Ayrim hududlarda saylovlar o'tkazilishida qonun buzilishi sodir etilgani haqidagi ma'lumotlarga Bosh prokuratura rasmiy bayonoti

Bosh prokuratura tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda Ayronchi mahalla fuqarolar yig'ini raisi, “Etak” 15-saylov okrugidan tuman xalq deputatlari kengashiga o'z nomzodini qo'ygan G'.Boymirzayevdan majburiy ravishda o'z nomzodini qaytarib olish haqida ariza yozdirib olishayotganligi to'g'risida tarqalgan xabar tekshirildi.

Tekshirishda, G'.Boymirzayev Xalq deputatlari Koson tumani kengashi deputatligiga nomzod sifatida ko'rsatilgan bo'lib, uning nomzodi saylov byulletenidan olib tashlanmagani va qonuniy ravishda saylovlarda deputatlikka nomzod sifatida ishtirok etganligi aniqlandi.

***

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 10, 23 va 142-sonli saylov uchastkalari ishiga noqonuniy aralashish, jumladan, hokimlik mutasaddilari mahalla raislariga muayyan nomzodlarni qo'llab-quvvatlash haqida topshiriq berganligi bilan bog'liq ma'lumotlar tarqatilib, ushbu holat Bosh prokuratura tomonidan tekshirilayotganligi to'g'risida ma'lum qilingan edi.

Ushbu holat bo'yicha tekshirish o'tkazilib, biron-bir shaxs tomonidan yuqoridagi saylov uchastkalari ishiga noqonuniy aralashganlik holatlari tasdiqlanmadi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo'limi.

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

19 + thirteen =