PARVOZ MUVAFFAQIYATLI O‘TDI
16 May 2012 18:55
Kuni kecha «Boyqo‘ng‘ir» kosmodromidan «Soyuz TMA-04M» kosmik kemasining parvozi amalga oshirildi. «RIA Novosti» agentligining xabar tarqatishicha, parvoz muvaffaqiyatli yakunlangan. to`liq
11 marta o`qilgan
|
MA’NAVIY TARBIYADAGI KEMTIKLAR
16 May 2012 18:52
Yurtboshimiz shu yil 9 may kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan marosimda ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob qaytarar ekan, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning bugungi va ertangi hayoti, jahonda va yon-atrofimizdagi mavjud vaziyat haqida o‘ta muhim va dolzarb fikrlarni bayon etdiki, bu bizni loqayd va beparvo bo‘lmaslikka, yurtimizda, mintaqamizda, yer yuzida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga daxldor bo‘lib yashashga yana bir bor undashi bilan ahamiyatlidir. to`liq
12 marta o`qilgan
|
ZILZILADAN 20 GA YAQIN KISHI JABR KO‘RDI
10 May 2012 19:48
Azerbayjanning shimolida joylashgan Zakatalskiy rayonida uch marta yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Xorij ommaviy axborot vositalarining xabar tarqatishicha, tabiiy ofatdan yigirmaga yaqin kishi jabrlangan. Ularga mahalliy tibbiyot muassasalari tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. to`liq
18 marta o`qilgan
|
SAYLASH — ISHONISH DEMAKDIR
10 May 2012 19:45
Saylov har qanday davlat va jamiyatda odamlarning xohish-irodasi, orzu-umidlari, ijtimoiy kayfiyatlarini belgilab beradigan jarayondir.
Saylovlarsiz demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Zero, bunday tadbirlar davlat hokimiyatini shakllantirishda fuqarolar ishtirokini ta’minlashning asosiy huquqiy vositasi hamdir. to`liq
13 marta o`qilgan
|
«CHEGARASIZ YEVROPA» TAMOYILI ZIL KETDI
03 May 2012 21:01
Moliyaviy-iqtisodiy inqirozni boshdan o‘tkazayotgan Yevropa mamlakatlari keyingi paytda Shengen zonasidan ne foyda, degan savolni o‘rtaga tashlashmoqda. Tan olish kerak: umumiy viza hududi va chegaralar ochiqligi kafolati hisoblangan Shengen hududi «ko‘hna qit’a» yutuqlaridan biri hisoblanardi. Biroq keyingi paytlarda Osiyo va Afrikadan ko‘plab noqonuniy muhojirlarning yopirilib kirishi qit’ada ishsizlik, jinoyatchilik va korruptsiya kabi illatlar ko‘lamining kengayishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, Germaniya, Ispaniya, Daniya va Fransiya yagona viza hududi joriy etilganidan buyon noqonuniy muhojirlar soni ko‘payganligidan shikoyat qilib kelmoqda. to`liq
28 marta o`qilgan
|
ISPANIYA BANKLARINING REYTINGI PASAYDI
03 May 2012 20:56
«Standard & Poor’s» reyting agentligi Ispaniyadagi 8 ta bank reytingini tushirdi. Ular orasida BBVA, Santander, Banesto, Banco Sabadell, Banca Civica kabi yirik moliya muassasalari bor. Bu haqda «France-Presse» axborot agentligi xabar tarqatdi. to`liq
20 marta o`qilgan
|
«ITALO» YO‘LGA TUSHDI
26 Aprel 2012 19:59
Italiyada yangi tezyurar poezd harakatlana boshladi. E’tiborga molik jihati shuki, «Italo» deb nomlangan ushbu transport vositasi xususiy sarmoyadorlarga, aniqrog‘i, NTV kompaniyasiga tegishlidir. to`liq
28 marta o`qilgan
|
YOSHLAR MUAMMOSI – ASR MUAMMOSI
26 Aprel 2012 19:43
Kecha sayyoramizda — 24 aprel Xalqaro yoshlar birdamligi kuni keng nishonlandi. Bu yana bir bor ertangi kun egalari, taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lmish yoshlar muammolariga e’tibor qaratish imkonini berdi. Ma’lumki, Jahon demokratik yoshlar federatsiyasining qaroriga ko‘ra, 1957yildan beri har yili mazkur sana nishonlanib kelinadi. Yoshlar va jamoat tashkilotlari, o‘z farzandlari va nabiralarining kelajagiga befarq bo‘lmagan, odamlar, aholining keng qatlamlari sa’y-harakatlarini birlashtirish yoshlarning ijodiy va ma’naviy kamolotini yuksaltirish, jamiyatlardagi o‘tkir iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy texnikaviy muammolarni yechish imkonini beradi. to`liq
26 marta o`qilgan
|
IQTISODIY HAMKORLIK RIVOJLANMOQDA
19 Aprel 2012 15:39
Hindiston va Pokiston davlatlari yo‘l xaritasi tuzishga kelishib oldi. Mazkur bitim har ikki tomonga Atari-Vagax chegara punkti orqali savdo-sotiq ishlarini keng yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi. Sotishga ruxsat etilgan mahsulotlar orasida farmatsevtika vositalari, tsement, gazeta qog‘ozi, neftü mahsulotlari, gazlamalar, chorva mollari va hind kanopidan tayyorlangan tovarlar bor.
to`liq
35 marta o`qilgan
|
«AXBOROT URUSHI»NING MATEMATIK MODELLARI
19 Aprel 2012 15:33
XXI asrga kelib, ma’lum bir maqsadlarni amalga oshirishda katta-katta korporatsiyalar, turli siyosiy kuchlar va markazlardan tashqari, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari bilan qurollangan ommaviy axborot vositalari muhim rol o‘ynayotgani hech kimga sir bo‘lmay qoldi. Bundan ham xatarlisi — ayrim rivojlangan davlatlar axborot urushlarining matematik modellarini takomillashtirishga zo‘r bera boshlaganlaridir. AQSHning razvedka bo‘yicha hisobotida alohida ta’kidlanganidek, XXI asrga kelib, dun± urushlarida aynan axborot urushlari hukmronlik qilmoqda. to`liq
35 marta o`qilgan
|
ENG SO‘NGGI FUQARO SHAHARNI SOTDI
13 Aprel 2012 15:40
ITAR-TASS, BBS, «Associated Press» agentliklari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, AQSHning Vayoming shtatidagi Buford shaharchasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi va 900 ming dollarga sotildi. to`liq
36 marta o`qilgan
|
YASHASH UCHUN KURASH
13 Aprel 2012 14:54
Yirik rivojlangan davlatlar bilan bab-barobar xalqaro sahnada paydo bo‘lgan yangi siyosiy kuchlarning kun sayin kamayib borayotgan tabiiy resurslar uchun borilayotgan kurashga qo‘shilishi ulkan boyliklarga ega mintaqalar ustidan nazorat o‘rnatish borasidagi raqobatni kuchaytirib yubordi. Natijada kuzatuvchilar kurash oqibati halokatli bo‘lishi mumkinligini takrorlashdan charchamayaptilar. to`liq
37 marta o`qilgan
|
QALAMPIRNING FOYDASI BOR, LEKIN...
06 Aprel 2012 13:55
Hozirgi paytda butun dunyoda yurak-qon tomir kasalligi o‘limga sabab bo‘luvchi keng tarqalgan dardlardan biridir. Xitoylik olimlar ushbu xastalikning oldini olishda Chili qalampiri samarali vosita ekanligini dalilladilar. Bu haqda «Medical Xpress» nashrida maqola chop etildi. to`liq
48 marta o`qilgan
|
“QORA BULUT” SHARPASI
06 Aprel 2012 13:48
“QORA BULUT” SHARPASI
Uyg‘oq shuur bilan olamga nazar tashlasak, hozir dunyoning turli mintaqalarida harbiy qarama-qarshilik va mojarolar davom etayotganiga, terrorchilik xurujlari xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotganiga guvoh bo‘lamiz. Bu esa bizni bugungi tinch hayotimizning qadriga yetishga, uni asrab-avaylashga, shukrona keltirishga undaydi. to`liq
202 marta o`qilgan
|
TENGI YO‘Q TANGALAR
30 Mart 2012 08:57
Arxeologlar Angliyaning Bat shahridagi tarixiy joylardan birida 30 ming dona qadimgi Rim kumush tangasini topishdi, deb yozadi «The Daily Telegraph». to`liq
57 marta o`qilgan
|
CHUQUR YARA OQIBATLARI
30 Mart 2012 08:54
Yetakchi mamlakatlarning sa’y-harakatlariga qaramay, 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarini bartaraf etishning imkoni bo‘lmayapti. So‘nggi to‘rt yil mobaynida “katta sakkizlik”, “katta yigirmatalik” kabi uyushmalarning inqirozdan chiqish dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan urinishlari ham zoe ketdi. Aksincha, dunyoning bundan-da chuqurroq tanglik domiga tortilishi mumkinligi xususidagi farazlar ham kuchayib bormoqda. to`liq
50 marta o`qilgan
|
GENI O`ZGARTIRILGAN MAHSULOTLAR ZARARLIMI?
25 Mart 2012 19:22
Yer yuzida aholi soni va oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshib borayotgani insoniyatni zarur choralar ko‘rishga undayotir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, 2050 yilda yer yuzidagi aholi soni 9 milliard, ayrim hisob-kitoblarga qaraganda esa 14 milliardga yetishi kutilmoqda. to`liq
82 marta o`qilgan
|
QONNING YANGI GURUHLARI ANIQLANDI
22 Mart 2012 20:36
AQShning Vermont universiteti olimlari olib borgan izlanishlar natijasida yana ikkita yangi qon guruhi aniqlandi. Ularga «Langerays» va «Junior» deya nom berildi. Biologlar bu kashfiyotni ayrim odamlar uchun «hayot-mamot» masalasi sifatida e’tirof etmoqdalar. to`liq
88 marta o`qilgan
|
YETTI O‘LCHAB, BIR KESMOQ KERAK
21 Mart 2012 19:46
Rossiya Federatsiyasining Tuva respublikasida yuz bergan kuchli yerosti silkinishlari mintaqaning energetik xavfsizligi mustahkamligini yana bir karra sinovdan o‘tkazdi. Mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, respublikaning Qizil va Shagonarskdagi ma’nan eskirgan, umrini o‘tab bo‘lgan issiqlik elektr stantsiyalaridagi halokatli vaziyat, xususan, 6-7 balli zilzila yirik aholi punktlarini katta falokatga duchor qilishi mumkin. Bundan tashqari, Menrgen daryosi sathining ko‘tarilishi, suv toshqinlari xavfining yuzaga kelishi ham transchegaraviy daryolar bo‘yida yirik gidroinshootlar qurishda yetti o‘lchab, bir kes, naqliga amal qilish foydadan xoli emasligini yana bir bor tasdiqladi. to`liq
74 marta o`qilgan
|
MIYASIZ YASHAB BO‘LADIMI?
21 Mart 2012 19:39
Miya insonning eng muhim a’zosi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanani boshqaradi, ong va his-tuyg‘ularni ishga soladi. Olimlar yaqin-yaqingacha ana shunday fikrda edi, ammo...
Karlos Rodriges ismli amerikalik fuqaro shu kungacha deyarli miyasiz yashab kelmoqda. Dahshatli avtohalokat sabab bosh suyagi qutisida arzigulik narsa qolmagan bu kimsani bosh kiyimi bilan boshqa odamlardan ajratish qiyin. to`liq
70 marta o`qilgan
|