Sherali Jo'rayev 2035 yilgacha aliment pullarini to'ladi

Inson turmush tashvishlari bilan bo'lib, ba'zan burch va mas'uliyatini unutib qo'yar ekan. Ayniqsa, farzandlari oldidagi mas'uliyatni unutib, ehtimol o'zini unutganday tutishni kechirib bo'lmaydi. Buni muqaddas dinimiz ham qoralaydi. Bunday paytda, inson omiliga amal qiladigan qonunlarimiz otaning farzandiga nisbatan nohaqlik qilmasligi qoidalariga adolatli yondashadi.

Fuqarolik ishlari bo'yicha Denov tumanlararo sudining 2019 yil 28 fevraldagi buyrug'iga asosan, Majburiy ijro byurosining Sho'rchi tuman bo'limi ish yurituvida bo'lgan fuqaro xorijga chiqish istagini bildirib, murojaat qilganda davlat ijrochilari tomonidan unga voyaga yetmagan farzandi ta'minoti uchun alimentlar oldindan to'langan yoki aliment to'lash majburiyatini ta'minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan taqdirda chetga chiqish huquqi borligini tushuntirishdi.

Qarzdorligi bor fuqarolarning xorijga chiqishiga cheklov borligini bilib, Sherali Jo'rayev ushbu cheklovlarni bartaraf etish maqsadida, sobiq turmush o'rtog'i bilan o'zaro kelishib oldi. Unga ko'ra, farzandining 18 yoshgacha bo'lgan aliment pullarini, ya'ni shu vaqtgacha to'lamay kelgan qarzlarini to'liq qoplagan holda, qo'shimcha 2035 yilgacha bo'lgan muddat uchun jami 105 million so'mni oldindan to'ladi.

Ha, qonun barchaga barobar ekanligini unutmaslik kerak.

A.Umarov,

Bosh prokuratura huzuridagi

Majburiy ijro byurosi

markaziy mahkamasi boshqarma katta inspektori.

H.Qodirov,

“Hurriyat” muxbiri

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

4 × two =