YANGI RAHBAR TANISHLARINI SIYLADI
07 Dekabr 2006 16:39
Natija bo‘lavermagach, Bozorlar uyushmasi, viloyat hokimligi mutasaddilarigacha murojaat qildik. Lekin birorta idora yozma ravishda javob qaytarmadi. Bizdan katta miqdordagi naqd pulni yig‘ib olgan Xurshid Ahmedov esa 2005 yilning 5 oktyabridan buyon sirli tarzda g‘oyib bo‘lgan. Eng qizig‘i, bu bilan birorta ham idora qiziqayotgani yo‘q. Endi bizni yig‘ilgan pul emas, hasharda ishtirok etgan tadbirkorlarga ajratilishi lozim bo‘lgan savdo rastalari qiziqtirmoqda. Hech bir murojaatimiz foyda bermayapti. to`liq
702 marta o`qilgan
|
DAROMADNI DEB XIYONATMI?
07 Dekabr 2006 16:37
Tuz — oqlik. U ikki zaharli moddadan tashkil topgan. Shunday bo‘lsa-da, uni har kuni iste’mol qilamiz. Uning yana bir xususiyati yod yetishmasligi kasalliklarini oldini olishda eng samarali vositadir. Shu sabab yodlangan osh tuzi sotib olishga harakat qilamiz. Biroq uni qanday saqlash, osh tuzlari xarid qilayotgan bozor yoki oziq-ovqat do‘konlarida qay darajada sotilayotganiga e’tibor qaratamizmi? to`liq
524 marta o`qilgan
|
“UNUTILGAN HUDUD” ESGA TUSHDI
22 Noyabr 2006 01:04
Maqola yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazildi.
Maqola Sobir Rahimov tumanidagi aholi zich joylashgan hududlar — Ahmad Yassaviy mahallasi bir necha yillardan beri axlatxonaga aylangani, chiqindi tashlash uchun maxsus joy ajratilgan bo‘lishiga qaramasdan axlatlar yo‘llarga ham betartib tashlab ketilgani, betartib ravishda qurib tashlangan garajlar ham zamonaviy arxitektura talablariga javob bermasligi, shuningdek, Olimpiya massivi, Tansiqboev va professorlar shaharchasi o‘rtasidagi hudud haqiqiy chiqindi shaharchasiga aylangani, to‘p-to‘p xazonlar kun bo‘yi tutab yotishi haqida yozilgan edi. Tekshirishda ushbu holatlar tasdiqlandi. to`liq
623 marta o`qilgan
|
HOKIM IKKI MARTA QAROR CHIQARDI
22 Noyabr 2006 00:41
Lekin prokuratura uning birinchisini ham, ikkinchisini ham bekor qilish haqida protest keltirdi. Nega va nima uchun? Men “Hurriyat”ga avval ham, aniqrog‘i, 2005 yilning noyabrida murojaat qilgan edim. O‘shanda Farg‘ona shahar hokimi A. Ergashevning noqonuniy chiqargan qarorlari oqibatida aziyat chekayotganimizni bildirgan edim. Noqonuniy deyayotganimga bir qancha asoslar bor. Agar imkon bersangizlar, ularni batafsil aytib o‘tsam. Xulosani esa keyin hammamiz birgalikda chiqaramiz. to`liq
583 marta o`qilgan
|
“FIZKULTURAYAM DARSMI?”
08 Noyabr 2006 00:33
Ba’zi bir kishilarga jismoniy tarbiya haqida gapirsangiz, ularning ko‘z oldiga halloslab yugurishdan boshqa narsa kelmaydi. Ayrimlari esa aftingizga hayrat bilan qaraydi: “Esini yeganmi bu?”
Jismoniy tarbiya ishlari qishloqlarimizda qay ahvolda ekanligi hammaga ayon. Hayotiy misolga murojaat qiladigan bo‘lsak, sport formasida yoki maykachan bo‘lib qishloq ko‘chasida yugurib ko‘ring-chi! Hamqishloqlaringiz qo‘lini bigiz qilib ko‘rsatadi-da, “Halloslab chopgandan ko‘ra ketmon chopgani yaxshi emasmi!” deyishadi. to`liq
569 marta o`qilgan
|
QADR TASHVISHI
01 Noyabr 2006 23:59
Voyaga yetmagan o‘g‘limning shunchaki ta’kidi, rosti, dilimni o‘rtab yubordi:
— Oyi, siz kasbni noto‘g‘ri tanlagan ekansiz. Hozir hech kim bunaqa maoshga ishlamaydi. Oddiy aravakash ham kuniga o‘n ming topmaguncha uyiga kirmaydi.
Bolaga kasbingizning qanchalar xayrli, savobli ekani, obro‘si haqida tushuntirishga harkatingiz zoe ketadi. Chunki farzandimizni o‘zimizdan tashqari atrof-muhit, tengdoshlari, hisobsiz kundalik xarajatlar ham “tarbiyalab”, pishitib qo‘ymoqda. to`liq
601 marta o`qilgan
|
PLAGIATOR
01 Noyabr 2006 23:52
Ochig‘i, biz — har uchala muallif e’tiborli gazetada chop etilgan ushbu hikoyalarni o‘qigandan keyingi holatni tasvirlashga ojizmiz. Negaki, 35-40 yildan buyon kitob, gazeta mutolaasi bilan shug‘ullanib hali bunaqasini uchratmagandik. To‘g‘pi, ba’zan boshlovchi yosh shoirlar taniqli shoirlardan bir ikki misra o‘zlashtirib «she’r» chop etganlari, g‘oya va mazmun o‘g‘riliklari haqida eshitgan joylarimiz bo‘lgan. Ammo bemalol aytish mumkinki, Farrux Abdullayev ushbu «hikoya»lari bilan ko‘chirmachilar poygasida ancha ilgarilab ketibdilar. to`liq
781 marta o`qilgan
|
UNUTILGAN HUDUD
18 Oktabr 2006 11:00
Chiqindi “shaharchasi” oralab maktabga qatnayotgan o‘quvchilar salomatligi uchun kim javob beradi?..
Uyum-uyum axlat va chiqindilar to‘planaverib ulkan tog‘ hosil bo‘lgan bu joy poytaxti azim Toshkentda joylashganiga ishonging kelmaydi kishi. Agar kimdir Toshkentda chiqindi bilan bog‘liq jiddiy muammo bor desa, bu gapni ayt-gan odamni yolg‘onchilikda ayblab yoqasidan olishimiz tayin. Mazkur muammoni bartaraf etish borasida poytaxt boshqa hududlardan ancha ilgarilab ketgani ham bor gap. Biroq Sobir Rahimov tumaniga qarashli Ahmad Yassaviy va “Yoshlik” mahallalari tutashgan hududdagi xunuk manzara ana shu ijobiy fikrni o‘zgartirib yuboradi. to`liq
755 marta o`qilgan
|
AYOL AYOL BO‘LGANI YAXSHI
18 Oktabr 2006 10:17
Ko‘cha-ko‘yda nega erkaklar yerga qarab yuradigan bo‘lib qoldi? Bu hammasi moda tufayli. Ko‘zingni ko‘tarishing bilan maykasi kindigidan ko‘tarilib, shimining tarangligidan hamma joyi bilinib turgan do‘ndiqchaga beixtiyor qarashga to‘g‘ri keladi. Yana yerga qarab yonidan o‘tib ketayotganingda modaparast moda maykasini kindigiga qarab ikki marta tortib ham qo‘yadi... to`liq
923 marta o`qilgan
|
QULAYLIKMI YOKI BOSHQARMA “NIQOBI?.”
10 Oktabr 2006 21:18
Shundan keyin tuman markaziy shifoxonasi bosh shifokori o‘rinbosari bilan uchrashdik. U kishi buning uchun viloyatdan “yo‘llanma” bilan kelishingiz kerak edi, dedi. Sabr qilib boshqarmada ham bo‘ldik, matbuot kotibi Zamira Husainova orqali shaxsan Ne’mat Xo‘jaevga chiqishgacha yetdik. Narpay tumani shifoxonasi bosh vrachi Qahramon Saidov esa hech qanday ma’lumot bermayman, xonamdan tezda chiqib ketinglar deyishgacha bordi. Tuman prokurori aralashganidan keyin kerakli ma’lumotlarni olishga muyassar bo‘ldik.
Bu nima? Muxbirlar uchun yaratilgan qulaylikmi yoki kamchiliklarni oshkor etilishining oldini olishga qaratilgan niqob...mi? to`liq
555 marta o`qilgan
|
NOQONUNIY TAFTISH... KELTIRDI TASHVISH
04 Oktabr 2006 09:56
Xo‘sh, nima bo‘pti dersiz? Adolat qaror topdi – yaxshi gap. Biz huquqiy demokratik davlatda yashayapmiz. Bugun nafaqat korxona, tashkilot rahbari, balki oddiy tadbirkoru dalada yurgan fermer ham o‘z haq-huquqini yaxshi bilib olgan. Oldinlar rusmga kirgan turli nazoratchilar — aslida ta’magirlarning payi qirqilgan. Endi e’tiboringizni boshqa bir xujjatga qaratamiz. to`liq
622 marta o`qilgan
|
QACHONGACHA G‘ARBGA TAQLID QILAMIZ?
27 Sentabr 2006 11:22
Yoshlarimizning tafakkurini o‘syapti deb quvonyapmiz-u, ularning bor-bora «Assalomu alaykum»ni to‘liq aytishni unutayotganini, qizlarimiz burama ko‘ylak, nimcha kiyishni, o‘g‘il bolalarimiz yaktak yoki do‘ppi kiyishni unutayotganini, dasturxon atrofida bosh yalang o‘tirish aybligini, kattalar turganda ularni bosib o‘tmaslik kerakligi va yana qancha-qancha milliy qadriyatlarimizni yoshlarimizgina emas, biz o‘rta yoshlilar ham unutib yuboryapmiz. to`liq
768 marta o`qilgan
|
BOLANGIZ DARS QILISHNI XOHLAMAYAPTIMI?
27 Sentabr 2006 10:50
Yangi o‘quv yili boshlanganiga ham ancha bo‘lib qoldi. O‘qituvchilar sentyabr oyini ishlash uchun mushkul deb baholashadi. Aytishlaricha, bu paytda ta’tildan o‘yinqaroq bo‘lib qaytgan bolalarni tartibga solish qiyin bo‘larkan. Qadrdon maktabi, o‘qituvchisi, sinfdosh do‘stlarini sog‘inganiga qaramay o‘quvchilar, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yozgi quvnoq dam olishdan keyin kitob-daftar, 45 daqiqali dars, bir talay uy vazifalariga ko‘nikish oson bo‘lmaydi. to`liq
624 marta o`qilgan
|
O‘N TO‘RT YIL KO‘RILGAN ISH
20 Sentabr 2006 10:32
kelib-kelib 80 yoshli Buvixol momoning nafaqasiga chang soldi. Qanday qilib? Bundan ko‘p emas, kam emas 25 yil muqaddam Akram Nurmatov (Buvixol Egamberdievaning o‘g‘li) Sayyora Qurbonova bilan yaxshi niyat qilib turmush qurishdi. Yangi oilada bir qiz tug‘iladi. Lekin 1985 yildan boshlab oralariga sovuqchilik tushadi. Va unga besh yil deganda, aniqrog‘i, 1990 yil 29 yanvar kuni Jomboy tuman sudi tomonidan nuqta qo‘yiladi, ya’ni nikoh bekor qilinadi. to`liq
617 marta o`qilgan
|
“HE... BRATISHKA, QALAYSAN?”
12 Sentabr 2006 17:11
Rossiyada ishlab chiqarilgan daftarlar muqovasida tabiat manzaralari, sportchilar, texnika vositalari — asosan avtomobillar aks etgan bo‘lsa, Turkiyadan keltirilgan umumiy daftarlarda asosan artistlar — Hollivud yulduzlari va o‘zimizning estrada qo‘shiqchilarimizning suratlari bosilgan. Turkiyada tayyorlangan ana shunday umumiy daftarlardan birining muqovasida qo‘shiqchi va akrtisa Britni Spirs surati bosilganki, uni o‘quvchilar odam anatomiyasi darsida ko‘rgazmali qo‘llanma sifatida foydalanishsa ham bo‘ladi. to`liq
904 marta o`qilgan
|
TO‘QLIKNING SHO‘XLIGI
07 Sentabr 2006 10:48
Eh-he, nimalar qo‘yilmaydi to‘y dasturxoniga. Durust, noz-ne’matsiz dasturxon dasturxon emas, ammo bir kishi ikki-uch soat ichida qancha ovqat iste’mol qilishi mumkin. Dasturxon atrofida 500 kishi bo‘ladigan bo‘lsa, ko‘pincha 700 kishiga yetib ortadigan noz-ne’mat tayyorlanadi. Natijada ovqat-noz-ne’matning yarmidan ko‘pi isrofga chiqadi. Bugina emas, to‘yda ham, azada ham katta-kichikka to‘rttadan non ro‘molchaga tugib, qo‘llariga tutqaziladi. Ayollarning dasturxonlari-chi... to`liq
694 marta o`qilgan
|
TANISHING BO‘LSIN EKAN-DA
07 Sentabr 2006 10:41
Yo‘l azobi, go‘r azobi. Amallab Toshkentga, keyin tramvayda yotoqxonaga yetib keldim. Bu yerda ham bayram, shekilli, tumonat odam. Goh u tomonga, goh bu tomonga mayishib yukimni ko‘targancha, darvoza oldiga kelsam, hech kimni ichkariga kirgizmayapti. Qo‘ltig‘imdan tarvuzim tushdi... Yo‘q, tarvuz emas, yelkamdan sumkam gurs etib pastga tushdi. Birinchi, ikkinchi kurslar oldindan ariza yozgan bo‘lsa, yotoqxonaga kirilar ekan, kiritilgan ham. Uchinchi, to‘rtinchi kurslarga umuman ruxsat yo‘q emish. to`liq
594 marta o`qilgan
|
AGAR MANSABDOR SHIKOYATINGIZNI TINGLAMASA...
07 Sentabr 2006 09:53
Hayotda har birimiz turli xil hodisalarga duch kelishimiz tabiiy. Shunday ekan, kimdir qaergadir, albatta, murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Lekin, ayniqsa, ariza va shikoyatlarga hamma idora ham o‘z vaqtida javob qaytaravermaydi. Bunday holga, ayniqsa, qishloq va tumanlarda ko‘p bor duch kelish mumkin. Lekin men haligacha kimningdir murojaatiga o‘z vaqtida javob bermagani falonchi falonchievning jazolanganini eshitganim yoki ko‘rganim yo‘q. Qonunlarimizda ana shunday holat inobatga olinganmi?
Aziz ERMATOV,
Navoiy viloyati to`liq
543 marta o`qilgan
|
NIKOH FIRIBGARLARI
22 Avgust 2006 14:09
yoxud shifokor yordamida hur qiz bo‘lib olib, bo‘ydoq yigitlarga turmushga chiqayotgan suyuqoyoqlar xususida Haligacha yodimda, bundan 25 yil muqaddam qishlog‘imizda 20 yoshli bir yigit nikoh to‘yi ertasi kuni o‘zini osib qo‘ygan edi. O‘shanda butun qishloqqa mish-mish tarqaluvdi: “Kelinchak qiz chiqmabdi”, — degan. Afsuski, hozirgi davrga kelib, bu illat madaniylashib hayot o‘zagiga moslashib bormoqdaki, yosh, hali hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan g‘o‘r yigitlar chuv tushib qolmoqda. Gap iffatini yo‘qotgan, yillar mobaynida ayshini surib-surib, keyin bir sodda yigitni topib, kelinchak libosini kiyishga muyassar bo‘layotgan irodasiz qizlar haqida ketmoqda. to`liq
800 marta o`qilgan
|
XAYRULLONING QOTILI KIM?
08 Avgust 2006 17:35
Parda bobo Erkaev Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Suv hovuzi shaharchasida, aniqrog‘i, Kattaqo‘rg‘on suv ombori yaqinida istiqomat qiladi. Jo‘jabirday jon, o‘n nafar farzandining deyarli hammasini uyli-joyli qilgan. O‘nta bo‘lsa, o‘rni bo‘lak, deganday har bir farzandi Parda bobo uchun aziz. Lekin 2005 yilning 18 iyulida uning xonadonida chinakam fojia yuz berdi... to`liq
623 marta o`qilgan
|