Xalq qahramoniga munosabat şumi?

Buxoro viloyat hokimi diqqatiga!

 

Yurtimizda Istiqlol şarofati bilan köplab buyuk zotlar, uluğ avliyolar mangu qönim topgan makonlar obod etilgani, bir paytlar xaroba bölib qolgan ziyoratgohlarga eʼtibor yuksak darajada olib borilayotganini nafaqat xalqimiz, balki dunyoning turli burçaklaridan kelayotgan ziyoratçilar, sayyohlar yaxşi bilişadi. Bu masalada Prezidentimizning eʼtibori va ğamxörligi bois mamlakatimizdagi köp­lab qadamjolarning obod etilganini aytiş joiz. Ammo ayrim joylarda maʼlum darajada eʼtibordan çetda qolayotgan qadamjolar ham yöq emas. Xususan, bugun Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi Mahmud Torobiy qadamjosiga munosabatni ijobiy deb bölmaydi.

Keçagidek esimda, 1978 yilda nemis turkolog olimi Otto Dizel Buxoro ziyo­ratiga kelganida Mahmud Torobiyning ramziy qab­rini ziyorat qildi. Mehmonga hamroh edim. U Mahmud Torobiyning loyşuvoq qilingan körimsiz qab­rini, tört tarafi oçiq-soçiq yotgan Torobiy qalʼasini körib ajablandi va dedi: “Mabodo, Mahmud Torobiy nemis bölib tuğilganida va Germaniya tup­roğida qahramonlik körsatganida edi, uning şaʼni va xotirasi nihoyatda eʼzozlangan, unga oltindan haykal qöyilardi”.

Xöş, xorijlik mehmon maqbarasini körib kuyungan vatandoşimiz Mahmud Torobiy kim bölgan? Uning kasbi elakçi-kosib bölib, el orasida şayx sifatida katta obröga sazovor   bölgan. Buxoro şahridan 20 kilometrça olisda joylaşgan Torob qiş­loğida yaşagan. U zot tufayli bugungi kunda Jondor tumaniga qaraşli uşbu göşa möğul bosqinçilari zulmiga qarşi kuraş markaziga aylangan. Çunki Mahmud Torobiy XIII asrning dolğali yillarida möğullar istibdodi va zulmiga qarşi tez-tez qözğolon kötargan, elparvarlarga boş bölgan.

1238 yilda yon-­atrofdagi qiş­loqlarning dehqon va kosiblari   birlaşib, yurt bosqinçilariga qarşi Mahmud Torobiy boşçiligida oçiq kuraşga kirişadilar. Qözğolonçilar Buxoroga yuriş qilib, şaharni egallaşadi. Malik Sanjar qasrini özlariga qarorgoh qilişadi.

Özbekiston Milliy ensiklopediyasining 5-tomida yozilişiça, şahar butunlay qözğolonçilar qöliga ötgan va Mahmud Torobiy sulton etib tayinlangan. Ozodlik kuraşçilarining maʼnaviy piri Şamsuddin Mahbubiy şahar sadri etib tayinlangan.

Karmanaga çekingan möğullar şoşilinç tarzda kuç töplaydilar va qözğolonni bostiriş maqsadida Buxoroga   kelişadi. Ammo niyatlariga yeta olişmay, Buxoro yaqinidagi jangda tor-mor etiladi. Torobiyçilar möğullar ortidan quvib Karmanagaça borişadi. Afsuski, bu yerda bölib ötgan jangda xalq qahramoni Mahmud Torobiy va Şamsuddin Mahbubiy mardlarça halok bölişadi. Yölboşçisiz qolgan qözğolonçilar mağlubiyatga uçraydilar. Şunga qaramay, qözğolon izsiz ketmaydi. Bosqinçilar öt bilan öynaşganliklarini anglab yetadilar, mahalliy aholi bilan hisoblaşişga majbur böladilar.

Ayonki, Mahmud Torobiy jasorat va şijoatda Tömaris, Şiroq, Muqanna, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro kabi xalq qahramonlari qatorida turadi.

Bunga işonç hosil qiliş uçun Juvayniyning “Jahongir Çingiz tarixi”, Şarofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Mirzo Uluğbekning “Tört ulus tarixi” asarlarini qölga olişning özi kifoya. Oybekning “Mahmud Torobiy” dostoni, Asad Dilmurodning şu nomdagi tarixiy romanida ham öşa suronli yillar voqealari qalamga olingan.

Xalqimizning asl farzandi, yurt ozodligi yölida erta şahid ketgan jondorlik buyuk ajdodimiz yaşagan qadimiy göşa bugun qanday ahvolda, dersiz? Tepalikda joylaşgan qalʼa juda abgor holatda. Uning devorlari qarovsizlik va taşqi taʼsirlar oqibatida nurab qolgan. Qalʼaning quyi qismidagi qab­riston qarovsiz. Tepalikdagi Mahmud Torobiyning ramziy qabri yonidagi çuqurligi çamasi 20 metr bölgan quduqqina moziyning suronli yillaridan darak berib turibdi. Loyşuvoqdan qilingan dahmaning ahvoliga boqib, kişining köngli qabr kabi çökib ketadi. Nahotki, xalq qahramonining xotirasiga bölgan hurmat şunday bölsa, deya iztirob çekasan, kişi.

Qalʼaga kiriş qismda darvoza örnatilmagan. Mahmud Torobiy şaxsi, uning jasorati, xalqqa rahnamoligi haqida biror bir maʼlumotni uçratmaysiz. Qalʼaga kiraveriş devorida örnatilgan “Mahmud Torobiy 1238 yilda möğullar bosqinçilariga qarşi xalq qözğoloniga boşçilik qilgan xalq qahramoni” yozuvi tuşirilgan hatto lavhaning noçor ahvoli ham bu tarixiy göşaga bölgan munosabat qandayligini körsatib turibdi.

Eng açinarlisi, yaqinda tuman “Dehqon bozori” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli mol bozori qalʼaning şundoq yoniga köçirib keltirildi. Vaholanki, tuman markazi atrofida böş va taşlandiq yotgan yer istagança topiladi.

— Köp yillardan buyon ukam bilan şu qalʼada qorovullik qilamiz, — deydi Şavkat Töyev . — Ayniqsa, yakşanba — bozor kunlari qalʼa içkarisi bozorga kelib-ketuvçilarning avtoulovlari bilan tölib ketadi. Muqaddas joyni ifloslantirişday jirkanç işni qiluvçilar ham uçraydi…

Ajdodlardan qolgan mazkur madaniy merosimiz taqdiri haqida viloyat Madaniy meros boşqarmasi boşliği Ş.Mahmudov va Jondor tuman hokimligi axborot xizmati rahbari S.Şomurodovga qönğiroq orqali murojaat qildik. Ammo jöyali bir javob ololmadik.

— Bu qalʼani muhofaza etiş, taʼmirlaş, qayta tiklaş, imkon qadar asl körinişiga keltirişga alohida eʼtibor qaratmoq lozim, – deydi Özbekis­ton “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman Kengaşi raisi I.Xolov. – Zero, “Madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisida”gi qonunning 9-moddasida: “Mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlari doirasida öz hududlarida joylaşgan madaniy meros obʼyektlarini aniqlaydilar hamda ularni hisobga oladilar, muhofaza qiladilar, asraydilar va ulardan foydalanadilar, madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisidagi qonun hujjatlarining ijro etilişini taʼminlaydilar, fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari va jamoat birlaşmalarini madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qiliş, asraş, tarğib qiliş va ulardan foydalaniş tadbirlarini ötkazişga jalb qiladilar” deb belgilab qöyilgan…

Fikrimizça, bu tarixiy qalʼa arxeologlar va tarixçilar tomonidan çuqur örganilişi, çinakamiga davlat muhofazasiga olinişi, sayyohlik manziliga kiritilişi, mol bozori esa zudlik bilan boşqa joyga köçirilişi darkor. Göşada katta hajmdagi obodonçilik, taʼmirlaş işlarini bajariş zarur böladi. Bu katta mablağni ham talab qiladi, albatta. Lekin yurt ozodligi uçun jonini fido etgan, tarixda xalq qahramoni sifatida qolgan buyuk ajdodimiz Mahmud Torobiy har qanday eʼzozga loyiqdir.

Bu tarixiy qalʼaning sayyohlar qadami uzilmaydigan, farzandlarimizga ona-Vatan, hurlik, erk, xalqparvarlik mavzusida saboq ötiladigan mas­kanga aylanişiga nima yetsin!

Safar AHMEDOV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Anvarali AHMEDOV,

Buxoro şahridagi

38-umumiy örta taʼlim maktabi

öqituvçisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan