Muammo va tanqid

AYBNI FAQAT YOSHLARDAN IZLAMAYLIK
16 May 2012 20:39
Yoshlarga oid dolzarb mavzulardan biri kitobxonlik masalasidir. Albatta, bunga har kim o‘zicha yondashadi. Kattalar yoshlarni kitob o‘qimayotganlikda, ma’naviy saviyalari haminqadar ekanlikda ayblashsa, ayrim yoshlar vaqtning tig‘izligini ro‘kach qilib, axborot texnologiyalari asrida kitob o‘qishga u qadar hojat yo‘qligini ta’kidlashadi. Ayrimlari esa...
to`liq
13 marta o`qilgan
TO‘Y, TO‘YCHI, TO‘YXO‘R
10 May 2012 21:45
To‘y xalqimiz qadriyatlaridan biri hisoblanadi. U orzu-istaklar ushalganda, sunnat va nikoh to‘ylarini tantanavor nishonlash maqsadida uyushtirib kelingan. To‘y marosimlarining ko‘pligi, aslida, yurtda tinchlik va osoyishtalikning zohirligi, dasturxonimizning to‘kin-sochinligi, mo‘l-ko‘lchilik ifodasidir.
to`liq
23 marta o`qilgan
SOXTA BECHORALAR
10 May 2012 21:40
Poytaxtimizda jamoat transportlaridan birida yosh yigitning gap-so‘zlari e’tiborimni tortdi.
— Assalamu alaykum, ahli musulmonlar. Ota-onam o‘tib ketgan. Qaramog‘imda 5 nafar uka-singillarim bor. O‘zim nogironman buyragimni oldirib tashlaganman. Biz yetimlarga rahmingiz kelsin. Bir burda non uchun 500 so‘m sadaqa qiling.
to`liq
26 marta o`qilgan
TOSHLAR MEHRGA MUHTOJ
10 May 2012 20:56
G`allaorol tumanidagi Morguzar tog‘lariga tutashib ketgan Takatosh darasi toshlarida ibtidoiy davrda chizilgan suratlar bor. Bu suratlar ustida tarix o‘qituvchisi Abduvohid Isoqov ilmiy izlanishlar olib borgan. Suhbatlarimizdan birida u kuyunchaklik bilan shunday deb qoldi: «Bu toshlarni tekin qurilish materiallari sifatida odamlar kovlab ketishmasmikin, degan xavotir meni qiynaydi. Chunki Nurota va Turkiston tog‘ tizmalarining eng yaqin kelgan joyi — Amir Temur darvozasidagi ahvol mutasaddilarni befarq qoldirmoqda. Axir, ular tabiatning betakror mo‘‘jizalari-ku!
to`liq
14 marta o`qilgan
IPORINI YO‘QOTGAN ONA
26 Aprel 2012 20:09
Samolyot, go‘yo xayrlashayotgandek, shahar uzra uch marta aylandi-yu, manzil sari yo‘l oldi. Nazokat uning kichkina darchasidan tashqariga razm soldi. Shahar ortda qolgan edi. Uning ko‘ngli ko‘chib, Chotqol etagiga bosh qo‘yib yotgan qishlog‘iga yetdi. Ko‘z oldida o‘g‘li Xurshid gavdalandi. «Xurshidbek! Oh, bolajonim-a! — deya unsiz to‘lg‘ondi Nazokat. — Seni juda-juda sog‘indim, qo‘zichog‘im!»
to`liq
40 marta o`qilgan
OGOH BO‘LING, DISKLAR!
26 Aprel 2012 20:03
Poytaxtimizning Yangiobod bozoridagi radiotexnika paviloni. G‘ala-g‘ovur. Hamma o‘z tashvishi bilan ovora: kimdir film, kimdir musiqa yozilgan disklarni sotib olish niyatida. Ayrimlar esa odamning etini junjiktiradigan, qo‘rqinchli tasvirlardan iborat kinolar to‘plamini tanlaydi...
— Ma’nili, tomoshabinni fikr­lashga undaydigan kinolar ham bormi? — so‘radim  sotuvchidan.
to`liq
39 marta o`qilgan
YO‘LOVCHILARGA LITSENZIYANI KIM BERADI?!
19 Aprel 2012 15:57
Gazetamizning 2011 yil 12 oktabr sonida filologiya fanlari nomzodi Ravshan Jomonovning “O‘ynab gapirsang ham o‘ylab yoz” sarlavhali maqolasi chop qilingan, unda ayrim hollarda ona tilimiz qoidalariga rioya qilinmayotgani xususida so‘z yuritilgan edi. Jumladan, poytaxt ko‘chalarida aholiga xizmat qilayotgan aksariyat yo‘nalishli taksilarda “Litsenziyasiz yo‘lovchilarni tashish qonunga xilof!” degan yozuvning ommalashib ketgani, buning xato ekani hayotiy misollarda ko‘rsatib berilgandi.
to`liq
48 marta o`qilgan
«NURLI JO‘JALAR» NIMA DEGANI?
19 Aprel 2012 15:55
«Reklama» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «qich­qirmoq» degan ma’noni ifodalaydi. U savdoni harakatga keltiruvchi kuch sifatida iqtisodiyotda muhim rolü o‘ynaydi. Keyingi yillarda reklamadan hatto shou biznes vakillari, siyosatchilar ham unumli foydalanishga intilayotgani uning ahamiyati ortib borayotganligini ko‘rsatadi.
to`liq
35 marta o`qilgan
“BU YORUG‘ OLAMDA VATAN BITTADIR...”
06 Aprel 2012 16:33
“Shu jonajon yurt fuqarosi sifatida milliy tilimizning qadri yo‘lida nimalar qilmoqdamiz?” degan savol xayolimdan o‘tar ekan, o‘zbekona andisha lop etib ro‘paramda paydo bo‘ladi. Ko‘p millatli Vatan bo‘lganimiz uchun ham milliy mavzuda gap ketsa, o‘zimizdan avval boshqa millat vakillarining ko‘nglini o‘ylaymiz, boshqalar noto‘g‘ri tushunib qolmasmikan, degan andishaga borib bag‘rikenglik qilamiz.
to`liq
56 marta o`qilgan
MILLIY O‘ZLIGIMIZ HAVASIDA
30 Mart 2012 09:35
Kiyinish bu — dabdaba emas. Ayrim xotin-qizlar qimmatbaho matodan tikilgan libos bilan o‘zlarini ko‘z-ko‘z qilib, “obro‘-e’tibor” orttirishga ishtiyoqmand bo‘ladilar. Zamonaviyligini isbotlash uchun haddan ortiq modaga berilish ham ojizlik.
to`liq
63 marta o`qilgan
BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
30 Mart 2012 09:17
Bugungi kunda dunyo bo‘yicha taxminan 180 million odam giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan. Bu yer yuzi aholisining 3 foizi yoki 15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan aholining 4,7 foizini tashkil etadi. Giyohvandlik moddalarining eng ko‘p tarqalgan turi nasha bo‘lib, uni taxminan 150 million kishi iste’mol qiladi. Opiy giyohvandlik moddasining domiga esa 38 million kishi ilingan.
to`liq
59 marta o`qilgan
MEHR KASBNI BEZAYDI
30 Mart 2012 09:15
“Men hali ham insonlar orasidan Nosirni izlayman” degandi bir suhbatdoshim adib Shukur Xolmirzayevning “Bodom qishda gulladi” asaridagi qahramonni eslab. Nosirning boshqa fazilatlari bilan bir qatorda o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati ko‘proq uning yodida qolgan bo‘lsa, ajab emas. Chunki uning beg‘ubor qalbi, boladek sof nigohlari kishida o‘ziga nisbatan iliqlik uyg‘otishi barobarida, kasbiga nisbatan mas’uliyatni his etishi ibratlidir.
to`liq
46 marta o`qilgan
DEVORDAGI DOG`LAR
25 Mart 2012 20:31
O‘tgan asrning 60-yillarida Transilvaniyada, Terteriya posyolkasi (Ruminiya) yaqinida har xil rasm-belgilar chizilgan uchta sopol taxtacha topildi. Ular qariyb yetti ming yillik tarixga ega yozma yodgorliklar bo‘lib chiqdi. Ushbu topilmagacha turli xil belgi va rasmlardan iborat ifoda usuliga asoslangan yozuv olti ming yil ilgari, ya’ni eramizdan oldingi to‘rt ming yillikda paydo bo‘lgan, deb hisoblangan. Qrimdagi Toshoir qoyasidan sirli shakllar topilgani ham ma’lum. Unda qoyada qurollangan va qurolsiz, yugurib borayotgan, yiqilib yotgan odamlar, sakrashga chog‘langan ot, it tasvirlangan edi.
to`liq
55 marta o`qilgan
HAR YERNI QILMA ORZU...
12 Mart 2012 17:28
Sherali sog‘lom va baquvvat yigit edi. Qo‘lida guldek hunari bor, duradgorlik bilan shug‘ullanar, topish-tutishi ham yomon emasdi. Nima bo‘ldi-yu, xorijga borib ishlab kelish taraddudiga tushib qoldi. Turmush o‘rtog‘ining, yaqinlarining pand-nasihatlariga quloq tutmadi. Mahalladagi katta-kichik ko‘plashib «Uzoqning bug‘doyidan, yaqinning somoni yaxshi» degan purhikmat gapning ma’no-mohiyatini tushuntirishga urinishdi. Ammo u aytganida turib oldi.
to`liq
85 marta o`qilgan
AXBOROT XURUJI OQIBATLARI
12 Mart 2012 15:35
Keyingi paytda ommaviy axborot vositalarida dunyoning turli hududlarida kechayotgan notinch jarayonlar bilan bog‘liq “axborot xuruj”lari ko‘lami kengayib bormoqda. Bugun jahon jamoatchiligining nigohi Yaqin Sharq va Afrikaning bir qator mamlakatlarida kechayotgan ichki ziddiyatlarga qaratilgan. Bu hududlarda “informatsion urush”ni alangalatayotganlar qanday maqsadni ko‘zlagan? Unga erishish uchun qanday usullardan foydalanishmoqda?
to`liq
88 marta o`qilgan
«QISTIR-QISTIR»URFMI?
09 Fevral 2012 22:18
Xalqimizning to‘yu ma’rakasi ko‘p. Faqat o‘zimizgagina xos bo‘lgan urf-odatlarimiz bisyor. Balki ularni saqlab, qadrlayotganimiz uchun ham asrlar osha o‘zligimizni saqlab kelayotgandirmiz. Bu sinovdan o‘tgan sara qadriyatlarga tegishli gap, albatta. Ammo bugun o‘tkazilayotgan to‘ylarda yo mezbonlarning ma’naviyati o‘ta g‘ovlagani, yo man-manlikka berilgani sabab ko‘ngilni xira qiladigan holatlar odatga aylanmoqda. Ana shulardan biri “qistir-qistir”lardir.
to`liq
124 marta o`qilgan
ISHONSANG, O‘ZINGGA ISHON!
09 Fevral 2012 22:16
Ijodxona. Stol usti qalashib yotar, elakdan o‘tgan «ish»lar «Meni yoz!» degandek qatorlashib turardi. Ularga birin-sirin ko‘z yugurtiraman. Manavinisida bir molfurush Vatan sarhadini mensimay, o‘g‘rincha, yashirinib o‘tishga urinibdi. Manavisida o‘z zurriyodini tirik yetim qilib, ustiga-ustak unga nafaqa puli bermagan shaxsni odil sud otalik huquqidan mahrum etibdi. Bunisi yanada og‘ir, ayanchli: ayol jinoyatga qo‘l uribdi. Yana deng advokat ayol. Haqsizlikka qal­qon, haqliga yelkadosh bo‘lishni maqsad qilgan ayolning o‘zi haqsizlik ko‘chasiga kiribdi.
to`liq
101 marta o`qilgan
SERIALLAR ORTIDAGI ILLAT
09 Fevral 2012 18:44
Bir paytlar buyuk hind adibi Robindranat Tagor «Minba’d bu zaminga Mopassan qadam qo‘ymasin», deb xudoga iltijo qilgan ekan. Bu yerda «Hindiston vijdoni» buyuk fransuz adibiga ehtirom saqlagan holda uning zinokorlik zavq-shavq bilan tasvirlangan asarlarini nazarda tutgani sir emas. Chunki insoniy fazilatlarni yemiruvchi bunday illatlar har qanday jamiyatni tanazzulga yetaklaydi.
to`liq
135 marta o`qilgan
HIKOYA VA BADIIY PUBLISISTIKANING CHEGARASI QAYERDA?
27 Yanvar 2012 22:54
Barcha yozuvchilar avvalgi salaflari yaratgan an’analarni ko‘p jihatdan yangilab, fikrlar, hislar tasvirini tamoman o‘zgacha usulda ifodalashadi. Asarlari uslubiga ko‘ra yangiligi, tilining o‘ziga xosligi, qahramonlar xarakterining yorqinligi bilan nom qozona olganlargina e’tirofga sazovor bo‘ladi. Shu tarzda ular adabiyot deb atalmish ulug‘ makondan muqim joy oladi.
to`liq
136 marta o`qilgan
BESHIK TO‘YI
12 Yanvar 2012 21:16
— Otangga ayt, beshik to‘yi qilsin!
Qaynonasining kutilmagan iddaosidan Zamira kalovlanib qoldi.
— Axir... — deb og‘iz juftlagandi, qaynonasi bobillab berdi.
— Mendayam orzu-havas bor. Bugun bor  bo‘lsam, ertaga... Salima opadan qayerim kam, udli-shudli to‘rt o‘g‘lim bor...
to`liq
119 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM