«QORA OLTIN» BOZORI TASHVISHLARI
10 Oktabr 2006 21:30
Zamonaviy sanoatning eng asosiy energiya manbasi bo‘lgan neft narxi oktyabr oyiga kelib rekord darajada pasayib ketdi. Brent tipidagi neftning bir barreli London xalqaro birjasida 60 dollarga baholandi. Bu aprel oyidan buyon kuzatilgan eng quyi ko‘rsatkichdir. Bundan bir oygina oldin ham “qora oltin” London va Nyu-York birjalarida katta talab asosida yuqori bahoda sotib olinayotgan edi. Biroq oxirgi paytda xalqaro bozorda neftga bo‘lgan talabning kamaygani tufayli taklif miqdori oshib ketdi va natijada energiya bahosi ham keskin quyiga sho‘ng‘idi. to`liq
579 marta o`qilgan
|
FALASTINDA HUKUMAT FAOLIYATI TO‘XTATILADI
04 Oktabr 2006 09:47
Falastin hukumati o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqda XAMAS harakati vakili ma’lum qildi.
Harakat vakili bu holatni Isroil tomonidan Falastinning yuqori lavozimli shaxslari o‘g‘irlab ketilayotganiga javob deb izohladi.
XAMAS bayonotida hukumat o‘z faoliyatini qachon va qanday sharoitda boshlashi haqida hech narsa aytilmagan.
Oxirgi paytlarda Falastindagi ikki asosiy siyosiy harakat — XAMAS va FATX o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar tobora kuchayib bormoqda. to`liq
582 marta o`qilgan
|
Rossiya-Gruziya: JOSUSLIK O‘YINLARI
04 Oktabr 2006 09:31
Bir qator kuzatuvchilar ofitserlarning hibsga olinish voqeasini Gruziya rahbariyatining boy berilgan obro‘-e’tiborini tiklash yo‘lidagi harakati sifatida baholashdi. Haqiqatan ham, katta siyosatda davlatni biror bir xalqaro mojaroga aralashtirib qo‘yish orqali omma e’tiborini chalg‘itish va sun’iy yo‘l bilan aholi e’tiborini qozonish usuli mavjud. Mazkur usuldan hozirgacha ham ko‘p va xo‘b foydalaniladi. Gruziyadagi bugungi vaziyat kuzatuvchilarning taxminini tasdiqlayotgandek. to`liq
623 marta o`qilgan
|
SUDYA SADDAM HUSAYNNI HAYDAB YUBORDI
27 Sentabr 2006 11:16
Iroqning sobiq rahbari Saddam Husayn sud zalidan haydab yuborildi. Sudya Muhammad al-Uraybiy al-Xalifa bu holatni sudlanuvchi unga nisbatan hurmatsiz munosabatda bo‘lgani bilan izohlagan.
Muhammad al-Xalifa yaqindagina Saddam Husayn ishi bo‘yicha hakam qilib tayinlangan. Ungacha sud jarayoniga raislik qilgan Abdulloh Amiriy Iroq hukumati tomonidan diktatorga yon bosishda ayblanib ishdan bo‘shatilgandi.
Sobiq prezidentning advokati Xalil ad-Dulaymiy sud jarayonini to‘xtatishni talab qilmoqda. Himoyachining fikricha, mahkama jarayonida bir necha marta qo‘pol qonun buzish holati ro‘y berdi. to`liq
574 marta o`qilgan
|
BEHALOVAT “OSIYO YO‘LBARSI”
27 Sentabr 2006 10:40
Tailandda harbiylar bitta ham o‘q uzmasdan hokimiyatni egallashdi.
Yangi hukumat mamlakatni inqirozdan olib chiqa olarmikin?..
Hindixitoy yarim orolida joylashgan Tailand mamlakati davlat to‘ntarishlari borasida boy tajriba va tarixga ega. Konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi o‘rnatilgan 1932 yildan beri mamlakatda oz emas — 17 marta davlat to‘ntarishi amalga oshirildi. O‘tgan hafta tailandliklar inqilobiy harakatning o‘n sakkizinchisiga ham shohid bo‘lishdi. to`liq
660 marta o`qilgan
|
TERGOVGA TORTILGAN PREZIDENT
21 Sentabr 2006 19:43
Gumonlar tasdiqlansa, Isroil prezidenti Moshe Katsav, bosh vazir Exud Olmert va bosh qo‘mondon Dan Xaluts lavozimidan ketishi mumkin Isroilda bir paytning o‘zida bir necha yuqori lavozimli shaxslar — mamlakat prezidenti Moshe Katsav, bosh vazir Exud Olmert, harbiy shtab qo‘mondoni, general Dan Xaluts va sobiq adliya vaziri Xaim Ramon jinoiy harakatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Bu esa mamlakat aholisining davlat va hukumat rahbarlariga bo‘lgan ishonchini so‘ndirmoqda. to`liq
530 marta o`qilgan
|
Gruziya: FOSH ETILGAN FITNA
20 Sentabr 2006 10:00
Gruziyada amaldagi hukumatga muxolifatda bo‘lgan siyosiy kuchlarga qarshi keng miqyosda operatsiyalar amalga oshirilgani Kavkazdagi mo‘’jazgina davlat nomini yana jahon matbuotining bosh sahifasiga olib chiqdi. Muxolifat vakillarining ommaviy ravishda hibsga olinishi “Atirgullar inqilobi” bilan Gruziya hokimiyati tepasiga kelgan va o‘zini demokratiya rahnamosi deb e’lon qilgan prezident Mixail Saakashvili ma’muriyatiga nisbatan jiddiy e’tiroz va gumonli savollar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. to`liq
631 marta o`qilgan
|
SAUDIYA ARABISTONI: SIVILIZASIYALAR CHORRAHASI
12 Sentabr 2006 17:36
Bundan 74 yil oldin — 1932 yilning 22 sentabrida Saudiya Arabistoni podshohligi tashkil topgan edi. Dastlab kichik-kichik qabilalardan iborat bo‘lgan tarqoq mamlakat o‘tgan davr mobaynida taraqqiyotning yuksak cho‘qqilarini zabt etdi. Ayni paytda podshohlik fuqarolari dunyoning rivojlangan davlatlari aholisi kabi hayot kechiradi. Xo‘sh, Saudiya Arabistoni taraqqiyotining siri nimada? Qanday qilib mayda bo‘laklarga bo‘linib ketgan mamlakat juda qisqa fursat ichida taraqqiyotning baland pog‘onalarini zabt etdi? to`liq
1638 marta o`qilgan
|
11 SENTABR: U HALI KO‘P ESLANADI
12 Sentabr 2006 17:05
Professor Jons va uning hammaslaklari fikricha, Amerika ma’muriyatidagi neokonservatorlar guruhi teraktlar haqida oldindan ma’mulomotga ega bo‘lgan va minoralar portlashiga yo‘l qo‘yib berishga Markaziy razvedka boshqarmasini ko‘ndirgan. Maqsad esa qo‘poruvchilik harakatlaridan keyin sarosimaga tushib qolgan aholiniing Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarni osonlik bilan qo‘llab-quvvatlashiga erishish bo‘lgan.
“Biz samolyotlarni garovga olgan 19 nafar terrorchi va Afg‘oniston g‘orlaridagi ularning yana bir necha hamtovog‘i bunday katta operatsiyani amalga oshirganiga ishonmaymiz va, albatta, haqiqatning tagiga yetamiz”, — deydi professor Jons. to`liq
684 marta o`qilgan
|
TONI BLER: BARMEN. ADVOKAT. BOSH VAZIR
07 Sentabr 2006 10:44
Buyuk Britaniya bosh vaziri Toni Blerning bu yilgi yozgi ta’tili Livanda Isroil tomonidan harbiy amaliyotlar boshlangan tahlikali kunlarga to‘g‘ri keldi. Ko‘pchilik dunyo siyosatiga daxldor ushbu voqea munosabati bilan hukumat rahbari ta’tilini bekor qiladi deb o‘ylagandi. Biroq leyboristlar partiyasi yetakchisi urushni bartaraf etishdan ko‘ra charchoqlarini chiqarishni afzal bildi va Karib havzasi orollariga yo‘l oldi... to`liq
712 marta o`qilgan
|
IKKINCHI JAHON URUSHINI KIM BOSHLADI?
07 Sentabr 2006 10:17
Kim SSSRni urushga tayyorlanmagan deya oladi? Urush boshlangandan 4 kun o‘tgach, Qizil armiya Eronga bostirib kirdi. Bir necha kun ichida shimoliy-g‘arbiy Eron (poytaxti Tehron bilan) Sho‘ro armiyasi nazoratiga o‘tdi. Janubiy Eronni esa AQSh va Angliya armiyasi egalladi. Bunaqa ishlar to‘satdan tayyorgarliksiz bo‘lmaydi. G‘arbiy frontda armiyasi yakson bo‘layotgan bir vaqtda strategiya nuqtai nazaridan nihoyatda muhim bo‘lgan hududga bostirib kirish Eron orqali AQSh va Angliya bilan aloqa o‘rnatish uchun kerak edi. Ayni vaqtda Afg‘onistonda o‘rnashib olgan nemis agentlari yo‘q qilindi. Ular zaruriyat bo‘lsa, janubdan uchinchi front ochishga tayyorgarlik ko‘rishlari lozim edi... to`liq
888 marta o`qilgan
|
MUQADDAS ZAMINDA MUQARRAR INQIROZ
22 Avgust 2006 14:39
Aslida Isroil tomonidan Falastinga bosimning haddan ziyod kuchaytirilganiga asosiy sabab yahudiy askari Shalitning o‘g‘irlab ketilgani emas. Yarim asrdan ziyod fursat davomida hayot va o‘lim chegarasida — urush ichida kun ko‘rayotgan Yaqin Sharq sharoitida harbiyning garovga olinishi u qadar katta fojia emas, kundalik jang usuliga aylanib qolgan.
Asl sabab boshqa yerda: joriy yilning yanvarida Falastin qonun chiqaruvchi idorasi uchun bo‘lgan saylovda mamlakat rahbari Mahmud Abbosga muxolifatda bo‘lgan XAMAS g‘alabaga erishdi. Mahmud Abbos rahnamoligida hukumatda korruptsiya va poraxo‘rlikning tasavvurga sig‘maydigan darajada kuchayib ketgani Isroil va G‘arb davlatlarida terrorchi tashkilot sifatida qora ro‘yxatga kiritilgan XAMAS (Islom qarshilik harakati)ning parlament saylovidagi g‘alabasini ta’minladi. to`liq
662 marta o`qilgan
|
ERONDA RAKETA SINOVI
22 Avgust 2006 14:36
Eron qisqa masofaga uchuvi ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar beradi.
Sinab ko‘rilgan Saegheh («Yashin») raketasi 250 chaqirimgacha masofaga, ko‘chma uskunalardan uchirilishi mumkin. Eron televideniesi poytaxt Tehrondan 250 chaqirim uzoqlikda joylashgan Kashan sinov maydonidan uchirilgan 10 ta raketa parvozini namoyish etgan. Raketalarning boshqa xususiyatlari haqida xabar berilmagan. to`liq
556 marta o`qilgan
|
URUSH QAYTA BOSHLANISHI MUMKIN...
15 Avgust 2006 18:21
Dushanba kuni Isroil parlamenti – knessetdagi chiqishida bosh vazir Exud Olmert urushning qayta boshlanishi mumkinligini bildirdi.
“Barcha mas’uliyatni zimmasiga olgishi”ni e’tirof etgan Olmert Livan bilan urush natijasida jabr ko‘rgan isroilliklarga ta’ziya izhor qildi. So‘zida davom etgan bosh vazir Isroil boshlangan urush uchun hech kimdan uzr so‘ramasligini ta’kidladi. to`liq
559 marta o`qilgan
|
“HATTO YAHUDIY EKANIMNI HAM BILISHMASDI”
15 Avgust 2006 18:01
Isroil razvedkasi generali Livan, Iroq va Erondagi josuslik faoliyati haqida hikoya qiladi
Mening missiyam o‘ta maxfiy edi. Faqatgina o‘sha hududlarni nazorat qilib turgan kurd yetakchisi Mustafo Barzan va uning eng yaqin odamlarigina kimligimni bilishardi. “Parda ortida” ishlardim. Men isroillik ham, yahudiy ham emasdim. Men Yevropa mamlakatlarining birida yashovchi ishbilarmon edim. Buni tasdiqlovchi pasportim ham bor edi. to`liq
684 marta o`qilgan
|
MING OTLI ARAVANI BOSHQARISH SIRI
08 Avgust 2006 17:42
Xu Szintaoga yaqin bo‘lgan kishilar uning hofizasi o‘ta kuchli ekani, ko‘p yillik voqea va yuzlab odamlarni xotirasi saqlab qola olishini aytishadi. Xu Szintao g‘arbona demokratiyaga qarshi keskin qarashlari bilan tanilgan. Ayni paytda juda yuqori sur’atda rivojlanayotgan mamlakatga boshchilik qilayotgan siyosatdon Sharq xalqlari chuqur tarixiy ildizga ega bo‘lgan milliy an’ana va qadriyatlarga ega ekani, G‘arb davlatlarining demokratiyaga asoslangan erkinlik g‘oyalari bu qadriyatlarga mos kelmasligini urg‘ulaydi. to`liq
628 marta o`qilgan
|
BUTROS G‘OLIY BMTni AYBLADI
08 Avgust 2006 17:40
Butros G‘oliy BMTni AQSh istaklarini qanoatlantirishdan nariga o‘tmayotganlikda aybladi.
BMTning sobiq bosh kotibi «Shpigel» jurnaliga bergan intervyusida xalqaro tashkilotning obro‘si yildan yilga tobora tushib ketayotganini ta’kidlagan. Suhbatda G‘oliy BMTning rasmiy Vashington ta’siriga tushib qolganligiga isbot tarzda Kana qatliomini eslatdi. to`liq
505 marta o`qilgan
|
LOTIN AMERIKASI AQSHGA QARSHI BIRLASHYAPTI
01 Avgust 2006 18:44
Geosiyosatda “Kimki Lotin Amerikasiga egalik qilsa, u dunyo boshqaruvi kalitini qo‘lga kiritadi” degan qarash mavjud. So‘nggi paytlarda jahonda yetakchi bo‘lishga ochiq harakat qilayotgan AQSh va Rossiya o‘rtasida mintaqa uchun kurashning kuchayib borayotgani mazkur munozarali fikrni tasdiqlayotgandek... to`liq
751 marta o`qilgan
|
LIVAN: QURBONLAR ORTIB BORYAPTI
01 Avgust 2006 18:43
O‘tgan kuni Isroil aviatsiyasining qaqshatqich bomba yog‘dirishi natijasida Livan janubidagi Kana qishlog‘i tamomila vayronaga aylandi. Bu haqda Livan matbuoti hamda jahon ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, navbatdagi hujum natijasida livanlik tinch aholining 50 ka yaqini qurbon bo‘lgan, yuzlab kishilar vayronalar ostida qolgan. to`liq
562 marta o`qilgan
|
YANUKOVICH BOSH VAZIR BO‘LA OLADIMI?
25 Iyul 2006 18:35
Ukraina prezidenti Viktor Yushchenko mamlakat konstitutsiyasida belgilangan muddat ichida parlament hukumat tarkibini tasdiqlamagani bois uni tarqatib yuborish huquqiga ega.
Parlament saylovida “Mintaqalar partiyasi”ga yutqazib qo‘yganidan alamzada Yuliya Timoshenko bloki hamda Yushchenkoning “Nasha Ukraina” partiyasi prezidentning aynan shunday yo‘l tutishini juda-juda istaydi... to`liq
526 marta o`qilgan
|