Bayram shukuhi kezmoqda

Mamlakatimizda Yangi yil bayramiga tayyorgarlik avjida. Xalqimiz 2019 yilni ko'tarinki kayfiyat bilan o'tkazib, 2020 yilni yaxshi niyatlar bilan qarshi olishga qizg'in taraddud ko'rmoqda.

25 dekabrdan 8 yanvargacha har kuni soat 11.00 dan 22.00 ga qadar davom etadigan bayramda bosh archa Alisher Navoiy nomidagi O'zbe­kiston Milliy kutubxonasi va “Hyatt Regensu” mehmonxonasiga tutash maydonga o'rnatildi.

Toshkent shahar hokimligi ma'lumotlariga ko'ra, Bosh archa jozibasini oshirish maqsadida unga 45 ming o'yinchoq, rang-barang chiroqlar ilindi. Maydon atrofidagi daraxtlar, devorlar ham rang­li chiroqlarga burkandi. Turli dekoratsiyalar o'rnatilmoqda. Bu yerda asosiy bayram tadbirlarini o'tkazish uchun 2 ta sahna, attraksionlar hozirlanmoqda. 34 ta savdo shoxobchasi bo'ladi. Bosh archaning to'rt tomonida kichik archalar ham yasatildi.

Yangi yil bayrami poytaxtimizning barcha tumanlarida ham birdek ko'tarinki kayfiyat bilan nishonlanadi.

“Toshkent-Siti”ning qoq markazida 24 metr balandlikdagi archa o'zining noodatiy bezaklari, betakror manzarasi bilan yurtdoshlarimizda zo'r taassurot qoldirmoqda. Bayram arafasida bu yerga tashrif buyuruvchilarni kutilmagan sovg'alar kutmoqda.

25-26 dekabr kunlari Toshkent markazida Qorbobo va Qor­qizlar sayli o'tkazilishi rejalashtirilgan. Yangi yil sovg'alar bilan yanada fayzli bo'ladi. Shu maqsadda bayram tashkilotchilari 27-29 dekabr kunlarini hazil va sovg'alar kuni sifatida nishonlashni maqsad qilgan.

Shuningdek, “Anhor-Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog'ida, Algoritm dahasidagi “Roison Elektronics” korxonasida, “Xalqlar do'stligi” san'at saroyida, “Xumo arena” — muz saroyida, Mudofaa vazirligi Ma'naviyat va ma'rifat markazi (sobiq “Aviasozlar” saroyi) binosi oldidagi maydonda, Toshkent hayvonot bog'i oldidagi maydonda, Sergeli ty­manidagi “Green rark” madaniyat va istirohat bog'i hydudidagi maydonda, “Ashxobod” sayilgohida, Mirzo Ulug'bek madaniyat va istirohat bog'ida, Bektemir tumani Madaniyat va aholi dam olish markazida, Yakkasaroy tumanidagi Millat­lararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi binosi old maydonida Yangi yil bayrami tantanalari tashkil etiladi.

A. Sodiqov.

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

5 × two =