Muammo va tanqid

26 Oktabr 2011 20:03
«HAYOT» DEGAN SO‘ZDA HAM HAYO BOR
«Yaxshi qiz, tanishsak bo‘ladimi, ismingiz nima?», «Kechirasiz, nofeletingiz bormi?». Bu kabi hazilomuz murojaatlarni ko‘cha-ko‘yda ko‘p eshitamiz. Tabiiyki, yigitlarning bunday qochirimlariga javoban qizlar uyalganidan yerga qarashadi. Ammo yaqinda o‘g‘il bolalarga gap «otadigan» qizlar ham borligiga guvoh bo‘lib, yoqamni ushladim.
Metroda edim. 17-18 yosh chamasidagi ikki chiroyli qizning yoniga o‘tirib, poezd kuta boshladim. Yonimizga bir yigit ham kelib, o‘tirdi. Shu payt qizlardan biri ikkinchisini turtkilab: “Qara, Nilu, kelishgan ekanmi?”, — dedi. “Hozir ko‘rasan, telefon nomerini, ismini bilib olaman”, — dedi ikkinchi qiz ko‘z qisib. Ular hatto atrofdagilardan tap-tortmay yigitning nomerini olishga bahs boylashdi. Bir payt qiz barmoqlari bilan allambalo harakatlar qila boshladi. Avvaliga tushunmadim. Keyin bilsam, u yigitga barmoqlari yordamida telefon nomerini ko‘rsatib berayotgan ekan. Yigit ham tushunib, ularning yoniga kelib o‘tirdi. Shunday qilib, birinchi bosqich “muvaffaqiyatli” yakunlandi. Voqea davomini kuzata boshladim. Tanishganlariga endigina daqiqa bo‘lgan yigit va qiz go‘yoki eski qadrdonlardek suhbatlashib ketishdi. Metro poezdi kelib qoldi-yu, suhbatning rivoji qay tariqa yakun topganini kuzata olmadim.
 Xafa bo‘lmasam ham bo‘larkan. Bu ko‘rganim holva ekan. Ertasi kuni bundan ham “noodatiy” holga duch keldim. Ko‘rinishidan tuppa-tuzuk qiz kuppa-kunduzi bir yigitning yo‘lini to‘sib, «tanishamiz» deb shilqimlik qilsa deng. Bunga guvoh bo‘lgan onaxon menga qarab: “Voy tavba, bu qanaqa teskari zamon bo‘ldi? Qizlar uyatni bir chetga surib qo‘yib, yigitlarga gap otib tursa-ya! O‘zbek qizining ibosi, hayosi qayerda qoldi? Bu qizaloqlarning balog‘atga yetganida qanday kelin bo‘lishini tasavvur qilayapsizmi?!», — dedi astoydil ranjib.
Darhaqiqat, endigina umr chechaklari palak yozayotgan bu qizlarning xatti-harakatlari o‘zlarining nazdida “jasorat”dir, balki?!. Lekin bu o‘zbek qizi sha’niga tamoman zid. Axir, nafaqat hayotning o‘zida, balki «hayot» so‘zida ham hayo bor. Azal-azaldan latofatli, iboli deb ta’riflanadigan qizlarimiz bu haqda yaxshilab o‘ylab ko‘rishsa bo‘lardi.
Latofat IBRAGIMOVA,
O‘zMU talabasi

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM