Nahot işq qismati bunça berahm…
Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u…
Yuraklarni larzaga keltiruvçi, manfur uruşning oğir asoratlarini oçib bergan bu şeʼrni yaxşi bilasiz. Özbekiston Qahramoni, Xalq şoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub bu aşʼorni heç kim befarq öqiy olmasa kerak. Çunki yurtimizda mudhiş uruş oqibatlari kirib bormagan birorta xonadon topilişi amrimahol.
Yurakka yaqin şeʼr öz-özidan yozilmaydi. Yurtimizda bunday qahramon jangçilarning bevasi juda köp bölgan. Bu şeʼr Qarşi tumanidagi Qovçin qişloğida istiqomat qilgan Bodomgul ayaning taqdiridan sözlayotgandek göyo.
…Bodomgul va Hasanjonning töyi 1941 yil iyun oyida bölib ötdi. Ularga köpçilik havas qildi: “Bir-biriga juda munosib”, deyişdi. Bundan kelin-kuyov dunyolarga siğmay quvondi.
Kunlarning birida qişloqqa maşʼum xabar örladi: uruş boşlanibdi. Baxt oğuşidagi kelinçak Bodomgul bu gapga boşida parvo qilmadi, Hasanjon bilan bir yostiqqa boş qöyganiga ön beş kun bölganida esa çaqiruv qoğozi keldi. Öşanda u bor-yöği 19 yoşda edi.
— Tez qaytaman, uruş uzoqqa çözilmaydi, — dedi Hasanjon. — Meni kut!
— Umrimning oxirigaça kutaman sizni, — dedi Bodomgul xayrlaşar çoğida.
Uruş nomi bilan uruş. Zabardast yigitlar frontga ketdi. Hamma iş keksalar va ayollarga qoldi. Daladagi oğir mehnat vujud-vujudini ezib taşlasa-da, Bodomgul aslo çarçadim demadi. U bu qiyinçiliklar tezda ortda qolişiga, sevikli yori Hasanjon tez kunlarda ğoliblar qatorida qaytişiga işonardi…
Qişning zahri ketib, tarnovlardagi sumalaklar eriy boşladi. Qiru adirlarda boyçeçaklar böy körsatdi. Qaldirğoçlar uy ayvoniga in quriş taşvişiga tuşib qoldi. Dalalarda iş qaynay boşladi. Qahratondan horib çiqqan qişloq ahli Navrözi olamga tayyorgarlik körayotgan paytda uzoqdagi söqmoq yölda bir askar körindi.
— Hasan akam şu, aniq Hasan akam! — deya Bodomgul oyoqyalang yugurdi. Askar ham xuddi Hasanjonga öxşar, ammo qöltiqtayoqda edi. Yaqin qolganda esa kiyimi öziga yaraşgan bu askar begona ekanini bildi va Bodomgul yerga çökkalab qoldi.
— Singlim, xafa bölmang, siz kutgan inson, albatta, keladi, — deya taskin berdi askar yigit…
Bodomgul yana ön marta adaşdi, kelayotgan askar tomon öninçi bor yugurib çiqdi. Yoridan esa na xat, na xabar bor edi. Uruşga ketganiga bir oy bölganida “Bodomgul, meni kut, men albatta qaytaman” degan mazmunda maktub olgan edi. Şu birgina xat unga ilinj, umid va işonç berib turardi.
…Uruş tugab, qişloqqa eng oxirgi jangçi ham qaytdi. Ammo Hasanjondan darak bölmadi. “Mayli, nogiron bölsa ham tirik kelsa mayli edi”, deb faryod çekardi Bodomgul.
Uruş tugaganiga ança yillar bölganida ham Bodomgul yorini kutişdan çarçamadi. U ayollar brigadasiga rahbarlik qilib, bor alamini mehnatdan oldi.
— Ötgan asrning 80-yillari edi, — deya eslaydi Bodomgul momoning jiyani Dilmurod Xoliyorov. — Bir kuni ammamning xonasiga kirsam, yiğlab ötirgan ekan. Na çiqib ketişimni, na kirişimni bilmay eşik yonida turib qoldim. Çunki ammamni bunday holatda aslo körmagan edim. Yiğlasa ham heç kimga sezdirmas edi. Qarasam, qölida Abdulla Oripovning kitobi.
— Dilmurodjon, kel, mana bu satrlarni kör, xuddi men haqimda yozilgandek, — dedi ammam va öqidi:
Nahot işq qismati bunça berahm,
Bunçalar buyuksan vafo şevasi.
Sengadir hurmatim, senga şarafim,
Qahramon jangçining sodiq bevasi…
Ammam menga suyanib ökirib yubordi. Men ham yiğladim. Qaniydi, ammamga taskin böla olsam, dardlariga malham bölsam. Afsuski, buning iloji yöq edi. Ammajonim umrining söngigaça öz suyukli yorini kutib yaşadi…
Hikoyamiz qahramoni Bodomgul Olimova 1941 yildan 1980 yilgaça Qarşi tumanidagi Qovçin qişloğida paxtaçilik, ğallaçilik va sabzavotçilik brigadalariga rahbarlik qilib, elda katta obrö-eʼtibor topdi. Nafaqaga çiqdi, dorilomon kunlarni kördi.
Aya 2013 yilda 90 yoşida bu dunyoni tark etdi. Undan meros — bittagina sandiq qoldi. Sandiqni oçişganda içidan yoriga öz qöllari bilan tikkan tön, belqars, döppi, Hasanjon uruşdan yozgan yagona “meni kut, men kelaman” degan xat va… Abdulla Oripovning “Ayol” nomli şeʼri çiqdi:
Nazokat paytimas, yaqinroq keling,
Buyuk zot qoşida aylangiz salom.
Şu sodiq bevaga sajdalar qiling,
Şu sodiq bevaga aylang ehtirom.
Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda,
Haykal ham qöyingiz bamisli xayol.
Şundaylar bölmasa agar dunyoda,
Bu qadar muhtaram bölmasdi ayol.
Faxriddin BOZOROV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.
