Maqoladagi dalillar ayni haqiqat

“Matbuot tarqatuvchi” sho''ba korxonasi Xorazm viloyati filialida o'tgan yillar davomida sodir etilgan jinoiy holatlar “Hurriyat” gazetasining 2020 yil 26 fevral, №9-, (1173) -sonida chop etilgan “Matbuot tarqatuvchi”dagi qing'irliklar” sarlavhali maqolada atroflicha bayon etilgan. Ushbu maqola sho''ba korxona mehnat jamoasi ishtirokidagi kengaytirilgan yig'ilishda muhokama qilindi.

Maqolada “Matbuot tarqatuvchi” sho''ba korxonasi filiali sobiq rahbari fao­liyati davomida mablag'larni talon-taroj qilganligi, korxonaga ko'p miqdorda moddiy zarar yetkazganligi to'g'risida ayni haqiqat yoritilgan.

Jinoyat ishlari bo'yicha Xorazm viloyat sudi tomonidan mazkur moliyaviy qing'irliklar fosh etilib, sudlanuvchilar O.Qurbonov hamda M.Nurmetovalarga nisbatan qilmishlariga yarasha jazo tayinlangan bo'lsa-da, biroq bu holat sohada uzoq yillardan beri mehnat qilib kelayotgan korxona xodimlari sha'niga dog' tushirdi.

Shu sabab, yig'ilish ishtirokchilari o'z chiqish­larida muhokamaga qo'yilgan nojo'ya holatlarni keskin qoraladi. Jinoyat kelib chiqish sa­bablari va ularni bartaraf etish, kelgusida bunday holatlar qayta takrorlanmasligi to'g'risida zarur chora-tadbir ishlab chiqish taklifini bildirishdi.

Xususan, korxonaning yangi rahbariyati kelgusi ish fao­liyatida davriy nashrlarning obunachilar qo'liga o'z vaqtida yetkazib berish majburiyatini to'la-to'kis bajaradi. Maqolada bayon etilgan holatlar bo'yicha tegishli xulosa chiqarilib, ishni to'g'ri tashkil etish belgilab olindi.

G'.Sharipov,

Xorazm viloyat

“Matbuot tarqatuvchi” sho''ba korxonasi

direktori v.v.b.

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

17 − 17 =