Direktor kimning erkatoyi?
Xalq taʼlimi vazirligi eʼtiboriga
Mamlakatimizda yoş avlod taʼlim-tarbiyasi davlat siyosati darajasiga kötarilgan. Bu borada olamşumul islohotlar amalga oşirilmoqda. Ayni mavzuda yuzlab misollar keltiriş mumkin. Lekin hozir gap bu haqda emas.
Gap şundaki, Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanmayotgan yoki aksinça, ularni noörin maqsadlar tomon yönaltirayotganlar, oz bölsa-da, hamon uçrab turibdi.
Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanidagi 12-umumtaʼlim maktabiga qadam qöyar ekanman, binoyiday foydalanib kelinayotgan sakkiz xonadan iborat ayvonli maktab binosining kuli kökka sovurilgani, öng tomondagi 10 sotixdan ziyod maktab hovlisi devor bilan tösilib, brusçatka qiluvçilarga berib yuborilgani va maktabning çap tomonidagi katta yöl tarafida tijorat dökoni qad rostlayotganiga közim tuşdi.
Ajablandim!
Yangiqörğondagi 12-maktabda taşqaridan qaraganda binoyiday iş ketayotgandek körinadi. Içkariga kirsangiz esa dillarni ranjitadigan ahvolga duç kelasiz.
Keling, bir boşdan hikoya qilaylik.
Maktab hududi notekis, öydim-çuqur. Jismoniy tarbiya darsi maktabning şu yerida ötiladi. Sababi:
— Sport zali yöq! Yoğingarçilik bölsa, sinf xonasiga qamalib ötiramiz.12 yildan beri şu ahvol! — deydi jismoniy tarbiya öqituvçisi.
Yangiqörğon tumani hokimining quriliş böyiça örinbosari Murodjon Sotiboldiyevga qönğiroq qilib, sport zal bölmagani holda maktab hovlisida tijorat dökoni qurilayotgani taajjubli hol ekanini, sport zali qurilişiga yordam berişlarini söradim. Biroq u:
— Xalq taʼlimi mendan çiqib ketgan… Tekşirtiravering! — dedi.
Örinbosarning gapida jonkuyarlikdan köra, mensimaslik kuçliroq edi. “Men nima deymanu qöbizim nima deydi”, degan maqol yodga keldi. M.Sotiboldiyevning gapi vazifasiga masʼuliyatsizlik, loqaydlikdan boşqa narsa emas!
…2021 yilning 26 aprel kuni tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri vazifasini bajarayotgan Oybek Xolmirzayev bilan maktabda qurilayotgan tijorat dökoni yonida turgandik. Ittifoqo maktab direktori Nöʼmonjon Qöçqorov paydo böldi. Undan maktabda sport zal işlamasligi, oşxona va bufet yöq bir paytda tijorat dökoni qurilayotgani haqida söradik:
— Dökon qurilişiga men ruxsat berdim. Dökon bitgaç, mini stadion qurib berişadi, — dedi qölini siltaganiça teskari qarab, va:
— Sport zalimiz bor, — dedi qarovsizlikdan nuray boşlagan katta binoga işora qilib.
Ha, sport zali borligini inkor etmaymiz! Ammo içida odam jonidan boşqa hamma narsa qalaşib yotgani va bu yer eski omborxonadan farqi yöqligidan hayratda qolasiz! U 1994 yili foydalanişga topşirilgan, beton tösini darz ketganligi sababli 2009 yili undan foydalaniş taqiqlangan. 13 yildirki, taʼmirlab işga tuşirilmaydi. Nega?
Maktab hududiga noqonuniy dökon qurilişiga jonbozlik qilgan direktor bu savolga yuqoridagi javobni bergani yana ham taajjubli!
Maktab hovlisidan 15 sotixça maydon va qozonxona tadbirkorlarga berib yuborilgan. Şuningdek, qorovulxona yonidan 8 sotix maydon tuman “Suvoqava” taşkilotiga tuman hokimiyati qarori bilan berilganini xöjalik mudiri Zokirjon Mehmonov gapirib qoldi. Ammo na “Suvoqava”da, na direktor N.Qöçqorovda bunday qaror yöq!
Endi asosiy gapga ötamiz.
Sport zalning beton tösini singan bölsa-da, örnida turibdi. Ammo maktabdagi eskirgan bahonasi bilan qarağay yoğoçdan bunyod etilgan 8 xonadan iborat ayvonli maktab binosi buzib “BROKER BIZNES IMPEX” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga 10572000 (ön million beş yuz yetmiş ikki ming) sömga sotib yuborilgan. Vaholanki, bino yana ön beş, yigirma yil xizmat qilişi mumkin edi!
Astağfurullo deysiz. 25-30 maşina yoğoç, yana allaqança şifer va quriliş materiallari bor-yöği şu pulga sotilganiga esi past kişi ham işonmasa kerak! Axir hozir yoğoçning bir maşinasini bozorda ön million sömdan kamiga olib bölmaydi! Tuman hokimi (farmoyiş çiqarilişiga asos böladigan heç qanday qonuniy hujjat bölmasa-da, Q.I) farmoyişiga asosan buzib, materiallarni qonuniyligini nazorat qiliş örinbosari Murodjon Sotiboldiyev zimmasiga yuklatilgan esa-da, u esa:
“Xalq taʼlimi mendan çiqib ketgan!” deb aybni özidan soqit qilişi qaysi quyuşqonga siğadi?!
Vaholanki, ön uçinçi yildirki, sport zal işlamaydi, maktabda oşxona, bufet yöq, taʼmirtalab devorlarning holiga maymunlar yiğlaydi. Asosiy javobgar Nöʼmonjon Qöçqorov viloyat va tuman xalq taʼlimi bölimidagi, tuman hokimligidagi va boşqa “tanka”- lari bilan hamkorlikda tayyor binoni sotib, yana “qöy oğzidan çöp olmagan” kabi yurişi heç kimni taşvişga solmayapti.
Yangiqörğondagi 12-umumtaʼlim maktabiga Nöʼmonjon Qöçqorov ön uç yildan buyon direktorlik qiladi. Bu davrda maktab öquvçilari soni 565 nafardan 300 taga tuşib qoldi. Nega? Çunki ota-onalar farzandlarini şaroiti yaxşi, yetarli bilim va tarbiya beradigan boşqa maktablarga olib ketişmoqda. Ustozlar yomonmi? Yöq, ular öz kasbini sevadigan, zahmatkaş insonlar! Ammo ularga şaroit, emin-erkinlik, qulayliklar yaratiş öz holiga taşlab qöyilgan! “Men senga tegmayman, sen menga” qabilida işlaş rekord darajasiga çiqqan bu dargohda. Çunki maktabda işlayotganlarning biri farzand, biri quda, yana biri mahalladoş, boşqasi oşna-oğayni. Sirtdan tinç-totuvdek köringan maktab jamoasi allaqaçon içidan yemirilib bölgan. Köpçilik mehnat intizomiga rioya qilmaydi. Işga xohlagan paytida keladi va ketadi. Masalan, 2021 yilning törtinçi may kuni maktabga kiraverişda direktor, ikki öqituvçi va men bor edim. Dars allaqaçon boşlanganiga qaramay, kutubxonaçi, yoşlar yetakçisi, öqituvçi va farroşlar (sakkiz nafar) soat salkam töqqizga qadar xotirjam kelişyapti. Öyladimki, keç qolganlar hozir direktordan tanbeh eşitadi. Yöq, direktor hatto boşini kötarib qöymadi.
Bular intizomsizlikni maktab rahbaridan örganişyapti. 2021 yil, 29 oktyabr kuni 8 dan 2 daqiqa ötganda maktabga kirdim. Dars esa 8 da boşlangan. Biroq bir guruh bolalar hovlida. Qolganlari xona va koridorlarda töpalon qilib yurişardi.
Öqituvçilar rasmiy xonaga direktor tomonidan sakkizga yiğilişga aytilgan. N.Qöçqorov 8 dan 16 daqiqa ötganda yiğilişga kirdi va yigirma daqiqa odob-ahloq va intizom haqida yiğiliş ötkazdi… 300 öquvçi bir soat darsdan mahrum böldi. Bu yöqotiş na öquvçi-öqituvçilarni, na direktorni taşvişga soldi?
Kamçiliklarni direktorning yuziga aytib, bartaraf etilişini iltimos qildim. Lekin… bari behuda.
2021 yil 3 avgust kuni ariza yozib, öşa vaqtdagi Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov qabuliga bordim. U kişi uzoq viloyatda safarda ekanlar. Arizamni yozma va elektron variantda masʼul xodimga topşirdim. Va ertani kutdim. Maslahatçining aytişiça, vazir kelmadi…
Xullas, 2021 yilning 25 avgust kuni keçki payt Vazirning nazorat-huquqiy xizmati xodimi S.Milibayev telefon qilib ertaga maktabda körişişimizni aytdi. Aytilgan vaqtda maktabga bordim. Xalq taʼlimi vazirining Namanganda faoliyat olib boradigan ikki vakili – Habibullo Matkarimov bilan Sobitxon Miliboyev, tuman xalq taʼlimi bölimining (sobiq) mudiri Şavkat Mamarasulov, amaldagi mudiri Davron Arolov, hisobçisi Uluğbek Islamov, yurist Qahramon Şaripov, quriliş mutaxassisi Şuhrat Söfijonov, maktab direktori N.Qöçqorov va maktabning xöjalik işlari böyiça mudiri Zokirjon Mehmonovlar jam böldik.
Maqsad – yozganlarimni örganiş edi.
Gaplaşildi. Habibullo Matkarimov menga yuzlanib:
— Qambarali aka, arizangiz batafsil örganiladi va sizga bu haqda yozma javob beramiz, — dedi…
Tarqaldik. Bor gap şu böldi. Oradan 20 kun ötgaç, 12-maktabdagi talon-tarojlik va qonunbuzarliklar uçun javob berişi şart bölganlar imzo çekkan tekşiriş maʼlumotnomasiga qöl qöydirgani kelişdi!
Bunga imzo qöyib bölmasligi yoki mumkin emasligini VAZIRlikda işlamagan odam ham bilişi hammaga maʼlum-ku!?
Vazirlik vakili S.Milibayev bilan tuman xalq taʼlimi bölimi mudiri D. Arolovga “Maʼlumot bilan tanişdim” deb imzo çekişimni aytdim. Şundan söng Sobitxon hamkasbi Habibullo Matkarimovga qönğiroq qilib menga telefonini uzatdi. Habibullo Matkarimovga “maktabni yaxşilaş uçun vazirga birga boraylik. Zora vazirning eʼtibori bilan mahallamizdagi maktab ham rivojlaniş yöliga çiqib olsa,” dedim. Habibullo Matkarimov “albatta birga borib, hal qilamiz”, degandan söng maʼlumotnomasiga imzo çekdim. Afsuski… Habibullo Matkarimov vaʼdasini unutdi…
Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov bilan yuzma-yuz gaplaşiş, adolatli iş tutmaganliklari xususida ariza yozib, ikkinçi marta fuqarolarni qabul qiladigan çorşanba kuni 2021 yilning 13 oktyabrida maslahatçi Şoumarov Ğayrat Bahromoviç huzuriga bordim. Yana eski gap böldi: “Vazirning işlari köp, qabul qilolmaydilar”.
Öylang, hatto qabul kunida 350 kilometr uzoqdan borsam ham oddiygina qabul qilmadi…
Endi özingiz insof bilan aytingçi, vazirning özi fuqarolarni qabul qilmas ekan, unda vazirlik binosi devoriga osib qöyilgan “Vazirning qabul kuni haftaning har çorşanba kuni soat 1600 – 1800”, degan eʼlonning kimga keragi bor ekan?
Arizamni yana vazir maslahatçisi Şoumarov Ğayrat Bahromoviçga qoldirişdan özga çoram qolmadi. Oradan 65 kun ötib, 2021 yil 20 dekabr sanasida yozilgan va vazir örinbosari T.Komilov tomonidan xat oldim. Ammo bu javobni öqib kuyasizmi yo kulasizmi?
Birinçi abzatsga eʼtiboringizni qaratamiz: “Sizning, Xalq taʼlimi vazirligiga 2021 yil 13 oktyabrda röyxatga olingan 3001-sonli murojaatingiz masʼul mutaxassislar tomonidan örganib çiqildi” deyilgan.
Axir, 13 oktyabrda yozgan arizamda aynan 26 avgustdagi tekşiriş jarayonidan qoniqmaganim uçun Vazirga yana yangi ariza bilan murojaat qilganim aks etmayaptimi? Nahotki, Vazir örinbosari T.Komilov arizamning mohiyatini anglaşi qiyin bölsa!? Essiz… “mana senga” qabilidagi yuqoridagi qoralama bilan tanişgaç, siz aziz gazetxonlarning ham hayratingiz oşgan bölsa ajab emas!
Respublika Xalq taʼlimi vaziri etib Baxtiyor Saidov tayinlanganida közimga adolat uçquni köringanday böldi. Yangi vazir qabulxonasiga katta umid va qatʼiy işonç bilan 2021 yil 29 dekabr, çorşanba – qabul kuni Toşkentga bordim. Afsuski, yangi vazir ham meni qabul qilmadi. Arizam yana eʼtiborsiz qoldirildi.
2022 yil 26 yanvar kuni yuqoridagi voqealar xususida adolat va yeçim istab yanada yuqori idoralarga ariza yozdim. Oradan bir oy vaqt ötgaç, arizamga yaʼni 1 mart sanasi bilan Yangiqörğon tuman prokurori K.N.Ahmadjonov nomidan quyidagi xatni poçta orqali oldim. Unda:
“…mavjud muammolar bartaraf etilmayotganligidan norozi bölib, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq qabulxonasi”ga qilgan murojaatingiz”... deya töğri taʼkidlanyapti. Ammo tekşiriş qaçon va kimlar tomonidan ötkazilgani men uçun yana mavhumligiça qolayotir. Balki, bu javobning şunçaki yozilişiga ham 2021 yilning 26 avgustidagi “Tekşiriş haqida yozilgan maʼlumotnoma” asos qilib olingandir.
Şu örinda Xalq taʼlimi vazirligi vakillarining tekşiriş yakuniga oid maʼlumotnomasidan ayrim dalillarni keltirişni lozim topaman.
Murojaatdagi birinçi masala:
Yangiqörğon tumani hokimining 2020 yil 1 avgustdagi 78f-sonli farmoyişiga asosan 12-sonli umumiy örta taʼlim maktabining 3-öquv binosi haqiqatdan ham 2020 yil avgust oyida buzib taşlangan. Biroq farmoyiş çiqarilişi va binoni buzilişiga asos böladigan heç qanday hujjat mavjud emas.
Tuman hokimining 2020 yil 1 avgustdagi 78f-sonli farmoyişi örganilganda, unda “tuman xalq taʼlimi bölimi mudiri (Ş.Mamarasulov) va 12-sonli umumiy örta taʼlim maktabi direktori (N.Qöçqorov)larga binoni buzilişi yuzasidan belgilangan tartibda işçi komissiya tuziş va dalolatnoma rasmiylaştiriş hamda foydalanişga yaroqli deb topilgan quriliş materiallarini 12-sonli umumiy örta taʼlim maktabini maxsus rivojlantiriş hisob raqamiga kirim qiliş hamda mazkur farmoyiş ijrosini nazorat qiliş tuman hokimining örinbosari M.Sotiboldiyev zimmasiga yuklansin”, – deb körsatib ötilgan. Farmoyiş ijrosi doirasida tuman XTB maxsus taʼmirlaş ekspluatatsiya xizmati boşliği Ş.Söfijanov va maktab direktori N.Qöçqorovlardan tuzilgan komissiya va ular tomonidan rasmiylaştirilgan dalolatnoma söralganda, bunday komissiya tuzilmagani va dalolatnoma rasmiylaştirilmaganini bildirişdi…
Ikkinçi masala:
Maktab direktori (2021 yil 26 aprel) mahalliy tadbirkor I.Valijonovga tijorat dökoni quriş uçun heç qanday asossiz maktabga tegişli yerdan yer maydoni ajratib bergan…
Şuningdek, I.Mirzabekov 2018 yildan hozirga qadar belgilangan yer maydonidan ortiqça bölgan 666 kv.m. yer maydonidan foydalanib kelmoqda.
Ortiqça 666 kv.m. yer maydoni uçun qöşimça ijara şartnomasi tuzilmagan.
Uçinçi masala:
2009 yildan buyon maktabdagi sport zal taʼmirtalabligi sababli işlamaydi. Yangiqörğon tumanida kuz-qiş faslida eng kamida uç oy yomğirli, qorli va izğirinli kunlar bölişi sababli oçiq havoda fizkultura darslarini ötişning imkoni bölmaydi, bolalar sinfda ötiradilar. Boringki, ikki oy davom etganda ham bu 9 hafta böladi. Maktabda 15 ta sinf bor. Har bir sinfda haftasiga ikki soat jismoniy tarbiya darslari ötilişi rejalaştirilgan. Demak, haftasiga 30 soat dars ötilişi kerak. Agar bu soatni 9 haftaga köpaytirilsa, 270 soatni, 12 yilga köpaytirsak 3240 soatni taşkil qiladi. Xulosa şuki 12 yil davomida 12-maktabda direktorning loqaydligi, yoş avlod tarbiyasiga befarqligi va “xotamtoy”ligi sababli jismoniy tarbiya öqituvçilari ötilmagan 3240 soat uçun maoşni qurtday sanab olganlari ayon böladi. Bu nimadan dalolat? Işonçim komilki, qonunşunoslar bu haqda direktor N.Qöçqorovga tuşuntirib qöyadilar?!
Törtinçi masala:
Tuman “Suvoqava” taşkiloti tasarrufida bölgan suv inşootining maktab hududiga joylaştirilişi töğrisida heç qanday hujjat yöq… yer maydoni uçun XTB yer soliği tölamoqda…
Yana bir gap. Şaxsan mening direktor N.Qöçqorovda adovatim yöq. 69 yoşdaman. Oilamda va boşqa yaqinlarimda maktabda işlaşi mumkin bölgan heç kim yöq. Qisqasi, maktabga daʼvogar emasmiz. Faqat, yoş avlod tarbiyasi, bilimi va kelajagi uçun Prezidentimiz qayğurayotgan va maktab jamoasi uçun barça imkoniyatlarni yaratib berayotgan bir paytda mahallamiz maktabi ayançli holga kelganidan, farzandlarimiz, nabiralarimiz qöşni maktabga boriş uçun jonlarini hovuçlab, katta yöldan kesib ötayotganlaridan iztirobdaman…
Axir, yil sayin bolalar köpayib borayotgan bir paytda maktabda şaroitni zamon talabi darajasida jihozlaş, öqiş va öqitiş işlarini tubdan yaxşilaş örniga mavjud maktabni yöqoliş darajasiga olib kelgan bunday maktab direktoridan allaqaçon voz keçiş davri kelgan, desam adolatli gapni aytgan bölaman.
Yuqoridagi masala bilan 16 oydan beri şuğullanaman. Maqsadim – kim bölsa ham taʼlim dargohiga vijdonli, jonkuyar, yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga astoydil qayğuradigan fidoyi inson rahbar bölsa. Bu muammo qaysidir muassasada yeçilişi, maktabda soğlom muhit yaratib, bolalarni ham soğlom ruhda tarbiyalaşning fursati allaqaçon kelgan emasmi?!
Aynan şu masalada Respublika Xalq taʼlimi vaziriga uç marta, tuman hokimi va tuman xalq taʼlimi bölimi rahbarlariga hamda boşqa idoralarga bir neça martadan murojaat qildim. Afsuski… heç qanday natija yöq. Öylab qolaman: ayrim odamlar bir tarsaki urgani, ayrimlar yuz ming söm taʼma qilgani uçun qonun oldida javob beryaptilar. Biroq… yuqoridagi holatlardan söng ham direktor Nöʼmonjon Qöçqorov lavozimida “javlon uryapti”!
Qambarali IBRAGIMOV,
mehnat faxriysi.
Namangan viloyati,
Yangiqörğon tumani
