O'zbekiston uzumiga Nyu-Yorkda talab ortmoqda

O'zbekistonda yetishtirilgan uzumning birinchi partiyasi AQShga eksport qilindi.

 Nyu-Yorkdagi “Uzbek-American Trade House” va Toshkent shahridagi “GardenCells”  mas'uliyati cheklangan jamiyati o'rtasida tuzilgan yangi eksport shartnomasiga asosan  1,7  ming tonna yangi uzum mahsuloti  havo transporti orqali Nyu-York shahriga yetkazildi.

AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari sanitar nazorati boshqarmasi (FDA) talablariga muvofiq qadoqlangan uzum Amerikaning “NetCost” oziq-ovqat savdo markazlari tarmog'ining Nyu-York shtatidagi savdo nuqtalariga tarqatildi.

O'zbekiston uzumiga mahalliy aholi tomonidan yuqori qiziqish bildirilmoqda. Shu  bois yangi partiyaga buyurtma berildi va har hafta 3-4 tonna miqdorida uzum eksport qilishga kelishib olindi.

“Dunyo” AA,

Vashington shahri.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

4 × 3 =