Muammo va tanqid

07 Oktabr 2011 17:31
TANQIDIY MAQOLA GAZETADA BOSILMADI, AMMO...
Farg‘ona viloyati Quva tumani Qoraqum mahallasida yashovchi Xolmatovlar oilasi avtotransport oldi-sotdisi yuzasidan besh yil avval qilingan nohaqlik qurboniga aylangani, muammoni hal etishda chorasiz qolishgani xususida bundan ikki oy muqaddam tahririyatimizdan yordam so‘rab murojaat qilgan edi. O‘sha paytning o‘zida muammo nega o‘z vaqtida hal etilmaganini bilish, masalaga oydinlik kiritishni so‘rab, Farg‘ona viloyati IIB YHXB rahbariyatiga xat jo‘natildi
Javob ham olindi. Olingan xat avvalgi tafsilotlarning qaytarig‘idan iborat bo‘lgani uchun «Innaykeyin...» sarlav­hali tanqidiy maqola ham tayyorlandi. Uni chop etishdan avval yana bir bor Xolmatovlar bilan telefon orqali bog‘landik. Ma’lum bo‘lishicha, tahririyat aralashgach, mutasaddi tashkilotlar harakatga kela boshlabdi. Pirovardida Xolmatovlar talabi qondirilibdi. Yaqinda xonadon sohiblari tahririyatimizga yana maktub yo‘lladi:
«Biz Xolmatovlar oilasi bir-ikki oy muqaddam yuqori turuvchi instansiyalar qatori «Hurriyat» redaktsiyasiga ham ariza bilan murojaat qilib, bizga yetkazilgan moddiy zararni firibgarlardan undirilishida hamda haqiqatni tiklashda amaliy yordam berishlarini so‘ragan edik. Hozirgi kunda bizga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangani munosabati bilan bizga ko‘mak bergan barcha idora vakillariga, jumladan «Hurriyat» tahririyatiga minnatdorlik bildiramiz. Fuqarolar: Xolmatov Alisher, Xolmatova Odinaxon, Xolmatov Solisher, Xolmatov Karim­jon, Xolmatov Odiljon (imzolar) 21.09.2011 yil».  
P.S.: tahririyat jamoasi fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida xolisona ko‘rib chiqish, hamkorlikda muam­molar yechimini topish borasida mushtariylarimizga hamisha ko‘mak berishda davom etadi.
 

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM