Kasbning tagi nasiba

Sönggi yillarda maktab bitiruvçilarining aksari mehnat bozoriga heç qanday kasb-korga ega bölmasdan kirib kelişayotgani heç kimga sir emas. Pirovardida ular hayotda öz örnini topolmay arosatda qolişmoqda.  Jamiyatimizdagi mana şu kemtikni töldiriş maqsadida  joriy öquv yilidan boşlab maktab öquvçilarini bitta kasb-hunarga örgatiş ustuvor vazifa qilib belgilandi. Uşbu keng qamrovli loyihani amalga oşiriş uçun  barça tuman va şaharlarda bittadan maktab tanlab olinib, kasbga örgatiş yumuşlari yölga qöyildi. Sirdaryo viloyatidagi eng katta tuman – Boyovutda bu masʼuliyatli vazifa 22-umumiy örta taʼlim maktabi çekiga tuşdi.

Xöş, bitiruvçi sinf öquvçilarini kasb-hunar örgatişga yönaltiriş uçun nega tumanda aynan şu maktab tanlandi? Bu savolga javobni maktab direktori Obloqul Isanovning gaplaridan anglaganday böldik.

— Maktabimiz 2021 yilda töliq kapital taʼmirdan çiqdi. Şu asnoda texnologiya fanini öqitiş uçun bir komplekt duradgorlik asbob-uskunalari berildi.

Ha, birodarlar, mana şu faktor maktabda öğil bolalar egallaşi lozim bölgan bitta kasbga asosiy nomzod etib, duradgorlik kasbini tanlaşga zamin yaratdi. Oliy toifali texnologiya fani öqituvçisi Erkin Mirzayevning aytişiça, ustaxonada tuşgaça texnologiya dars­lari, tuşdan keyin esa duradgorlik kasbiga qiziquvçi öquvçilar bilan maşğulotlar olib borilarkan.

— Bitiruvçi sinf öquvçilari duradgorlik kasbini pişiq-puxta örganişlari uçun barça şaroitlar yetarlimi? — deb söraymiz musohibimizdan.

— Yöq! – deydi E.Mirzayev. — Ustaxonamizdagi uskunalar faqat texnologiya fanini örgatişga möljallangan. Duradgorlik kasbini ipidan-ignasigaça örgatiş uçun esa maxsus dastgohlar kerak.

— Demak, bu yigitçalar maktabni bitirgandan keyin mehnat bozorida örnini topolmas ekan-da?!

— Şunday desa ham böladi.

Aslida, Prezidentimizning topşiriğiga binoan hokimlik­lar tanlab olingan maktab­larda kasb-hunar ustaxonalarini taşkil etişlari, ularni jihozlaş va zarur aşyolar bilan taʼminlaşlari belgilab berilgan. Uşbu masʼuliyatli yumuşga yoşlar yetakçilari va tadbirkorlar ham jalb etilişi nazarda tutilgan. Yoşlar jamğarmasidan mablağlar yönaltiriş körsatib ötilgan.

Afsuski, tuman hokimligi oson yölni tanlagan. Kapital taʼmirdan çiqarilgan maktabda barça şa­roitlar yetarli, deb hisoblab, kasb-hunarga yönaltiriş vazifasini 22-umumtaʼlim maktabiga yuklab qöya qolgan. Mavjud muammolar haqida heç kim boş qotirmagan.

Ustaxonani közdan keçiriş asnosida öquvçilarning turli buyumlar yasaşlari uçun xomaşyo – yoğoç bilan taʼminlanmagani oydinlaşdi. Maktab öquvçilariga duradgorlik kasbini örgatiş maqsadida yoğoçni maktab maʼmuriyati bozordan öz mablağlari hisobidan sotib olmoqda. Qolaversa, duradgorlik bilan şuğullanadigan öquvçi örni ham kam. Bolalar navbat kutib qolişlariga töğri kelmoqda. Şunday bölsa-da, öquvçilar ustozlari yordamida kiçik-kiçik rözğor aşyolari – polyuvgiç, duşxonalar uçun taglik, sabzitaxta, kiyim ilgiç, lavh, öqlov,  şaxmat taxtasi kabi buyumlarni yasaşmoqda. Arzon-garov bölsa-da, bu aşyolarning sotuvi yölga qöyilgan.

— Ustaxona iş boşlaganda asbob-uskunalar hamda tadbirkorlarga iş haqlari uçun mahalliy byudjetdan 450 million söm mablağ ajratiladi, degan gap çiqqandi, –  deydi O.Isanov. – Bu hozirça çöpçak bölib turibdi. Qiziği, maktabimizda kasb-hunar örganib çiqqan yoşlarga sertifikat berilmas ekan. Ayting-çi, hujjatsiz yoşlarni biror joyda işga qabul qilişadimi?!

Aslida, maktablarda birorta kasbning boşini mahkam uşlab, uning ustasi bölgan yoşlarni jamiyatimiz muntazirlik bilan kutayapti. “Hozir tadbirkorlar, işlab çiqaruvçilarni şu masala qiynayapti: böş iş joyi köp, oyligi ham yaxşi, lekin uquvi va könikmasi bor işçi yöq. Agar bu tizim töğri taşkil qilinsa, bizdagi demografik ösiş bilan katta natijalarga erişsa böladi”, – deb bejiz aytmagandi davlatimiz rahbari.

Maktabda qizlar uçun tikuvçilik kasbi tanlangan. Bu vazifani yakka tartibdagi tadbirkor Nasiba Şaripova olib bormoqda. Öquv sexida Janubiy Koreyaning “RATL” rusumli 7 ta tikuv va 1 ta çok bosadigan maşinkasi bor ekan.

— Tikuv maşinkalarimizning soni kam, — deydi N.Şaripova. — Qizlarning bir vaqtda şuğullanişlari uçun imkoniyat yöq.

Şunday bölsa-da, Nasibaxonning qizlari haj va umra safariga otlanayotgan yurtdoş­larimiz uçun buyurtma asosida 7 ming dona sumka tikib beribdi. Har bir sumka uçun öquvçi qizlar 3-4 ming sömdan mablağ işlab olibdi. Qöllari pul köribdi. Çevar qizlar yana buyurtma asosida bolalar uçun askar formalari, xaltaçalar, ayollar köylaklari tikişmoqda. Imkoniyatlar yaratilsa, iş jabhasi ham kengayişiga şak-şubha yöq.

Maktab maʼmuriyatining taşabbusi bilan yakka tartibdagi tadbirkor Sanjarbek Mavlonov ustaxona korpusida sartaroşxona oçibdi. Bir xonaga özining asbob-uskunalarini olib kelib örnatibdi. Qiziqqan öquvçi-yoşlarga öz kasbini astoydil örgatişni boşlabdi. Yoş sartaroşlar öqituvçi va öquvçilarning soç-soqollarini arzon narxlarda qirtişlab qöyişmoqda.

— Sartaroşlikka juda qiziqaman, — deydi Musulmonqul Zokirov. — Bu kasbga ança qölim kelişib qoldi. Uyda ham qöni-qöşnilarning soç-soqolini olib turibman.

Har qanday loyiha iqtisodiy jihatdan töla qöllab-quvvatlangandagina samara beradi. Bitiruvçiga bitta kasbni örgatiş loyihasi mamlakat miqyosida amalga oşişi uçun katta mablağ kerak. Hozirça tuman, şaharlarda bittadan maktabda kasb ustaxonalari taj­riba tarzda faoliyat olib bormoqda. Respublikamizning 10 mingdan ziyod maktablarini bu loyiha bilan qamrab oliş uçun hali ança iş qilinişi kerak. Asbob-uskuna, xomaşyo deganday.

Bizningça, bu muammoning yeçimi bor. Mamlakatimizda bunyod etilgan köpgina kasb-hunar kollejlari bugungi kunda boşqa muassasalarga aylantirilmoqda. Har bir tumanda sobiq kollej binolari zaminida hududining katta-kiçikligiga qarab bir yoki ikkitadan öquv işlab çiqariş kombinatlari taşkil etilsa bölmaydimi? Navbati bilan maktab bitiruvçilari şu kombinatlarga borib özi tanlagan bitta kasbni pişiq-puxta  egallar edilar. Çunki, bu kollejlarda ustaxonalar uçun barça şart-şaroitlar, qolaversa, mutaxassislar yetarli.

Kimlarningdir quloğiga öquv işlab çiqariş kombinati degan atama ötmiş voqeligi sifatida eşitilişi mumkin. Biroq, ötmişdagi yaxşi narsalardan ham tuzuk foydalansakkina biror samaraga erişamiz.

Xalqimizda: “Kasbning tagi nasiba” degan maqol bor. Öz işining ustasi bölgan kişining nasibasi doim butun böladi. Bas, şunday ekan, bu masalaga jiddiy munosabatda bölmoğimizni davrning özi talab qilmoqda.

Muhammadali AHMAD,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan