Jurnalistlar maskani yordamga muhtoj

Maʼlumki, jurnalistika, ommaviy axborot vositalari ijtimoiy hayotni aks ettiriş, uni biliş, tadqiq qiliş va jamiyatga qaytadan taʼsir körsatişning muhim vositasidir. Insoniyat tarixi va rivoji bilan çambarças boğliq bölgan bu ijtimoiy soha tamaddunga erişgan har bir xalq va jamiyatning hayotida muhim örin tutib kelmoqda. Insoniyat olamida va rivojlangan har qanday mamlakatda birorta ijtimoiy-siyosiy voqea jurnalistikaning, ommaviy axborot vositalarining iştirokisiz bölib ötmaydi.

Butun jahon olami yuqori ilmiy va texnikaviy taraqqiyotga erişib, yanada bir-biriga yaqinlaşib, globallaşib borayotgan hozirgi davrda ommaviy axborot vositalariga bölgan talab tobora oşib bormoqda. Gazeta va jurnallar, radio va televideniye kabi ommaviy axborot turlari hamda keyingi davrda vujudga kelgan internet tarmoqlaridan iborat bölgan mediamakon jamiyat hayotida benihoya muhim rol öynamoqda va har kuni, har soat, har daqiqada turli xabarlar tarqatib, insonlar ongini tarbiyalaş, uning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy ehtiyojlarini qondirişda katta rol öynab kelmoqda.

Mazkur muhim va zarur soha uçun mutaxassislar tayyorlaşda ilm-fanning yirik öçoqlari bölmiş universitetlar asosiy örin tutişi odatiy holdir, illo, butun dunyoda jurnalist kadrlar, asosan, universitetlarda öqitilib, tayyorlanib jamiyatga yetkazib berilmoqda.

Şu ijtimoiy qoidaga binoan respublikamizning yetakçi dorilfununi bölmiş Milliy universitet qoşida ötgan asrning elliginçi yillarida taşkil etilgan jurnalistika bölimi özbek ommaviy axborot vositalari uçun kadrlar yetkazib berişda muhim rol öynaganligi barçaga maʼlumdir. Öşa paytdagi Örta Osiyo davlat universitetida bir bölim sifatida taşkil etilgan bu maskan ijtimoiy-tarixiy ehtiyoj natijasida keyinroq alohida fakultetga aylantirilgan edi. Bu fakultetning taşkil topişida respublikamizning atoqli olimlari Töğon Ernazarov, Anvar Şomaqsudov va boşqa ziyolilarining xizmatlari katta bölgan. Ötgan davr mobaynida mazkur fakultet yuqorida taʼkidlaganimizdek respublikamiz ommaviy axborot vositalari uçun minglab yetuk jurnalist kadrlarni yetkazib berdiki, ular to hozirgaça markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari — gazetalar, jurnallar, radio, televideniye hamda internet naşrlarida faoliyat yuritib kelmoqdalar. Ular orasida öz qalami, idroki va ijodiy mehnati bilan tanilgan, xalqimiz maʼnaviy ehtiyoji uçun çin dildan xizmat qilib kelayotgan jurnalist kadrlar köpçilikni taşkil etadi. Respublikamizning qaysi bir — xoh markaziy, xoh mahalliy gazeta va jurnallar, radio va teleeşittiriş markazlariga bormang, bu yerda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan jurnalist kadrlarni körasiz.

Aytiş joiz, keyingi davrlarda bu soha yanada rivojlandi, yangi Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti taşkil etildi va ayrim viloyatlardagi oliy öquv yurtlarida ham jurnalistika bölimlari iş olib bora boşladi. Ammo bu sohaning boş maskani, “alma mater”i bölgan jurnalistika fakulteti bu borada asosiy örin tutib kelayotganligi sir emas. Mazkur fakultet keyingi davrda yanada ösdi, rivojlandi, zamonaviy talablarga mos yangi kafedralar oçildi va uşbu sohaning eng yangi talablariga mos ravişda faoliyat olib bormoqda. Çunki respublikamiz rahbariyati mazkur fakultetning yuqori saviyada faoliyat körsatişi uçun doimiy ğamxörlik qilib keldi, fakultet yangi binoga köçib ötdi va media sohasidagi yangi ilğor texnikaviy baza bilan taʼminlandi. Hozir bu yerda şu sohaning yetuk namoyandalari — önlab fan doktorlari, professorlar, dotsentlar va iqtidorli amaliyotçilar dars maşğulotlarini olib bormoqdalar. Fakultetda bosma, audio-vizual jurnalistika, internet jurnalistikasi kabi muhim sohalar bilan bir qatorda, zamon talabi bölmiş jamoatçilik bilan aloqalar va reklama sohasida ham kadrlar tayyorlaşga kirişildi. Fakultet jamoasi hozirgi zamon talablariga javob beruvçi raqobatbardoş jurnalist kadrlar tayyorlaşni özining boş vazifasi deb bilib, bu borada doimiy jonbozlik körsatib kelmoqda. Ammo hozirgi kunga kelib mazkur fakultetning universitetdagi özbek filologiyasi fakulteti bilan qöşilişi haqida uzunquloq gaplar tarqaldi. Töğri, filologiya, yaʼni til va adabiyot jurnalistika bilan ayrim umumiy xususiyatlarga ega bölsa-da, ularni sunʼiy ravişda birlaştiriş maqsadga muvofiq emas deb öylaymiz, çunki filologiya fakulteti, asosan, mazkur soha uçun pedagog kadrlar tayyorlasa, jurnalistika fakulteti esa ommaviy axborot vositalari uçun jurnalist kadrlarni tayyorlaydi va şu bois universitetning har ikkala fakulteti alohida faoliyat körsatişi maqsadga molik bölur edi. Dunyodagi barça yirik mustaqil universitetlar tarkibida boşqa sohalar qatorida alohida jurnalistika fakultetlari mavjudligi va ularning tobora takomillaşib borayotganligi fikrimizning dalilidir.

Ötgan yili jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti xalqaro tanlovida boş milliy mukofot — Prezident sovrini aynan Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga topşirilgan edi. Bu yuksak eʼtirofdan keyin bir yil ötib, fakultet tugatilib, boşqa fakultetga bir bölim sifatida taşkil etilişi juda ğalati bölmaydimi? Qolaversa, uşbu fakultet jurnalistika sohasining rivojida, keça va bugunida, kerak bölsa ertasida ham asosiy poydevor hisoblanadi. Ana şu jihatlarni hisobga oliş zarur. Joiz bölsa, qator oliy öquv yurtlarida yangidan taşkil etilayotgan jurnalistika fakultetlarining örni, ehtiyoji masalalari, taʼlim-tarbiya berişda yetakçi kadrlar masalasi  qaytadan örganib çiqilsa, bu boşqa masala. Ammo ÖzMUning jurnalistika fakulteti har jihatdan maqomiga, nufuziga ega maskan. Şu sababdan ham yurtimiz ijodkorlari, köp ming sonli jurnalistlarining maktabi bölgan fakultetning saqlanişi juda katta ahamiyat kasb etadi.

Töğri, hozirça fakultet tugatilib, bölimga aylantirilgan emas. Ammo ÖzMUda şu haqdagi gap sözlar, şov-şuvlar köpaygandan-köpaygan. Har qalay, xalqimizda “şamol bölmasa, daraxtning şohi qimirlamaydi” degan gap bejiz aytilmagan. Qolaversa, mamlakatimizda olib borilayotgan olamşumul yangilanişlar yuz berayotgan va keng miqyosda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-maʼnaviy islohotlar olib borilayotgan hozirgi davrda jurnalist kadrlarga bölgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda, şu bois Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida jurnalistika fakulteti saqlanib qolişi va mazkur maskanga alohida eʼtibor qaratilişi zarur deb hisoblaymiz.

Muxtor XUDOYQULOV,

filologiya fanlari doktori,

professor,

Özbekistonda xizmat körsatgan

yoşlar murabbiyi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan