Hamkasbimiz nega çuv tuşdi?
Özbekiston Ryespublikasi Markaziy Banki diqqatiga!
Dono xalqimizda “Bir balosi bölmasa, şudgorda quyruq na qilur”,— degan naql bor. Bu bejizga aytilmagan albatta.
Kuni keça bir yoş hamkasbimiz işxonaga juda tuşkun kayfiyatda keldi. Sababini sörasak, plastik kartasidan firibgar-hakkerlar bir oylik pulini bir söm ham qoldirmay yeçib olişibdi.
Xöş bu qanday sodir bölibdi?
Aytişiça, bir muddat oldin “Playmarket” ilovasidan yuklab olingan “Anorbank” dasturi orqali foizsiz kredit oliş uçun onlayn ariza qoldirgan. Bu ham yetmaganidek, arizada barça şaxsiy maʼlumotlari, pasport, plastik karta raqamlarini körsatgan.
Unga foizsiz kredit vaʼda qilgan “şovvozlar” esa “Tez orada sizga boğlanamiz” deb “lağmon ilib” qöyişgan.
Sodda döstimiz esa “Menga foizsiz kredit beradigan bölişdi, bu pulga…” deya köp rejalar tuzgan. Xomxayollar bilan kredit pullarini kutgan. Ammo çuçvarani xom sanagan ekan.
Firibgarlar tuzoğiga tuşib, naqd bir oylik maoşi — tört million sömini “Uzumbank”dan pullari yeçib olingan.
Hamkasbimiz ham sodda bölsa-da, anoyi emas, darhol mahallasidagi içki işlar noziriga murojaat qildi. Lekin baribir foydasi bölmabdi. Maʼlum bölişiça, bunday qallobliklar hozir urçigandan-urçigan ekan. Qarasa, nozirning stolida ham xuddi şunday tahlam-tahlam şikoyatlar-arizalar. Barçasi u singari firibgarlar tuzoğiga ilinib, pullaridan ajralgan jabrdiydalardan ekan.
– Aka, sizning 4 million pulingiz yeçib olinibdi, mana bu yerda 30, 40 millionlab pulidan ayrilib qolganlar bor. Men heç tuşunmayman, qanday qilib şu darajada sodda bölasizlar-a. Nega öşa paytda biror rasmiy davlat bankiga yoki bizga kelib bir oğiz maslahat söramaysizlar. Endi bu jinoyatlarni oçiş, tagiga yetiş juda muşkul. Bu pullarni heç qanday yöl bilan qaytarib ololmaysiz, çunki xorijiy yurtlarning qay bir kovagida bunday tovlamaçilik bilan şuğullanayotgan jinoyatçilar, uçiga çiqqan olğirlar — xakkerlarni aniqlaşning özi bölmaydi, — deyişibdi unga.
Ertasi kuni pullari yeçib olingan plastik karta bankiga ham murojaat qildi. Ular ham pullarni qaytarib oliş imkonsizligini, bu işlar bir guruh firibgarlar tomonidan çet eldan turib amalga oşirilişini, yordam bera olmasligini aytişibdi bankdagilar.
Qiziği şundaki, keyingi paytlarda oçiqdan-oçiq yurtimizda faoliyat körsatayotgan moliya muassasalari nomidan ijtimoiy tarmoqlarda eʼlonlar joylaştirib, odamlarni çuv tuşiriş xolatlari oşib bormoqda. Lekin negadir bu borada Markaziy bank tizimlari jim, mum tişlab olişgan? Aytaylik, “Anorbank” masʼullari, ularning nomini sotib, foizsiz kreditlar beriş töğrisidagi eʼlonlarni körişmaganmi? Körişgan bölsa, “ey odamlar, bu narsalar yolğon, bizdan emas, firibgarlar tuzoğiga ilinmang!” deb nega bong urişmaydi? Juda qiziq. Nima, ularning ham tili qisiq joyi bormi yo?
Albatta, bugun millionlab yurtdoşlarimiz onlayn tölov tizimlaridan faol foydalanişmoqda. Bunga, birinçi navbatda, onlayn kartalarning joriy etilişi keng yöl oçib berdi. Hozir deyarli har bir oilada “Uzcard”, “Humo” onlayn kartalari işlatilmoqda. Uşbu tur plastik kartalari orqali nafaqat savdo va xizmat körsatiş şoxobçalariga örnatilgan terminallar orqali, balki foydalanuvçining şaxsiy smartfonidagi “Click”, “Payme” yoki kompyuterlar orqali turli onlayn tölovlar, pul ötkazmalarini amalga oşiriş imkoni mavjud. Bunday qulayliklar şubhasizki, barçaga yengillik beradi. Ortiqça yugur-yugur, navbat kutiş, asabbuzarlik, qoğozvozlikdan xalos etadi.
Nimasini aytasiz, ötgan yili bir tanişimning ham 40 million pulini firibgarlar aldov yöli bilan özlaştirib olişgan edi. Pul aççiği jon aççiği. Şörlik neça yillab yiğib, terib yurgan puli ekan, uning alamiga çiday olmay öz joniga qasd qilgandi.
Ha, bugun eng köp sodir bölayotgan jinoyatlardan biri firibgarlik hisoblanadi. Firibgarlikning esa turlari ham köpayib ketdi. Birov kimnidir öqişga kiritib qöyaman deydi, kimdir yaxşi joyga işga joylaştiriş uçun aldab pul olsa, ijtimoiy tarmoqlardagi qalloblar “nomingizga katta meros ötkazib beriş” uçun sizdan plastik kartangiz raqamini söraydi. Endi esa nufuzli banklarning nomini sotib, foizsiz yoki nihoyatda kam foizli, imtiyozli kreditlar beriş vaʼdasi bilan sodda kişilarni çuv tuşiriş avj olmoqda.
Darvoqe, kuni keça Facebook tarmoğida yana bir qança davlat banklari nomi bilan foizsiz kreditlar bir kunda, hatto bir neça soatda berilişi haqidagi eʼlonlarga közimiz tuşdi.
Lekin negadir respublika banklari, Markaziy bankning ham munosabati körinmaydi. Yo rostdan ham banklarimiz mutlaqo foizsiz kreditlar berişga ötdimi? Yoxud bizning sodda hamkasbimiz singari xalqimizni çuv tuşiriş davom etaversinmi?
Islom ASILBEKOV
