TOR KO‘CHADAGI «TOMOSHA»
22 May 2008 14:45
Bu masalaga yanada oydinlik kiritish maqsadida qaror qabul qilgan mahalliy hokimlikka yo‘l oldik. Urganch shahar hokimi Bahrom Olloberganov to‘yxona o‘rniga endi boshqa ob’ekt qurish uchun yangi qaror chiqarganini ma’lum qildi. Qiziq, o‘sha yerga nimadir qurish shunchalik muhimmi yoki qurishga qaror chiqarib berish muhimmi?.. to`liq
354 marta o`qilgan
|
QO‘SHMA KORXONA SAQLAB QOLINSA...
17 May 2008 18:37
O‘zbek – Britaniya “Sharq ne’matlari” qo‘shma korxonasi tashkil etilgandi. Bu jarayonda Isroil davlatining “Eynab” kompaniyasi bilan meva-sabzavotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan zavod sotib olish uchun shartnoma tuzilib, DAT “Asaka” bankidan 435000 Yevro miqdorida kredit olindi. Biroq “Eynab” kompaniyasi tomonidan jo‘natilgan uskunalar o‘rnatilgandan keyin ma’lum bo‘lishicha, shartnoma shartlariga javob bermaydigan, ma’naviy eskirgan, bundan 20 yil muqaddam Rossiyada ishlab chiqarilgan ekan. Buning ustiga, qo‘shma korxonani tashkil etishda o‘zini Britaniya davlatining vakili qilib ko‘rsatgan shaxs A. Bondar ayni vaqtda Isroil davlati “Eynab” kompaniyasining vakili ham bo‘lib chiqdi to`liq
310 marta o`qilgan
|
SIMYOG‘OCHGA CHIQISH SHARTMI?
17 May 2008 18:21
Mutaxassisning bu gapi meni o‘ylantirib qo‘ydi. Energiya u holda ham, bu holda ham uyga hisoblagich orqali kirsa, sarfi bir xil bo‘lishi kerak emasmi? Bunga “sezgirlik”ning nima aloqasi bor? Elektrikning gapiga qaraganda, o‘rnatilayotgan hisoblagichning har biri 200-300 ming so‘m turarkan. Har bir xonadon uchun alohida o‘rnatilayotgan bunday hisoblagichlarga bir necha qavatli noma’lum o‘lchovdagi cimlar ham sarflanadi. Shularni o‘ylab, bu turdagi elektr hisoblagichlar bilan ta’minlash juda qimmat emasmikin degan andishaga boraman. to`liq
302 marta o`qilgan
|
QOR OSMONDA QISHLAMAYDI
17 May 2008 18:13
«O‘zkommunxizmat» agentligi diqqatiga!
Nihoyat, oshufta dillar kutgan lahzalar keldi. Qishning eng qirchillama davri — chilla boshlanishi bilan uchqunlab-uchqunlab, gardlab-gardlab qor yog‘a boshladi. Falakdan yerga oqlikning tashrif buyurishi — mo‘’jiza. Bu manzarani issiq xonada, deraza orqali kuzatish kishida qadrdon tuyg‘ularni qo‘zg‘aydi.
— Qaramaysizlarmi tashqariga, — deydi qiqirlab birinchi marta Toshkentda qishni kutib olayotgan yosh xodima 6-qavatdagi hamkasblarini zavqlanishga undab, — qanday go‘zal, qanday latofatli!
Bu paytda, ehtimol, kimlarningdir ichidan izg‘irin o‘tayotgan, chala qolgan yumushlarni o‘ylab, xijil bo‘layotgan edi. Xususan, xonadonlarni isitishga mas’ul idora xodimlari, yo‘l sozlovchilar, gaz ta’minotchilari...
Xayriyatki, bizda ba’zi bir yurtlar kabi 6-7 oylab muttasil qor yog‘maydi, toshni yoradigan qahraton sovuq bo‘lmaydi. Yilda bir mehmondek tashrif buyuradigan 30-40 kunlik sinov esa har doim “kutilmagan” tashvishlar keltiradi. Sir emas, ko‘pincha qish boshlangandan keyin uni “kutib olishga” kirishiladi. Ajabki, qozonxonalarning ta’mirlanishi tugamagan, yo‘llarda quvurlar teshilgan, xullas, ming bitta ishkal paydo bo‘ladi.
Da’vomiz quruq bo‘lmasligi uchun muxbirlarimizning viloyatlardagi ahvol haqidagi kuzatuvlari bilan tanishaylik. to`liq
319 marta o`qilgan
|
QIZIM NEGA O‘QISHGA QABUL QILINMADI?”
17 May 2008 17:37
O‘qishga kirish uchun bilim bilan birga omad deganlari ham kerak ekan, nazarimda. Qizim Xolmirzaeva Lobar Shuhratovna Toshkent davlat farmatsevtika institutining farmatsiya klinikasi fakultetiga kirish uchun uch yildan beri imtihon topshiryapti. Uchinchi urinishda — 2007 yilgi kirish test sinovlarida 148,5 ball oldi va shartnoma bo‘yicha o‘qishga qabul qilinganlardan keyin 6-o‘rinni egalladi. Shartnoma ro‘yxatidan keyingi dastlabki o‘rinlarni olgan abiturientlar qo‘shimcha qabul asosida talabalar safidan joy olishiga ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz. Chunki shartnomaga o‘tgan barcha abiturientlar ham kontrakt to‘lovini o‘tkaza olmaydi. Qolaversa, har yili oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratilishi ma’lum. O‘tgan yili ham 100 dan ortiq qo‘shimcha o‘rin berildi. Lekin afsuski, “Ijtimoiy himoya yili” munosabati bilan ajratilgan qo‘shimcha o‘rinlardan bizning oila foydalana olmadi... to`liq
317 marta o`qilgan
|
«MUQADDAMAT – UL-ADAB» QAYSI TURKIY TILDA YOZILGAN?
17 May 2008 14:41
Filologiya fanlar nomzodi, dotsent Masharif Safarov “XII asrda yaratilgan “Muqaddamat –ul-adab” o‘zbek tili yodgorligi hisoblanadi” degan kaminaning fikriga qarshi chiqib, o‘zining “Yozma yodgorliklar yaxlit boyligimiz” («Hurriyat» 2007 yil 19 dekabr ¹51 son) maqolasida shunday yozadi: “O‘zbek tilida yozilgan asarlar XIV asrdan, ya’ni umumxalq o‘zbek adabiy tili paydo bo‘lganidan keyin vujudga keldi. Undan oldin yaratilgan asarlar esa turkiy tilga (qadimgi yoki eski turkiy tilga oid hisoblanadi. Bunday qarash butun turkologlar tomonidan tan olingan. XII asrda yaratilgan “Muqaddamat –ul-adab” eski turkiy tilga oid yodgorlikdir”. to`liq
291 marta o`qilgan
|
PROKUROR PROTESTI BAJARILMAYAPTI. NEGA?
17 May 2008 14:18
Tahririyatimizga Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Qo‘tirbuloq qishlog‘ida yashovchi Murod Tog‘aevdan shikoyat xati keldi.
«Ma’lumotim oliy. Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tugatganman. 2007 yil 15 yanvar kuni tumanimizdagi «Qo‘tirbuloq-Zarafshon» MMTPga qarashli bo‘lgan yerlarga bo‘lib o‘tgan tanlovda men ham 5-loyihaga talabgor sifatida tanlovda ishtirok etdim. Men qatori aynan shu loyiha bo‘yicha ikkinchi talabgor qishloqdoshim Sapar Umarov bo‘ldi. «Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2007 yil 4 yanvargacha qabul qilinadi», deb yozilganidan so‘ng, ana shu sanagacha tegishli hujjatlarni komissiyaga topshirish jarayonida nima uchundir, notarial idora orqali tasdiqlangan texnikamning oldi-sotdi shartnomasini inobatga olishmadi. to`liq
322 marta o`qilgan
|
DO‘PPI AFZALMI YOKI BERETKA?
16 May 2008 20:02
— Sizlarda erkinlik degan narsaning o‘zi yo‘q. Rossiyalik telejurnalistlardan o‘rnak olsalaring bo‘lmaydimi? Mana masalan, studiyada bemalol yonboshlab chekib muloqot qilishga ruxsat bermaysizlar. Ana NTVnimi, ORTnimi, RTRni ko‘rasanmi, marhamat, yozuvchilar gurullagan gulxan yonida trubka chekib, tutunini burqsitib to‘rvadek soqollarini tutamlab, salmoqlab-salmoqlab gapiradilar. Sizlar esa bosh qichiganda qashisak ham, bexosdan aksa ursak ham“stop!”, “stop!” deb o‘shqirasizlar. Bunaqada “ilhom parisi” uchib ketadi-ku, deydi. to`liq
299 marta o`qilgan
|
AYOL BAXTI... KO‘CHADA EMAS
16 May 2008 19:58
Odamlar orasida qachondan boshlab “mardikor ayol” degan ibora muomalaga kirdi. Bu so‘z quloqqa chalinganida uy-ro‘zg‘or, bola-chaqa, bozor-o‘char yukini nozik yelkalariga ortmoqlab ketayotgan ojizayu mushtipar ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Yana ayol bozorga chiqadimi yoki yo‘qmi, degan muammolar haqida ham to‘xtalaveramiz. Biroq, ba’zi sog‘lom, baquvvat erkaklar soyada yotib ayolini bozorga chiqarib qo‘yishi – bu tashvishga soladigan holat. Shunday emasmi? to`liq
310 marta o`qilgan
|
G‘IRROM SAVDO
16 May 2008 15:35
Hamma sarsongarchiligu sargardonliklarga sabab bo‘lgan voqea shundaki, Sanobar Do‘stmatova 2004 yilda ikki nafar voyaga yetmagan bolalari bilan yashab turgan Marg‘ilon shahridagi 3 xonali uyini sotib, ro‘zg‘orini butlashni maqsad qilgan edi. Ammo buning o‘rniga u nega yangi dard orttirib, to‘rt yildan buyon ovorayu sarson bo‘ldi. to`liq
318 marta o`qilgan
|
O‘ZINGGA RAVO KO‘RMAGANNI...
05 Mart 2008 14:41
Ammo ming afsuski, oramizda o‘zining shaxsiy manfaatlarini xalq va jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yadigan shaxslar uchrab turadi. Inson salomatligi uchun o‘ta zararli bo‘lgan ayrim iste’mol mahsulotlarini, jumladan, qo‘lbola yog‘ va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish ularning daromad manbaiga aylangan. to`liq
473 marta o`qilgan
|
«TILGA IXTIYORSIZ...»
05 Mart 2008 14:05
Bir kuni sinfdoshimga “Stolovoy demay, oshxona degin” desam, undan “Ie, stolovoy boshqa narsa, oshxona uyda bo‘ladi” degan javobni eshitdim. Mana sizga maktab o‘quvchisining saviyasi. Ona tilimizdagi so‘zlarning farqiga bormasdan, ruscha so‘zlarni pala-partish ishlatish uni shu ahvolga solib qo‘ygan, shekilli. to`liq
435 marta o`qilgan
|
TADBIRKOR NEGA XUNOB?
05 Mart 2008 12:13
Buxoro viloyat IIB YHXB tomonidan “Buxoroavtotransservis”ga nisbatan bunday munosabat qachon va qanday sabab bilan paydo bo‘lganidan besh yildan buyon biror marotaba ham ogohlantirish olmasdan, noxush yo‘l harakati holatini sodir etmasdan ishlab kelayotgani, tadbirkorlarni himoya qilish va unga yordam berish o‘rniga bunday munosabat qilinayotganidan korxona ahli xunob bo‘lib yuribdi. to`liq
446 marta o`qilgan
|
«JAYHUN»NING ASLIYATI
05 Mart 2008 12:11
Ona tilimizdagi har bir so‘z, ibora, milliy ma’naviyatimiz yombilari hisoblanadi. Ular asrlar osha o‘z zamirida xalq ma’naviyatining misqol-misqol ma’no, mazmun, mohiyat va tarixini tashiydi. Biz kundalik ijtimoiy hamda maishiy hayotimizda ulardan foydalanish barobarida bu ma’naviyat durdonalarini asrab-avaylamog‘imiz, muhofaza etmog‘imiz, ma’no salohiyatiga rahna solmasligimiz lozim. to`liq
374 marta o`qilgan
|
«CHIPTA SOTAMIZ, KEP QOLING!»
05 Mart 2008 12:00
nahotki bunday xunuk manzaralarga chek qo‘yishning iloji bo‘lmasa?
Xalqimizning yaxshi kunlari, bayramlari ko‘p. Ayniqsa, ana shunday quvonchli ayyomlar arafasida madaniyat saroylariyu kontsert zallari yanada gavjumlashadi. Yaqinda do‘stlarim bilan kontsertga tushishni niyat qilib, poytaxtimizdagi Xalqlar do‘stligi saroyiga yo‘l oldik. Saroy kassasi oldi odamlar bilan tirband. to`liq
355 marta o`qilgan
|
OBUNA-2008: VILOYATDA BITTAGINA...
15 Dekabr 2007 23:34
Kelgusi yil uchun matbuot nashrlari obunasiga ayrim tumanlarda panja orasidan qaralayotgani xususida
Matbuot ahli uchun yil poyoniga yetayotgan pallada ish qizigandan qiziydi. Xususan, bo‘lg‘usi yil uchun obuna tashvishi barcha gazeta-jurnallar tahririyatlarini harakatga undaydi. Aslida barcha tahririyatlar ham obunachilar soni ko‘p bo‘lishini istaydi, ko‘proq mushtariylar e’tiborini jalb etish, o‘quvchilar qalbiga yo‘l topishga intiladi. Lekin jurnalistlarning yelib yugurishlari, tunni kunga ulab qilgan mehnatlari doim ham yetarli samara beravermaydi. to`liq
507 marta o`qilgan
|
HALOKATGA YETAKLOVCHI YO‘L
15 Dekabr 2007 23:31
yoki giyohvandlik va uning ayanchli oqibatlari xususida
Giyohvand moddalar qabul qilinishi inson salomatligiga rahna solib, turli xil asab kasalliklarining kelib chiqishi, nogiron bolalar tug‘ilishi, oilalar barbod bo‘lishi oqibatida farzandlarning yetim qolishiga olib keladi. Buning natijasida esa, nafaqat oilalar, balki butun jamiyat ijtimoiy va iqtisodiy zarar ko‘radi. Dunyo mutaxassis shifokorlarining ta’kidlashlaricha, bolalarning aqliy va jismoniy nuqson bilan tug‘ilishiga eng avvalo alkogol ichimliklar va giyohvand moddalar sabab bo‘layotgan ekan. to`liq
626 marta o`qilgan
|
MUTOLAA AFZALMI YOKI INTERNET?
15 Dekabr 2007 23:29
Bo‘sh vaqt. Biz undan unumli foydalana olyapmizmi? Hozirgi kunga kelib aksariyat yoshlar, ayniqsa, maktab o‘quvchilari bo‘sh vaqtlarining katta qismini kompyuter klublarda o‘tkazishmoqda. Ular kompyuterda ishlashni o‘rgansalar hech kim qarshilik qilmaydi. Lekin qandaydir o‘yinlar o‘ynash yoki internetda soatlab kimlar bilandir «tanishib» o‘tirish bilan vaqtlarini zoe ketkazishmoqda. to`liq
536 marta o`qilgan
|
OYNI ETAK BILAN YOPIB BO‘LMAS
16 Noyabr 2007 18:07
Afsuslar bo‘lsinki, katta mas’uliyat va vakolat egasi bo‘lgan bank xodimlari orasida ham valyutaga oid jinoyatlarni sodir etayotganlar uchramoqda. Masalan, joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida bank xodimlari ishtirokidagi o‘n beshta jinoyat aniqlandi va 140,4 ming AQSh dollarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi. Bunday jinoyatlar Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, “Ipotekabank”, “Savdogarbank”, “Paxtabank”, Xalq banki va “Turonbank” tizimiga kiruvchi muassasalarda kuzatilgan. to`liq
578 marta o`qilgan
|
O`TTIZ YILDAN SO`NG
16 Noyabr 2007 17:58
Insoniyatga xizmat qilib kelayotgan minglab kasb-hunarlar asrlar davomida shakllanib, rivojlangan. Ba’zi kasb-korlar avloddan-avlodga o‘tib, sulolalar paydo bo‘ladi. Yangi kasblar-chi? Taraqqiyotning naqadar tezlashganini qarangki, endilikda har chorak, har oyda yangi kasb paydo bo‘lib, taomilga kirsa-da, birov hayron bo‘lmaydi. Ko‘pchilikning esida: bundan atigi yigirma yil avval biz hozir yaxshigina o‘rganib qolgan ko‘plab kasblar umuman yo‘q edi. to`liq
523 marta o`qilgan
|