhur va manzur bo‘lgan zabardast shoir va hurfikrli mutafakkirdir.
to`liq
399 marta o`qilgan
QIZINGIZGA SOVG‘A QILING
17 Fevral 2009 13:13
“Rahmat, ming rahmat”.  Qo‘limdagi “Sirdoshim — qizim, eshit...” nomli kitobning oxirgi sahifasini ham o‘qib tugatar ekanman, tilimda faqat shu so‘zlar aylandi. Butun  millat qizlarini o‘z jigargo‘shasiday bilib, yurakdan quyilgan bu to‘plamni o‘qigan har bir kitobxonning xayolidan shunday fikr o‘tishi shubhasiz. to`liq
259 marta o`qilgan
«Gulxan» jurnali bosh muharriri Ashurali JO‘RAYEV: «YILNI KUZATISh OSON EMAS...»
17 Fevral 2009 12:46
1. O‘tgan 2008 yil  hayotingizda  qanday iz qoldirdi? Nimalarga erishdingiz, orzu-armonlar deganday...
2. Yangi yil ostonasida sizni nimalar (yurtga, xalqqa, sohangizga oid) o‘ylantirayapti?
3. Kelajak yaqin yillarda  dunyoni  qanday tasavvur etasiz?
to`liq
256 marta o`qilgan
Minhojiddin MIRZO: UMRIMIZNING TAKRORLANMAS BIR YILI
17 Fevral 2009 12:40
1. O‘tgan 2008 yil hayotingizda qanday iz qoldirdi? Nimalarga erishdingiz, orzu-armonlar deganday...
2. Yangi yil ostonasida sizni nimalar (yurtga, xalqqa, sohangizga oid) o‘ylantirayapti?
3. Kelajak yaqin yillarda dunyoni qanday tasavvur etasiz?
to`liq
309 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM