Muammo va tanqid

10 Noyabr 2011 11:38
QOG‘OZBOZLIKMI, E’TIBORSIZLIK?
Hurmatli tahririyat xodimlari! Yoshim 75 da. Nafaqadaman. Vaqtim bemalol bo‘lgani bois shaharni tomosha qilib yurishni yaxshi ko‘raman. Poytaxtimiz ko‘chalari, xiyobonlari kundan-kunga go‘zallashib borayotganini ko‘rib quvonaman. Ammo hayotimizda ba’zi-ba’zida ko‘ngilni xira qiladigan voqealar ham uchrab turadi.
Bolalarim «Ko‘chada ko‘p yurasiz, zarurat bo‘lganda bizga darrov xabar qilasiz», degan maqsadda uyali telefon sovg‘a qilishdi. Telefon idorasiga bordim. Pasportimdan nusxa olishdi va shaxsiy sim karta taqdim qilishdi. Telefonim ishladi. Lekin bir kuni uni yo‘qotib qo‘ydim. Birov foydalanmasin deb darrov telefon kompaniyasi idorasiga bordim. Pasportimdan nusxa olishdi. Baraka topkurlar, masalani tezlikda hal etishdi. Baxtimga telefon ham topila qoldi. Uni ishlatish uchun tag‘in idoraga bordim va eski raqamimni tiklab berishlarini iltimos qildim. Pasportimdan nusxa olishdi va telefonimni ishlatib berishdi. Rahmat. Lekin bir yil ichida pasportimdan uch marta nusxa olishganiga hayron bo‘ldim. O‘zimga o‘zim savol berdim: Agar men kabi murojaat etadiganlarning har biridan pasport nusxasini olaversa qanchadan-qancha qog‘oz isrof bo‘lishini bilisharmikan?
Shu haqda o‘ylab tursam, pochtachi kelib qoldi. Pensiya jamg‘armasiga pasportlarimizning nusxalari kerakligini aytdi. Chol-kampir nusxa ko‘chirib berib yubordik. Yana o‘yga toldim: «Respublikamizda 2,5 milliondan ortiq nafaqa oluvchilar bor ekan. Bu shuncha standart oq qog‘oz sarf bo‘ldi, degani. Nahotki, yuqorida nomi sanab o‘tilgan tashkilot rahbarlari Respublika Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 22 iyuldagi «Respublikada qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroridan bexabar bo‘lsalar?».
Ikki yil avval nabiralarimdan biri kollejni bitirish arafasida pasportini yo‘qotib qo‘ydi. Kollej mutasaddilari pasporti bo‘lmasa diplom berishmas ekan. Nabiramni yetaklab tuman Yunusobod tuman IIBning pasport bo‘limiga bordim. Idora xodimiga manzillar byurosining ma’lumotnomasi, tug‘ilganlik guvohnomasi, uy daftari, mahalladan ma’lumotnoma, fotosurat topshirdik. Xodim tag‘in qo‘shimcha qildi: «ZAGS arxividan va ROVDdan spravka keltiring?»
Bir hafta IIBga, besh kun FHDYO arxiviga qatnab, ma’lumotnomalarni qo‘lga kiritdim. Ularni so‘ralgan joyga oborayotib, tag‘in o‘ylanib qoldim: Hozir kompyuter zamoni bo‘lsa, pasport idorasidagilar har bir fuqaroning pasport ma’lumotlarini markazlashtirilgan elektron arxivga joylasa, shuningdek, o‘zining yuqori idorasidan, FHDYO arxividan, soliq idorasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning elektron bazasidan zarur ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lsa. Ana shunda minglab insonlarning hojati chiqarilar, vaqt va mablag‘ tejalgan, asablar qaqshamagan bo‘lardi». Kim bilsin, balki mutasaddilar bu haqda bosh qotirishayotgandir.
Sobir HOTAMOV
Toshkent shahri, Yunusobod tumani

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM