Ma'naviyat

23 Noyabr 2011 21:21
UMRI UZUN NAQLLAR
Osmondan tushgan har bir meteorit bizga olis va notanish dunyolar haqida xabar va ma’lumot bergani singari ijodkorning har bir asari — xoh u nazm, xoh nasr bo‘lsin — muallifning aqlu tafakkuri, qalb va sezgisi, idroki, orzu-armonlari to‘g‘risida bizni ogoh etadi. U nainki ijodkorning o‘zi, balki u yashab turgan davr haqida ham ma’lumot beradi, taassurotlar uyg‘otadi.
Ba’zan aynan bir qalam sohibining ideali muayyan hayot tarziga yoxud uning orzulariga muvofiq kelmasligi mumkin. Baribir, so‘zimni o‘qib o‘zimni ko‘rgil, deganda Bobur Mirzo tamomila haq edi. Bu ulug‘ zotga taqdir ravo ko‘rgan ayriliq ohanglarini atayin o‘ylab topish mumkin emas. Xuddi shundoq fikrlarni Boborahim Mashrab va Furqat haqida ham aytish mumkin.
Afsuski, o‘tgan sho‘ro davri mafkurasi hammani bir qolipda fikrlashga majbur qilgani bois ayrim ijodkorning o‘ziga xos fikri, originalligi namoyon bo‘lishi mumkin emasdi. Hamid Olimjon yoxud G‘afur G‘ulom singari ijodkorlarning ham o‘z shaxsiyati, o‘z ko‘z qarashi yo‘qmidi? Menimsha, bor edi. Ular balki pinhon armonlarini, ishidagi fikrlarni o‘tmish voqealari vositasida aytishga uringandir. Nazarimda, Hamid Olimjonning «Muqanna» dramasida olis davr qahramoni xatti-harakati orqali ozodlik tuyg‘usi tarannum etilgani ayon seziladi. Agar badiiy asarga mana shu nuqtai nazardan baho bersak, taassufki, o‘sha davr ijod mahsullarining barchasidan ham esda qoladiganlarini topish qiyin.
Bugungi kunimizning atoqli shoirlaridan biri Sa’dulla Hakimning «Ko‘hna naql» saylanma she’riy kitobini o‘qiganda xayolimdan mana shu yanglig‘ gaplar kechdi. Shu o‘rinda shoirning ayrim to‘rtliklarini eslab o‘taylik:
Inson bir, ammo so‘zi boshqa-boshqa,
Fe’liyu qoshu ko‘zi boshqa-boshqa.
Qo‘sh qirg‘oq bir daryodan suv ichsa ham
Daryoning ikki yuzi boshqa-boshqa.
yoki
O‘rmonchilar haqida hangomaga bu bir gap,
Ko‘rgan-eshitgan hayron: o‘rmonchilar netdilar?
Egri-bugri qayrag‘och soyasida soyalab,
To‘g‘ri o‘sgan terakni shartta kesib ketdilar!
Ushbu muxtasar satrlarda teranlik, donolik yaqqol ko‘rinib turibdi. Eng muhimi, ular o‘ylab topilgan emas, zuvalasi hayotning o‘zidan olingan. Yoxud quyidagi to‘rtlikka e’tibor qilaylik:
Do‘st bizni sotibdi, yo‘qdir zorimiz,
Dildan ko‘tarildi gard-g‘uborimiz.
Qancha mol bozorda o‘tmayin yotar,
Ming shukr, bor ekan xaridorimiz.
Chaqmoqdek bunday tashbehlar ming yil oldin ham dolzarb bo‘lib kelgan va ular bundan keyin ham ahamiyatini yo‘qotmayajak. Goho o‘tmish shoirlarining mumtoz satrlarini ularning muallifi ismini bilmasak ham takrorlab yuramiz. Adabiyotning hayotiyligi, umrboqiyligi aslida shunday e’tirof bilan belgilanadi.
Sa’dulla Hakim ijodiga doir taassurotlarimning ikkinshi jihati quyidagisha. Har qanday fikrni, har qanday g‘oyani, tashbehni uddasidan shiqib ayta olish, tasvirlay bilish san’atkorlikning eng muhim xususiyatidir. Yo‘qsa, har qanday kushli fikr ham oddiy ilmiy axborotga aylanib qolishi hesh gap emas. Shoir she’rlarini mutolaa qila turib, yangi-yangi ranglarga, quyma fikrlarga duch kelasiz. Betakrorlik, topqirlik, teran fikr e’tiboringizni tortadi. Bular, albatta, ijodkorning boy ishki dunyosidan, nozik tuyg‘ular egasi ekanidan, mahoratidan dalolat beradi. Shoir she’riyatidagi muhim jihatlardan yana biri, ularda voqeabandlik, o‘ziga xos ruhiy syujet mavjudligidir. Kitobning nomiga aylangan “Ko‘hna naql” she’ridagi ushbu satrlarga e’tibor qilaylik:
... Bir naql bu, xotiringda tut,
So‘z sarasi aqlga yarog‘:
Ot minganning oyoqlari but,
Piyodaning esa boshi sog‘.
 
Bu qancha rost, kechirgan bilar,
Ammo qolmish shunday ifoda:
Otliq boshin ehtiyot qilar,
Oyog‘ini asrar piyoda!
Menimcha, bunday she’rlar sharhga muhtoj emas. Eng muhimi, ijodkorning bitiklari kitobxon bilan hamdard, hamnafas bo‘lsin ekan. Kitobxon ayrim bir she’rni o‘qiganda bu shoir mening tilimning uchidagini topib aytgan ekan, desin. Bundoq muallif sizga ham do‘stdek bo‘lib qoladi. Siz unga ishonasiz. Bularning barshasini ta’minlaydigan yagona fazilat esa, albatta, samimiylikdir. Sa’dulla Hakim she’rlarida bu xislatlarning barchasi mavjud.
Adabiyotlar tarixida Vatan, xalq, muhabbat, mehr, insoniylik singari hech qachon eskirmaydigan, o‘lmaydigan mavzular bor. Bu tuyg‘ularning nomlarinigina aytib yurgan bilan u chinakam adabiyotga aylanmasligi mumkin. Sa’dulla Hakim she’rlarida esa aynan ismi jismiga muvofiqlik mavjud. U Vatanni shindan ham kuyib, yonib, sevishini yurakdan his qilasiz. Bu o‘rinda uning talay she’rlarini misol qilib keltirish mumkin.
Albatta, hamma bir qolipda fikr­lamaydi. Shoirning ayrim bayt­larini ba’zi birovlarning umr bo‘yi yozganlari orasidan topish qiyin. Bu boshqalarni aslo kamsitish emas. Har holda har narsani o‘z nomi bilan atagan yaxshi, yombini yombi deyish ma’quldir. Adabiyot doimo yangilanib boradi. Bu uning asosiy xususiyatidir. Jumladan, yangi shakllarga intilish ham zarur va joizdir. Biroq bular sun’iylik, soxtalikka olib kelmasligi shart.
Shoir kitobini “Ko‘hna naql” deb atagan. Vaqtu zamonlar sinovidan o‘tib kelayotgan hamda yangidan shakl­lanayotgan ibratli, ta’sirchan naql­lar esa aslo eskirmaydi. Ular adabiyotning boqiyligidan darak berib turaveradi. Chunonchi, shoirning «So‘z — chig‘anoq gavhari, Ko‘ngil so‘z vatanidir», «Shunday sevsin sevsa agar er elini, O‘zbek desa iyib ketar yer yelini», «Minglar ichra bo‘l yolg‘iz, Yolg‘izlar ichra ming bo‘l». «Meni mendan ichkarida ko‘m, Meni mendan tashqarida top». «Kim Milliy bog‘ ishra qo‘ysa gar qadam Yuksalur to hazrat Navoiy qadar» kabi falsafiy-ma’joziy, mag‘zi to‘q, ohanrabo satrlari ko‘ngilda ana shunday tuyg‘ular uyg‘otadi.
Yangi davr, yangi imkoniyatlar ijodkorlarning qalb buloqlarini ochib yubordi. Ma’naviyat bizning yalovimizga aylandi. Ma’naviyat davlat himoyasiga o‘tdi. Bularning barchasi Yurtboshimizning adabiyotimizga e’tiborlarida doimiy ravishda namoyon bo‘lib turibdi. Sa’dulla Hakim ham ko‘plab shoir va adiblarimiz  qatori ana shu imkoniyatlardan bahramand bo‘lib samarali ijod qilib kelayotir. Uning istiqlol davri ruhida yaratilgan «Oqsaroy» manzumasi, «Yangi zamon shukuhi», «O‘zbekiston», «Mansublik» kabi she’rlari ana shunday asarlardan.
Shu o‘rinda ko‘nglimdagi bir gapni eslatib o‘tay: ko‘p yillar burun matbuotda shoirning she’rlariga oq yo‘l tilaganman. Bugun esa uning atoqli ijodkorlardan biriga aylanib, kamolga yetganidan iftixor qilib turibman. Shoir ukamning o‘zi yozganidek:
Ko‘ngil yuzin ko‘z ichidan axtaring,
Ko‘klam izin kuz ichidan axtaring.
So‘zdan libos kiymish, iztirobdan toj,
Sa’dulloni so‘z ichidan axtaring!    
Abdulla ORIPOV,
 O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM