OKMKda tarixiy natija
yoki “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”ning 3-mis boyitiş fabrikasida dastlabki 10 million tonna maʼdan qayta işlandi
Ha, kombinatning 3-mis boyitiş fabrikasida 2026 yil 16 martdan 4 noyabrgaça 10 million tonna maʼdan qayta işlandi.
Şu davrda Mis eritiş zavodiga 160 ming tonnadan ortiq mis konsentrati yetkazib berilgan.
Işlab çiqariş surʼatlari oyma-oy ösib bordi. May oyida 661 ming 500 tonna maʼdan qayta işlangan bölsa, iyun oyida 1 million 161 ming 805 tonna, oktyabr oyida esa 1 million 600 ming tonna maʼdan qayta işlandi. Bu mart oyiga nisbatan 2,5 baravardan ortiq maʼdan qayta işlandi deganidir.
Uşbu tarixiy zafarga munosib hissa qöşgan işlab çiqariş ilğorlarini şaraflaş maqsadida taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda söz olgan OKMK boşqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov barçani uşbu zafarli muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etdi. Kombinat rahbari öz nutqida hozirda kombinatda yirik investitsiya loyihalari yuqori surʼatlarda va jadallik bilan amalga oşirilayotganini, ahil mehnat jamoasi bundan keyin ham hamjihatlikda bundan-da yuqori maqsad va marralarni zabt etişiga işonçi komil ekanligini alohida taʼkidladi.
Tantanali marosim davomida mana şunday natija qayd etilişida yuksak jonbozlik körsatgan 4 nafar kombinat masʼul xodimiga turli darajadagi “Konçilik şuhrati” kökrak nişonlari topşirildi. Şuningdek, 67 nafar fabrika işçisi, kombinat tarkibiy bölinmalari mutaxassislari hamda pudrat taşkilotlarining vakillariga taşakkurnomalar va qimmatbaho esdalik sovğalari topşirildi.
OKMKning faxriy vakillaridan biri, Özbekiston Qahramoni Saydali Rahmanov va kombinat tarkibiy bölinmalari rahbarlari, yoşlar va pudrat taşkilotlari aʼzolari uşbu yuksak natija tasodif emasligini qayd etişdi. Ular öz çiqişlarida mazkur ulkan mehnat marrasining zamirida, eng avvalo, Prezidentimizning kombinatga qaratayotgan doimiy eʼtibori va ğamxörligi, OKMK rahbariyati hamda muhandis va mutaxassislarning vazifalarga puxta yondaşuvi hamda köp ming kişilik işçi-xodimlarning hamjihatligi yotganini eʼtirof etdilar.
Katta imkoniyatlar sari taşlangan dadil qadam kombinatning istiqboldagi yangi zafarlari uçun muhim poydevor bölib xizmat qiladi.
Alohida taʼkidlaş joizki, Prezident Şavkat Mirziyoyev 16 mart kuni işga tuşirgan fabrika “Yoşlik I” konini özlaştiriş loyihasining asosiy obʼyektlaridan biri hisoblanadi. Uning loyihaviy quvvati yiliga 60 million tonna maʼdanni qayta işlaş va qariyb 900 ming tonna mis konsentrati işlab çiqarişga möljallangan.
Hozirda fabrikadagi 12 ta tegirmondan 10 tasi foydalanişga topşirilgan. Qolgan ikkitasida sozlaş va sinov işlari davom etmoqda. Korxonani bosqiçma-bosqiç loyihaviy quvvatga olib çiqiş rejalaştirilgan.
Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatiga munosib hissa qöşayotgan uşbu korxona faoliyati yildan-yilga har tomonlama rivojlaniş bosqiçlarida, desak, mubolağa bölmaydi. Şu boisdan ham bu yerda mehnat qilayotgan minglab işçi-xizmatçilar, muhandis va texnologlar, turli mutaxassislar, barça-barçalari haqli ravişda faxrlanişadi.
Zero, bunga ular haqlidirlar.
Muhammad KENJA.
