Kino Oliy öquv yurti mukammallaşuvi omillarini bilamizmi?
Birinçi maqola
MUQADDIMA
Ijod, kino, audiovizual madaniy alifbosi, texnikasi, estetikasi, imkoniyatlari va çegaralarini maxsus bilim yurtida örganmagan, özlaştirmagan biror sanʼatkor jahon miqyosida şuhrat qozonmagan. Bundan biz köp va uzoq örgangan xorazmlik hamkasbimiz Xudoybergan Devonov istisno. Tangri bergan iqtidorning kuç-quvvati, qobiliyatning noyobligi va u istiqomat qilgan davrning yorqin siymolari öz faoliyatlari bilan yaratgan muhit kino sanʼatimizning qaldirğoç arbobi auditoriya, rosmana ekran, video, ovoz va rang, elektron texnika va ixçam kameralar bölmaganda ham XX asr sanʼati — kinematograf möʼjizasi sirlarini anglab, uning kömagida bir-bir yarim asr muqaddam sodir bölgan voqealar, endigina barpo etilgan minoralar, maçitlar qubbalari, xivaliklarning körinişlari, kundalik hayotini kino tasmasiga muhrlaş imkoniga ega böldi.
Mavlono Ogahiy şoh va şoir Feruz saroyida endilikda barçamiz xirgoyi qilib yuradigan “Feruz” aşulasini tinglagan, uning ajoyib kuyi, durustgina yozilgan misralarini ham qabul qilgan. Lekin sanʼatning jonkuyar homiysi, adib va xorazmşoh Feruz Ogahiyga saroy ahli guvohligida söz aytgan: “Yöq, domla, ohang durustdur, lekin şeʼrni siz yozing. Şu kuyga tuşar yozganingiz”, deb buyuk “Feruz” aşulasi mukammallaşuvini taʼminlagan davr edi. X.Devonov şoir Ogahiydan ilhom olib, tarixnavis Ogahiydan tarixiy voqealarni, kundalik hayotni qay tarzda, Bobur aytganidek, betakalluf, haqqoniylik mezonlarini his etib tasvirni harakatda, özaro boğliq holda, uzluksiz bir tarzda tasmaga muhrlagan. Zehni ötkir, Yevropa va Şarq tillarini örganib, qöllab, teleskop, grammofon, velosiped ğildiragi aylanib elektr energiyasini paydo qilişini körib, hayratomuz holatda bu yangiliklardan foydalaniş yöllarini izlagan, topgan ham. Uning birinçi ustozi Vilgelm Pinner (uni yoş Xudoybergan “Pinar buva” deb atagan) hamda bu nemis bilimdoni istiqomat qilgan Xiva yaqinidagi qişloqqa borib turgan.
Özbek kinosi tarixidagi eng mukammal işlangan ovozsiz film “Tong oldidan”ning muallifi, rejissyori, boş rol ijroçisi Sulaymon Xöjayev kino texnikasi, estetikasini Moskvada, buyuk S.Eyzenşteyn darslarida örgangan. Uning asarlaridan oziq olgan, ularning bevosita taʼsirida ssenariy yozgan, filmning hikoya maqomini, majoziy ifodalarni qöllaş yöllaridan ilk bor voqif bölib, tajribani özlaştirib borgan.
Şu bois “Tong oldidan” tarixiy dramasida birorta nuqson uçramadi. Lekin asarni, uning buyuk ijodkorining samarali mehnatini şörolar davri qabul qilmadi. Vaholanki, bu asarlar — ssenariy hamda uning kinotasvirdagi ifodasi Moskvada, Eyzenşteyn saboqlarini, ögitlarini özlaştiriş natijasida tuğilgan edi. Birgina tafsilot — kino öquv yurtida Sulaymon Xöjayev farzandi Hamid Sulaymonov bilan birga, bir auditoriyada öqigan, uqqan ham.
Nabi Ğaniyev Vxutemas öquv dargohida taʼlim oliş davrida Moskvada kino ahli, adib Abdulla Qodiriy bilan uçraşib turgan. Döstlik, inoqlik uzoq davom etgan. Qatağon yillari bu hamkorlik samara berişiga tösqinlik qilgan. Faqat Ikkinçi jahon uruşi yillari nazorat biroz sustlaşgan hamda Nabi aka bir yöla bir vaqtning özida ikki durdona — “Tohir va Zuhra” hamda “Nasriddinning sarguzaştlari” asarini yaratgan. Keyinçalik rejissyor, aktyor, ssenariynavis sifatida tanilgan Nabi Ğaniyev yurtimizda mustaqil faoliyati, çorizm adolatsizligiga qarşi faoliyati bilan tanilgan: pyesalar, jajji ssenariylar yozgan, musavvir sifatida tanilgan. Samarqand atrofida Namoz ismli xalq qahramonining hayoti lavhalarini töplab, gazetada eʼlon qilib, katta film tayyorlaşga taraddud körgan. Bu holni biz ataylab taʼkidlab ötmoqdamiz. Çunki Moskvada öqigan ayrim vatandoşlarimiz yurt bilan uzviy aloqada bölmagani, merosimizni örganmagani sababli ayrim nuqsonlarga yöl qöyganlari ham maʼlum. Binobarin, taʼlim jarayoni mentalitet, öziga xoslik, merosni barhayot deb biliş bilan ham boğliq deb bilamiz.
Oliy taʼlim zarurati
Şuhrat Abbosov, Yolqin Töyçiyev, Ayub Şahobiddinov, Raşid Malikov kabi milliy rejissuraning keyingi avlodi vakillari gumanitar sohadagi uquvlarini yurtimizda boşlab, özga yurtda — Rossiyaning oliy rejissyorlik kurslarida davom ettirib, kamol topib, “Sen yetim emassan”, “Toşkent — non şahri”, “Çaşma”, “Ilova”, “Faridaning 2000 qöşiği”, “Qor qöynida lola” kabi durdonalarni yaratgani, Qamara Kamolova va Raşid Malikov ham şu darajadagi oliy kino taʼlimidan bahramand bölib, “Yöl bölsin”, “Matonat” durdonalarini yaratganini alohida qayd etib ötiş joiz. Bu asarlar yaratilişi davrida önlab, hatto yuzlab zaif, nursiz tasmalar ham ekran sari yöl olganini tilga olganimizda, kino taʼlimini oliy öquv yurtlarida, ssenariynavislar va rejissyorlarning oliy kurslarida (Moskvada) tahsil körmaganlarga malaka, bilim, mahorat yetişmaganini qayd etamiz. Yillar, ön yilliklar davomida muammoga aylanib kelayotgan mazkur ijodiy, texnik, kino işlab çiqarişning maʼmuriy, moliyaviy, texnik sohalarida mutaxassislar yetişmasligi emas, umuman yöqligiga qaramay davom etayotgan faoliyatning kemtik joylari yil sayin ortib borayotgani tabiiy hol bölib kelyapti. Köp millatli, köp mehnatli, köp xarajatli kino mahsulotini şu sohani egallagan adib, sanʼatkor iqtisod va texnika xodimi bilan birgalikda ijodning deyarli barça tarmoqlari bilan hamkorlikda yaratadi. Bu jarayon oylar, yillar davomida aqliy, ijodiy, jismoniy, taşkiliy, iqtisod sohasidagi mehnat evaziga film deb ataladigan badiiylikka daʼvogar böladigan mahsulot barpo etilişi bilan yakunlanişi közda tutiladi. Bunday mutaxassislarning özi bormi bugungi kino dargohida? Agar bölsa, ularning safi muttasil töldirib borilyaptimi? Badiiyot, elektron texnika tayyorgarligi darajasi talab darajasida bölmaganlar bilan kimlar işlayapti?
Bu kabi ritorik savollarga javob oliş amrimahol bölsa kerak. Oliy darajada kino taʼlimini olgan isteʼdodli mutaxassislarning yangi avlodi studiyamiz ostonasini hatlab ötmay qöyganiga neça yil böldi? Maqolamiz deboçasida jahon miqyosida tanilgan özbek öğlonlari (ular orasida birgina qobiliyatli ayol bor — rejissyor Qamara Kamolova)ning barçasi Moskvada VGIKda, rejissyorlarning, ssenariynavislarning oliy kursida taʼlim olganini bejiz aytib ötmadik. Rejissyorlar, ularning xizmatida böladigan film direktori, assistentlar, yordamçilar, maʼmurlarning soni esa yuzdan ortadi. Örtamiyona asarlari bilan kun körganlarning birortasini eslaş ham amrimahol. Ayrim misollar bilan fikrimni tasdiqlaşga urinib köray. Ikki buyuk qalam sohibi Abdulla Qodiriy hamda Çingiz Aytmatovning asarlari böyiça suratga olingan ikki film bamisoli kino sohasida besavodlar tomonidan yasalganga öxşaydi. “Sarvqomat dilbarim” qissasi törtinçi marta ekranlaştirilişida Ç.Aytmatovni “töğrilab” qöyiş niyat qilingandek. Sevib uylangan Ilyos Asalga xiyonat qilişi, kayfu safoga berilişi, Xadiça bilan intim munosabatda bölişi tafsilotlari bilan körsatiladi-da, uning oğziga kino ahli Asal bilan qolişni istaganini bildiruvçi sözlarni “solib” qöyişi Çingiz Aytmatov asariga yot-ku! Asal — toğ qizi. Tinimsiz esadigan toğ şamoli, yiroqlardagi kimsasiz dala-daştdagi bir-ikki xonadonda köproq tanho qolib, toğ qizi sifatida şakllangan qizni dovonlar oşa olib kelib gavjum, serxonadon, serjahl ayolga yaqinlaştirib qöyiş kimsasiz ölkada şakllangan xarakterga mutlaqo zid körinadi… Majoziy ifoda bevosita voqealar mohiyati, Asal dramasi bilan mutlaqo boğlanmagan. Aktyorlarning birortasi Aytmatov çizgan, badiiy taʼriflagan qahramonlarga öxşamaydi ham. Filmda qissaning şoirona ruhi, toptalgan sevgi-sadoqat dramasi oçilmay qolgan. Oddiy, anʼanaviy uçburçak, sayoz melodrama darajasiga tuşib qolgan.
Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar” romani ruhiga, obrazlar taʼrifi, yeçimiga mos kelgan, muhimi, katta epik asarda ilgari surilgan mangu sevgisiga sodiq qolgani, ularning nafis portretlari, işq ötining turli vaziyatdagi ifodalarining hayotiyligi, öşa ziddiyatlarga töla davrning ayançli körinişlari filmda namoyon bölmadi. Baloğat yoşiga yetgan qiz köçada, bozorda yuzi oçiq yurişiga nima deysiz? Qodiriy qalamga olgan davr ayollari paranjiga öralgan, 12-13 yoşli qizaloqlar kiçik bir eçki, qöy, mol tödasiga almaştirilgan vaqt emasmidi?
Kinostudiyada, suratga oliş maydonçalarida, ayniqsa, yangi film köriklari va muhokamalarida maʼruzalarni tinglab, özaro suhbatlarda savol berib hayron bölganman köpinça. Sababi, oliy kino taʼlimining boşlanğiç kurslaridagi talabalar ham allaqaçon kino qonuniyatlarini, atamalar hamda ularning maʼnosi “talablarini” özlaştirgan böladilar. Bizda bir qator filmlarning rejissyorlari bilişi, amal qilişi zarur bölgan, faqat kinoga, uning işlab çiqarişiga tegişli tuşunçalardan voqif böla olmaganlari meni hayratga soladi har gal. Masalan, Eyzenşteyn hamkasblari bilan ixtiro qilgan kontrapunkt ovozni tasvirga zid qöyişni taqozo etadi. Uni bir suhbatdoşim (rejissyor) bilmas ekan. Demak, u öz qahramoniga taʼrif berişda ovozdan, musiqadan foydalanişda zör ifoda vositasini işlatişni bilmaydi. Yana biri fiziognomika — subʼyektning taşqi qiyofasidan uni biliş, anglaş, binobarin, rol taqsimlanişida bu talabdan kelib çiqiş imkoniyati ham böladi. Bu fiziognomikaning körinişlari adabiyotda, teatrda uçrab turadi. Lekin kino, uning yirik plani (detal deymiz) (u yirik plandan ham yirik), yoşlangan közlar, masalan, qahramon xarakteri va ijrosining ruhiy keçinmalari örtasidagi tafovut közga taşlanadi darhol. Bu uslub özlaştirilmagan.
Bunday misollarni köplab keltirişimiz mumkin. Demak, kinodagi besavodlikni oliy kino taʼlim dargohlari hamda kino xizmatida bölişni orzu qilganlar umr jarayonida, mustaqil mutolaa damlarida bilişi, örganişi zarurligi öz-özidan maʼlum.
Şu boisdan ham TVda, OAVda, kitoblarimizda kino-teledorilfununi taşkil etilişiga katta ehtiyoj borligini yillar davomida aytib, yozib kelmoqdamiz. Hatto bölajak maşğulotlarning ilmiy asoslari, dasturlar mazmunan teran, bugungi kun darajasida bölişini, ayni bir vaqtda elektron texnika kömagida talabaga ravon, qiziqarli şaklda yetkazilişi jarayonlari haqida muşohada qildik. Öşa damda Toşkent xalqaro festivalining taşkiliy qömitasi, Boş direksiyasi aʼzosi sifatida vakolat olib, bölajak kino akademiyasining tarkibi, joylaşuvi, maʼruzalar va amaliyot darslari (praktikum) konsepsiyalari mazmuni, oliy vazifalari haqida maslahat tariqasida (öşa vaqtdagi Boş vazir örinbosari A.Azizxöjayev maslahati bilan) dorilfunun tarkibi, pedagoglar faoliyati konsepsiyasi haqida suhbatlaşgan edik.
Çegara bilmas tajriba
Öz asarlari bilan qirğiz kinosi tuğilişi, rivoj topa boşlaşini taʼminlagan Çingiz Aytmatov bilan ham kun davomida birga bölganimizda, bir mulohazamni, taklifimni aytib, u kişining javoblarini eşitib mamnun bölgan edim:
— Çingiz Töraquloviç, Toşkentda Turkiston kino-teleakademiyasi taʼsis etilişiga qanday qaraysiz?
— Yaxşi yangilik! Toşkent özining kino va televideniye oliy öquv yurtiga ega bölişi!
Darhol söradim:
— Reja amalga oşsa, bir oyga yurtimizga kelib maʼruza öqişga, amaliy maşğulotlarni ötkazişga vaqtingiz böladimi? Faqat kino, uning estetikasi, ayniqsa, adabiy asosi haqidagina emas, Yevropa, Osiyo adiblarining köhna anʼanalarini qamrab olişingizni nazarda tutib istagimni bildiryapman.
— Boraman. Özbekiston buyuk davlat. Faqat, fikrimça, Turkiston emas, Özbekiston yoki Toşkent davlat kino universiteti deb nomlaş kerakmikin? Qöşni mamlakatlarga ham maʼqul bölar, menimça, — deb oqil va odil maslahat bergan edilar.
Bu masala bilan Pekinda ham şuğullandim. Pekin oliy kino maktabi auditoriyasida maşğulotlar ötkazilişi, talabalar mustaqil ravişda navbatdagi darsga tayyorlanişini uzoq kuzatib bordim: 20 dan ortiq talaba siğadigan katta auditoriyaga şunça — 20 ta ixçam yaçeyka (alohida xona) örnatilgan. U yerda monitor, videomagnitofon, körikni boşqarib boradigan ikkita pult bor. Quloqqa eşitgiç-nauşnikni taqib olib, ekranda tasvirni körib, zarur bölsa, har bir epizod (hatto kadr)ni qayta-qayta körib, qaysi nuqtadan suratga olinganini, çiroqlar — elektr yoğdulari qaysi tomondan nur taratib turganini, xullas, baquvvat filmni batafsil tahlil qiliş uçun zarur bölgan taraddudni uzoq tomoşa qildim. Talabalar va pedagoglar qiziqişimni körib, öquv jarayoni bilan bevosita ustaxonada tanişayotganimdan xursand bölganlarini aytdilar.
Oliy kino maktabida Yevropa, Afrika, Osiyo mamlakatlaridan kelgan köp yigit va qizlar juda inoq ekan. Menga juda maʼqul bölgani — talabalar diqqati adabiy va madaniy merosga: Konfutsiyga, şeʼriyatga, öziga xos teatr anʼanalariga, vokal sanʼatiga qaratilgani böldi.
Delegatsiya tarkibida Kuala-Lumpurga ham bordim. “Meni Malayziya kinoakademiyasiga taşlab ketinglar, ertaga mehmonxonada sizlarni izlab topaman”, deb iltimos qildim. Könişmadi. Kun botguniga qadar örgandim öquv dasturlarini. Öquv filmlarini erta tongda kelib köradigan böldim. Jajji öquv kinotasmalarida Malayziya akademiyasi talabalari Yevropa, ayniqsa, Ğarbiy Yevropa kinosiga taqlid qilayotganlarini sezdim. Odob saqlab, yoş hamkasblarimga mehr ulaşgandek bölib, minnatdorlik his-tuyğulari orasida tanqidni ham aytişga urindim.
Malayziya kinoakademiyasida öquv qismi filmlar yaratadigan kinostudiya, tayyor mahsulotni ijaraga beradigan savdo-sotiq bölinmasi, marketing, ilmiy bölim — bular yaxlit organizmni: kinoakademiyani taşkil etişini örganişga loyiq deb bildim. Yana bir menga maʼqul bölgan köriniş — öquv dasturi har kuni mukammallaşib borişi közda tutilgan. Bizga ham bajonidil öşa boyib, özgarib borayotgan öquv dasturlarini körsatişdi.
Xitoy Xalq Respublikasi Oliy kino maktabida tartib özgaça ekan. Öquv dasturi sʼyezddan sʼyezdgaça özgarmas ekan. Xitoy Kompartiyasi sʼyezdida tasdiqdan ötgan dastur navbatdagi sʼyezdda yangilanişi, töldirilişi mumkin ekan.
Ilmga taşna talaba (hatto abituriyent) Ahmad Farğoniydangina emas, uning — yurtdoşimizning satrlarini öqib, qoyil qolib, bilimiga bilim qöşilib, maʼnaviy boylik orttirayotgan damlardan voqif böladilar. Aqlga aql qöşilişining bu yöllaridan yurtimizdagi kino öquv yurtlarida foydalanişarmikin? Şarqşunoslik institutining boy fondidan madaniy, kino malakasini boyitiş, mukammallikni taʼminlaşning yetakçi yöllaridan biri haqida muşohada qilmoqdamiz.
Oksford universitetining katta, hamişa sukunat hukm suradigan ilm dargohida faqat kitoblar, noyob qölyozmalar varaqlanişi serjilo musiqa tölqinlarini eslatadi. Bu fayzli makonda ikki kutubxona vakili kattagina ğilofga, söngra, qalin matodan yasalgan qutiga solingan “Şohnoma”ni tabassum bilan, taʼzim va tavozeni bu gal ham kanda qilmay, tengi yöq, bahosi ham yöq eksponatni stolga qöyib asta varaqlab, hayajonlanib bizni ham kuzatib turganlarni tasavvur eting! Axir ular — biri eronlik, paridek fayzli, körimli, mehr-muhabbatli ekanligini öşa kuni muloqotda bölib bildik, işondik. Miniatyurada Parvardigorimizning tengi yöq çehralari nozik parda ortida. Barça mahliyo. “Suratga olmasangiz, iltimos”, deb iltifotlarini, eʼtiborlarini bildirdilar bizga. Firdavsiy davri muhrlangan bunday miniatyuraning öziga tortiş, maftun etiş kuçini söz ila taʼriflaş oson emas. Lekin oltin bilan yozilgan matnli bu asar yoşlar makonida — jahonga maşhur Oksford universiteti kutubxonasida saqlanişi, binobarin, beğubor yoşlar, ğazalxon talabalar şu maftunkor, fayzli qiroatxonada Firdavsiydek zabardast adib qahramonlari bilan ğoyibona uçraşib, pahlavon Rustamning armonlari, Taxminaning olamga siğmas faryodi, Gurdofaridning jasorati bilan birga işq ötida yonişi, bu bir hayot va badiiyot haqiqati, navqiron yoşda özgaça qabul qilinişining ham estetik, ham taʼlim-tarbiyaviy ahamiyati beqiyos bölar. Afsonaviy isteʼdodi, bilimi bilan jahonga tanilgan, kinonazariya va amaliyoti piri Sergey Eyzenşteyn Firdavsiy durdonasi — “Şohnoma”ni bolaligida öqib, umr böyi uning taʼsirida bölgan, “Farğona kanali” ssenariysida esa “Şohnoma”ning syujet qurilişini ijodiy özlaştirganidan voqif bölganmiz.
Kino ilmi, taʼlimi, bu — ança murakkab ijodiy, pedagogik, öquv sohalaridagi mulohazalar yaqin ötmişda ijodiy ustozlik jasoratini körsatgan Rossiya fuqarosi S.Eyzenşteyn şaxsiyatiga, qoldirgan boy nazariy va amaliy merosiga olib kelgani tabiiy hol böldi. U murabbiylik, ustozlik qilgan, maşğulotlarni ham olim, ham badiiy ijod allomasi sifatida olib borganini stenogrammalarda töliq saqlanib qolgan maʼruzalar matnidan bilaman. Uning birorta tadqiqoti, ilmiy-nazariy oçerki, söz bilan çizgan portretlari özbek tiliga tarjima qilinmaganini kino taʼlimi kun tartibiga qöyilganida baralla aytiş, tadbir qöllaş zarur emasmi?! Umuman, bir-birini ilmiy-amaliy, ijodiy-nazariy jihatdan töldiradigan kino taʼlimi markazi VGIK hamda ssenariynavislar va rejissyorlar oliy kursining samarali faoliyati jahon miqyosida tan olingan. Ularning tajribasi köp jilddan iborat asarlarda yoritişga arziydi, foyda keltirişini komil işonç bilan aytiş mumkin. Bu öquv dargohlarining birida kino borasida besavod, lekin isteʼdodi sezilib turadigan yoşlarga katta ijod — kino olamiga yöllanma berib kelinyapti. Oliy kurslarda esa (avval ssenariy va rejissura böyiça ikki alohida kursga qabul eʼlon qilinardi. Biz aspirantlar ikki oliy kurs maşğulotlaridan bahramand bölganmiz. Endilikda ikki oliy kurs birlaştirilgan) mohir ssenariynavis va rejissyorlar tayyorlanadi.
Yurtimizda kino taʼlimiga oid masalalar (asosan, hal etilişini kutayotgan muammolar)ga bağişlangan birorta risola, ilmiy oçerk, hatto kengaytirilgan axborotni uçratmaganman. Lekin Nabi Ğaniyev va Abdulla Qodiriy, Sulaymon Xöjayev va Xudoybergan Devonov dolzarbligini yöqotmagan bu mavzuga urğu berib yozganlari, vaʼz qilganlari maʼlum. Kinoning tabiati, tarkibi, katta imkoniyatlari, ozroq çegaralari haqida tuşunça berişni, havaskor ijroçilarga kinoning alifbosini örgatib, bu sohadagi besavodlikka çek qöyişni maqsad qilgan aktyorlar studiyasi uruş yillari, ayniqsa, 20-yillarda esa biroz jönroq vazifani — “tasmasiz filmlar”ni yaratiş jarayonida örganganlari oliy kino taʼlimi jarayonlarini yoritişda tadqiqotçiga qöl kelar. Ana şu öquv jarayoni, sahnada, suratga oliş maydonçalaridagi pand-nasihatlar, amaliy maşğulotlarni tiklab, tahlil qilib, biz murojaat etgan mavzuga ilmiy yondaşuv yöllarini izlaş pallalarini ikkinçi maqolamizda qalamga oliş niyatidamiz. Bu ilmiy-ijodiy-pedagogik faoliyat, harakat samara berişi qiyin bölyapti. Sababi, birorta özbek rejissyori ilmiy faoliyat naşidasini tatib ham körmagan. Binobarin, bugungi kinoda, uning taʼlimotida mavhumot hukmronligi davom etmoqda.
Hamidulla AKBAROV
