SUV QAYERDAN PAYDO BO‘LYAPTI?

Kim biladi deysiz, Yerning o‘zida ham hali qancha ochilmagan sirlar yashirinib yotibdi.

Mana, masalan, olimlar Yer ostida ham suvlik – daryolar yoki ko‘llar bo‘lishi mumkinligi haqidagi yangilikni ilgari surishmoqda. Buning sababi hozircha aniqlangani yo‘q. Yangi izlanish natijalariga qarab, Yerning ichki qobig‘idagi bunday suv almashinuvi okeanlarga quyilib turadi, deya taxmin qilinyapti. Shunisi qiziqki, ayrim olimlar suv Yerga kosmosdagi muz kometalardan tushadi deyishsa, boshqalari geologik jarayonlar vaqtida Yer qa’ridan chiqadi, deydi. Ha, haqiqat shunday bahslarda tug‘iladi-da!

Ogayo universiteti professori Kendi Panero va aspirant Djef Pigot esa inson ko‘ziga quruq bo‘lib ko‘ringan tog‘ jinslari, balki suv manbaidir, degan farazni ilgari surishmoqda. Amerika geofiziklarining San-Fransiskodagi uchrashuvida tadqiqotchilar suvning quyiga o‘tkazilib turilishida yoqutning o‘rni muhim bo‘lishi kerak, degan fikrni bildirishdi. Qarang-a, qimmatbaho toshlar hamma joyda ham kerak bo‘lar ekan-da!

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

15 − 2 =