Poytaxt yöllarida… taqiqlovçi belgilar nega tölib toşgan?

Toşkent şahar hokimi diqqatiga!

 

Yaqinda Koreyadan kelgan bir sayyoh bilan şahar aylanişga töğri keldi. Taksi buyurtma qilib, sayo­hatni boşladik. Sayyoh hayratda! Baʼzan közlarini pirpiratib qöyadi. Men esa öylanib qoldim: nega bu mehmon yöllarga, svetoforlarga, yöl çetidagi belgilarga bunçalar tikiladi? Nima, bu odam umrida svetofor yoki yöl belgilarini körmaganmi? Avvaliga istihola qilib söramadim.

Ammo sabrim çidamadi:

— Keçirasiz, janob tinçlikmi?

— Ha, tinçlik. Lekin taajjubdaman,— dedi u. – Nega taqiqlovçi belgilar yöllaringizda bunça köp? Svetoforlarda ham uzundan-uzun tirband­lik. Haydovçilar bir-biriga yöl bermaydi. Ötgan kuni meni olib yurgan yigit ham qandaydir qoidani buzgan ekan, töxtatib jarima yozişdi. Men juda xijolat böldim. Maşina mening buyurtmam bilan bir joyga borayotgan edi. “Ayb menda ham bölsa kerak”, degan fikrda jarimaning bir qismini tölab berdim.

— Nega tölaysiz? Haydovçi aytdimi?

— Yöq, yöq. U “Olmayman, odamni xijolat qilmang”, dedi. Özim berdim. Özi arzimagan pulga kelişgan edik. Ikki barobar jarima esa uni qiynab qöyardi, albatta.

Mehmonning bu gaplaridan uyalib ketdim. Ehtimol, öşa jarima uçun tölab bergan puli unga arzimas çoy-çaqadek köringandir, esidan ham çiqib ketar. Ammo yöllarimizdagi ahvol haqidagi öy-fikrlari uning yodidan çiqarmikan?

— Men ham Seulda haydovçilik qilganman. Lekin bizda boşqaça, – dey­di hamrohim gapini davom ettirib. – Bizda svetoforlarda töxtab turiş, tirbandlik deyarli uçramaydi. Yöllar şu darajada aniq mexanizm asosida qurilganki, yölovçilar ham, haydovçilar ham bir-biriga xalaqit qilişmaydi. Azbaroyi 200 metr oraliğida 8 ta “töxtab turiş mumkin emas” belgisini kördim. Xöş, qayerda töxtab turiladi unda?! Axir bu juda ğalati-ku!

— Mulohazalaringiz töğri, lekin bularning hammasini köçalarda transportlarning erkin harakatlanişi, qoidalarning kamroq buzilişi uçun soha mutaxassislari işlab çiqqanda, – deb holatni “andavalaş”ga harakat qildim özimça…

Darhaqiqat, sönggi yillarda yöllar infratuzilmasi böyiça katta işlar qilindi. Bu albatta bir tomondan quvonarli. Odamlarimiz kundan-kunga daromadi oşayaptiki, maşina sotib olayapti. Buni inkor qilib bölmaydi. Ammo şaharsozlik tuzilmamiz bunga tayyormi?

Toşkenti azimda yil sayin, kun sayin maşinalar köpayib bormoqda. Lekin binolar, inşootlar, işxonalar oldida avtoturargohlar qani? Aslida avvalroq ular bor ediku, qayoqqa gumdon böldi? Köplab işxonalarda avtoturargohlar yöq. Işga kelganlar maşinasini qöyiş uçun uzoq masofa bosib qayergadir taşlab kelişi kerak. Bu qaysi mantiqqa töğri keladi? Yöl çetiga qöyay desak taqiq belgisi.

Bor-ye, deb avtoulovingizni qöysangiz “otning kallasidek” jarimani yozib ketişadi.

Oçiq aytiş kerak, yöl masalasi bizda eng oğriqli va doim gapiriladigan mavzu. Ayniqsa, qişdan çiqar-çiqmas köçalarimizning ahvoli xarob böladi. Qişloq va tumanlarni qöya turing, poytaxtdagi holat ham peş emas.

— Deyarli har bir köçada önlab çuqurlar paydo bölgan. Baʼzilari hatto şu darajada kattalaşib ketganki, mabodo bitta “Tiko” yoki “Matiz” adaşib tuşib qolsa, indamay ustidan kömvorsa ham bölaveradi, – deydi bir tanişim kinoya bilan. —Şaxsan özim bugun yigirmatadan köproğiga yöliqdim. Aslida bundan ham köp bölişi mumkin edi. Qoçişga joy yöq. “Ux” dedim, “voh” dedim, sökindim, oğrindim. Bunday paytda odam özini tutib turolmaydi. Temir bölsa hamki maşinamga rahmim kelib ketdi.

Nega yöllarimiz bitta mavsumdan nariga ötmaydi? Mutasaddilar “Yoğingarçilik köp böldi” deb özini oqlaydi, albatta. Nima, boş­­qa yurtlarda yomğir yoğmayaptimi? Nima uçun ularda bu masala kun tartibiga kötarilmaydi? Savollar köp, javoblar esa yöq!

Esimda, ötgan yili sobiq Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev “Şahardagi taʼmirga muhtoj yöllar 10 kun muddatda taʼmirlanadi, jarayon qatʼiy nazoratga olinadi” degandi. Şundan keyin ahvol önglandimi? Yöq. Har ön kunda, har çorakda yöl qilaversak, qilaversak, qilaversak… pul sarflayversak, sarflayversak, sarflayversak… Ön kunda qilingan işning sifati ham ön kunlik bölarkan-da.

Şu yöllarimizni sifatli saqlaş uçun deb haydovçi pul tölaydi. Ammo abgor ahvoldagi joylardan yurib, baloni yirtilsa, “xodovoy”i ketsa, dardini kimga aytadi? Unga kim yordam beradi? Heç kim. Yana çöntagidan xarajat qiladi. Haydovçilarimizning yagona orzusi şu: yöl masalasi ham qatʼiy nazoratga olinsa. Har bir sömning sörovi bölsa. Xalqaro taj­riba amaliyotga tatbiq etilsa. Qisqasi, yöl desa böladigan yöl bölsa…

Maʼlumotlarga köra, Şahrisabz şahar hokimligi 5 ta yangi radar örnatişga 320 million söm mablağ ajratibdi. Eng qiziği, şahar IIB xatida bu mablağning bir oyga qolmay oqlanişi asoslab berilgan. Radardan bir kunda örtaça 45 million, 1 oyda 1 milliard 350 million mablağ tuşib, hokimiyat ham ulardan 464 million söm mablağ “işlaşiga” işora qilingan. Demak, yangi örnatilayotgan 5 ta radardan bir oyda örtaça 6 yarim milliard sömga yaqin jarima pullari kelib tuşadi. Qarang, buni “tadbirkorlik” desa böladimi? Şu örinda bir savol: mamlakatimizda radarlar yordamida jinoyatçilik va qoidabuzarliklarning oldini oliş maqsad qilinganmi yoki bu daromad vositasi, xolosmi?

Keling, uşbu masalaga aniqlik kiritişga harakat qilamiz. Kuz-qiş mavsumi keldi, degunça mamlakatimizning köp yöllari oğir ahvolga kelib qoladi. Bu holatlar deyarli har yili sodir böladi. Buni sezmaslik, körmaslikning iloji yöq. Lekin mutasaddilar yuzaga kelgan ahvolni zudlik bilan bartaraf etiş örniga “yama”larni tuproq aralaşgan şağal bilan töldirişni afzal bilişadi. Afsuski, bu “usul”da töldirilgan öyiqlar ikki-uç kunda avvalgi holiga tuşib qolyapti. Nega mutasaddilar zamonaviy kameralar örnatişni aʼlo darajada bajarişadi-yu, biroq kerakli yo keraksiz belgilarni örnatiş borasida, jumladan ularni xavfsiz va avtomobil hamda yölovçilar uçun qulay qiliş borasida öylab ham körmaydi? Nega tarozi pallasi teng tutilmayapti? Qaçongaça eng taʼmirsiz yöllarga eng sönggi rusumdagi zamonaviy kameralarni örnatamiz?

Statistik maʼlumotlarga nazar taşlaydigan bölsak, ötgan yili mamlakatimizda ön mingdan ziyod yöl-transport hodisalari sodir etilgan va töqqiz mingdan ortiq fuqaro jarohat olgan. 2,5 mingga yaqin odam halok bölgan. Vafot etganlarning 263 nafarini bolalar taşkil etgan. Bu ğoyatda açinarli emasmi?! Bu holat nima uçun kamaymayapti? Xöş, bunga kim aybdor va kim javob beradi? Albatta, noqulay yöllarimiz ham şunday avtohalokatlarga sabablardan biridir. Yöl transport hodisalari sodir etilişiga sabab bölayotgan omillarni jilovlaş mumkin emasmi? Savollar köp, ammo ularga javob beriş, vaziyatni önglaş işlari, afsuski, talab darajasida emas, nazarimda.

…Ötgan yili Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev raisligida yöllarda inson xavfsizligini taʼminlaş çora-tadbirlari yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida ham yöl-transport hodisalari bilan boğliq vaziyat xalqimizni qattiq taşvişga solayotganini alohida taʼkidlagan edi. Davlatimiz rahbari, şuningdek, bu sohaga ham ilmiy, tahliliy yondoşilsa, kutilgan natijaga erişiş mumkinligini aytgandi. Poytaxtimizning Yunus-ota köçasida 2020 yilda törtta avtohalokat sodir bölgan bölsa, bir dona svetofor örnatiş orqali ötgan yilda birorta avariya bölmagani, Kiçik halqa yölining Lak-böyoq korxonasi qarşisida qarama-qarşi yölni ajratuvçi tösiq örnatiş orqali ava­riyalarga barham berilganini misol qilib keltirib ötgandi. Çindan ham örinli va kerakli joylarda örnatilgan yöl belgilari, svetoforlar köplab köngilsizliklarning oldini oladi. Şu bois ham ayrim köçalarimizda qalaşib yotgan keraksiz belgilarni zarur hududlarimizga örnatiş, tartibga soliş ehtiyoji mavjud.

Oxirgi paytlarda “qopqon” vazifasini ötayotgan kameralar, belgilardan asosiy maqsad nima özi? Rostdan ham jarimami, tartibmi yoki aksinça hamyon şilişmi? Şu masalani ham mutasaddilarimiz xalq tomon bölib, bir öylab körişlarini istardik.

Ha, yöllarimiz sönggi yillarda yuqorida aytganimizdek, ança özgardi. Qulayliklar yaratildi, kengaytirildi. Ammo… borgan sari maşinalar qatnovi, soni ham haddan ziyod oşib bormoqda. Afsuski, poytaxtdagi aksariyat avtoturargohlar sotib yuborildi — köp qavatli uylarga aylanib ketdi u joylar. Har qadamda esa taqiqlovçi belgilar: “töxtaş mumkin emas”, “töxtab turiş mumkin emas” va hokazo…

Xöş, unda haydovçilar qayerda töxtab turişsin, qayerga ulovini qöyişsin? Kim buni öylaydi? Şumi inson omili?

Töğrisini aytganda, bunday “tartiblar” atay, jarima soliş uçun öylab topilayotganga öxşaydi.

IIVning Yöl harakati xavfsizligi va yöl belgilarini örnatişga masʼul idoralari esa bu holatga lom-mim deyişmaydi. Ularga qolsa, “yuqori qavatning tepasiga ham biror belgi qöyilsa”da norozi bölişmasa kerak!

Endi haydovçilarning darajasi, ahvoli haqida-ku gapirmasa ham böladi. Qolaversa, bu alohida boşqa bir mavzu. Lekin poytaxtimiz Toşkentga yaqinda hokim bölgan Ş. Umrzoqov yöl va yölovçilarga qulay, xavfsiz bölişi uçun qanday çora-tadbirlar körmoqçi? Ayniqsa, “atay” qöyilgan, yaʼni örinli-örinsiz örnatib taşlangan belgilarni olib taşlaşi, heç bölmaganda kamaytirişi qölidan kelarmikan?

Aytmoqçi bölganimiz — asosan ana şu gap edi.

Islom ASILBEKOV,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan