Xalqaro voqealar

12 Yanvar 2012 20:49
25 DOLLARGA KOMPYUTYER
2012 yil arzon kompyuterlar davri sifati tarixdan joy oladi, shekilli. Kompyuter texnologiyalari narxi pasayib borayotgani barchaga ma’lum, ammo shunday bo‘lsa-da, bugungi kunga kelib 25-35 AQSh dollariga yangi kompyuter sotib olishni xayolimizga ham keltirmaganmiz.
Ana shunday yangiliklardan biri «Aakash» planshetining donabay bahosi atigi 35 dollarni tashkil etmoqda. Ushbu ixtiro o‘tgan yilning oktyabr oyida Hindiston bozorini oyoqqa turg‘izdi. Bu yil esa o‘ta arzon baholanayotgan kompyuterlar Rossiyada ham ommalashishi kutilmoqda.
«DataWind» kompaniyasi rasmiy vakili Sunit Singx Tulining aytishicha, Rossiya bozori katta imkoniyatlarga ega va bu yerda kompaniyaning shaxsiy do‘konlarini qurish rejalashtirilmoqda. Ungacha mavjud tarmoqlar orqali savdo-sotiq yo‘lga qo‘yiladi. Quvonarlisi, yangi yilning yanvar oyida narxi 25-35 dollarga baholanayotgan «Raspberry Pi» nomli yana bir minikompyuter paydo bo‘lishi kutilmoqda.
 
Tomonlama foyda
AQShning «Kaiser Permanente Colorado» sug‘urta kompaniyasi Kolorado shtati fuqarolariga «Weight and Win» dasturida ishtirok etishni taklif qildi. Mazkur dasturga muvofiq ortiqcha vaznini yo‘qotgan va bu natijani saqlab qolgan kishilar uchun ma’lum miqdorda pul mukofotlari ajratilgan.
«Medical Express» tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, «Weight and Win» dasturiga ko‘ra tibbiyot muassasalari, hatto kutubxona va do‘konlarda tarozi hamda videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan maxsus joylar tashkil  etilgan. Hozirda shtat bo‘yicha 12 ta ana shunday joylar mavjud bo‘lib, yangi yildan yana 10 tasi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Shu kungacha dasturda 9 mingga yaqin kishi ishtirok etib, ular har 3 oyda tekshirilib, natijalariga qarab 15 dan 150 AQSh dollarigacha pul mukofoti bilan taqdirlanib boriladi. Dasturni hayotga tatbiq etish uchun sug‘urta kompaniyasi 500 ming dollar sarfladi.
Sug‘urta kompaniyasining maslahatchi-shifokori Erik Fransning ta’kidlashicha, ortiqcha vaznni yo‘qotishga qaratilgan bu dastur boshqa odatiy davolanish usullariga nisbatan ancha samaralidir. Tibbiyot nuqtai nazaridan qaraganda, bu yo‘l bilan tana og‘irligining hech bo‘lmaganda 5 foizini yo‘qotish mumkin, — deydi u.
 
«Jonsiz oyoq»lar yura boshladi
Ilk bor ispaniyalik jarrohlar tomonidan amalga oshirilib, ikki oyog‘i transplantatsiya qilingan bemor yura boshladi. Bu haqda «The Daily Telegraph» nashri xabar tar­qatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hozircha ism-sharifi sir saqlanayotgan 20 yoshli yigit jarohat tufayli ikki oyog‘idan ayrilgan. Shundan so‘ng jabrlanuvchiga mos, olamdan o‘tgan odamning oyoqlari ko‘chirildi. 2011 yilning 10 iyulida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti 10 soat davom etib, unda Valentsiyadagi LaFe shifoxonasining 50 dan ziyod shifokorlari qatnashishdi.
Uzoq davom etgan terapiya muolajalari va reabilitatsiyadan so‘ng bemor o‘zining ilk qadamlarini klinikaning qayta tiklanish bo‘limi suzish havzasida amalga oshirdi. Tajriba sifatida o‘tkazilgan operatsiya jarrohlarga katta muvaffaqiyat keltirdi.
Xalqaro miqyosda yetakchi hisoblangan mutaxassislardan biri, jarroh Pedro Kavadas-Rodrigesning aytishicha, bemor asta-sekin hech qanday qiyinchiliksiz oyoqqa turmoqda. Biroq, yigitning mustaqil yurib ketishi uchun yana bir necha oy kerak bo‘ladi.
 
Noodatiy xayrlashuv
«Associated Press» agentligi tarqatgan xabarda aytilishicha, amerikalik tog‘-chang‘i sporti ustasi Sara Shleper katta sport bilan xayrlashishni o‘ziga xos tarzda nishonladi. Sportchi Avstraliyaning Lints shahrida slalom sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi musobaqasida uy kiyimida 3 yoshli o‘g‘lini ko‘tarib olgancha, qiyalikdan pastlikka sakradi. Shuningdek, sportchi bu qaltis jarayonni tasvirga olish uchun o‘zi bilan birga videokamerani ham olgan edi.
Shleper 1995 yildan buyon Jahon kubogi musobaqalarida ishtirok etib keladi. U, shuningdek, qishki olimpiada o‘yinlarida 4 marotaba qatnashgan. Amerikalik sportchi o‘z faoliyati davomida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Eng katta yutug‘i esa 2005 yilgi Jahon kubogidagi bosh sovrindir.
OTABEK OTAYOROV tayyorladi.

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM