Xalqaro voqealar

07 Oktabr 2011 15:45
Ziddiyat avj olmoqda
Zerkalo.az», Ozarbayjon)
Yevropa Ittifoqi Rossiya orqali yetkazib beriladigan Ozarbayjon va Turkmaniston gazini qo‘lga kiritishning uddasidan chiqolmayapti. Shu bois, YEI Rossiyaga energiya ta’minoti yuzasidan tobe bo‘lib qolish ehtimoli kuchaymoqda.
Energetika masalalari bo‘yicha Yevrokomissar Gyunter Ottinger bugungi kunda Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar har yili 500 milliard kubometr gaz iste’mol qilishi va bu ko‘rsatkich 600 milliard kubometrga ortishi bashorat qilinayotgani haqida ma’lumot berdi.
Ottinger Ukraina Energetika va ko‘mir sanoati vaziri Yuriy Boyko bilan Kievda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida yuqorida aytilgan 500 milliard kubometr gazning Rossiya ulushiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Buning 80 foizi Ukraina gaz transport tizimi orqali yetkazib berilishi haqida aytib o‘tar ekan, agarda YeIga kiruvchi davlatlarning gazga bo‘lgan ehtiyoji 100 milliard kubometrga ortadigan bo‘lsa, Ukraina gaz transport tizimini modernizatsiya qilish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
Rossiya energetikasiga tobelikdan qutulish ilinjida Yevropa Ittifoqi «Gazprom» bilan anchagina qaltis o‘yin boshladi. Aniqrog‘i, YeIning monopoliya­ga qarshi kurashish tashkiloti kompaniya ofislarida tekshirish ishlarini olib bordi. Dastlab kompaniyaning Germaniya va Chexiyadagi ofislari ishi ko‘rib chiqildi. So‘ngra Bolgariya, Avstriya va Estoniya kabi davlatlarda joylashgan, gaz sotish bo‘yicha yirik ofislardan hisoblangan kompaniya filiallari faoliyati tekshirildi. YEIning bu harakati ziddiyatlarning yanada kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Gazprom» Yevropaga yetkazib beriladigan gazning 30 foizini eksport qiladi. Va iste’molchilar bilan gaz narxi bo‘yicha doimiy ziddiyatlarga duch keladi.
 
Afg‘onistonda ilk rok-festival
Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida so‘nggi 30 yil mobaynida birinchi marta rok-festival bo‘lib o‘tdi. 6 soat davomida blyuz, def-metall, pank-rok shuningdek, indo-müyuzik uslubidagi kompozitsiyalar namoyish qilindi. Kontsert ikki marta mahalliy aholining ibodat qilib olishi uchun to‘xtatildi.
“Bog‘i Bobur” xiyobonida o‘tkazilgan mazkur musiqa bayramini tomosha qilish uchun hatto mamlakatning chekka hududlaridan minglab kishilar kelishdi. Ularning aksariyatini yosh yigit-qizlar tashkil etdi. Afg‘on xalqi uchun kutilmagan bu tadbir yoshi ulug‘ kishilarda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Festivalni o‘tkazishda qat’iy xavfsizlik choralariga amal qilindi.
Afg‘onistonda “Tolibon” harakati hukmronligi davrida zamonaviy musiqani targ‘ib qilish qat’iyan man etilgan edi.
 
Oz emas, ko‘p emas, 12 ta egizak!
Chet el ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, tunislik ayol 12 nafar egizak farzand kutmoqda. Shifokorlar tug‘ilajak egizaklarning barchasini asrab qolishning deyarli iloji yo‘qligini aytishmoqda. Qolaversa, bolalar tug‘ilgach, ularning sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolar paydo bo‘lishi ham mumkin. Shunga qaramay bo‘lajak ona homilalarini o‘z holicha rivojlanishiga imkon bermoqchi.
Ma’lum bo‘lishicha, bo‘lg‘usi ona uzoq vaqt davomida homilador bo‘lolmagan, keyinchalik esa, uning bir necha farzandi dunyoga kelmasdan halok bo‘lgan. Shundan so‘ng ayol turmush o‘rtog‘i bilan kelishib, sun’iy urug‘lanish yo‘li bilan homila orttirishga qaror qilgan edi. Agar egizaklarning dunyoga kelishida hech qanday muammo paydo bo‘lmasa, tunislik ayol yangi jahon rekordini o‘rnatadi. Hozircha bu boradagi rekord 8 farzandni sog‘lom dunyoga keltirgan amerikalik Nade Sulemanga tegishli.
 
Yasama qanotli kapalak
Yekaterinburgda tropik kapalakka qanot qo‘yish bo‘yicha tibbiy «operatsiya” amalga oshirildi. Bu vazifani Ural federal universiteti biologiya fakulütetining 4-kurs talabasi Nikolay Sokolovskiy bajardi. Hasharot hozir tirik va protez qanoti yordamida qiyinchiliksiz uchib yuribdi.
— Bir qanotidan ayrilib qolgan kapalakning uchishi u yoqda tursin, yashab ketishiga ham umid yo‘q edi, — deydi N.Sokolovskiy. — Kapalakni qutqarish uchun qanotni ko‘chirish bo‘yicha jarrohlikni bajarishga qaror qildim va u muvaffaqiyatli yakunlandi.
Aytish kerakki, bo‘lajak biolog jarrohlikning juda oson yo‘lini topdi. U quritilgan kapalaklar to‘plamidan o‘xshash qanotni olib, hasharot qanotining qoldig‘iga kley yordamida yelimlab qo‘ydi.
Fukusima prefyekturasiga yordam
Yaponiya hukumati shu yil bahorda bo‘lib o‘tgan tabiiy ofatdan aziyat ko‘rganlarga yordam tariqasida hamda Fukusima prefekturasini tiklash maqsadida qo‘shimcha 6,5 milliard AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratmoqchi. Tabiiy ofatdan so‘ng qayta qurish bo‘yicha bosh vazir Tatsuo Xirano bu haqda prefektura gubernatori bilan bo‘lib o‘tgan rasmiy uchrashuvda aytib o‘tdi.
Yaqin kunlarda moliyaviy yordam masalasini hal qilish uchun hukumat parlamenti byudjetdagi o‘zgarishlarni ko‘rib chiqadi. Yaponiya hukumati, shuningdek, “Fukusima-1” atom elektr stantsiyasi atrofida evakuatsiya qilingan hududlar qisqartirilganini e’lon qildi. Endi falokat chog‘ida uyini tark etishga majbur bo‘lgan aksariyat fuqarolar turarjoylariga qaytishlari mumkin. Ammo ushbu hudud 20 kilometr radiusda yopiqligicha qoladi.
Qurol-yaroq bozori qizimoqda («Rebelion», Ispaniya)
AQSh Kongressining tadqiqot xizmati ma’ruzasida keltirilgan ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili qurol-yaroq sotishdan olingan 21,3 milliard dollar foyda evaziga Qo‘shma Shtatlar jahon bozorida o‘z o‘rnini yanada mustahkamlab oldi. Ushbu qiymat 2009 yilgi 35 foizdan 53 foizga o‘sgan. Bu haqda «Rebelion» gazetasida maqola chop etildi.
Maqolada qayd etilishicha, AQSH 2010 yili 12 milliard dollar qiymatida qurol-aslaha sotgan va birinchi o‘rinni egallagan. Bu butun dunyodagi qurol-yaroq savdosining uchdan bir qismini tashkil etadi.  Umuman olganda, AQSh sakkiz yildan beri qurol-yaroq sotuvchi mamlakat sifatida dunyoda yetakchilik qilmoqda.
2010 yil xaridorlari ham o‘tgan yillardagidek rivojlanayotgan davlatlardir. O‘tgan yili ular orasida 6 millard dollarlik shartnoma bilan Hindiston birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan. Keyingi o‘rinlarni esa Tayvan (2,7 millard dollar) va Saudiya Arabistoni (2,2 milliard dollar) band qilgan.
2003-2010 yillar davomida Saudiya Arabistoni qurol-yaroq sotib olish uchun 29 milliard dollar mablag‘ sarflagan va shu davr mobaynida u AQShning eng yirik xaridori bo‘lib kelgan. Navbatda esa Hindiston (17 milliard dollar), Xitoy (13,2 milliard dollar), Misr (12,1 milliard) va Isroil (10,3 milliard dollar) davlatlari turibdi.
Rivojlanayotgan davlatlarning qurollanishida 2010 yili AQShning ulushi 49 foiz bo‘lgan. AQShdan keyi­n­gi ulush Rossiyaga tegishli. U mamlakatlar qurollanish poygasida o‘zining 25 foizlik hissasi bilan yetakchilar qatoridan joy olgan. Bu ro‘yxat esa Italiya, Frantsiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar nomi bilan davom etadi. 2010 yili qurol-aslaha bozorida ularning ulushi 2009 yil bilan solishtirganda 24 foizdan 13 foizga tushgan.
Maqolada ta’kidlanishicha, ta’minotchilar yangi mijozlarni jalb qilish yo‘lida tinimsiz izlanishda davom etmoqda. To‘lovlar, kelishuvlarning yangi shakllari ishlab chiqilmoqda.
 
Internet xabarlari asosida
Otabek OTAYOROV,
Ulug‘bek ASROROV tayyorladi

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM