JAVONDAGI YUZ JAVOHIR


“Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi 2012 yildan buyon “Javondagi 100 javohir” rukni ostida o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlarini  izchil nashr etib kelmoqda. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashining «Kamolot kutubxonasi» turkumida  shu kunga qadar  o‘ttizdan ziyod  nomdagi kitoblar chop etildi.

 

Alisher Navoiyning “Xamsa”, Jaloliddin Rumiyning “Ichindagi ichindadur”, Abdulhamid CHo‘lponning “Kecha va kunduz”, G‘afur G‘ulomning “Shum bola”, Erkin Vohidovning “Zamin sayyorasi” kabi kitoblar shular jumlasidandir. E’tiborlisi, hind xalq eposi “Kalila va Dimna”, Vilyam Shekspirning “Qirol Lir”, Aleksandr Dyumaning “Graf Monte-Kristo”, Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz”, Mark Tvenning “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, Daniyel Defoning “Robinzon Kruzo”, Chingiz Aytmatovning “Kassandra tamg‘asi” kabi jahon adabiyoti durdonalari ham ushbu rukndan o‘rin oldi.

Mazkur asarlar kitobsevarlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda nashrga tayyorlanmoqda. Ushbu rukn ostida yaqinda ikkita  badiiy durdona – Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” va Viktor Gyugoning “Klod Gyo” asarlari  chop etildi. Ularga taniqli huquqshunos olim, ayni vaqtda adabiyotning zukko bilimdoni  professor Akmal Saidov mas’ul muharrirlik qilgan.

Ushbu kitoblarning oldingi nashr­lardan farqi shundaki,  so‘ngi sahifada har bir muallifning hikmatli so‘zlari, asarlarining ro‘yxati hamda hayoti va ijodiga doir muhim sanalar ilova etilgan. Keyingi kitob­da atoqli fransuz adibi Viktor Gyugoning “Klod Gyo”, “O‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida” va “Shohona ishrat” asarlari o‘z mujassamini topgan.

 

Shuhrat SAFAR

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

five × 3 =