“Yumşoq” armaturalarning jazosi qattiq böladi

Heç bir soha yöqki kişidan fidoyilik talab qilmasa. Işimiz yuzasidan tekşiruv va ekspertizalar natijasi, hisobotlar bilan tanişganimda doimo könglimda bir savol uyğonadi: maʼlum bir jamoada öziga biriktirilgan vazifani hamma biladi, ammo nega ularning bari öz burçini xolislik bilan ado etmaydi? Bunga sabab nima?   Nima uçun baʼzida katta korxonalarda ham rahbarlar sanoqli kişilargagina işonç bildiradi? Eng masʼuliyatli işlarni ularga topşiradi? Qolganlar-çi? Ammo öz işiga loqaydlik bilan qarovçi xodim yoki faqat foyda ilinjida xizmat vazifasiga yondaşadigan rahbarni oylik maoşidan mahrum qilib köring, ularning haqidan halol mehnat qilganlarga olib bering, qanday ahvolga tuşadilar?

Bugungi kunda köp yillik yiğilib qolgan uy muammolarini bartaraf etiş, odamlarni uy-joy bilan tezroq taʼminlaş, qolaversa, şaharlarimiz körkamligiga erişiş maqsadida jadal surʼatlarda olib borilayotgan quriliş sohasini olaylik. Har tomonlama sifatli, odamlarning köp yillar istiqomat qilişlariga yaraşi lozim bölgan uylar, ular xizmat qiladigan korxona va taşkilot binolarining sifat darajasidan isteʼmolçilarning köngli tölayaptimi? Afsuski, bu borada muammolar ham yöq emas. Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi tomonidan örganiş jarayonida quriliş materiallarining sifat darajasi umuman talabga javob bermayotgani aniqlanmoqda. Jumladan, metall prokati — armaturaning qurilişda qançalik ahamiyati katta ekanligi hammamizga maʼlum. Bugun sotuvda bölgan armaturalar sifati belgilangan standart va texnik talablarga javob beradimi-yöqmi, degan masalada agentlik mutaxassislari uning mexanik xususiyatlari va kimyo tarkibi sifatini aniqlaş maqsadida bir neça işlab çiqariş mahsulotlar yuzasidan ekpertiza ötkazdilar. Sinov uç bosqiçda taşkil qilinib, ilk bosqiçda quyidagi namunalar xarid qilindi: A400 klassidagi 12 mm. diametrli armatura namunasi (“DIMAX sanoat-savdo ko’rgazma biznes markazi” MÇJ, Toşkent şahri, Nazarbek temir bozori savdo majmuasidagi “AKRIL metall prokati”ga tegişli); A400 klassidagi 16 mm diametrli armatura namunasi (“METALL CENTER” MÇJ, Toşkent şahri, “Izza” temir bozori savdo majmuasidagi “Wang Da Group” MÇJ QKga tegişli); A400 klassidagi 12 mm dia­metrli armatura namunasi (“Jörabek Omad baraka” MÇJ, Toşkent şahri, Izza temir bozori savdo maj­muasidagi “WANGDA METAL” MÇJ QKga tegişli); A400 klassidagi 8 mm diametrli armatura namunasi (Sirdaryo viloyati “TECHNOBUSINESS LUX” MÇJga qaraşli savdo rastasidagi “BAO XIN METALL” MÇJga tegiş­li).

Ikkinçi bosqiçda tanlangan sinov namunalari akkreditatsiyadan ötgan laboratoriya mutaxassislari tomonidan temir-beton konstruksiyalari, metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reg­lamenti, qurilişda işlatiladigan qora   metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi töğrisidagi maxsus texnik reglamentning GOST 34028-2016 talablariga muvofiqligi tekşirildi.

Uçinçi bosqiçda natijalar tahlil etildi. Afsuski, natijalar umuman talabga nomuvofiqligini körsatdi. Yaʼni metall prokati — armatura namunalari mexanik hamda kimyoviy xossalari belgilangan meʼyorlar darajasida emas. Ayniqsa, kiçik korxonalar tomonidan işlab çiqarilayotgan, quriliş maqsadlarida işlatiladigan metall prokatida aniqlangan kamçiliklar köplab quriliş sifati va xavfsizligiga katta zarar yetkazişi mumkinligi aniqlandi. Axir, odamlar ne-ne umidlar bilan qaraydigan quruvçilar yaroqsiz quriliş materiallaridan foydalanayotganliklari kişini taşvişlantiradi. Qad rostlagan va foydalanişga topşirilgan köp qavatli uy va inşootlar uzoq yillar davomida mustahkam hamda xavfsiz maskan sifatida xizmat qilişi lozim-ku! Hatto ayrim korxonalar öz mahsulotlarini muvofiqlik sertifikatisiz sotayotgan holatlar kuzatilmoqda.

Agentlik xavfsizlik va sifat talablariga javob bermaydigan armaturalarni sotişni taqiqlaş masalasini körib çiqiş uçun Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi, şuningdek, vazirlik huzuridagi Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasiga tegişli maʼlumotnomalarni yubordi. Inspeksiya tomonidan yuqorida körsatilgan talablarga javob bermaydigan metall buyumlardan quriliş obʼyektlarida foydalanişni taqiqlaş töğrisida buyruq çiqarildi.

Agentlik quriliş materiallarning boşqa turlari böyiça ham tekşiruvlar olib borişni davom ettiradi. Bundan keyin aybdorlarga keskin çoralar körilişi lozim. Biroq gap boşida aytilganidek, quriliş sohasida har kim öz vazifasini vijdon yöriğida bajarişi, isteʼmolçilarning uy va inşootlardan xavsiz-xavotirsiz foydalanişlari kerakligini zinhor unutmaslik­lari lozim. Zero, yaqinginada yuzlari yaşnab, öynab-kulib yurgan odamning içki kasalligi qözğalib, töşakka mixlanib qolsa, uning uyidagilari iztirobga tuşmaydimi? Qurayotgan uylarimiz ham içdan zil ketmasin.

Öylab köring, armatura mahsulotlari töliq standart talablariga javob bermasa, “qayişqoq” bölsa, ne oqibatlarni yuzaga keltirişi mumkin? Nafs deb bunday qinğirliklarga qöl urayotganlar öz qilmişlariga javob berişi kerak, albatta. Qolaversa, qinğir işi bilan tezda boyib ketişni öylab qalloblik yöliga ötgan ayrim soxta tadbirkor — armatura işlab çiqaruvçilar qonun va Haq oldida kun kelib javob berişlarini esdan çiqarmasliklari lozim.

Umida MANSUROVA,

Isteʼmolçilar huquqlarini

himoya qiliş agentligi xodimi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan