Xalqaro voqealar

21 Dekabr 2011 19:19
TO‘FON FILIPPINGA KATTA TALAFOT YETKAZDI
Bir necha kun davom etgan va shiddatli yomg‘ir hamda suv toshqinlarini keltirib chiqargan «Uoshi» nomli tropik to‘fon Filippinning janubiy orollariga katta talafot yetkazdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, tabiiy ofat natijasida qurbon bo‘lganlar soni mingga yaqinlashib qoldi, 49 kishi dom-daraksiz yo‘qolgan.
Xabarlarga qaraganda, yarim kechasi harakatga kelgan kuchli suv toshqini shaharlarga talafot yetkazib, butun boshli qishloqlarni yuvib ketgan. Uch mingdan ziyod uylar vayronaga aylanib, 300 mingdan ziyod aholi zarar ko‘rdi.
Aholiga yordam ko‘rsatish va ularni xavfsiz joylarga ko‘chirish ishlarida minglab askarlar, politsiya xodimlari va qirg‘oq qo‘riqchilari ishtirok etmoqda. Har xil yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida vafot etganlar ommaviy tarzda dafn qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, asosan orollardan tashkil topgan Filippinda shu yilning o‘zida «Uoshi» to‘foni 19 marta yuz berdi.
 
Mo‘ljaldan adashgan qushlar
«Associated Press» axborot agentligi tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, AQShning Yuta shtatidagi Sent-Jons shahrida qishlash uchun joydan-joyga ko‘chib o‘tayotgan o‘rdaksimon suv qushlari ommaviy qirg‘inga uchradi. Avtomobil turar joyini suv havzasi bilan yanglishtirgan minglab qushlar kuchli zarb bilan yerga qulagan.
Biologlar qushlarning mo‘ljaldan adashishiga bulutli ob-havo sabab bo‘lgan, deyishmoqda. Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi mutaxassislarining so‘zlariga qaraganda, ilgari bunday ko‘lamdagi qushlar o‘limi bilan bog‘liq holatga duch kelinmagan.
Hudud o‘lik qushlardan tozalanib, tiriklariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Bu ishda ko‘ngillilar ham ishtirok etgan. Jarohatlangan qushlar qafaslarga solinib, o‘zlarini tezda tiklab olishlari uchun yaqin atrofdagi suv havzasiga qo‘yib yuborilgan. Hisob-kitoblarga qaraganda, 3 mingdan ziyod qushning hayoti saqlab qolindi, o‘lganlarining soni esa aniq ko‘rsatilmayapti.
Biologlarning ta’kidlashlaricha, qushlar hozir jiddiy jarohatlangani tufayli uchishga qodir bo‘lmasa-da, ularning suvda yashab ketish ehtimoli katta.
 
Jurnallar tagida qolgan «kolleksioner»
«The Daily Mail» nashrining yozishicha, angliyalik pensioner Richard Fillips 11 soat davomida 7 mingta jurnal uyumi ostida qolib ketgan. Falokat Esseks grafligidagi Goldenger qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, shiftgacha terib qo‘y­il­gan yaxtalar ha­qi­dagi jurnallar to‘p­lami Richard Fil­lipsning ustiga ag‘darilgan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar 77 yoshli qariyani jurnallar tagidan olib chiqishi uchun 45 daqiqa vaqt ketdi. Jabrdiydani qutqargan o‘t o‘chirish xizmati xodimlarining fikricha, Fillipsga hech qanday ziyon yetmagan, ammo xona poli og‘ir yukka bardosh berolmagan.
Richard Fillips 10 yil mobaynida to‘plagan yaxtalarga oid qiziqarli jurnallarni qutilarga joylashtirib, saqlab kelgan.
 
iPad planshetidan foydalanishga ruxsat berildi
AQSh fuqarolar aviatsiyasi fedaral idorasi «American Airlines» aviakompaniyasi uchuvchilariga parvoz vaqtida elektron karta va ma’lumotlarni o‘zida jamlagan iPad planshetidan foydalanishga ruxsat berdi. Qurilma avvalo «Boeing-777»da, keyinchalik esa «American Airlines» flotidagi boshqa samolyot rusumlarida ishga tushiriladi.
E’tirof etilishicha, iPad uchuvchilarga parvoz uchun kerakli bo‘lgan 15 kilogramm og‘irlikdagi qog‘oz hujjatlarning o‘rnini bosadi. Shunga qaramay, an’anaviy karta va o‘quv qo‘llanmalari bundan keyin ham samolyot bortiga olib chiqiladimi, yo‘qmi, bunga hozircha oydinlik kiritilmayapti.
Ma’lum bo‘lishicha, iPadni uchuvchi kabinasida qo‘llashga ruxsat berilgunga qadar «American Airlines» planshetni yarim yil davomida sinovdan o‘tkazib, uning o‘ta qulayligiga amin bo‘lgan. Shu sabab Amerikaning «United Airlines», UPS va «Alaska Airlines» kabi boshqa aviakompaniyalari ham «American Airlines» izidan borishni rejalashtirmoqda.
Otabek OTAYOROV tayyorladi.

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM