Özbekistonda frion işlab çiqarişning imkoni bormi?
Tadbirkor Muhiddin Ortiqovning işlab çiqariş bilan boğliq rejasi amalga oşsa yiliga davlat xazinasiga 1 000 000 AQŞ dollari tuşişi mumkin
Biz muzlatgiçlarning frion degan kimyoviy suyuqlik asosida işlatilişini bilamiz. Muzlatgiç esa frionsiz bir daqiqa ham işlamaydi, sovutmaydi. Biroq şuni aytiş kerakki, frion kimyoviy moddasi dunyoda sanoqligina davlatlar, asosan Amerika va Xitoyda işlab çiqarilar ekan. Şu bois Özbekistonga ham uşbu mahsulot xorijdan olib kelinadi.
Hamyurtimiz Muhiddin Ortiqov uşbu noyob va kamyob, ammo nihoyatda xaridorgir frion moddasini Özbekistonda işlab çiqariş texnologiyasini işlab çiqib, uni amaliyotga joriy qiliş uçun intilmoqda.
Yoş, izlanuvçan ixtiroçi-tadbirkor bilan tasodifan tanişib qoldik.
U gurung çoğida frion va uni işlab çiqariş bilan boğliq qiziqarli işlari haqida gapirib qoldi. Mavzu öziga tortdi va unga bir neça savollar bilan murojaat qildik. Oldiniga Muhiddindan özi haqida qisqaça gapirib berişini söradik:
— Men 1969 yilda Toşkent şahridagi “Samarqand darvoza” mavzesida tavallud topganman. Bobom Ğappor Ortiqov Toşkentdagi 13-maktabning direktori lavozimida işlagan, Ikkinçi jahon uruşi paytida harbiy xizmatga çaqirilgan. Frontda halok bölgan. Özim Afğon uruşi qatnaşçisiman. Kasbim muzlatgiç, yaʼni “xolodilnik”larni taʼmirlaş ustasi, — dedi u.
— Endi frion işlab çiqarişga oid işlaringiz haqida…
— Buning öziga yaraşa tarixi bor, deya söz boşladi u. Bir kun “Oqtepa” mahallasidagi ustaxonamizda ustozim bilan muzlatgiç taʼmirlayotgan edik. Biroq nima uçundir uni sira işlataolmadik. Şunda men “Frionini almaştirib körmaymizmi?”, deb taklif qildim. Bozordan boşqa frion sotib olib quygan edik, muzlatgiç işlab ketdi.
— Frionning özi sifatsiz ekan-da, — dedi ustozim frion idişiga yopiştirilgan yozuvlarni öqir ekan, — sifatli frionni özimizning Özbekistonimizda işlab çiqarsak bölmasmikin?
Şu gap böldi-yu men muzlatgiçdan olingan frionni maxsus laboratoriyaga olib borib, tekşirib berişini söradim. Tekşirişlar haqiqatdan ham frionning sifatida ham, vaznida ham kamçiliklar borligini körsatdi. Şunda ustozimning gaplarini yana esladim va sifatli frion işlab çiqariş haqida jiddiy öylay boşladim.
Xullas, frion haqida, uni işlab çiqariş jarayonlari haqida juda köp adabiyotlarni mutolaa qildim, örgandim. Mutaxassislar bilan suhbatlaşdim. Bu haqda köp maʼlumotlarga ega bölganimdan keyin şu sohaning yirik bilimdoni, akademik Abdulaxat Jalilov degan kişi bilan uçraşib, muddaomni aytdim.
— Niyating juda yaxşi, öğlim, — dedi ular, — lekin bu niyatingni amalga oşirişda juda-juda qiynalasan-da. Tösiqlar köp böladi, oson bölmaydi.
— Qiyinçiliklarni Xudo xohlasa yengaman, — dedim men.
— Unday bölsa, frion uçun xomaşyoni olişda senga “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida yordam berişlari mumkin. U yerda bir şogirdim işlaydi, uçraşsang senga kömak bersa kerak.
“Özbekneftgaz”ga borib Abdulaxat akaning şogirdlari bilan uçraşdim. Dilimdagi gaplarni oçiq-oydin bayon qildim. “2021 yil 12 noyabrda Qarşi şahrida bir simpozium böladi, şunga boring, balki sözga ham çiqarsiz”, deb maslahat berdi u kişi.
Bordim. Hatto menga söz ham berildi!
Men öz sözimda şunday dedim:
— Mana şu zalda ötirganlarning ham uyida muzlatgiç, konditsioner bor. Çunki bularsiz bugun hayotni tasavvur qilib bölmaydi. Hozirgi paytda muzlatgiçlar özimizda işlab çiqarilmoqda. Ammo ularning aksariyat ehtiyot qismlari xorijdan keltiriladi. Prezidentimizning tegişli qarorlariga asosan hozirgi kunda maişiy texnika ehtiyot qismlarini çiqarişni mahalliylaştiriş böyiça Özbekiston Kimyo-Farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti bilan özaro hamkorlikda muzlatgiçga işlatiladigan frion, yaʼni “Izobutan R 600-A”ni yurtimizda işlab çiqariş böyiça iş olib bordik. Bunday işlab çiqariş nafaqat Özbekistonda, hozirça hatto Örta Osiyo davlatlarida ham mavjud emas. Lekin frion işlab çiqariş özimizda yölga qöyilsa, yilida kamida 1 mln. AQŞ dollari miqdorida Özbekiston valyuta zahirasiga salmoqli foyda keltiradi. Kelajakda esa bu işlab çiqariş katta zavodga aylanib, mahsulot turi tört baravarga köpayadi. Şunday ekan, Özbekiston toza va sifatli frionga ega böladi va içki va taşqi bozorni sifatli mahsulot bilan taʼminlaş imkoniyati paydo böladi. Eng muhimi, köpgina mamlakatlar, şu jumladan Özbekiston ham öz ehtiyojlari uçun frionni çetdan qimmat narxlarda sotib olişdan xalos böladi. Qaytangga uşbu kimyoviy tovarni xorijiy yurtlarga qulay narxlarda sotiş ham mumkin.
Aniq bildim, simpozium qatnaşçilariga bu fikrlarim maʼqul böldi.
Laboratoriyada frion namunasini oliş men uçun kun tartibida turgan edi. Buning uçun gaz xomaşyosini olib ketişim kerak edi. “Şörtangazkimyo” majmuasi rahbarlari simpoziumdan keyin yigirma litr gaz xomaşyosini olişimga rozilik berişdi.
Uşbu xomaşyoni Toşkent kimyo-texnologiyalari institutiga olib keldim. Şu tariqa Özbekiston “R-600” frionining ilk namunasi yaratildi!
— Bir paytlar frionning Ozon qatlamiga salbiy taʼsir körsatişi haqida ança gap-sözlar ham bölgan edi. Siz işlab çiqaradigan frion bu borada qanday afzalliklarga ega? — söradik M.Ortiqovdan.
— Frion namunasi bir qator idoralarda tekşirişlardan ötkazildi va ekologik jihatdan toza va sifatli ekanligi aniqlandi. Buni tasdiqlovçi hujjatlarim bor.
— Unda bu xayrli işni uddalaş uçun qanday muammolar mavjud?
— Avvalo şuni aytişim kerakki, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Özbekiston Respublikasi innovatsion rivojlaniş vazirligi, “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbarlari frion işlab çiqariş ğoyasini qöllab-quvvatlaganlaridan behad xursandman, — deydi Muhiddin. – Lekin hozirgi paytda ön sotix yer maydonini ajratiş va u yerda quriliş işlarini olib boriş uçun 150 ming AQŞ dollari, hamda çet eldan har biri 150 ming AQŞ dollari miqdorida 2 ta frion işlab çiqaradigan qurilma sotib oliş lozim böladi. Bu işlar uçun jami 300 ming AQŞ dollari sarflanadi. Agar şu mablağni ajratişning imkoniyati bölsa, qisqa muddat içida frion işlab çiqariş uçun aniq şart-şaroit vujudga kelgan bölar edi. Eng katta muammo bu işga homiylar kerak. Biroq hozirça topilgani yöq…
Xalqimizda intilganga tole yor degan naql bor. Mana “FAROXAT mir” MÇJ direktori Muhiddin Ortiqov boşlagan iş, ezgu ğoya davlat ahamiyatiga molik bölgani uçun unga tegişli mutasaddilar amaliy yordam körsatsalar, bu yaxşi ğoyani röyobga çiqariş uçun boş qöşsalar xayrli amallardan biri bölar edi. Axir, yoş tadbirkorning intilişlarida, orzu-maqsadlarida aynan Yurtboşimiz tomonidan bildirilayotgan Vatan ravnaqiga xizmat qiliş mujdasi mujassam ekan-ku!
Şohrux AKBAROV,
jurnalist
