Isteʼmolçilar xavotiri yoxud “INSOFT INVEST”da insof bormi?

Yangi uy-joy xarid qilişda boşlanğiç tölovni amalga oşirgan, ammo unga öz vaqtida ega bölolmay oylab, hatto yillab sarson bölayotgan fuqarolar, afsuski, köpayib bormoqda. Bundan taşqari, taʼmiri oxiriga yetkazilmagan, sifatsiz quriliş materiallaridan foydalanilgan, maydoni sathi şartnomada körsatilganidan birmunça kam çiqqan uy-joylar muammosi talaygina. Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş agentligiga aynan şunday holatdagi murojaatlar kelib tuşmoqda. Masalan, “INSOFT INVEST” MÇJ tomonidan 2019 yildan boşlab Toşkent şahrida qurilişi rejalaştirilgan köp qavatli turar-joy binosidan uy oliş niyatida bölganlar bilan şartnomalar tuzila boşlangan. Mazkur şartnomada uyni topşiriş muddati şartnoma tuzilgan kundan 18-24 oy etib belgilangan. Şundan söng Yakkasaroy tumanida mazkur MÇJ tomonidan köp qavatli uy quriş jadal suratlar bilan boşlanadi. Biroz vaqt ötgaç, negadir quriliş işlari töxtab qoladi. Şartnoma muddati ham ötadi, uy foydalanişga topşirilmaydi. Uy sotib olmoqçi bölib boşlanğiç tölovni amalga oşirganlarga biror-bir xabar yoki maʼlumot berilmaydi. Isteʼmolçilar xavotirga tuşib qoladilar. Masalan, yurtdoşlarimizdan B.A. — 143 403 105 söm, A.X. — 119 149 600 söm boşlanğiç tölov, yaʼni investitsion badal tölaşgan.

 

Özbekiston Respublikasining “Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Qonun bö­yiça ijroçi isteʼmolçiga özi realizatsiya qilayotgan işlar haqida öz vaqtida zarur, töğri, yetarli va tuşunarli maʼlumot berişi şartligi belgilab qöyilgan. Agar şartnoma şartlarini bajarişga tösqinlik qiluvçi omillar vujudga kelgan taqdirda   uy sotib oluvçilarga albatta xabar berilişi şart. Mabodo davlat hokimiyati organlari tomonidan çiqarilgan buyruq, qaror, farmoyiş va boşqa çeklovlar vujudga kelsa “fors -mojor” deb topilişi körsatilgan. Bunday holda ön kun içida isteʼmolçi xabardor qilinişi kerak. “INSOFT INVEST” MÇJ tomonidan belgilangan muddat içida heç qanday xabarnoma jönatilmay, şartnoma şartlari qöpol ravişda buzilgan. Şu sababli jamiyat “fors-mojor” vaziyatlarni körsatiş huquqidan mahrum böldi. Keyin bunday holatlarda isteʼmolçining şartnomani bekor qilişi, öziga yetkazilgan zararning qoplanişini talab qilişga haqqi bor. Ammo bu borada ham isteʼmolçilarning talablari köpinça bajarilmaydi.

Yuqoridagi masala yuzasidan isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş agentligida maxsus komissiya tuzildi. Iş obdon örganilgaç, MÇJga bajarilişi majburiy bölgan körsatmalar berildi. Ammo bu körsatma ham bajarilmagaç, Agentlik daʼvogar sifatida sudga murojaat qildi. Natijada Yakkasaroy tuman sudi hukmi bilan “INSOFT INVEST” MÇJ isteʼmolçilar — B.A.ga boşlanğiç tölov sifatida tölagan puli, jarima va ustama uçun 30 mln. söm tölaşdi, A.X.ga ham uyga tölagan puli qaytarildi hamda qöşimça 45 mln. söm undirib berildi.

Umuman, joriy yilning ötgan davrida agentlikga 360 tadan ortiq murojaatlar kelib tuşgan bölib, ulardan 227 tasi ijobiy hal etildi. 1 950 523 488 söm miqdordagi pul mablağlari isteʼmolçilar foydasiga hal etilib, qayta hisob-kitob qilindi. 120 nafar arizaçining uy-joy olişdagi şikoyati böyiça tuşuntirişlar berildi, 14 ta murojaat tegişli vakolatli taşkilotlarga yönaltirildi.

Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, Agentlik va uning hududiy organlari tomonidan tadbirkorlik subʼyektlariga berilgan qaror va körsatmalar ijrosi taʼminlanmayotgan holatlar ham yuzaga kelmoqda. Çunonçi, Agentlik uy-joy masalasi bö­yiça kelib tuşgan 10 ta şikoyat yuzasidan Uçtepa tumanlararo fuqarolik sudlariga daʼvo arizasini kiritdi, qolgan 19 ta murojaatdagi muammolar yuzasidan tegişli tadbirkorlik subʼyektlariga bir oyda bartaraf etilişi böyiça körsatma va qaror hujjatlari berilgan.

Şuni eslatib ötmoqçi edikki, isteʼmolçilar qurilişi hali bitmagan yoki umuman boşlanmagan uylardan kvartira sotib olişda nimalarga eʼtibor berişi kerak, degan savol tuğilişi tabiiy. Uluş kiritiş asosida uy-joy sotib olayotganda mazkur uy Quriliş vazirligining elektron platformasidan röyxatdan ötgan yoki ötmaganligini biliş lozim. Buning uçun fuqarolar https://mc.uz/ulushdor/ havolasi orqali qurilayotgan uyning röyxatdan ötganligini tekşirişlari lozim. Bu havola orqali hamma uçun oçiq bölgan majmua va quruvçi taşkilot nomi, manzili hamda boşqa maʼlumotlar berilgan. Quriliş ustidan Quriliş sohasida davlat nazorat inspeksiyasi tomonidan amalga oşirib borilişini bu sohada huquqlari buzilgan taqdirda Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş agentligiga murojaat   qilişlari mumkin.

Umida MANSUROVA,

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi

Isteʼmolçilar huquqini himoya qiliş

agentligi masʼul xodimi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan