Endi quruq gapga hech kim ishonmaydi

Prezidentimizning Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi mamlakatimiz fuqarolari tomonidan ko'tarinki ruhda kutib olindi.

Unda barcha soha qamrab olingani va ko'pdan-ko'p sohalardagi muammolar ochiq aytilgani hamda yechimlari bo'yicha aniq takliflar bildirilgani yaqin kelajakda yanada yuksalish sari dadil qadamlar qo'yilishiga shubha yo'q. Shu bois, “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori” g'oyasi kundalik hayotimizga tobora chuqurroq singib bormoqda.

Shubhasiz, Murojaat­no­maning har bir bandi e'ti­rofga loyiq. Par­tiyalarning dasturiy maqsadlari va saylovoldi jarayonlarida saylovchilarga berilgan va'dalar mohiyatidan kelib chiqib, kelgusida qilinadigan ishlarni kundalik vazifa sifatida belgilab olishimiz shart.

Birinchidan, Prezidentimiz yurtimizda boshqaruv tizimi sifatini oshirishda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamo­yilining ustuvor bo'lishi lozimligini ta'kidladi. Endilikda Xalq qabulxonalarining hi­sobotlari Parlament va mahalliy kengashlarda tinglanishi qayd etildi. E'tiborlisi, ijro organlari faoliyatiga baho, aynan Xalq qabulxonalariga bo'layotgan murojaatlar va ularning amaliy yechimidan kelib chiqib berilishi qat'iy belgilandi.

Bu yurtimizda inson manfaatlari hamma narsadan ustun ekani va davlat idoralari tom ma'noda xalq uchun ishlashini ta'minlashda muhim qadam bo'ldi.

O'zini “Xalq vakili” deb bilgan har bir deputatga ushbu masala uning kundalik faoliyat asosini tashkil etishi lozim. Bu borada o'z rejamiz, zarur bo'lsa, o'z yo'l xaritamizni ishlab chiqishimiz kerak.

Ikkinchidan, Murojaatnomada ijtimoiy sohaga yo'naltiriladigan islo­hotlarning aniq va puxta bayon qilingani, hech shubhasiz, millionlab yurtdosh­larimizning qalblariga quvonch va ertangi kunga bo'lgan mus­tahkam ishonch olib kirdi.

Uchinchidan, endilikda pensiya va nafaqalar ta­yinlash tartibini soddalashtirish, aytish joizki, xalqimiz mushkulini oson qilishda katta qadam bo'ladi. Zero, uzoq yillar mobaynida yurt uchun sid­qidildan mehnat qilgan odam, ayni nafaqaga chiqish pallasida qator ma'muriy sargardon­lik­lar, sansalorliklaru or­­­tiqcha talab­lar to'lqiniga duch kelishiga, hatto, ruhan ko'nikib ham ketgan edik.

Bu borada Davlat arxivi tizimi elektron shakl­­ga o'tkazilishi, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va eng asosiysi, chin ma'noda sarsonliklarga barham berish imkoniyatini yaratadi.

To'rtinchidan, aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning huquqiy bazasi ishlab chiqilishi va mus­tahkamlanishiga doir tak­liflar bildirildi.

Bu borada “Ijtimoiy sug'urta to'g'risida”gi Qonun hamda “Aholini ijtimoiy himoya qilish konsepsiyasi”ning ishlab chiqilishi, hatto milliy qonunchiligimiz tarixida yangilik bo'ladi.

Albatta, biz — deputatlar, ya'ni xalq vakillari, ushbu normalar ishlab chiqilishida sidqidildan jonbozlik ko'rsatishimiz zarur va bunga bizning qurbimiz, salohiyatimiz yetadi.

Murojaatnomani, avvalo, o'zimiz ongimizu tafakkurimizda tahlil qilib, uning mohiyatini say­­­­lovchilarimizga yetkazishimiz zarur. Davlatimiz rahbari aytganidek, foizlaru, raqamlar ortidan quvish emas, real natijalarga erishish yo'lini tutishimiz kerak.

Chunki endi quruq gap bilan hech kimni ishontirib bo'lmaydi. Odamlar dardu tashvishiga sherik bo'lib, jonfidolik bilan yashash, mehnat qilish — davr talabi.

Zulayho Akromova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

sixteen + 5 =