TUTANXAMON LONDONGA KELADI
28 Mart 2007 23:15
Misr fir’avni Tutanxamonning mo‘miyolangan jasadi Buyuk Britaniyaga ko‘rgazma uchun keltiriladi. Bu haqda Misr hukumati va Buyuk Britaniya tomoni o‘rtasida kelishuvga erishilgan.
Dunyodagi eng qimmatli eksponatlardan biri sanalgan fir’avn xilxonasidan topilgan buyumlar 2007 yilning noyabridan 2008 yilning avgustiga qadar London shahrida namoyish etiladi. Ko‘rgazma tashkilotchilari qadimiy eksponatlarni ko‘rish uchun 2 million kishi kelishini mo‘ljallashyapti. Ushbu ko‘rgazmadan tushishi kutilayotgan 100 million dollar mablag‘ qadimiy buyumlarni ta’mirlash uchun ishlatiladi. to`liq
545 marta o`qilgan
|
YEVROPANING TINCHINI BUZGAN VOQEA
14 Mart 2007 21:12
Airbus kompaniyasi naqd 10 ming xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qildi!..
So‘nggi paytlarda Yevropaning eng yirik samolyot ishlab chiqarish zavodi sanalgan Airbus kompaniyasining ishlari yurishmay qoldi. Shu bois ham kompaniya rahbariyati oz emas, naqd 10 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qildi. Yevropa fuqarolari o‘z haq-huquqlarini qanday talab qilishlarini yaxshi bilasiz. Demokratiya atalmish muhitda tarbiya topgan yevropaliklar boshliq ishdan haydasa, «xo‘p» bo‘ladi deb tinchgina ketaveradigan toifadan emas. to`liq
477 marta o`qilgan
|
IKKI O`T ORASIDA
14 Mart 2007 20:36
Falastinda Ismoil Xoniya rahbarligida milliy birlik hukumati tuzish harakati boshlandi
Falastinda ko‘pdan beri davom etib kelayotgan birodarkushlik urushi — XAMAS va FATH harakati o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar tugaydiganga o‘xshaydi. Harqalay, bir-birini ko‘rishga ko‘zi, otishga o‘qi bo‘lmayotgan Mahmud Abbos va Ismoil Xoniya o‘rtasida sulh bitimiga kelishilgani ana shunday mujdalarni berayotganday... to`liq
438 marta o`qilgan
|
ITALIYA: MAFIYA SARDORINING SIRI
14 Mart 2007 20:34
Italiya kitob do‘konlarida «Proventsano kodi» deb nomlangan yangi asar sotila boshlandi. Kitob muallifi sudya Mikele Prestipino ushbu asarda Sitsiliya mafiyasi boshlig‘i Bernardo Proventsanoning kodlangan maxfiy yozuvlari sirini ochib berishga harakat qilgan.
Italiya mafiyasining «Cho‘qintirgan otasi» laqabi bilan tanilgan Proventsano 2006 yilning aprelida Korleonedagi kichik qishloqlardan birida hibsga olingan edi. Politsiyaning ma’lumotiga qaraganda, 13 yil davomida Italiya mafiyasini boshqargan ushbu shaxs qo‘l ostidagilarga buyruq-ko‘rsatmalar berishda texnik vositalardan umuman foydalanmagan. B. Proventsano uyali aloqa vositalari kabi zamonaviy texnik yutuqlardan «pitstsini» (pizzini) deb atalgan, kichik qog‘oz parchalariga yozilgan maktublarni afzal bilgan. Kichik qog‘oz parchalarida Bibliya kitobidagi so‘zlar, sonlar va harflarga asoslangan kodli ma’lumotlar aks etgan. to`liq
515 marta o`qilgan
|
O‘LIM SABABI NIMADA?
14 Mart 2007 20:32
Yaponiyaning yana bir fuqarosi grippga qarshi Tamifel dorisini qabul qilganidan keyin o‘z joniga qasd qildi. 14 yoshli o‘smir ushbu dorini iste’mol qilganidan keyin o‘zini 11-qavatdan yerga tashlagan.
