ISTE’DODLI YOSHLAR KAMOLOTI YO‘LIDA

Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, xususan, san’at yo‘nalishida o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun alohida sharoitlar yaratilgan.

Davlatimiz rahbarining 2008 yil 8 iyulda qabul qilingan “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada erishilgan muvaffaqiyatlarimizning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda. Bizning Ellikqal’a tumanimizda ham yaqinda 18-son “Bolalar musiqa va san’at maktabi”ning yangi binosi foydalanishga topshirilgani yosh iste’dod sohiblarining quvonchiga quvonch qo‘shdi. Hozirgi kunda ushbu ta’lim muassasasida 7 yo‘nalish bo‘yicha 153 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.

 

“Bolalar musiqa va san’at maktabi”ning ayniqsa – 200 o‘rinli konsert zali yoshlarda sahna madaniyatini shakllantirish bilan birga, o‘quvchi va o‘qituvchilarning hisobot konsertlarini o‘tkazish, tuman miqyosida yosh ijrochilar o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar, bayram tadbirlarini tashkil etishga xizmat qilayotir.

***

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Kurolli kuchlarining tashkil qilinganining 23 yilligi munosabati bilan Ellikqal’a tuman hokimligi, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi, tuman Madaniyat va sport ishlari bo‘limi, “Kamolot” YOIH tuman kengashi hamkorlikda sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa tashkil etdilar.

 Musobaqada Ellikqal’a, Xo‘jayli, Amudaryo, To‘rtkul, Beruniy tumanlaridan stol tennisiga qiziquvchi  52 nafar yosh iste’dodlar ishtirok etishdi. G‘oliblar homiylarning esdalik sovg‘alari va “Kamolot” YOIHning faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

 

J.BALTAYEV,

“Kamolot” YOIH tuman kengashi raisi

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

thirteen + 2 =