Bunga qadar ham Tamifel dorisini ichgan bir necha kishi o‘zini o‘ldirgani holati qayd etilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Tamifel dorisini iste’mol qilgan 54 nafar bemor o‘z joniga qasd qilgan. Ularning 16 nafari hali voyaga yetmagan bolalar edi. Yaponiya hukumati ushbu holatlar bo‘yicha maxsus tekshiruv o‘tkazishga buyruq berdi.
Tamifel dorisi Shveytsariyaning Roche kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Ushbu preparat parranda grippiga qarshi eng yaxshi davo vositalaridan biri sifatida butun dunyoda keng tarqalgan. to`liq
467 marta o`qilgan
|
POLSHA: MANFAATLAR TO`QNASHAYOTGAN MAMLAKAT
28 Fevral 2007 18:39
Polshaning Yevropa Ittifoqiga kirishi haqiqiy geosiyosiy kurashlar manzarasida ro‘y berdi. Bu bilan Yevropa davlatlari Rossiya kabi eng asosiy raqobatchisiga hududiy jihatdan yaqinlashdi. Kreml o‘sha paytda Polsha, Chexiya kabi Sharqiy Yevropa davlatlarini Ittifoq bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘ziga xos betaraf hudud sifatida saqlashga urinayotgan edi. Yevropa uyining bu tariqa kengayishi tabiiy ravishda Moskva uchun ko‘p murakkabliklar keltirib chiqardi. Yevropa Ittifoqining kengayishi bilan Rossiya va mintaqa davlatlari o‘rtasida harbiy sohada ham ayrim kelishmovchiliklar yuzaga keldi. to`liq
736 marta o`qilgan
|
FRANSIYA: XAVOTIRGA ARZIGULIK MUAMMO
28 Fevral 2007 18:36
Frantsiya saylov kampaniyasi ostonasida turgan bir paytda aholini jiddiy iqtisodiy muammolar tashvishga solyapti. Xalqning haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan masalalardan biri bu davlat qarzlari miqdorining keskin oshib ketganidir. Ma’lumotlarga qaraganda, Frantsiyaning davlat qarlari so‘nggi yillarda besh baravar oshgan va 1,2 trillion dollarga yetgan. Bu esa mamlakat yillik yalpi ichki mahsulotining 65 foizi demakdir to`liq
560 marta o`qilgan
|
E’LON QILINMAGAN URUSH
21 Fevral 2007 16:30
Xavotirli jihati, bugungi kunda terrorizmga qarshi kurash energiya resurslarini egallash yo‘lidagi harakat bilan qorishib ketgan. Qo‘shma Shtatlar nuqtai nazariga ko‘ra, kurash strategik muhim nuqtada joylashgan Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozog‘iston, Fors ko‘rfazida esa Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Eron, Iroq energiya manbalari ustidan nazorat uchun olib borilyapti. E’tibor bersangiz, terrorizmga qarshi kurash neft va gaz jamlangan nuqtada qizg‘in ketyapti. to`liq
705 marta o`qilgan
|
TONI BLER BIR YARIM MILLION KISHIGA... XAT YOZADI
21 Fevral 2007 16:26
Buyuk Britaniya bosh vaziri Toni Bler transport vositasini boshqarish uchun joriy etilgan soliqqa qarshi bo‘lgan 1,4 million fuqaroga maktub yozmoqchi. Vakolat muddatidan oldin o‘z vazifasini tark etishni niyat qilgan siyosatchi ko‘p ming sonli aholiga yangi soliqni joriy qilishdan ko‘zlangan maqsadni batafsil tushuntirib berish niyatida.
Buyuk Britaniyada avtomobil haydaganlik uchun soliq 2005 yili amalga kiritilgandi. Shu tariqa qirollik fuqarolari zimmasiga har bir mil uchun 1,34 funt sterling to‘lash majburiyati yuklangandi.
Hozirda aholining aksariyat qismi ushbu to‘lov turidan norozi ekanini yashirmayapti. to`liq
439 marta o`qilgan
|
OQ UYNI ZABT ETISH UCHUN “SHTURM”
15 Fevral 2007 07:55
AQShda respublikachilar va demokratlar o‘rtasida prezidentlik uchun kurash boshlandi
AQSh xalqaro maydonda anchayin obro‘sidan ayrilib, “xaloskorlik” mavqeini yo‘qotayotgan bir paytda mamlakatda navbatdagi prezidentlik sayloviga tayyorgarlik jadallashdi. Jorj Bushning mohir siyosatchiga xos bo‘lmagan pala-partish harakatlari yoki Iroq, Afg‘oniston urushi tufayli mamlakat juda katta yo‘qotishlar qilayotgani sabab bo‘ldimi, ishqilib, Qo‘shma Shtatlardagi siyosatdonlar bu safar saylov kampaniyasini juda erta boshlashdi. to`liq
524 marta o`qilgan
|
NIGYERIYA CNNni SOXTAKORLIKDA AYBLADI
15 Fevral 2007 07:52
Nigeriya hukumati CNN telekompaniyasini yangiliklarni soxtalashtirishda aybladi.
CNN telekanali orqali Nigeriyaning janubiy muzofotlaridan birida 24 nafar Filippin davlati fuqarosi garovga olingani to‘g‘risidagi lavha berilgan edi. 20 yanvar kuni efirga uzatilgan telexabarda Filippin kemasining nigeriyalik bosqinchilar tomonidan qo‘lga olinishi tasvirlangandi. to`liq
508 marta o`qilgan
|
ERON: MADANIYATLAR CHORRAHASI
07 Fevral 2007 17:13
11 fevral — Eron Islom Respublikasining milliy bayrami. 1979 yilning shu sanasida mamlakatda monarxiya tuzumiga xotima yasagan inqilob ro‘y berdi. Mamlakatning ma’naviy rahnamosi Oyatullo Xumayniy boshchiligida Eron yangi rivojlanish davriga qadam qo‘ydi, zamonaviy davlatchilikka asos soldi.
Eron ko‘p ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimgi madaniyat markazlaridan biridir. Mamlakat hududida tashkil etilgan Fors davlati juda uzoq yillar dunyo siyosatida muhim o‘rin tutib kelgan. to`liq
561 marta o`qilgan
|
TURKIYADA «AL-QOIDA» A’ZOLARI HIBSGA OLINDI
07 Fevral 2007 17:10
Turkiya maxsus xizmati mamlakatning bir qator shaharlarida ommaviy operatsiya o‘tkazdi. Amaliyot chog‘ida “Al-Qoida” terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumon qilingan 46 nafar shaxs hibsga olindi.
Xabarlarga qaraganda, maxsus xizmat operatsiyalari bir paytning o‘zida Istanbul, Kunya kabi bir necha shaharda o‘kazilgan.
Bu Turkiya maxsus xizmati uyushtirayotgan birinchi amaliyot emas. Bunga qadar turk maxsus xizmati tomonidan 2006 yilning dekabrida Rim papasi Benedikt XVI ning mamlakatga tashrifi arafasida ham tezkor operatsiya o‘tkazilgan va unda 18 nafar gumondor qamoqqa olingan edi. to`liq
522 marta o`qilgan
|
OSIYO YO`LBARSI
07 Fevral 2007 17:07
Singapur — Osiyoning rivojlangan davlatlaridan biri. “Sherlar yurti” (mamlakatning nomi qadimgi hind tilida ana shunday ma’noni bildiradi) garchi hududiy jihatdan kichik bo‘lsa-da, iqtisodiy taraqqiyotning juda baland pog‘onalarini zabt eta olgan. Osiyoning mo‘’jazgina bu davlati 1965 yili 9 avgustda bir yarim asrlik mustamlakachilik hayotidan so‘ng shu qadar shiddatli rivojlandiki, oz fursatda dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlari safidan joy oldi. to`liq
639 marta o`qilgan
|
OYNI ETAK BILAN YOPIB BO`LMAYDI
24 Yanvar 2007 14:41
Ruhoniy libosidagi... josus — Varshava diniy yetakchisi Stanislav Velgus iste’foga chiqarildi
Varshava shahri katolik cherkovi mitropoliti Stanislav Velgus bilan bog‘liq mojaro jahon matbuoti diqqat markazidagi voqealardan biri bo‘ldi. Sababi, bu birgina Polsha mamlakatiga emas, balki butun dunyodagi katolik cherkovi obro‘siga daxldor bo‘lgan ziddiyat edi. Shundoq ham Vatikan diniy boshqaruvi bir necha xalqaro mojarolarga sabab bo‘lib turgan bir paytda Varshavadagi hodisa tutab turgan o‘tni alangalatib yuborganday bo‘ldi.
to`liq
614 marta o`qilgan
|
MAGATE NOZIRLARI ERONGA QO`YILMAYDI
24 Yanvar 2007 14:38
Eron Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE)ning 38 nozirini mamlakat hududiga kirishini taqiqladi.
MAGATE nozirlari hozirga qadar Eron yadro ob’ektlarini muntazam tekshirib kelishgan. Biroq 2006 yilning 23 dekabrida BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan rasmiy Tehronga qarshi sanktsiya joriy etilgach, Eron parlamenti MAGATE bilan aloqalarni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi. to`liq
499 marta o`qilgan
|
DAVLAT DEB TAN OLINMAGAN... DAVLATLAR
24 Yanvar 2007 14:33
yoki geosiyosiy manfaatlar yo‘lida kurashayotgan Rossiya hamda ikki tomonlama standartlardan voz kecholmayotgan G‘arb raqobati xususida Xalqaro siyosatda qiziq bir holat mavjud: ma’lum hududlarga egalik uchun o‘zaro kurashayotgan mamlakatlar talashilayotgan joy arzimas bo‘lsa-da, katta yo‘qotish va xarajatlar evaziga raqibga yon bermaslik payida bo‘lishadi. Bu yo‘lda mamlakatlar hatto talash bo‘layotgan hududdan bir nechtasini bemalol sotib olishga yetgulik mablag‘ni ham ko‘z yumib sarflab yuborishadi. to`liq
596 marta o`qilgan
|
HARBIY ZOBITLIKDAN BOSH VAZIRLIKKA
03 Yanvar 2007 15:21
Isroil bosh vaziri Exud Olmert 2006-yilda ko‘plab shov-shuvli hodisalar markazida bo‘ldi. Isroil hukumati boshlig‘i buyrug‘i bilan joriy yilning 12-iyulida Livanga qarshi katta harbiy amaliyot boshlandi. Tabiiyki, urushga ijozat bergan arbob sifatida u keskin tanqidlarga duchor bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmasdan qattiqqo‘l va keskin fe’l-atvori bilan tanilgan Olmert korruptsiya va poraxo‘rlikda ayblandi... to`liq
502 marta o`qilgan
|
«NOKIA»NING NARXI TUSHISHI MUMKIN
03 Yanvar 2007 15:19
Kompyuter, printer hamda mobil telefonlaridan foydalanish natijasida atrof muhitga yetkaziladigan zarar juda tez sur’atda o‘smoqda. Har yili 20-30 mln tonna “e-waste” — elektron chiqindilar ishlab chiqarilmoqda. Yevropa Hamjamiyati tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda elektron chiqindi eng katta sur’atda ko‘payib ketayotgan chiqindi hisoblanadi. to`liq
544 marta o`qilgan
|
Mixail SAAKASHVILI: AMERIKA SUVINI ICHGAN GRUZIN
03 Yanvar 2007 15:16
Gruziyaning zamonaviy tarixida Mixail Saakashvili nomi alohida sahifada qayd etilishi shubhasiz. Buning boisi, butun sobiq Ittifoq mamlakatlariga yoyilgan inqilob to‘lqinini boshlab bergan siyosatchi mo‘’jazgina Gruzin davlatini dunyoga mashhur qilib yubordi. «Gruziya davlatiga yangilanish va islohotlar kerak» shiori bilan maydonga chiqqan Saakashvili qarshisida sobiq SSSR davlatida juda katta nufuz qozongan, yuqori davralarda “kulrang tulki” laqabi bilan tanilgan Eduard Shevernadze turardi. to`liq
623 marta o`qilgan
|